Bo’g’in haqida ma’lumot



Download 30,96 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi30,96 Kb.
#273176
Bog'liq
bo'g'in, urg'u1


Bo’g’in haqida ma’lumot
1.Biz so’zlarni talaffuz qilayotganimizda o’pkadan chiqayotgan havo oqimi bo’linib-bo’linib chiqadi. Bu bo’linish tovush yoki tovushlar yig’indisi shaklida bo’ladi. Ana shu hodisa bo’g’in deb yuritiladi.

2.Bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar yig’indisiga bo’g’in deyiladi.

3.Bo’g’in hosil qilishda unlilar asosiy rol o’ynaydi, ya’ni unlisiz bo’g’in yuzaga kelmaydi.

4.So’zdagi bo’g’inlar sonini belgilashda unlilar asosiy ahamiyatga ega, so’zda nechta unli bo’lsa, shuncha bo’g’in bo’ladi.

5.O’zbek tilida so’zlar bir bo’g’inli yoki ko’p bo’g’inli bo’lishi mumkin.

M: bor, kel – bir bo’g’inli so’zlar;

ishla, o’qi – ikki bo’g’inli so’zlar…

aytolmaganliklaringizdandir-da o’n bir bo’g’inli so’zlar.

6.Bo’g’inning amaliy ahamiyati quyidagilardan iborat:

a) yozuvda bir satrga sig’may qolgan so’zlar keying satrga bo’g’in asosida ko’chiriladi;

b) boshlang’ich sinflarda savod o’rgatish ham bo’g’inga asoslanadi;

d) adabiyotshunoslikda vaznni o’rgatish ham bo’g’inga asoslanadi.

7.Bo’g’inga ajratish va bo’g’in ko’chirish tushunchalarini farqlashimiz kerak.

Bo’g’in va uning turlari fonetikada o’rganiladi. Bo’g’in ko’chirish esa orfografiyaga taalluqlidir.

M: a-ka, u-ka, qal’-a kabi so’zlar bo’g’inga ajratiladi, lekin satrdan satrga ko’chirilmaydi.

8. So’zning bo’g’inlarga ajratilishi bilan o’zak va qo’shimchalarga ajratilishi boshqa-boshqa hodisalardir. Bunda quyidagi holatlarni kuzatish mumkin:

a)shunday so’zlar borki, ularda so’zlarni bo’g’inlarga ajratish va morfemalarga ajratish hodisalari, bo’g’inlar va morfemalar sini shaklan teng keladi. M:

So’zlar

Bo’g’inlarga ajratish

Morfemalarga ajratish

So’zlar

Bo’g’inlarga ajratish

Morfemalarga ajratish

go’shtni







olganman







dodlamoq







ko’rsatkich







sinfdoshlardan







ishchimizning






b) shunday so’zlar borki, ularda so’zlarni bo’g’inlarga ajratish va morfemalarga ajratish hodisalari shaklan farq qiladi, ammo bo’g’in va morfemalar soni teng keladi. M:



So’zlar

Bo’g’inlarga ajratish

Morfemalarga ajratish

So’zlar

Bo’g’inlarga ajratish

Morfemalarga ajratish

go’shti







kechirim







suvoqchi







o’qidik







tarqoq







she’riyat






d) shunday so’zlar borki, ularda so’zlarni bo’g’inlar va morfemalar soni ham, bo’g’in va morfemalarga ajratish tarzi ham farq qiladi. M:




So’zlar

Bo’g’inlarga ajratish

Morfemalarga ajratish

So’zlar

Bo’g’inlarga ajratish

Morfemalarga ajratish

qiynoq







hiqildoq







sanoq







keldim







ishlov







majburiyat






9.Bo’g’in adabiyotshunoslikda hijo atamasiga to’g’ri keladi.

10.Ba’zan vazn talabi bilan bo’g’in va hijo bir-biriga teng kelmasligi mumkin. M:

Aziz asrimizning aziz onlari______________________________________________________________

Aziz odamlardan so’raydi qadrin.__________________________________________________________

Fursat g’animatdir, shoh satrlar-la_________________________________________________________

Bezamoq chog’idir umr daftarin___________________________________________________________

_____________________________________________________________________________________



Bo’g’inning tasnifi

I.Qanday tovush bilan tugashiga ko’ra bo’g’in 2ga bo’linadi:

a)ochiq bo’g’in b)yopiq bo’g’in

2.Unli tovush bilan tugagan bo’g’in ochiq bog’indir.

M: lo-la, i-ro-da, ko’-za

3.Undosh bilan tugagan bo’g’in yopiq bo’g’indir.

M: os-mon, tok-zor

4.So’z faqat ochiq yoki faqat yopiq bo’g’inlardan iborat bo’lishi mumkin (yuqoridagi misollar).

Shuningdek, so’zda ochiq va yopiq bo’g’inlar birga kelishi mumkin.

M: xi-yo-nat, sa-do-qat

II. Tarkibiga ko’ra bo’g’in 5ga bo’linadi:

a)bir unlidan iborat bo’gin: o-i-(la), a-(ka), o-(ta)

b)bir unli va bir undoshdan iborat bo’g’in M: ma-na, ish, ol

d) bir unli va ikki undoshdan iborat bo’g’in M: men, ishq, mak-tab

e) bir unli va uch undoshdan iborat bo’g’in M: stol, to’rt, fikr, matn

f) bir unli va to’rt undoshdan iborat bo’g’in (bo’g’inning bu turi faqat ruscha o’zlashma so’zlarda uchraydi) M: sport, spirt, front, tekst

(ba’zan istisno holatlar ham uchraydi) M: spektr, sprint, sprayt
III. Urg’uga munosabatiga ko’ra bo’g’in 2ga bo’linadi:


  1. Urg’uli bo’g’in – urg’u qabul qilgan bo’g’in;

  2. Urg’usiz bo’g’in – urg’u qabul qilmagan bo’g’in

M: or-fo-gra-fi-ya, ha-mi-sha, mor-fe-ma

IV. Qanday tovush bilan boshlanishiga ko’ra 2ga bo’linadi:

  1. berkitilmagan bo’g’in – unli bilan boshlanuvchi bo’g’in:

  2. berkitilgan bo’g’in – undosh bilan boshlanuvchi bo’g’in

M: jur’at

Urg’u haqida ma’lumot

1.So’zdagi bo’g’inlardan birining yoki gapdagi so’zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq ohang bilan aytilishi urg’u deb nomlanadi.

2.Urg’uning 2 asosiy ko’rinishi bor:

a) so’z urg’usi;

b) gap urg’usi.

3.So’z urg’usi so’zdagi bo’g’inlardan biriga tushadi. U leksik urg’u deb ham nomlanadi va fonetika bo’limida o’rganiladi.

4.Gap urg’usi gapdagi so’zlardan biriga tushadi. U logik urg’u, ma’no urg’usi, mantiqiy urg’u, frazaviy urg’u deb ham nomlanadi va sintaksisda o’rganiladi. Yozma nutqda gap urg’usini olgan so’z kesimdan oldin joylashadi.

5.Urg’u yordamida nutq ko’rkamlashadi, eshituvchiga yoqimli bo’ladi, uni zeriktirmaydi.

6. O’zbek tilida urg’u so’zlarni gap tarkibida boshqa so’zlardan ajratish va so’zning fonetik tarkibini uyushtirish vazifasini bajaradi.

7. O’zbek tilshunosligida Ayub G’ulomov “O’zbek tilida urg’u” (1947) asari bilan bu mavzuni o’rgangan.



So’z urg’usi haqida ma’lumot

1.So’zdagi bo’g’inlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq ohang bilan aytilishi so’z urg’usi yoki leksik urg’u deb nomlanadi.

2.So’z urg’usining shartli belgisi ʹ

3.Leksik urg’u tabiatiga ko’ra 2 xil bo’ladi:

a) erkin urg’u;

b) turg’un (bog’liq) urg’u

4.Erkin urg’u so’zning ma’lum bir bo’g’ini bilan bog’liq bo’lmaydi, so’zning har xil bo’g’iniga tushaveradi. Rus tilidagi urg’u erkin urg’uga misol bo’ladi.

M: atom, gazeta, propaganda, vodoprovod

5.Turg’un (bog’liq) urg’u so’zning ma’lum bir bo’g’ini bilam bog’liq bo’ladi. O’zbek tilidagi urg’u turg’un urg’u hisoblanadi, chunki ko’pincha so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi.

M: yaxshilik. o’qituvchi, unumdor, farosatli


Eslatma:

O’zbek tiliga arab, fors-tojik, rus va boshqa yevropa tillaridan o’zlashgan so’zlarda urg’u barqaror o’rniga ega. Bu urg’uning o’sha tillardagi ahamiyati bilan bog’liqdir.

M: tadbir, reklama, bahor

So’z urg’usiga xos xususiyatlar

1.O’zbek tilida leksik urg’uga xos bo’lgan asosiy xususiyatlardan biri shundaki, urg’u ko’pincha so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi.

M: ke-la-jak, yu-ma-loq, o’-quv-chi

Ammo urg’u hamma vaqt ham oxirgi bo’g’inga tushavermaydi.

M: ham-ma, op-poq, bar-cha

2. O’zbek tilida leksik urg’uga xos bo’lgan yana bir xususiyat urg’uning ko’chuvchanligidir, ya’ni qo’shimcha qo’shilishi bilan urg’u ham keying bo’g’inga ko’chadi.

M: paxta, paxtakor, paxtakorlar, paxtakorlarimiz, paxtakorlarimizning

Ammo urg’uning ko’chuvchanlik xususiyati hamma vaqt ham saqlanavermaydi, chunki tilimizda urg’u qabul qilmaydigan qo’shimchalar ham mavjud.

M: yigirma (son), yigirmata, yigirmatacha

3.O’zbek tilida leksik urg’u ba’zan ma’no farqlash uchun xizmat qilishi mumkin. Bunda urg’u:

a) omonim so’zlarda ma’no farqlash uchun xizmat qilishi mumkin.

M: atlas (xarita) – atlas (mato) yangi (sifat) – yangi (ravish)



tortma (ot) - tortma (fe’l) hozir (tayyor) – hozir (ravish)

fizik (ot) – fizik (sifat) banda (kishi) – banda (to’da)

toza (sifat) – toza (ravish) etik (oyoq kiyimi) – etik (etikaga oid)

Bunday so’zlar omonim so’zlar yoki omograflar deb nomlanadi.

b) paronim so’zlarda ma’no farqlash uchun xizmat qilishi mumkin.

M: azm (qaror) – azim (katta) ahl (odamlar, aholi) – ahil (inoq)



amr (farmon) – amir (hukmdor) adl (adolat) – adil (tik)
Ayrim so’zlarning urg’usiga xos xususiyatlar

1.Bir bo’g’inli so’zlarda, odatda, urg’u bo’lmaydi.

M: men, sen, gul, nok, kel kabi so’zlarda urg’u bo’lmaydi, chunki urg’u bo’lishi uchun bir bo’g’in boshqalariga nisbatan kuchliroq aytilishi kerak.

Bir bo’g’inli so’zlar sof ko’makchilar yoki affiks-yuklamalar bilan birga kelganda urg’u qabul qiladi.

M: sen bilan, sen-chi

Shuningdek, qator undoshlar bilan tugagan bir bo’g’in;I so’zlarda ham urg’u bo’ladi.

M: asl, asr, nasr, nazm, uzr, umr, mehr, rahm, matn, satr, fikr, hukm kabi bir bo’g’inli so’zlarda urg’u bo’ladi, chunki talaffuzda qator undosh orasida qisqa unli orttirilishi mumkin.

2. Fonetik usul bilan hosil bo’lgan kuchaytirma sifatlarda urg’u birinchi bo’g’inda bo’ladi.

M: hech narsa, hech qanday

4. Qo’shma so’zlar odatda bitta bosh urg’uga ega bo’ladi.

M: kungaboqar, tezoqar, Kattaqo’rg’on

Ur’gu qabul qilmaydigan qo’shimchalar

Ma’lumki o’zbek tilida leksik urg’u ko’chuvchanlik xususiyatiga ega, ya’ni so’zga qo’shimcha qo’shilganda urg’u ham ko’chadi.

Ammo tilimizda shunday qo’shimchalar borki, ular urg’u qabul qilmaydi, bunday qo’shimchalar so’zga qo’shilganda urg’uning ko’chuvchanlik xususiyati saqlanmaydi. Jumladan:

1. ma bo’lishsizlik qo’shimchasi urg’u qabul qilmaydi.



M: borma, aytma, o’qima

2. Sonning ma’no turlarini hosil qiluvchi -ta, -tacha qo’shimchalari ham urg’u qabul qilmaydi.



M: o’nta, o’ntacha

3. O’xshatish ma’nosini bildiruvchi -dek, -day, -cha qo’shimchalari ham urg’u qabul qilmaydi.

M: shamoldek, senday

4. -man, -san, -miz, -siz shaxs-son qo’shimchalari va bog’lamalar urg’u qabul qilmaydi.

М: o’qiyman, o’qiysan, o’qiymiz, o’qiysiz, o’quvchiman, o’quvchisan, o’quvchimiz, o’quvchisiz

5. -dir kesimlik qo’shimchasi ham urg’u qabul qilmaydi.

M: bilim boylikdir

6. Affiks yuklamalar, ya’ni -mi, -chi, -a, -ya, -u, -yu, -ku, -da, -oq, -yoq, -gina, -dir kabilar urg’u qabul qilmaydi.

M: o’qidingmi? sen-chi? o’qigan-ku, o’qigan-da

7. Rus tili ta’sirida tilimizga kirib kelgan -ov, -yev, -ova, -yeva, -ovich, -yevich, -ovna, -yevna elementlari ham urg’u qabul qilmaydi.

M: Sobirov, Sobirova, Sobirovich, Sobirovna

8. Sof ko’makchilar ham urg’u qabul qilmaydi. Bunda urg’u ko’makchi bilan birga kelgan mustaqil so’zning oxiriga tushadi.

M: sen bilan, opam uchun

Bilan va uchun ko’makchilarining qisqargan shakli ham urg’u olmaydi.

M: sen-la, sen ila, sen-uchun


Eslama: -larcha qo’shimchasi so’z yasovchi va sonning lug’aviy shaklini hosil qiluvchi qo’shimcha sanaladi. Bu qo’shimcha urg’u qabul qiladi. Ammo urg’u qo’shimchaning 1-bo’g’inida bo’ladi, ya`ni -cha qismi urg’u olmaydi.

M: qahramonlarcha, o’rtoqlarcha _____________________________________________________



Yuzlarcha, minglarcha___________________________________________________________
Omonim qo’shimchalar va urg’u

Ma’lumki, shakli, aytilishi va yozilishi bir xil, ammo ma’nolari har xil bo’lgan birliklar omonimlar deyiladi.

Tilimizda shunday omonim qo’shimchalar borki, ular urg’u olish-olmaslik xususiyati bilan farqlanadi. Jumladan:

1. -ma qo’shimchasi:

a) fe’lning bo’lishsizlik shakli bo’lganda urg’u qabul qilmaydi;

b) ot yoki sifat yasovchi qo’shimchalar bo’lganda urg’u qabul qiladi.

M: Kitob varag’ini qatlama_______________________________________________

Opam oq undan qatlama pishirdi________________________________________

Yoki: yozma____________ yozma__________________



-ma omonim qo’shimchasining urg’uga munosabatga belgilashda quyidagi holatdan ehtiyot bo’lish kerak:

M: tugma, suzma, qaynatma, qovurma, isitma, eritma, yuklama, bog’lama kabi so’zlarda urg’u ma’no farqlash uchun xizmat qiladi, ya’ni bu kabi so’zlarda urg’u oxirgi bo’g’inga tushsa, ot yoki sifat so’z turkumi, oxirgidan oldingi bo’g’inga tushsa, fe`l so’z turkumi hisoblanadi.


Ammo:

o’zlashma____________________________________________________________________________

qurilma______________________________________________________________________________

borma_______________________________________________________________________________

2. –cha qo’shimchasi:

a) o’xshatish ma’nosini ifodalaganda –dek, -day, kabi, singari birliklari bilan sinonim bo’ladi va urg’u qabul qilmaydi;

b)kichraytirish shakli yoki so’z yasovchi qo’shimcha bo’lganda urg’u qabul qiladi.

M: Bu odam eskicha fikrlaydi._________________________________________________________

Uni oqlashga tirnoqcha asos yo’q.___________________________________________________

Yoki: qushcha____________________ qushcha___________________________

yigitcha____________________ yigitcha___________________________

3. –miz qo’shimchasi:

a)shaxs-son qo’shimchasi yoki bog’lama bo’lganda urg’u qabul qilmaydi.

b)egalik qo’shimchasi bo’lganda urg’u qabul qiladi.

M: Biz litseyda o’qiymiz._____________________________________________________________

Biz o’quvchimiz.______________________________________________________________________

Bizning o’quvchimiz musobaqada g’olib chiqdi._____________________________________________

Yoki: ishchimiz______________________________________________________________________

ishchimiz____________________________________________________________________________

4. –siz qo’shimchasi:

a) shaxs-son qo’shimchasi bo’lganda urg’u qabul qilmaydi;

b)sifat yasovchi bo’lgandA, ya’ni asosdan anglashilgan predmet-belgiga ega emaslik (inkor) ma’nosini ifodalaganda urg’u qabul qiladi.

M: Mening eng yaqin do’stim sizsiz.__________________________________________________

Sizsiz bu masalalarni hal qilolmayman.__________________________________________________

Yoki: Ey malak, go’zallikda quyoshsiz, oysiz.____________________________________________

Navoiy sultonsiz mamlakatni oysiz kechaga o’xshatadi._____________________________________

Eng yaqin do’stim kim ekanligini bilasiz.________________________________________________

5. –chi, -da, -gina, -oq, -a qo’shimchalari:

a)yuklama bo’lganda urg’u qabul qilmaydi;

b) –chi. –oq, -a so’z yasovchi bo’lganda;

-da o’rin-payt kelishigi qo’shimchasi bo’lganda;

-gina erkalash shakli bo’lganda urg’u qabul qiladi.

M: Onaning ko’ngli bolada._____________________________________________________________

Bola baribir bola-da.___________________________________________________________________

Yoki: Mening akam ishchi._____________________________________________________________

Ish-chi, uni kim bajaradi:_______________________________________________________________

Yoki: -gina shakli:


  • erkalash shakli bo’lganda urg’u qabul qiladi; yuklama bo’lganda esa urg’u qabul qilmaydi;

M: bolagina__________________________________________________________________________

bolagina_____________________________________________________________________________



  • erkalash shakli bo’lganda otning lug’aviy va sintaktik shakllari undan keyin qo’shiladi.

M: bolaginam________________________ bolamgina_______________________

6. –lar qo’shimchasi:

- ko’plik shakli bo’lganda urg’u qabul qiladi;

- -la fe’l yasovchi + -r sifatdosh shakli bo’lganda urg’u olmaydi.

M: Ko’zlar inson qalbining oynasidar.___________________________________________________

Chin inson birovga yaxshilik ko’zlar._____________________________________________________

Yoki: qo’llar, bog’lar, ishlar, gullar, yo’llar, suvlar kabi so’zlarda urg’u ma’no farqlash uchun xizmat qiladi, ya’ni urg’u oxirgi bo’g’inga tushsa – ot, urg’u birinchi bo’g’inga tushsa – fe’lning sifatdosh shakli hisoblanadi.

7. –lar + -ing shakli:

a) II shaxs buyruq-istak maylini hosil qilganda hurmatsizlik ma’nosini ifodalaydi va urg’u qabul qilmaydi;

b) –lar ko’plik shakli + -ing egalik qo’shimchasi bo’lganda urg’u qabul qiladi.

M: Qo’ylaring bug’doyzorga kirib ketibdi._______________________________________________

Hamma narsani joy-joyiga qo’ylaring.______________________________________________________


Eslatma:

  1. Rus tili ta’sirida tilimizda paydo bo’lgan ayrim so’zlar tarkibida –ik elementi uchraydi. Bunda:

a)-ik bilan tugagan so’zlar sifat bo’lsa, urg’u oxirgi bo’g’inga tushadi;

b_ot bo’lganda oxirgidan oldingi bo’g’inda bo’ladi.

M: Bir akademik soat 45 minutga teng.

Akademik Pavlov ta’limoti o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q.



-ik elementi bilan tugagan bunday so’zlarning urg’usini belgilashda quyidagi hollardan ehtiyot bo’lishimiz kerak.

M: fizik, biofizik, ximik, texnik, agrotexnik, mexanik, klassik, lirik kabi so’zlarda urg’u ma’no farqlash uchun xizmat qiladi, ya’ni bu kabi so’zlarda urg’u oxirgi bo’g’inga tushsa, sifat so’z turkumi, oxirgidan oldingi bo’g’inga tushsa ot so’z turkumi sanaladi.

Ammo:

satirik_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________



yumoristik_________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Eslatma II:

Ba’zan o’zak shaklidagi so’z bilan ma’lum bir qo’shimchani olgan so’z o’zaro omonim bo’lishi va urg’u bilan bir-biridan farq qilishi mumkin.

M: yigirma___________________________________________________________________________

yigirma______________________________________________________________________________

Yoki: olma___________________________________________________________________________



olma________________________________________________________________________________
1-topshiriq. Berilgan so’zlarning urg’usini aniqlash

Adabiyotshunoslik, asabiylashmoq, avtomatlashtirmoq, ba’zan, ba’zi, bahr, baravarlashtirmoq, dadilroq, hech qanday, har qachon, hatto, hayallama, hush, husn, ilgarigiday, ildizmevali, kelarsan, kelishmovchilik, kechirilmoq, kilogramli, lolazor, orombaxsh, pak-pakana, qachondir, qalbaki, qishlog’ingizdagi, qahramonlarcha, vatanparvarlik, yuztacha, zo’rg’a, o’zbilarmonlik


2-topshiriq. Urg’uning ko’chuvchanligi yuzasidan ish

  • adabiy, adabiyot, adabiyotshunos, adabiyotshunoslik, adabiyotshunoslikdan,

  • maktab, maktabingiz, maktabingizni, maktabingizmi

  • farzand, farzandmi, farzandman, farzandman-ku, farzandman-da, farzandda, farzand-da,

farzandmiz, farzandimizn farzandsiz

  • bugungi, bugungiday, bugundan, bugunoq

  • beshta, beshinchi, beshtacha, beshovlon

  • o’qigan, o’qiganman, o’qiganman, o’qiganman-ku, o’qimoqchi, o’qimoqchisan, o’qimoqchimisan, o’qisang-chi

  • Buxoro, buxorolik, buxorolikman, buxorolikmiz, buxoroliklarning


3-topshiriq. Ruscha o’zlashma so’larning so’zlarning urg’usi yuzasidan ish

Aksiya, akvarium, akrobatika, aksiz, analizator, anarxiya, anatomiya, aristocrat, geografiya, gubernator, geolog, genetika, gemoglobin, gigiyena, gigrometr, gimnaziya, grammofon, gradus, kafedra, capital, kapitalistik, kartoteka, kartochka, kategoriya, kibernetika, kilovatt, kinematograf, kinoapparatura, kinossenariy, kinoxronika, klaviatura, komendatura, kvadrat, medalyon, melioratsiya, mexanizatsiya, metodika, metallurgiya, milligram, mimika, minimum, molekula, molekular, monografiya, monografik


4-topshiriq. Tilshunoslik va adabiyotshunoslikka oid ruscha-o’zlashma atamalarning urg’usi yuzasidan ish

  1. Abbreviatsiya, abbreviatura, assimilatsiya, artikulatsiya, affiks, affiksatsiya, defis, fonetika,

fonetik, fonema, fonologiya, grafika, grammatika, grammatik, inversiya, kompozitsiya, konversiya, leksema, leksika, leksikografiya, metafora, metoforik, metonimiya, morfemika, morfema, morfologiya, orfoepiya, orfoepik, orfografiya, orfografik, punktuatsion, punktuatsiya, sinekdoxa, sinonim, sintaksis, sintaktik, sintagma, singarmonizm, tire, transkripsiya


  1. Allegoriya, alliteratsiya, ballada, dilogiya, drama, dramaturgiya, epizod, epos, felyeton,

komediya, kulminatsiya, lirika, monolog, novella, obraz, ocherk, personaj, peyzaj, poema, poeziya, portret, proza, pyesa, remarka, roman, satira, satirik, sonnet, sujet,tragediya, trilogiya, yumor, yumorist, yumoristik
5-topshiriq. Urg’uning omonim (shakldosh) so’zlarda ma’no farqlash vazifasi yuzasidan ish

yigirma___________________________ yigirma______________________________

toza______________________________ toza_________________________________

yangi_____________________________ yangi________________________________

atlas______________________________ atlas________________________________

mexanik___________________________ mexanik_____________________________

organik____________________________ organik______________________________

hozir______________________________ hozir________________________________

organ_____________________________ organ________________________________

davlat_____________________________ davlat________________________________

rom_______________________________ rom_________________________________

olma______________________________ olma________________________________

general____________________________ general______________________________

soya______________________________ soya_________________________________

banda_____________________________ banda________________________________

kredit_____________________________ kredit________________________________

lirik______________________________ lirik__________________________________

etik_______________________________ etik__________________________________



balli______________________________ balli__________________________________

chora_____________________________ chora_________________________________
Download 30,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish