Bola huquqlari



Download 35,98 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi35,98 Kb.
#19728
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BOLA HUQUQLARI” KAFOLATLARI

«Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi

Kata o\qituvchi H.Kamolova

Inson huquqlari haqida so’z borar ekan, eng avvalo, bola huquqlari ko’z o’ngimizda gavdalanadi. Zero, inson shaxsiyati aynan bolalikda shakllanadi, toblanadi. Bola huquqlari himoyasi ta’minlangan jamiyatdagina kelajakning chinakam vorislari kamol topadi, o’ziga bo’lgan ishonch va hurmat tuyg’usi ortadi. YuNISEFning yurtimizdagi vakolatxonasi rahbari shunday ta’kidlaydi: "Bolalar bolalikning beg’ubor damlaridan bahra olishga xaqlidirlar".

Birok, so’nggi yillarda dunyo miqyosida bolalarga nisbatan zo’ravonlik, shafqatsiz muomalada bo’lish holatlari, ularning og’ir mehnatga jalb etilayotgani, ta’lim olish huquqining cheklangani, bolalar savdosi, fohishabozligi va pornografiyasi kabi muammolarning keskin tus olayotgani kuzatilmokda. Shu nuqtai nazardan, xalqaro hamjamiyatning xalqaro huquqiy normalar orqali davlatlarni bola huquqlarini himoya qilishga chorlayotgani bejiz emas.

BMT Bosh assambleyasi tomonidan 1989 yil 20 noyabrda bola huquqlarini himoya qilish borasidagi xalqaro huquqiy hujjat - "Bola huquqlari to’g’risida"gi Konvenstiya qabul qilingani muammolar echimi yo’lida muhim qadam bo’ldi.

Bola huquqlari haqidagi universal rasmiy kodeks hisoblangan konvenstiyaning bosh maqsadi, bolalar manfaatini yuqori darajada himoya qilishdan iborat. Uning moddalari bola huquqlari himoyasini kuchaytirishga - yashash, rivojlanish, jamiyat hayotida faol ishtirokini himoya qilish va ta’minlashga qaratilgan. Ular zamirida bolalarda vatanparvarlik, do’stlik, millatlararo totuvlik kabi fazilatlar shakllantirilishi lozim. Mazkur konvenstiya Respublikamiz qo’shilgan ilk xalqaro huquqiy hujjatlardan biri bo’lib, bolalar huquqlariga oid milliy qonunchilikning mustahkam ba’zasini yaratishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Konvenstiya 3 qism, 54 moddadan iborat. Undagi bolalar huquqini 4 toifaga bo’lish mumkun: ya’ni Yashay olish huquqi; Rivojlanish huquqi; Zo’ravonlik va ekspluatastiyadan himoyalanish huquqi; Ishtirok etish huquqi. Konvenstiyani 1990 yili 20 davlat ratifikastiya qilgandan keyin u xalqaro shartnoma sifatida kuchga kirdi. 1993 yil 1 dekabrga kelib bu konvenstiyani 153 mamlakat maqulladi. O’zbekiston Respublikasi 1992 yili 9 dekabrda ratifikastiya qildi. 1993yil sentyabrdan amal qila boshladi.

Shuningdek Xalqaro mehnat Byurosining Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to’g’risidagi 138 Konvenstiyasi ham bola huquqlarini himoya qilishda muhim hujjatlardan biri. Konvenstiya 1973 yil 26 iyunda qabul qilingan bo’lib 18 moddadan iborat.

Mazkur konvenstiya ning 2 moddasida eng kichik yoshdan kichik bo’lgan shaxslar mehnatning har qanday ish turida ishlashiga va yollanishiga yo’l qo’yilmaydi deb belgilab qo’yilgan. Aynan shu moddaning 4 bandida iqtisodiyoti va ta’lim imkoniyatlari etarlicha rivojlanmagan tashkilot a’zosi eng kichik yosh 14 yosh belgilashi mumkun. 3 moddada esa o’smir sog’lig’i, xavfsizligi va ma’naviyatiga ziyon etkazishi mumkun bo’lgan har qanday ish turiga yoki yollanma ish turiga qabul qilish uchun eng kichik yosh 18 yoshdan kam bo’lmasligi kerak deb belgilab qo’yilgan.Uning 7 moddasiga ko’ra Milliy qonun hujjatlari 13 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan shaxslarga engil ishlarda ishlashga yoki yollanib ishlashga ruxsat etishi mumkun , agar bu:

a) ularning sogligi va rivojlanishi uchun zarali bo’lmasa,

b) Ularning maktabga qatnashlariga, ularning vakolatli xokimiyat organlari tomonidan tasdiqlangan kasbga yo’naltirish yoki kasbiy tayyorgarlik dasturlarida ishtirok etishlariga yoki ularningolgan o’quvlaridan foydalanish layoqatiga zarar etkazmaydigan bo’lsa.

Shuningdek mazkur moddaning 4 bandida tashkilot a’zosi zarur bo’lgan muddatda 14 yoshni 15 yosh deb o’zgartirishi mumkun deb qayd etilgan. aynan shu qoidadan kelib chiqid " Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida"gi qonunning 20 moddasi O’zbekiston hududida eng kichik 15 yosh deb belgilab qo’ydi. Mehnat kodeksiga ko’ra esa

77-modda. Ishga qabul qilishga yo’l qo’yiladigan yosh

Ishga qabul qilishga o’n olti yoshdan yo’l qo’yiladi.

Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o’rta maxsus, kasb-hunar o’quv yurtlarining o’quvchilarini ularning sog’lig’iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon etkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan engil ishni o’qishdan bo’sh vaqtida bajarishi uchun — ular o’n besh yoshga to’lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o’rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo’l qo’yiladi.

O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarni ishga qabul qilish ushbu Kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.

2-§. YOSHLAR UCHUN QO’SHIMCHA KAFOLATLAR

239-modda. O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar

Belgilangan minimal ish joylari hisobidan ish joylariga ishga joylashtirish tartibida mahalliy mehnat organi va boshqa organlar tomonidan yuborilgan, o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarni ish beruvchi ishga qabul qilishi shart.

Belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga qabul qilishni rad etish taqiqlanadi va bunday rad etish ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.

O’n sakkiz yoshga to’lmagan barcha shaxslar dastlabki tibbiy ko’rikdan o’tgandan keyingina ishga qabul qilinadilar va keyinchalik ular o’n sakkiz yoshga to’lgunlariga qadar har yili majburiy tarzda tibbiy ko’rikdan o’tkazib turilishi kerak.

240-modda. O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarning mehnat huquqlari

O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar mehnatga oid huquqiy munosabatlarda katta yoshdagi xodimlar bilan teng huquqda bo’ladilar, mehnatni muhofaza qilish, ish vaqti, ta’tillar va boshqa mehnat shartlari sohasida ular uchun mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan qo’shimcha imtiyozlardan foydalanadilar.

3-§. Ishni ta’lim bilan birga qo’shib olib borayotgan shaxslar uchun imtiyozlar

248-modda. Ishni ta’lim bilan qo’shib olib borish uchun sharoitlar yaratib berish

Ishlab chiqarishda kasbga doir ta’lim olayotgan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda malakasini oshirayotgan yoki ta’lim muassasalarida o’qiyotgan xodimlarga ishni ta’lim bilan birga qo’shib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berishi shart.

249-modda. Ta’lim muassasalarida o’qiyotgan xodimlar uchun imtiyozlar

Ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’qib, o’quv rejasini bajarayotgan xodimlar mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan tartibda ish joyidan haq to’lanadigan qo’shimcha ta’tilga chiqish, qisqartirilgan ish haftasi sharoitida ishlash va boshqa imtiyozlar olish huquqiga egadirlar.

250-modda. Ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’qiyotganlar uchun yillik ta’tillar berish vaqti

Ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’qiyotganlarga yillik ta’tillarni ish beruvchi ularning xohishiga ko’ra imtihonlar va laboratoriya-imtihon sessiyalari vaqtiga to’g’rilab berishi shart.

83-modda. Axloq tuzatish ishlari

Oldingi tahrirga qarang.

Axloq tuzatish ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga etmaganlarga nisbatan o’z ish joyida o’tash, aybdor hech qaerda ishlamasa, ushbu jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan o’zi yashaydigan hududdagi boshqa joylarda o’tash tariqasida bir oydan bir yilgacha muddatga tayinlanadi.

(83-moddaning birinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrdagi 357-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997 y., 2-son, 56-modda)

Voyaga etmagan shaxs tayinlangan axloq tuzatish ishlarining o’ndan bir qismidan ko’prog’ini o’tashdan bo’yin tovlasa, sud bu jazoning o’talmagan qismini axloq tuzatish ishlarining har uch kunini qamoqning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, qamoq jazosi bilan almashtiradi, ammo bu muddat uch oydan oshmasligi kerak.

85-modda. Ozodlikdan mahrum qilish

Voyaga etmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi olti oydan o’n yilgacha muddatga tayinlanadi, ushbu Kodeks 86-moddasining ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etish paytida o’n uch yoshdan o’n olti yoshgacha bo’lgan shaxslarga nisbatan:

a) uncha og’ir bo’lmagan jinoyat uchun — uch yilgacha;

b) og’ir jinoyat uchun — olti yilgacha;

v) o’ta og’ir jinoyat uchun — o’n yilgacha muddatga tayinlanadi.

Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etish paytida o’n olti yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan shaxslarga nisbatan:

a) uncha og’ir bo’lmagan jinoyat uchun — to’rt yilgacha;

b) og’ir jinoyat uchun — etti yilgacha;

v) o’ta og’ir jinoyat uchun — o’n yilgacha muddatga tayinlanadi.

Voyaga etmay turib ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyat sodir etgan, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan yoxud qasddan uncha og’ir bo’lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanmaydi..

Hukm chiqarish paytida o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tarbiya koloniyalarida o’tash tayinlanadi.

86-modda. Jazo tayinlash

Sud voyaga etmaganlarga jazo tayinlashda jazo tayinlashning umumiy asoslariga amal qiladi, voyaga etmaganning rivojlanganlik darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasini, sog’lig’ini, sodir etgan jinoyatining sabablarini, katta yoshdagilarning va boshqa holatlarning uning shaxsiga ta’sirini hisobga oladi.

O’n uch yoshdan o’n olti yoshgacha bo’lgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida jazo tayinlanganda ozodlikdan mahrum qilishning eng ko’p muddati o’n yilgacha, agar sodir etgan jinoyatlarining bittasi o’ta og’ir jinoyat bo’lsa, o’n ikki yilgacha tayinlanadi.

O’n olti yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida ozodlikdan mahrum qilish jazosi — o’n ikki yilgacha muddatga, agar sodir etgan jinoyatlarining bittasi o’ta og’ir jinoyat bo’lsa, o’n besh yilgacha muddatga tayinlanishi mumkin.

Jinoyat sodir etish paytida o’n uch yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan shaxslarga nisbatan bir necha hukm yuzasidan tayinlanadigan ozodlikdan mahrum qilish jazosining muddati o’n besh yildan oshmasligi kerak.

Voyaga etmagan shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanganda sud ushbu Kodeksning 72-moddasida nazarda tutilgan asos va shartlar mavjud bo’lsa, shartli jazo belgilashi mumkin.

87-modda. Majburlov choralarini qo’llagan holda javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish

Ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan voyaga etmagan shaxs, agar sodir etgan qilmishining xususiyatlari, aybdorning shaxsi va ishning boshqa holatlarini e’tiborga olib, uni jazo qo’llamasdan turib ham tuzatish mumkin degan xulosaga kelinsa, javobgarlikdan ozod qilinib, ish voyaga etmaganlar ishlari bilan shug’ullanuvchi komissiyada ko’rishga topshirilishi mumkin.

Besh yildan ko’p bo’lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlash nazarda tutilgan uncha og’ir bo’lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan yoki ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyatni takroran sodir etgan voyaga etmagan shaxsni, mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo’lsa, sud jazodan ozod qilish va unga nisbatan majburlov choralarini qo’llash to’g’risidagi masalani ko’rib chiqishi shart.

Voyaga etmagan shaxs rivojlanishda o’z yoshiga nisbatan ancha orqada qolgan bo’lsa va sodir etgan qilmishining ahamiyatini to’la ravishda anglab etmasa, sud jazo o’rniga majburlov chorasi qo’llash maqsadga muvofiqligi masalasini ko’rib chiqishi shart.

89-modda. Jazoni o’tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish

O’n sakkiz yoshga to’lmasdan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilishga yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxsga nisbatan jazoni o’tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish tartibi qo’llanilishi mumkin.

Jazoni o’tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan jazo turlari uchun belgilangan tartib-qoida talablarini bajargan mehnat va o’qishga halol munosabatda bo’lgan mahkumga nisbatan qo’llanilishi mumkin.

Jazoni o’tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish:

a) ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan yoki uncha og’ir bo’lmagan jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida to’rtdan bir qismi;

b) og’ir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismi;

v) o’ta og’ir jinoyat uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo’lsa, tayinlangan jazo muddatining kamida yarmini haqiqatda o’tab bo’lganidan keyin qo’llaniladi.

Jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qo’llanilgan shaxs jazoning o’talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, sud unga nisbatan ushbu Kodeksning 60 va 86-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi.

125-modda. Farzandlikka olish sirini oshkor qilish

Farzandlikka bola oluvchilarning yoki vasiylik va homiylik organining erkiga qarshi, etim yoki ota-ona g’amxo’rligidan mahrum bo’lgan bolalarni farzandlikka olishning qonun bilan qo’riqlanadigan sirini oshkor qilish —



Oldingi tahrirga qarang.

eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

127-modda. Voyaga etmagan shaxsni g’ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish

Voyaga etmagan shaxsni tilamchilikka, spirtli ichimliklar iste’mol qilishga, giyovandlik yoki psixotrop hisoblanmagan, lekin kishining aql-idrokiga ta’sir qiladigan vosita va moddalarni iste’mol etishga jalb qilish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa, —

ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Voyaga etmagan shaxsni giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste’mol etishga jalb qilish —

uch oydan olti oygacha qamoq yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Voyaga etmagan shaxsni jinoyat qilishga jalb etish, shuningdek ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

a) ilgari giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni g’ayriqonuniy ravishda muomalaga chiqarish bilan bog’liq har qanday jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;

b) ikki yoki undan ortiq voyaga etmagan shaxsga nisbatan;

v) o’quv yurtlarida yoki o’quvchilar, studentlar o’quv-tarbiya, sport yoki jamoat tadbirlari o’tkazadigan boshqa joylarda sodir etilishi —

besh yildan o’n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Erkin fuqarolik jamiyati qurish yulidan borayotgan mamlakatimizda "Inson manfaatlari yili", "Oila yili", "Ayollar yili", "Soglom avlod yili", "Onalar va bolalar yili", "Mexr va muruvvat yili", "Sihat-salomatlik yili", "Xomiylar va shifokorlar yili", "Ijtimoiy himoya yili", "Yoshlar yili" “Barkamol avlod yili”buyicha qabul qilingan maxsus davlat dasturlari doirasida keng qamrovli chora-tadbirlar kompleksi xayotga izchil tadbiq etilmoqda. Binobarin, Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, "...xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’lik". Ayni paytda O’zbekistan mazkur chora-tadbirlarni muvaffakiyatli amalga oshirishda MDX, mamlakatlari orasida etakchilik qilmoqda.

Bola tug’ilgan kunidan boshlab o’z huquqiga ega bo’ladi. Prezidentimiz O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida so’zlagan nutqida: "Ota-onaning farzand oldidagi burchi unga yaxshi nom qo’yish, yaxshi muallim qo’liga topshirib, savodini chiqarish, ilmli, kasb-hunarli qilish, boshini ikki, uyli-joyli qilishdir",-degan edi.

2008 yilning yanvar oyida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining "Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida"gi qonuni bola huquqlarini himoya kilish bo’yicha davlat siyosatining asosiy yunalishlarini belgilab beradi. Ushbu qonun mamlakatimizda yashayotgan har bir bolaning huquq va erkinliklarini ta’minlash, uning hayoti va sog’ligini muhofaza qilish, kamsitilishiga yo’l qo’ymaslik, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqlari va imkoniyatlari tengligini ta’minlash, huquqlari kafolatini ta’minlash maqsadida davlat organlari, nodavlat-notijorat va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish hamda uni rivojlantirish, jinoyatchilikning oldini olishga xizmat kiladi. Mazkur qonunda bolaning yashash, shaxsiy daxlsizlik, oila muhiti, mulkka egalik qilish, mehnat qilish, ta’lim olish va bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish, ijtimoiy himoyalanish kabi huquqlari kafolatlari aniq belgilab qo’yilgan.

Konstitustiyamizning 65-moddasida: "Farzandlar ota-onalarining nasl-nasabidan qatiy nazar, qonun oldida tengdirlar", deb kafolatlangan.

Shuningdek, Konstitustiyamizda davlat va jamiyat ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo’lgan va etim bolalarga g’amxo’rlikni o’z zimmasiga olishi, onalik va bolalik davlat muhofazasida ekani qayd etilgan.

Bolalar nafaqat huquqlarga, balki Konstitustiyamizning 47-52-moddalarida mustahkamlangan majburiyatlarga ham ega. Unga ko’ra, Konstitustiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa insonlarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga, tarixiy, ma’naviy, madaniy merosni avaylab-asrashga, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar.

Ta’lim sohasida ham yoshlarimizning zamonaviy bilimlarni egallashi, o’z qobiliyatlarini ro’yobga chiqarishi, iste’dodlarini namoyon etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Xalqaro huquqiy normalarda, xususan, Inson huquqlari Umumjahon Deklarastiyasida "Ta’lim shaxsni to’la rivojlanishiga, inson huquqlari hurmatini yuksaltirishga va asosiy erkinliklariga qaratilgan bo’lishi lozim" deb ta’kidlansa, "Bola huquqlari to’g’risida"gi konvenstiyaning 26-moddasi bolalarning ta’lim olish huquqiga qaratilgan bo’lib, bu norma qatnashchi davlatlardan bepul va majburiy boshlang’ich ta’limni ta’minlab berishni va barcha ahloqiy masalalarda bolaning qadr-qimmatini himoya qilish, shuningdek, ta’lim tizimini xalqaro birdamlikda olib borishni talab qiladi. 29-moddasi esa bolalar ongining to’liq rivojlanishi uchun ta’lim va tarbiya davlat tomonidan ta’minlanishini ta’kidlaydi.

BMT Bosh assambleyasining Ming yillik Deklarastiyasi (2000 yil), "Bolalar yashashi uchun maqbul dunyo" hujjatining (2002 yil) qabul qilinishi hamda BMTning Bola huquqlari qo’mitasi 42-sessiyasida tinglangan O’zbekiston Respublikasining ikkinchi Milliy ma’ruzasi bo’yicha qabul qilingan tavsiyalar, YuNISEFning O’zbekiston hukumati bilan imzolagan 2005-2009 yillarga mo’ljallangan hamkorlik dasturi bolalar farovonligini oshirish yuzasidan umumiy harakatlar va yunalishlarning yangi mo’ljallarini belgilab olishni taqozo etdi. Xususan, Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy kompleksining 2007 yil 15 yanvardagi "O’zbekistonda bolalar farovonligini ta’minlash bo’yicha Harakat Dasturi"da belgilangan alohida sharoitdagi bolalarni qo’llab-quvvatlashga doir ustuvor yo’nalishlar o’ta muhim vazifalarni qamrab oldi

2014 yil 2 yanvar kuni " Vasiylik va Homiylik to’g’risidagi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonun 2014 yil 3 iyuldan kuchga kiradi. Mazkur qonun Voyaga etmaganlar huquqlarini himoya qiladi. Ushbu qonun 9 bob, 50 moddadan iborat bo’lib, quyida voyaga etmagan fuqarolar uchun tegishli bo’lgan qismlardan namunalar beriladi.

Vasiylik va homiylik to’g’risida

(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2014 y., 1-son, 1-modda)

Qonunchilik palatasi tomonidan 2013 yil 8 noyabrda qabul qilingan


Senat tomonidan 2013 yil 12 dekabrda ma’qullangan

1-bob. Umumiy qoidalar

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi vasiylik va homiylik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:

vasiylik — o’n to’rt yoshga to’lmagan etim bolalarni va ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli;

homiylik — o’n to’rt yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan etim bolalarni va ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli. Sog’lig’ining holatiga ko’ra mustaqil ravishda o’z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va o’z majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga etgan muomalaga layoqatli fuqarolarga bu shaxslarning iltimosiga ko’ra homiylik belgilanishi mumkin;

vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs — o’ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxs;

vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan shaxslar — alohida g’amxo’rlikka, shuningdek o’z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga muhtoj bo’lgan etim bolalar va ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar, ota-onalik huquqidan mahrum etilmagan ota-onasi bo’lgan hamda bolalarning hayoti yoki sog’lig’iga bevosita tahdid tug’dirayotgan yoki ularning ta’minoti, tarbiya va ta’lim olishiga doir talablarga javob bermaydigan sharoitda yashayotgan bolalar, sog’lig’ining holatiga ko’ra homiylikka muhtoj bo’lgan voyaga etgan muomalaga layoqatli fuqarolar, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqarolar.

3-bob. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan shaxslar va ularning mol-mulki to’g’risidagi axborot

15-modda. Davlat reestriga kiritish uchun ma’lumotlarni taqdim etish

Vasiylik va homiylik organlari vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan shaxslar to’g’risidagi, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulki haqidagi ma’lumotlarni davlat reestriga kiritish uchun har oyda tuman, shahar hokimligiga taqdim etadi.

Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan shaxsning yashash joyi va uning mulkiy ahvoli o’zgargan taqdirda, vasiylik va homiylik organlari mazkur o’zgarishlar to’g’risida etti ish kuni ichida tuman, shahar hokimligini xabardor etishi hamda uning shaxsiy hujjatlar yig’majildini mazkur shaxsning yangi yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga yuborishi shart. Bunda shaxsiy hujjatlar yig’majildining ko’chirma nusxasi vasiylik va homiylik organining arxivida qolishi shart.

Vasiylik va homiylikni belgilash. Vasiy yoki homiy tayinlash

19-modda. Vasiylik va homiylikni belgilash

Vasiylik va homiylik tuman, shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.

Vasiylik yoki homiylik vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan shaxsning yashash joyi bo’yicha, agar shaxs muayyan yashash joyiga ega bo’lmasa, vasiyning yoki homiyning yashash joyi bo’yicha belgilanadi.

20-modda. Ota-ona yashash joyida vaqtincha bo’lmaganda vasiylik yoki homiylik belgilash

Ota-ona yashash joyida vaqtincha bo’lmaganda, agar bola ular tomonidan olti oydan ortiq muddatga qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining vasiyligida yoki homiyligida va nazorati ostida qoldirilgan bo’lsa, mazkur shaxslarning bolaga nisbatan vasiyligi yoki homiyligi belgilanadi.

Ota-ona yashash joyida olti oydan kam muddatga vaqtincha bo’lmaganda, basharti bola ular tomonidan qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining vasiyligida yoki homiyligida va nazorati ostida qoldirilgan bo’lsa, vasiylik yoki homiylik, agar bu bolaning manfaatlari uchun zarur bo’lsa, belgilanadi.

24-modda. Shaxsga bir nechta vasiy yoki homiy tayinlash

Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan shaxsning qonuniy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, unga tuman, shahar hokimi qarori bilan bir nechta vasiy yoki homiy tayinlanishi mumkin.

Bir nechta vasiy yoki homiy tayinlanganda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bir vaqtning o’zida barcha vasiylar yoki homiylar tomonidan amalga oshiriladi. Agar vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning ishlarini yuritish vasiylarning yoki homiylarning biriga topshirilsa, bu shaxs qolgan vasiylardan yoki homiylardan ishonchnomalar olgan bo’lishi lozim.

Bir nechta vasiy yoki homiy tayinlanganda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning parvarish qilinishini ta’minlash va uning tibbiy yordamni o’z vaqtida olishiga ko’maklashishga doir majburiyatlar, vasiylikdagi yoki homiylikdagi voyaga etmagan shaxsga nisbatan esa, shuningdek ta’minot, tarbiya va ta’lim berishga doir majburiyatlar vasiylik va homiylik organlarining ularni tayinlash haqidagi xulosasiga muvofiq vasiylar yoki homiylar o’rtasida taqsimlanadi.

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning va bir vaqtning o’zida barcha vasiylarning yoki homiylarning manfaatlari o’rtasida, shuningdek vasiylar yoki homiylar o’z majburiyatlarini bajarayotganda vasiylar yoki homiylar o’rtasida qarama-qarshiliklar yuzaga kelgan taqdirda, vasiylik va homiylik organi yuzaga kelgan qarama-qarshiliklar hal etilguniga qadar vasiyning yoki homiyning majburiyatlarini bajaradi.

25-modda. Bir shaxsni bir nechta vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga vasiy yoki homiy etib tayinlash

Zarurat bo’lganda, vasiylikka yoki homiylikka olinuvchilarning qonuniy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, tuman, shahar hokimi qarori bilan bir shaxs bir nechta vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkin.

Shaxsni ikkinchi va undan keyingi vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarga vasiy yoki homiy etib tayinlash to’g’risidagi tuman, shahar hokimi qarorida boshqa shaxs vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkin emasligining sabablari ko’rsatilgan bo’lishi shart.

Ayni bir vasiy yoki homiy o’z majburiyatlarini bajarayotganda uning vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxslarning manfaatlari o’rtasida qarama-qarshiliklar yuzaga kelgan taqdirda, vasiylik va homiylik organi yuzaga kelgan qarama-qarshiliklar hal etilguniga qadar vasiyning yoki homiyning majburiyatlarini bajaradi.

26-modda. Voyaga etmaganlarga nisbatan ular ota-onasining yoki voyaga etmaganlarning o’z arizasiga ko’ra vasiy yoki homiy tayinlash

Tuman, shahar hokimi qarori bilan ota-onaning uzrli sabablarga ko’ra o’zlarining ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaydigan davr uchun o’zining voyaga etmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash to’g’risidagi arizasi asosida vasiy yoki homiy tayinlanishi mumkin, ushbu arizada aniq shaxs hamda vasiy yoki homiy vakolatlarining amal qilish muddati ko’rsatiladi.

Voyaga etmagan bolalarning ota-onasi o’z sog’lig’i holatiga ko’ra bolalariga vasiyni yoki homiyni, agar uning roziligi bo’lsa, belgilashi mumkin. Ota-onaning o’z voyaga etmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash haqidagi arizasi bolalarning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga beriladi.

Ota-onaning o’z voyaga etmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash haqidagi arizasi ushbu ariza yozilgan sana ko’rsatilgan holda ularning o’z qo’li bilan imzolangan va notarial tartibda tasdiqlangan bo’lishi kerak.

Ota-ona o’z voyaga etmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash haqidagi arizasini bolalarning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga yangi ariza berish yo’li bilan bekor qilishga yoki o’zgartirishga haqli.

O’n to’rt yoshga to’lgan voyaga etmaganga homiy voyaga etmaganning aniq shaxs ko’rsatilgan arizasiga ko’ra tuman, shahar hokimi qarori bilan tayinlanishi mumkin.

Tuman, shahar hokimi voyaga etmaganning otasi (onasi) yoki ota-onasi yoxud o’n to’rt yoshga to’lgan voyaga etmaganning o’zi ko’rsatgan shaxsni vasiy yoki homiy etib tayinlashni rad etish to’g’risidagi qarorni faqat bunday tayinlash qonun hujjatlariga yoxud voyaga etmaganning qonuniy manfaatlariga zid bo’lgan taqdirda qabul qiladi.

.

8-bob. Vasiylik va homiylik sohasidagi nazorat



42-modda. Vasiylar va homiylarning majburiyatlari bajarilishi ustidan nazorat

Vasiylar va homiylarning majburiyatlari bajarilishi ustidan nazorat vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning yoxud vasiylarning yoki homiylarning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslar vasiyning yoki homiyning harakatlari (harakatsizligi) ustidan tegishli vasiylik va homiylik organiga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli.

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning hayotiga yoki sog’lig’iga bevosita tahdid tug’ilganligi to’g’risida, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi haqida o’ziga ma’lum bo’lib qolgan shaxslar bu haqda vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning haqiqatda turgan joyidagi vasiylik va homiylik organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi shart. Bunday ma’lumotlarni olgan vasiylik va homiylik organlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir zarur choralar ko’rishi shart.

44-modda. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga etkazilgan zararning o’rnini qoplash

Vasiylik va homiylik organlarining g’ayriqonuniy qarorlari yoxud ular mansabdor shaxslarining g’ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga etkazilgan zararning o’rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi shart.

46-modda. Vasiy va homiyning g’ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish

Vasiy va homiyning g’ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs, davlat organlari va muassasalari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning yashash joyidagi fuqarolar tomonidan tegishli vasiylik va homiylik organiga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.



SAVOLLAR
1. Bola huquqlariga oid xalqaro normativ xujjatlarni bilasizmi?

2. Dastlabki bolalar huquqiga oid Jeneva deklarastiyasi qachon qabul qilingan?

3. Bola huquqlari to’g’risidagi Konvenstiyaga binoan bola deganda kimlar tushuniladi?

4. Bola huquqlari to’g’risidagi Konvenstiya necha moddadan iborat?

5. Konvenstiyaga binoan bola qachondan boshlab ism bilan atalish, fuqarolikka

ega bo’lish va iloji boricha o’z ota-onasini bilish hamda ularning g’amxo’rligidan bahramand bo’lish huquqini oladi?

6. Bola huquqlari to’g’risidagi Konvenstiya mamlakatimiz tomonidan qachon ratifikastiya (qo’shilish, maqullash) qilinganligini bilasizmi?

7. Bola huquqlari to’g’risidagi Konvenstiyada bolalarning qanday huquqlari mustahkamlangan?

8. Yurtimizda bevosita bola huquqlarini himoya qilish bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarni bilasizmi?

9. Respublikamizda “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida” gi qonun qachon qabul qilindi?

10. BMT tarkibiga kiruvchi bola huquqlari bilan shug’ullanuvchi qanday organlarni bilasiz?




JAVOBLAR
1. 1924 yilgi Bola huquqlari Jeneva deklarastiyasi, 1959 yil 20 noyabrdagi BMT ning Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Bola huquqlari deklarastiyasi, BMT ning 1985 yildagi balog’atga etmagan bolalarga nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalar (“Pekin qoidalari”), BMT ning 1990 yildagi balog’atga etmagan bolalar o’rtasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan dasturiy prinstiplari (“Ar-Riyod dasturiy prinstiplari”)

2. 1924 yilda Jeneva shaxrida.

3. Bola - o’n sakkiz yoshga to’lgunga

(voyaga etgunga) qadar bo’lgan shaxslar.

4. 54 moddadan iborat.

5. Tug’ilganidan boshlab.

6. 1992 yil 9 dekabrda

7. Yashash huquqi, ism bilan atalish, o’z ota-onasini bilish, fuqarolikka ega bo’lish, bilim olish, tibbiy yordamdan foydalanish, axborotlar olish hamda berish, tashqi tajovuzlardan himoyalanish, qonunlarda belgilangan tartibda mehnat qilish va h.k.

8. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman), Inson huquqlari bo’yicha Milliy markaz.

9. 2008 yil 7 yanvar.

10. BMT ning bola huquqlari bo’yicha komissiyasi.




Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. Inson huquqlari umumjahon deklarastiyasi (1948 y).

  2. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt (1966 y).

  3. Iqtisodiy, siyosiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt (1966 y).

  4. Bola huquqlari to’g’risidagi Konvenstiyasi (1989).

  5. Bola huquqlari Jeneva deklarastiyasida (1924 yil).

  6. Bola huquqlari to’g’risidagi konvenstiyaga Bolalar savdosi, bola fohishabozligi va bola pornografiyasi to’g’risidagi fakultativ protokol (BMT Bosh Assambleyasi, 2000 yil 25 may, a/res/54/263-qaror).

  7. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Balog’atga etmagan bolalarga nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari (“Pekin qoidalari”). BMT Bosh Assambleyasi, 1985 yil 29 noyabr, 40/33-qarori.

  8. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Balog’atga etmagan bolalar o’rtasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan dasturiy prinstiplari (“Ar-Riyod dasturiy prinstiplari») bmt bosh assambleyasining 1990 yil 1 dekabrdagi 45/112-qarori bilan qabul qilingan( 30-banddan iborat).

  9. Birlashgan millatlar tashkilotining Ozodlikdan mahrum etilgan balog’atga etmagan bolalarni himoya qilishga doir qoidalari, BMT bosh assambleyasining 1990 yil 14 dekabrdagi 45/113-qarori bilan qabul qilingan.

  10. Birlashgan millatlar tashkilotining ozodlikdan mahrum etilgan balog’atga etmagan bolalarni himoya qilishga doir qoidalari BMT bosh assambleyasining 1990 yil 14 dekabrdagi 45/113-qarori bilan qabul qilingan.

  11. .Xalqaro mehnat tashkilotining ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to’g’risidagi 138-konvenstiyasi 1973 yil 26 iyun(18-modda)

  12. Xalqaro mehnat tashkilotining bolalar mehnatining eng yomon shakllari to’g’risidagi 182-konvenstiyasi .1999 yil 17 iyun 16-modda.

  1. Grajdanskiy prostessualnыy kodeksRespubliki Armeniyaot 7 av-gusta 1998 goda.(s izm. i dopoln. na 01.12.2003g.).- Er.; 2003.- 88 s.

  2. Grajdanskiy prostessualnыy kodeks Azerbaydjanskoy Respubliki. Utverjden Zakonom ot 28 dekabrya 1999 goda №780-IG. V sootvetstvii s Zakonom ot 26 maya 2000 goda №886-IG.Sobranie zakonodatelstva Azerbaydjanskoy Respubliki, 2000 god, № 1, statya 17.

  3. Grajdanskiy prostessualnыy zakon Latvii. Zakon, prinyatыy Seymom 14 oktyabrya 1998goda i obnarodovannыy Prezidentom gosudarstva 3 noyabrya 1998 goda. Izdatelstvo «Seym», 1998 g.

  4. I.Karimov “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” Toshkent Ma`naviyat 2008

  5. I. Karimov “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish – eng oily saodatdir” Toshkent ‘O`zbekiston” 2015

Download 35,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish