Biz korrupsiyaga qarshimiz



Download 24,38 Kb.
Sana20.07.2021
Hajmi24,38 Kb.
#124149
Bog'liq
maqola


Toshkent davlat Texnika universiteti Termiz filiali Yengil sanoat va kimyo texnologiyalari fakulteti kimyoviy texnologiya yo’nalishi 2-bosqich 9-18 guruh talabasi Sharapov Mansur Komil o’g’lining yozgan maqolasi:

Biz korrupsiyaga qarshimiz

Bugungi kunda eng ko’p ishlatilayotgan so’zlarimizdan biri - “korrupsiya”. Ijtimoiy hayotimizda uning domiga tushib oyog’I qoqilayotganlar hozirgi kunda juda ko’pchilikni tashkil etib bormoqda. Qadimgi davrda ba’zi qabilalarda yuqori mavqega ega bo’lish uchun o’sha qabilaning sardoriga turli sovg’a salomlar berish odatidan korrupsiyaning ilk ildizlari kurtak yoya boshlagan ekan. U vaqtlarda bu amal odatiy hol deb qabul qilingani tabiiy.



Korrupsiya (lotincha corrumpo-aynish, poraga sotilish) – mansabdor shaxsning o’z mansabi bo’yicha berilgan xuquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiste’mol qilishidan iborat amaliyot hisoblanadi.Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi xam korrupsiya deyiladi. Korrupsiya davlat apparati va parlament faoliyatida ayniqsa avj oladi. Makroiqtisodiy tadqiqotlarga binoan korrupsiya iqtisodiy o’sish va taraqqiyotga halal beruvchi eng muhim omil hisoblanadi.

Biroq jamiyat hayotining murakkablashuvi va markazlashuvi korrupsiyaning mamlakat rivojiga katta to’siq ekanini ko’rsatdi. Tez tez eshitib qolayotganimiz: bolalar bog’chasidan to oliy o’quv yurtlarigacha, qorovuldan to hokimgacha , ayblanuvchidan to qozigacha bu illat qurboniga aylanib, qancha jazolansada , tamagirlikka qarshi qattiq kurashilsada, korrupsiyaga to’la barham berib bo’lmayapti. Xo’sh nega shunday? Sababi oddiy: odamlar uncha muncha ishni vaqtini behuda sarflamaslik uchun emas, o’sha yumushi ayrim nopok, tamagirlar tomonidan o’rnatilgan turli soxta g’ovlar sabab bitmay qolishidan qo’rqishi sababli ham pora berish payida bo’ladilar. Shu zaylda korrupsiya muammosi chuqur ildiz otib ketaveradi. Albatta bundaylar safi oshishi va nafsi hakalak otishida sizu biz ham barchamiz birday aybdormiz. Bir kishining internetda “Hatto korrupsiyaga qarshi kurashadigan idoralarda ham korrupsiya bor” deya qoldirgan izohi kishini chuqur o’ylantirib qo’yadi. Bu fikrni XVII asrda yashagan Tomas Gobbsning “Korrupsiya davrlar osha o’sib kelayotgan ildiz bo’lib, u har hil orzu havaslar ortidan birortayam qonunni mensimaslikdir” degan gapi yanada mustahkamlaydi. Aslida insoniyat tarixida korrupsiyaga qarshi kurash qadimdan boshlangan desak mubolag’a bo’lmaydi. Gerodotning xabar berishicha, qadimgi fors davlati – Ahamoniylar saltanatida shoh Kir II ning o’g’li Kambiz II davrida pora olgan sudyaning tiriklayin terisi shilinib kursisiga tortib qo’yilgan va uning o’g’li shu vazifaga tayinlangan, toki sudda ish ko’rayotgan chog’ida qaysi kursida o’tirganini unutmasligi uchun. Ruslarda 1556 yilda Ivan Grozniy tomonidan poraxo’rlik uchun o’lim jazosi joriy etilgan. Singapur davlati hozirgi paytda korrupsiyaning yo’qligi, iqtisodiy erkinlik va taraqqiyot darajasi bo’yicha dunyo reytinglarida yetakchi o’rinlarni egallagan. Qa’tiy avtoritar davlat nomini olishiga ham u yerda joriy etilgan “ vijdonli bo’lish va sotilmaslik tamoyili” sabab bo’lgan. Singapur misoli siyosiy iroda, korrupsiyaga qarshi samarali qonunchilik va sotilmaydigan mustaqil agentlik (Korrupsiya holatlari yuzasidan surishtiruv olib borish byurosi) bir necha yil ichida korrupsiyani juda past darajaga tushirishga qodir ekanini ko’rsatdi. Bu davlatdagi asosiy islohotlar sudyalarning oyligini oshirishga (1990 yilda 1 million dollar) sudyalik lavozimiga eng yaxshi advokatlar jalb etishga qaratildi. Jinoyat olami guruhlari shafqatsizlik bilan yo’q qilindi. Ma’suliyatli lavozimni egallab turgan davlat xizmatchilarining maoshi xususiy korporatsiyalar top-menejerlariniki darajasigacha oshirildi. Hozirda poraxo’rlik uchun qo’llaniladigan Xitoydagi jazo turi boshqa hech bir davlatda bo’lmasligi tabiiy. Sababi u yerda bunday jinoyat jiddiy sanalib jinoyatchiga nisbatan qatl jazosi belgilanadi. Korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro miqyosda olib borilib, BMT tomonidan 9-dekabr kuni “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” deb e’lon qilingan. Tadqiqotlar biror bir illatga barham berishda eng samarali vosita illatning o’zi emas, balki sababi bilan kurashish zarurligini ko’rsatmoqda. Shu ma’noda mamlakatimizda ham korrupsiyaga qarshi keskin kurashish bo’yicha qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qo’yadigan adolat tuyg’usini hayotimizda yanada keng qaror toptirish birinchi darajali vazifa ekaniga alohida e’tibor qaratmoqda. Jamiyatimizda korrupsiya turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish ularga yo’l qo’ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to’g’risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo’yicha qat’iy choralar ko’rish zarurligi ta’kidlanmoqda. 2017-yil 4-yanvardan O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonuni kuchga kirgani korrupsiyaga barham berish uchun barcha asoslarni yaratib berdi.Mazkur qonun ijrosi to’liq va samarali ta’minlanishi uchun 2017-yil 2-fevralda davlatimiz rahbarining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora tadbirlari to’g’risidagi qarori qabul qilindi. Ta’kidlash joizki ayni paytda korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha respublika idoralararo komissiyasi tomonidan davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida ushbu jinoyatning sabablari va yuzaga kelish shart – sharoitlarini kompleks bartaraf etish bo’yicha samarali chora tadbirlarni amalga oshirishga yo’naltirilgan 2019-2021 –yillarga mo’ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha Davlat dasturi loyihasi ishlab chiqilmoqda.



Davlat dasturi loyihasi quyidagi beshta yo’nalish bo’yicha shakllantiriladi. –Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish. –Fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish. –Ta’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalarida korrupsiyaning oldini olish bo’yicha chora tadbirlar. –Korrupsiyaga oid huquqbuzarlikni o’z vaqtida aniqlash, ularga chek qo’yish oqibatlarini, sabablar va shart-sharoitlarini bartaraf etish. –Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tashkiliy choralar, tadqiqotlar o’tkazish, xalqaro hamkorlik.

Insonni qiyin ahvolga tushuradigan ruhan ezadigan holatlar ichida eng og’iri adolatsizlik hisoblanadi deyish mumkin. Uning bir ildizi korrupsiya bilan bog’liq bo’lib, bu shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yohud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi va shaxsiy boyishi tushuniladi. Xalqimizning tom ma’nodagi adolat qaror topgan jamiyatda yashashi uchun nafaqat ma’sul shaxslar balki har bir fuqaro o’z hissasini qo’shishi zarur. Bu fuqarolarimizda korrupsiyaga aniqroq aytganda har qanday qonunbuzarlikka nisbatan murosasizlik kayfiyati, madaniyati shakllanishiga ham bog’liq. Chunki har qanday qonunbuzarliklar sodir etilishiga, ko’payishiga ko’p hollarda o’zimizning befarqligimiz, loqaydligimiz sabab bo’lib kelmoqda. Barchaning yakdilligi, yurt taqdiriga daxldorligi kuchayishi har qanday illatning batamom barham topishiga xizmat qiladi. Shunday ekan yurtimizning barcha davlatlar qatori o’sib rivojlanishiga o’z hissamizni qo’shaylik.
Download 24,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish