Biznes rejalashtirish



Download 19,58 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi19,58 Kb.
#244321
Bog'liq
yakuniy biznes rejalashtirish


Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Iqtisodiyot fakulteti Mintaqaviy iqtisodiyot yo’nalishi 2-bosqich talabasi Egambergenov Asadbekning Biznes rejalashtirish fanidan Yakuniy nazorat ishi.

8-вариант

1. Бизнес режаларнинг аҳамияти ва зарурияти.

2. Ўзбекистан Республикаси Президентининг кичик бизнесни қўллаб-қувватлашга доир Фармонлари ва Қарорлари.

3.Бизнес ва аҳоли бандлиги.

1. Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o’tishi bilan korxonalarda ishlab chiqiluvchi oldingi texnika-sanoat-moliya rejalari, qurilish-moliya rejalari, transport-moliya rejalari tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqib o’z o’rnini biznes-rejalarga bo’shatib berdi. Biznes-rejada biznes falsafasi, korxonaning joriy va istiqboldagi strategiyasi aks ettiriladi.


«Bir lahzada tayyorlanuvchi biznes-reja» kitobi mualliflari Gustav Berl va Pol Kirshnerning «biznes-rejaga ega bo’lib, siz professionalga aylanasiz, o’z biznesingizni rivojlantirishingiz mumkin bo’ladi»1 deb aytganligi bejiz emas, albatta. Haqiqatdan ham, biznes-reja bu biznes ummonidagi mayoq, biznesning hozirgi va kelajakdagi holatining suratidir. U yangi paydo bo’layotgan biznesning yuragidir.

Ko’ngildagidek ishlab chiqilgan biznes-reja ishlab chiqarishni faol rivojlantirish va shu bilan bir paytda uning dinamikasini nazorat qilish, investorlar, hamkorlar va kredit resurslarini jalb qilishni amalga oshiradi. Eng asosiysi u yoki bu ishlab chiqarishga pul kiritish joizmi, barcha xarajatlarni qoplaydigan miqdorda daromad olinadimi degan savollarga javob beradi.

Edvard Blekvellning «Qanday qilib biznes-reja tuzish» asarida ko’rsatilishicha: «Biznes-reja bank yoki boshqa moliyaviy muassasalardan pul olish kerak bo’lganda, shuningdek, aktsiyalar emissiyasida foydalaniluvchi rejadir».

1998 yilda Gruzinov V.P. muharrirligi ostida nashr qilingan «Korxona iqtisodiyoti» darsligida qayd etilishicha: «biznes-reja biron-bir tijorat loyihasini amalga oshirish yoki yangi korxona yaratish uchun mo’ljallangan asoslangan hatti-harakatlar yig’indisini ifodalovchi hujjatdir»2.


1996 yilda Gorfinkel V. L. va Kupryakova E.M. muharrirligi ostida chiqarilgan xuddi shunday kitobda aytiladiki «tadbirkorlik biznesining asosiy maqsadi foyda olishdir. Ko’zda tutilgan bitimni rejalashtirishda avvalo qanday summa olishga umid qilish va loyiha umuman kutilayotgan miqdorda foyda keltirishga qodirligiga ishonch hosil qilish lozim»3
Biznes-reja quyida keltirilgan uchta asosiy funktsiyalarni bajarishga bog’liq degan fikr ham mavjud:


  • biznes yuritish kontseptsiyasini ishlab chiqish;


  • korxona faoliyatining amaldagi natijalarini baholash;


  • pul mablag’larini jalb qilish zarurligini asoslab berish.


Yuqorida keltirilgan sharhdan ko’rinib turibdiki, biznes-rejani tuzish zarurati ayrim hollarda o’z biznesini yaratish bilan, ikkinchi holda bank yoki boshqa moliyaviy muassasadan pul olish niyati bilan, uchinchidan esa tijorat loyihasini amalga oshirish, yangi korxona yaratish zarurati bilan asoslanadi.

Biznes-reja ham yirik korxonalarda, ham kichik korxonalarda ishlab chiqilishi lozim. Bunda uni ishlab chiqish korxonani rivojlantirish strategiyasidan tashqari, ularni amalga oshirish uchun ayni paytda korxonadan qo’shimcha moliyaviy resurslar talab qiluvchi yangi loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta ta’mirlash va texnik jihozlash, mahsulot diversifikatsiyasi, ichki va tashqi bozorlarga kirib borish bilan bog’liq bo’lishi lozim. Chunki biznes-reja korxonaning kundalik faoliyatidan tashqari, bank muassasalari tomonidan yuqorida ko’rsatilgan va shunga o’xshash tadbirlarni moliyalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Boshqa hollarda esa korxona o’z biznes-rejasini nima deb atashining unchalik ahamiyati bo’lmaydi, bu korxonaning o’z ixtiyorida bo’ladi.
Banklar, investitsiya firmalari va boshqa muassasalar aniq va to’g’ri tuzilgan biznes-rejani olmaguncha korxonalardan moliyaviy qo’llab-quvvatlash bo’yicha qaror qabul qilmaslikka harakat qiladilar.

Biznes-reja birinchidan, korxonaning barcha bo’lim va xizmatlari majburiyatlari va javobgarligini aniqlashga imkon beradi, ikkinchidan, ularni korxona istiqboli bilan shug’ullanish hamda korxona maqsadlarini va ularga erishish yo’llarini aniqlashga majbur qiladi, uchinchidan, korxona faoliyatining muhim yo’nalishlari bo’yicha ko’rsatkichlarni belgilab beradi, to’rtinchidan esa, korxonaning bozordagi kutilmagan o’zgarishlarga yanada moslashuvchan va tayyor qilib qo’yadi.





2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining kichik biznesni qo’llab quvvatlashga doir Farmonlari va Qarorlari

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, NPQ-5441, Qabul qilingan sana 27.03.2021, Kuchga kirgan sanasi 27.03.2021:

“Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”

2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, NPF-6191, Qabul qilingan sana 23.03.2021, Kuchga kirgan sanasi 24.03.2021:

“Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, u borada byurokratik to’siqlarni qisqartirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”

  1. PF-4848 05.10.2016

"Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi Farmoni



  1. PQ-4417 13.08.2019

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA SANOAT VAZIRLIGI HUZURIDAGI KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA

  1.  PQ-2507 16.03.2016

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI EKSPORTINI QO‘LLAB-QUVVATLASH JAMG‘ARMASI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

  1. PQ-2646 28.10.2016

TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH VA HISOBGA QO‘YISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA

  1. “O'zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo'yicha 2017-2021 yillarga mo'ljallangan dastur”

3. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning hal etilishi aholi turmush darajasini tubdan o'zgartirish, yaxshilashni talab etadi. Bu masalalar mehnatga layoqatli aholining ish bilan bandligi, yangi ish o'rinlarini yaratish mexanizmlari, hududlar aholisini ish bilan band etishning yangi shakllarini baholash usullarini takomillashtirilishini talab etadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida aholi bandligini ta'minlash hamon dolzarb masala bo'lib turganligi quyidagicha ta'kidlandi: “...Yil davomida biz uchun g'oyat muhim bo'lgan yangi ish o'rinlarini tashkil etish masalasi doimiy e'tiborimiz markazida bo'ldi. 2017 yilda yangi sanoat korxonalarini qurish, xizmat ko'rsatish ob'ektlariniishga tushirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan 336 mingdan ziyod yangi ish o'rinlari tashkil etildi. O'zo'zidan ayonki, biz aholi bandligini ta'minlashni o'z oldimizga ustuvor vazifa qilib qo'ygan ekanmiz, bu masalaga nafaqat son, balki sifat jihatidan ham alohida ahamiyat berishimiz zarur”. Boshqacha qilib aytilganda natijalarning aniq sifat ko'rsatkichlarini belgilash ustuvor ahamiyat kasb etishiga e'tibor qaratildi.

Tadbrkorlik sohalarida yangi ish o'rinlari tashkil etish, investitsiya, soliq, pulkredit va ilmiy-texnikaviy siyosatni takomillashtirish, bozor xizmatlarining tarmoq tuzilmasida innovatsion tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlashning omillaridan biri hisoblanadi. Ushbu xizmatlar ko'rsatish aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirilishini ta'minlash imkonini beradi. Bundan tashqari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan xizmatlar ishlab chiqarishning kengayishi mazkur sohaning jadal rivojlanishini ta'minlamoqda. Imtiyozli kreditlarning maqsadli yo'naltirilishi faqatgina shahar joylarida emas, balki qishloq hududlarida ham kichik tadbirkorlikning bozor “Халқаромолияваҳисоб” илмий электрон журнали. № 6, декабрь, 2018 йил 6 xizmatlari ishlab chiqarishi umumiy hajmining oshib borishi, ishga joylashishga ko'maklashish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish bozorida zamonaviy infratuzilma va raqobat muhitini yaratishda, aholining ish bilan bandligini ta'minlash bo'yicha mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirishda amaliy ahamiyat kasb etmoqda. “O'zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo'yicha 2017-2021 yillarga mo'ljallangan dastur”ga asoslanib, xizmat ko'rsatish sohalarida xususiy va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida yangi ish joylarini yaratish bo'yicha quyidagi asosiy yo'nalishlarni tavsiya qilish mumkin:

• yangi turdagi ishbilarmonlik (kasbiy) xizmatlari ko'chmas mulk bilan savdo qilish, vaqtinchalik erkin pullarni joylashtirish, axborot, marketing va reklama xizmatlari, buxgalteriya balansi va hisobotlarini tuzish, elektron kotiba;

• turistik firmalari, axborot kommunikatsion texnologiya vositalarini tuzatish tayanch punktlari, ijtimoiy psixologik markazlar, turli ta'lim va kasbga o'qitish qisqa kurslari kabi xizmat ko'rsatish ob'ektlarini tashkil etish.



• xizmat ko'rsatish sohalarida alohida yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish to'g'risida me'yoriy-huquqiy hujjatlar tizimini yaratish lozim;

• hayvonlarga qarash bo'yicha xizmatlar – hayvonlarni boqish; • bolalarni tarbiya qilish, o'qitish bo'yicha xizmatlar, xususiy bog'cha va maktablar, oilaviy bolalar bog'chalari, oilaviy kutubxonalar va boshqa xizmat ko'rsatish ob'ektlarini tashkil etish.
Download 19,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish