Biz "mantiq" istilohini fanni ifodalash uchun qo‘llaymiz. Mantiq shakllari orasida quyidagilar muhim o‘rinni egallaydi



Download 16.09 Kb.
Sana15.05.2021
Hajmi16.09 Kb.

1.Bilish murakkab, ziddiyatli, turli xil darajalarda va shakllarda amalga oshadigan jarayondir. Uning dastlabki bosqichni hissiy bilish-insonning sezgi organlari yordamida bilish tashkil etadi. Bu bosqichda predmet va hodisalarning tashqi hususiyatlari va munosabatlari, ya’ni ularning tashqi tomonida bevosita namoyon buladigan va shuning uchun ham inson bevosita seza oladigan belgilari haqida malumotlar olinadi.

2.Tafakkur bilishning yuqori bosqichi - ratsional (lotincha ratio – aql) bilish bo‘lib, unda predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlanadi, ular o‘rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya’ni qonuniy bog‘lanishlar aks ettiriladi. Aqliy bilish, tafakkurlash voqelikni abstraktlashgan (mavhumlashgan) va umumlashgan holda aks ettiradi. Tafakkurlash til bilan uzviy aloqada, ya’ni til fikrning voqe bo‘lish shakli hisoblanadi. Sharq mutafakkirlari tilga katta e’tibor berganlar. Tafakkur (aqliy bilish) hissiy bilish bilan uzviy bog‘liq. Tafakkur yordamida buyum va hodisalarning mohiyatini tushunishga erishiladi. Tafakkur voqelikni umumlashtirib va mavhumlashtirib, muayyan mantiqiy shakllarda, ya’ni tushuncha, mulohaza va xulosa chiqarish hamda ular o‘rtasidagi aloqalar shaklida aks ettirib, ma’lum mantiqiy qonun-qoidalarni vujudga keltiradiki, to‘g‘ri, aniq, izchil, ziddiyatlardan xoli fikrlash ana shu qonun-qoidalarga amal qilishni taqozo etadi. Bu qonun-qoidalar amaliyotda vujudga kelgan bilimlarni isbotlash yoki rad etish, ularning to‘g‘riligi yoki xatoligini tasdiqlash yoxud inkor etishga xizmat qiladi.

3.“Mantiq” so‘zi yunon tilidagi “logika” so‘zining arabcha tarjimasidir. “Logikos” – so‘z, aql, aql yuritish, qonun ma’nolarini beruvchi keng qamrovli termindir. “Mantiq” istilohining qamrovi ham “logos”niki kabi bo‘lib, uning o‘zagi “so‘zlashuv” ma’nosini beradigan “nutq” so‘zidir.1Biz “mantiq” istilohini fanni ifodalash uchun qo‘llaymiz. Mantiq shakllari orasida quyidagilar muhim o‘rinni egallaydi:

Formal mantiq – mulohazalar va isbotlashning strukturasini analiz qilish, o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi fan bo‘lib, unda asosiy e’tibor mazmunga emas, shaklga qaratiladi.

Noformal mantiq – Noformal mantiq (informal logic)– tabiiy tilda argumentlashni qurish va baholashning noformal standartlarini, uni talqin qilishning usullari va mezonlarini ishlab chiquvchi normativ fandir.

Nazariy mantiq –muayyan bilimlarning mantiqiy sistemasi yoki mantiqiy nazariyalar yig‘indisi bo‘lib, ular tabiiy va maxsus formallashgan (sun’iy) til vositasida, ma’lum bir prinsip va aksiomalarga asosan qurilgandir.

Amaliy mantiq – 1. Insonlarning tabiiy tafakkurlash jarayonini; 2.Nazariy mantiqdan konkret holatlarda foydalanishni, ya’ni dalillash va rad etishni; 3. Faoliyat mantig‘i, qaror qabul qilish mantig‘i, tanlash mantig‘i, evristika, prakseologiya, konfliktologiya va boshqa shu turdagi mantiqiy nazariyalar va tadqiqotlarni ifodalaydi.

4.Tafakkur voqelikni umumlashtirib va mavhumlashtirib, muayyan mantiqiy shakllarda, ya’ni tushuncha, mulohaza va xulosa chiqarish hamda ular o‘rtasidagi aloqalar shaklida aks ettirib, ma’lum mantiqiy qonun-qoidalarni vujudga keltiradiki, to‘g‘ri, aniq, izchil, ziddiyatlardan xoli fikrlash ana shu qonun-qoidalarga amal qilishni taqozo etadi.

5.Tafakkur qonunlari: Inson bilish jarayonida buyum va hodisalar, ularning sifat, xususiyatlari haqida tushunchalar xosil qiladi, fikr-mulohaza yuritadi, ularni mantiqiy bog‘lab, xulosalar xosil qiladi. Bu jarayonni tushunish uchun tafakkur shakli va tafakkur qonuni nima ekanligini bilib olish zarur.

Tafakkur qonunlariga amal qilish to‘g‘ri, tushunarli, aniq, izchil, ziddiyatsiz, asoslangan fikr yuritishga imkon beradi. Aniqlik, izchillik, ziddiyatlardan xoli bo‘lish va asoslanganlik to‘g‘ri tafakkurlashning asosiy belgilaridir. Bular mantiqiy qonunlarning asosini tashkil etuvchi belgilar.

6. Har bir tushuncha muayyan hajm va mazmunga ega. Tushunchaning hajmi unda fikr qilinayotgan predmetlar yig‘indisini aks ettiradi. Masalan, “orol” tushunchasining hajmi yer yuzidagi mavjud barcha orollarni o‘z ichiga qamrab oladi. Tushunchani ifodalovchi so‘zda ko‘plik qo‘shimchasi “lar” bo‘lmasa ham, u umumiy hajmga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, inson, uy, davlat tushunchalari kabi.

Har bir inson hayoti davomida tushunchalarning aniq ta’riflanishiga ehtiyoj sezadi, tushunchaning ta’rifiga asoslanib bilimga ega bo‘ladi, voqea va hodisalarga nisbatan o‘z munosabatini belgilaydi. Masalan, Majid Havofiyning: “Sahiylik- bu (biror narsani) boshqa kishiga hech qanday yomonlikni niyat qilmay va tamagirlikni o‘ylamay hamda shu narsaning qaytarilishiga umid bog‘lamay tuhfa qilishdir,”- degan fikrini o‘qib, sahiylik tushunchasining mazmunini bilib olamiz. Tushunchaning mazmunini aniqlash, unga ta’rif berish demakdir.



7.Diniy e’tiqod-  insonning dinga bo’lgan munosabatini belgilashda qo’llaniladigan tushuncha. Diniy e’tiqod erkinligi O’zR Konstitutsiyasining 31-moddasida mustahkamlangan. Unda quyidagi qoida bayon etilgan: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirish yo’l qo’yilmaydi». Shuningdek, 1991-yi 14-iyunda qabul qilingan, 1998 yil 1 mayda o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritilib, yangi tahriri tasdiqlangan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonunda ushbu konstitutsiyaviy qoida rivojlantirilgan. Chunonchi, Qonunning 5-moddasida shunday deyiladi: «O’zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. Hech bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo’l qo’yilmaydi». Shuningdek Qonunning 3-moddasida «Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda vijdon erkinligi va diniy e’tiqod erkinligi huquqidan foydalanadilar hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qonunda belgilangan tarzda javobgar bo’ladilar» deyilgan.

1



Download 16.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat