Bitiruv malakaviy ishi


qishloq xo`jalik ekinlariga zarar yetkazuvchi o`simliklarni yo`qotishda agratexnik tadbirlarning ustunvorligi



Download 1.22 Mb.
bet4/4
Sana22.01.2017
Hajmi1.22 Mb.
1   2   3   4

qishloq xo`jalik ekinlariga zarar yetkazuvchi o`simliklarni yo`qotishda agratexnik tadbirlarning ustunvorligi.

Har bir fermer xo`jaligida ekinlarni zararkunanda kasallik va begona o`tlardan himoya qilish borasidagi kelgusi yil ish rejasi tuzishda quyidagi tashkiliy xo`jalik tadbirlarini hisobga olish lozim:



  1. ekinlarda zararkunanda kasallik va begona o`tlarning tarqalish ehtimoli mavjuf maydonlar hajmini aniqlash

  2. o`tkaziladigan himoya tadbirlarining usul va vositalarini muddati va takrorligiga, talab etiladigan bilogik va kimyoviy himoya vositalarining hajmi hamda miqdorini aniqlash

  3. yuqoridagilardan kelib chiqib, ekinlarni hi himoya qilishda seruis xizmat ko`rsatadigan tashkilotlar bilan kelgusi yil uchun shartnoma tuzish

  4. xo`jalik ishchilarini o`simliklarni himoya qilish borasidagi asosiy tamoillar bilan tanishtirish, o`qitish ishlarini tashkil etish

  5. biolobaratoriyalarni har tomonlama ta`miralsh va qo`shimcha jihozlash. Malakali mahsulot ta`minotiga joiz tashkiliy ishlarni amalgam oshirish. Biomahsulotlarini standart talabiga javob beradigan qilib tayyorlashni ta`minlash

  6. maxsus o`simliklarni himoya qilish uchun ishlatiladigan purkagichlarni tamirlash.

  7. xo`jaliklarda o`simliklarni himoya qilish ishlarida ishtiroq etadigan va ekinlardagi zararkunanda kasallik va begona o`tlarning tarqalishini kuzatadigan nazoratchi lavozimlar belgilash

  8. Ekindan bo`shagan maydonlarni tekislash ularni yaxlitlash o`z yerlarini o`zlashtirish

  9. zararkunanda va kasalikklarga chidaml, rayonlashtirilgan ekin navlarini to`g`ri tanlab oekish

  10. Yo`llar yoqasidagi ariq va zovurlar qirg`og`idagi zararkunanda va kasallik manbalarni muntazam ravishda yo`qotib boorish.

G`o`za va g`alla ekinlarining zararkunanda organizmlarga qarshi kurash yuzasida o`tkaziladigan agratexnik tadbirlar asosan olidini oluvchi choralar bo`lib ular o`z vaqtida va yuqori sifat bilan o`tkazilsa birinchidan dalalarni havf hatar tug`diradigan miqdorda zararkunanda paydo qilishdan asraydi, ikkinchidan o`simliklarning zararkunanda va kasalliklarga chidamliligini oshiradi, uchinchidan zararkunandalarni xuruj qilish ta`siriga qarshi o`simliklarning bardoshliligini kuchaytiradi va nihoyat o`tkaziladigan himoya tadbirlarining samaradorligini oshiradi.

Agratexnik tadbirlar zararkunanda organizmlarning ko`payishi va hayot tarizini bilishga asoslangan holda o`tkazilishi lozim. G`o`za va g`alla ekinlarida zararkunanda kasallik va begona o`tlar tarqalishining oldini olishga, ular miqdor mezonini ekinlarda kamaytirishga qaratilagan agratexnik tadbirlarning asoslari quydagilardir



  1. Almashlab ekishni to`g`ri rejalashtirish va amalga oshirish.

G`o`za , g`allani almashlab ekish tizimida beda o`simligiga ham o`rin berish.

  1. kuzgi shudgor va shudgordan oldin tuproqqa mahalliy hamda madan o`g`itlar kiritishni o`z muddatlarda amalgam oishirish.

  2. Paxtasi terib olingan g`o`za ekini orasiga g`alla ekinlarini ekish amaliyotidan vos kechish

  3. Qishda yerlarni yaxob suvi berish tuproq sho`rini yuvish ishlarini aratextika talablari asosida o`tkazish

  4. Tuproqni ekishga tayyorlash, ekinni optimal muddatlarda ekish, o`simliklar parvarishi bilan bog`liq tadbirlarni-o`g`itlash, qator orasiga ishlov berish, chekankada chilpilga o`simlik qisimlarini yig`ish va daladan olib chiqib tashlash, sug`orish va boshqalarni o`z vaqtida belgilangan mayor va mezonlar asosida tashkil etish

  5. ekinlar hosilini yig`ib terib olinganidan so`na dalalardan o`simlik qoldiqlarini yi`g`ib olib dalani bo`shatish

Bilogik kurash usuli birinchi navbatda zararkunandalarning tabiatda bevosita uchraydigan kushandalardan foydalanishga asoslangan. Ammo g`o`za vegitatsiyasida davrida o`tkaziladiga himoya va boshqa tadbirlar zararakunandalarning tabiiy kushandalarini sezilarli ravishda kamaytiradi. Shuning uchun ham g`o`za zararkunandalariga qarshi biologic kurash entomafaglar (trixagramma, gabrabrokon ) va mikrobilogik vositalarga asoslangan. Shilarni hisobga olgan holda quydagilarga qattiy amal qilish talb etiladi:

Entomafaglarni va ular ko`paytiriladigan xo`jayinlarining boshlang`ich materyallarini markazlashtirilgan usulda yetishtirish.

Butun yil davomida biolobaratoriyalarni har bir xonasida iqlim (harorat va namlik) sharoitlarini talab darajasida saqlash.

Olinadigan biologic materiallar sifat yuzasidan doimiy nazoratni yo`lga qo`yish va entomafaglarni qattiy grafik asosida belgilangan miqdorlarda dalaga tarqatish.

Entomafaglar va mikrobilogik preparatlarni zararkunandalarga qarshi qo`lllashda yuqori samara beradigan barcha zarur tadbirlarni amalgam oshirish.

Tabitda bevosita uchraydigan kushandalarni tashqi noqulay sun`iy ta`sirlardan saqlash, ko`payishiga sharoit yaratish faoliyatini kuchaytirish va zararkunandalarga qarshi jal etish.

Bilogik himoya samaradorligini oshirishda jinsiy feraman tuzoqlardan keng foydalanish. Kuzgi va boshq aildiz kemiruvchi tunlamlar tuxumlarni ko`paytirish maqsadida (mart aprel) oldini olish (praflaktika ) tadbiri sifatida ertagi sabzovat poliz ekinlari kartoshka, yo`l, ariq yoqalarida va uvatlariga 5-7 kun oralatib 3 marta gektariga 50-60000 miqtorida trixagramma tarqatiladi tunlamlar qurtlariga qarshi erta bahorda (mart aprel) beda, makkajo`xori ertagi sabzovot poliz ekinlariga va g`o`za maydonlari atrofidagi begona o`tlarga 7-8 kun oralatib 3 marta brakon yaydoqchisi 1;20 1;10 va 1;5 parazit zararkunanda nisbatida tarqatiladi g`o`za dalalarida kuzgi tunlam kapalaklari tuxum qo`ya boshlagan davrdan (asosan begona o`tlardan ituzumga) boshlab unga qarshi mahalliy tur standatr trixagramma yaydoqchisi 3 marta 1- marta zararkunanda tuxum qo`ya boshlaganda keyingilari esa 3-5 kun o`tkazilib 60х80 х 60 ming ekz./ ga sxemada qo`llaniladi. Keying ma`lumotlarga asosan ko`sak qurtiga qarshi g`o`zada zararkunandaning tuxumi har yuz o`simlikda 20-25 dna uchrasa 1:1 nisbatda trixagramma tarqatiladi.

Tuxum soni ko`p bo`lsa trixagarmma ham ikki martagacha oshiriladi keying yillarda trixagramma qo`llash taktikasiga biroz o`zgartirishlar kiritldi ya`ni trixagramma ko`sak qurti tuxumiga qarshi 75+150+75 mimg ekz./ga miqdorda birinchi marta zararkunanda tuxum qo`ya boshlagan paytda keyingilari esa 3-6 kun oralati tarqatiladi. Agar tuxum qo`yish detsa yana har gektarga 50000 ekz qo`shimch a trixagramma chiqariladi. Trixagarammani tarqatish texnikasi quydagicha:

Trixagramma uchib chiqishidan oldin u 1-2 litrli shisha bankalarga 1 grammdan joylanadi . keyin bankaga filtr qog`ozidan 1 sm3 qirqilgan 100 dona bo`lagi ham joylashib bankaning og`zi kapron to`r yoki bo`z material bilan berkitilib 27-30 haroratda trixagramma yoppasiga uchib chiqquncha saqlanadi. Uchib chiqqan trixagramma 20 prasentli qand sharbati bilan 2-3 soat davomida oziqlantiriladi buning uchun banka qopqog`I ustiga qand sharbati bilan ho`llangan paxta qo`yiladi. Trixagramma ertalab barvaqt (soat 5 dan 10 gacha ) va kechqurun (17 dan 21 gacha )tarqatiladi. Bunda 10х10 metr sxemada dalaning 100 nuqtasiga trixagramma opishib turgan qog`oz o`lakchalari o`simliklarning ustiga ya`ni bevosita quyosh nuridan himoyalangan qisimlariga tarqatiladi. Ko`sak qurti va boshqa o`simlikning yer ustki qismini zararlovchi tunlamlar qurtlariga qarshi brokon yaydoqchisi g`o`zada dastlabki qurtlar paydo bo`lsa boshlangandan 7-8 kun oralatib1;20 1;10, 1;5 meyorida tarqatiladi bunda brakon tarqtish meyori 2000 donagacha bo`lishi mumkin

Brakon yaydoqchisini tarqatishdan 2 kun oldin 3 litr shisha ballonlarga ming donadan joylanadi va asal bilan oziqlantiriladi. Tarqatishda ishchilar bir-biridan 500 metr masofada yurib har 500 m da ballon qopqog`I 30 sekundga ochiladi. Bunda brakon tez uchib chiqib tarqala boshlaydi.

Kimyoviy usul ekin maydonlarida zararkunandalar keltiradigan iqtisodiy zarar yuqori b`lgan taqdirda ularga qarshi zudlik bilan kurash choralari ko`riladi. Bunda zararkunandaning tabbiy kushandandalariga ta`siri kamroq va atrof muhitni ifloslanishiga olib kelmaydigan muhofaza vositalaridan foydalanish lozim. Bunda albatta g`o`za paykallariga zararkunanda va ularning tabiiy kushandalari nisbati hisobiga olinishi shart.

Kimyoviy himoya vositalari uyg`unlashgan tizimning tarkibiy qismi hisoblanib bu vositalar o`simlik zararkunanda va kasalliklarga hamda begona o`tlarga qarshi ishlatiladiganfaqat ekinlar hosilini saqlab qolishni taminlabgina qolmasdan balki foydali jonivorlarga jumladan zararkunandalarning tabiiy kushandalariga ham kuchsiz salbiy ta`siriga ega bo`lishi va atrf muhit uchun ham zararli bo`lishi shart.

Nazoratchi biron bir maydonda so`ruvchi zararkunanda o`rgimchakka keltiradigan iqtisodiy zarar yuqori ekanligini aniqlasa ularga S ning suvda ho`llanuchi kuknini (6-12 kg S hisobida) sepish maqsadga muvofiqdir.

G`o`za maysalari faqat o`simlik bitlari (shira) bilan zararlangan taqdirda ularga qarshi 100 foiz li sulfanol kukunining 1-1,5 protsent suspenziyasini qo`llash tavsiya etiladi.

So`ruvchi zararkunandalarga qarshi kurash muddatlari ipak qurti boqish bilab bir davrga to`g`ri kelib qolsa zararkunandalarga qarshi faqat S ning suvda ho`llanuvchi kunidan ohakli qaynatmasidan va sulfanoldan foydalanishmumkin, xolos. Bnda traktor purkagichlaridan foydalanish zarur suyqlik sarfi gektariga g`o`zaning rivojlanishiga qarab 300-400 l dank am bo`masligi kerak.

S ning suvda ho`llanuvchi kukunini qo`llash juda samaralidir. Boshqa fo`rmalariga nisbatan ancha afzalliklarga ega: o`simlikka yaxshi yopishadi qo`llanishi qulay ta`sir qilish muddati uzoq (20-25 kun) o`simlik rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Preparatni tayyorlash uchun 12 kg S 20-30 KMS (karoksimetilsellyuloza) va 100 gr sulfanol olinishi kerak. Bunda avvalo 1 sutka oldin 20-30 g KMS issiq suvda eritiladi so`ngra 7-8 l suvda aralashtirilib 100 g sulfanol qo`shiladi va 12 kg S kukuni elakdan o`tkazilib aralashtiriladi hosil bo`lgan qaymoqsimon aralashma purkagich aparati rezervualariga bo`linib quyladi va 600 l suv bilan aralashtiriladi. Purkash davomida purkagich rezuarlari giromeshalka uzliksiz ihalb turishiga alihida etibor berish lozim.

Bu aralashma g’o’za rivojiga qarab 1 yoki 2 ga maydonga sarflanadi, ya’ni 1m ga maydon uchun 300 yoki 600 l ishchi suyuqligi sarflanadi.

Agar KMS va sulfanol mavjud bo’lmasa, bironta sintetik kir yuvish yoki texnik sintetik vositalari (Lotos, Paxta, Agna) dan foydalanish ham mumkin. Bunda OVX markali purkagichni bir marotaba to’ldirish uchun 900 g sintetik kir yuvish vositasi, 12 kg oltingugurt kukuni va 8 l suv olinadi. Kuzatishlarimizga qaraganda, suvda ho’llanuvchi oltingugurt kukuni o’rgimchakkanadan tashqari g’o’za bitlariga ham qiron keltiradi. Shu sababli, g’o’zani asosiy so’ruvchi zararkunandalariga va ko’sak qurtiga qarshi ham bu preparatning mikrobiologik preparatlar bilan aralashmasini tavsiya etiladi.

Oltingugurtning ohakli qaynatmasi (OOQ-ISO) ni zavodda tayyorlash texnologiyasi quyidagicha:

Qaynatmani tayyorlash amaldagi texnologiyadan shuning bilan farqlanadiki, birinchidan, ohakni so’ndirish uchun qo’shimcha qozon o’rnatiladi va tayyor eritma nasos yordamida qaynatma tayyorlanadigan qozonga ko’chiriladi.

Keyingi yillarda viloyatlarda o’tkazilgan amaliy ishlar shuni ko’rsatdiki, oltingugurtning ohakli qaynatmasi (ISO) ning samaradorligi qaynatma tayyorlashda foydalaniladigan ohakning sifatiga juda bog’liq bo’lib, sifati past ohakdan tayyorlangan qorishmani zararkunandalarga qarshi qo’llanilganda yetarli samaraga erishilmaydi. Shuni hisobga olgan holda qaynatma tarkibidagi ohak miqdorini 2 marta oshirish o’simliklarga salbiy ta’sir ko’rsatmagan holda preparat samaradorligi keskin ko’tarilishiga olib keladi. Shuning uchun ham qaynatma tayyorlashda komponentlar miqdorini 1:1 nisbatda olish tavsiya etiladi. Oltingugurtning ohakli qaynatmasini tayyorlashda 100 litr suvga 12 kg tuyilgan oltingugurt va 12 kg so’ndirilmagan ohak olinadi.

Dastlab qozonga so’ndirilmagan ohak solinib, uning ustiga 2 hissa ortiq suv quyiladi. Ohak so’ndirilgandan so’ng u keyingi qozonga ko’chirilib, qizdiriladi. So’ndirilgandan so’ng qolgan toshlar va boshqa chiqindilarni olib tashlab, o’rniga o’sha miqdorda so’ndirilmagan ohak solinadi. Ozroq suv quyilgan boshqa idishga oltingugurt solib, u qaymoqsimon holga kelguncha qorishtiriladi. Ohak so’ndirilayotganda qaynab turgan ohak ustiga ho’llangan oltingugurt oz-ozdan solinadi. Aralashmaga qolgan suv quyiladi va qorishtirib turgan holda qaynatiladi. Qaynatish oldidan qozondagi suyuqlikka tayoqcha tiqib, uning balandligi aniqlanadi.

Qozondagi suyuqlik qaynab kamaygan sari uning o’rniga oldingi balandlikkacha suv quyilib turiladi. Qaynatmani qaynatish to’xtatilishiga 15 minut qolganida suv quyish to’xtatiladi, aralashma 60-70 minut (to’q jigar rangga kirguncha) qaynatiladi. So’ngra suyuqlik tindiriladi va ehtiyotlab idishga quyiladi. Bu tayyorlangan oltingugurtning ohakli qaynatmasi tayyor mahsuloti asosiy qaynatma ‘‘Qo’r’’ deyiladi. Qaynatish tartibiga hamda ohak va oltingugurtning sifatiga qarab asosiy qaynatmaning kuchi (o’tkirligi) Bome areometri bo’yicha 13-320 gacha, aksari 15-200 bo’ladi.

Asosiy qaynatma (ISO) ning o’tkirligi densimetr (areometr) bilan aniqlanadi. Densimetr bo’lmaganida, oltingugurtning ohakli asosiy qaynatmasining solishtirma og’irligini, 1 l qaynatmasini aniq tortib hosil bo’lgan gramm hisobidagi og’irlikni 1000 ga taqsim qilib aniqlanadi, ya’ni 1 litr asosiy qaynatma og’irligi 1,099 kg bo’lsa, bunda qaynatma o’tkirligi 130 ga to’g’ri keladi. Preparat purkalishidan oldin asosiy qaynatmani ishlatiladiga aralashma holiga keltirish uchun suv qo’shishda maxsus jadvaldan foydalaniladi.

G’o’zaga tushgan o’rgimchakkanaga qarshi oltingugurtning ohakli qaynatmasining Bome bo’yicha 0,5 yoki 1 darajasi ishlatiladi.

O’simliklar karantinidan asosiy maqsad Respublikamiz hududini boshqa davlatlarda karantin qilingan, o’simliklarning boshqa xavfli zararkunandalari , kasalliklari hamda ashaddiy begona o’tlar kelib qolishidan himoya qilishga qaratilgan davlat chora-tadbirlari tizimini amalgam oshirishdan hamda mamlakatimizda kam tarqalgan karantin zararkunandalar, kasallik va begona o’tlarning yanada tarqalishini oldini olish va manbalarini yo’qotishdan iborat. Ana shu ikki asosiy maqsadga muvofiq, o’simliklarning ichki va tashqi karantini mavjud.

Zararkunanda, kasallik qo’zg’atuvchilar va begona o’tlar bir davlatdan ikkinchi davlatga va hatto bir qit’adan ikkinchi qit’aga o’tib, o’z arealini keskin ravishda kengaytirgan ko’p hollar ma’lum. Ba’zan ular biror qishloq xo’jalik mahsulotlari, urug’ yoki tuproq namunalari bilan tasodifan ham kelib qolgan. Boshqa hollarda havo va suv oqimi ularning tarqalishiga yordam bergan, shuningdek, zararli organizmlar hayvonlar junida va parrandalar patida ham o’tib qolgan. Ayrim hayvonlarning ko’chib o’tishi (migratsiya) imkoniyatini ham hisobga olish kerak. Masalan o’ta xavfli bo’lgan zararkunanda g’o’za kuyasi yoki pushti rang qurt dunyodagi, MDH ligi mamlakatlaridan tashqari ko’pchilik hududlarning ofatidir. Bu zararkunandani vatani Hindiston bo’lib, u yerdan 1903-1910- yillari zararlangan chigit orqali Misrga keltirilgan. 1911-1913-yillari esa Misrdan Meksikaga va Braziliyaga keltirilgan. 1916-yili g’o’za kuyasi Meksikadan Shimoliy Amerika, 1925-yili esa Shimoliy Amerikadan Yevropaga- Gretsiyaga keltirilgan.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng chet ellar bilan savdo-sotiq munosabatlarining o’sishi, aloqa yo’llarining rivojlanishi bilan zararli organizmlarning tarqalish xavfi ham kuchaymoqda, karantin tizimi ham bir muncha murakkablashdi.

Karantin usullari quyidagilardan iborat:


  • ekiladigan urug’lar va ko’chatlarni, shuningdek, zararkunandalar va kasalliklar yuqqanligiga shubha qilingan yuklarni jo’natish yoki qabul qilish punktlarida dezinsekatsiya va dezinfeksiya qilish

  • ekiladigan urug’ va ko’chatlarning zararlangan yoki zararlanmaganligini aniqlash maqsadida ularni karantin ko’chatzorlariga ekib ko’rish

  • ekiladigan urug’ va ko’chatlar sifatini tekshirib ko’rish (bantirovka) va keltirilishidan oldin yoki keltirilgandan keyin shubhali materiallarni yaroqsizga chiqarish

  • embargo, ya’ni xavfli zararkunandalar bilan zararlangan ayrim joylardan materiallar olib kelishga batamombarham berish.

Mamlakatimiz karantin xizmatiga O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligiga qarashli Respublika O’simliklar karantini Bosh davlat inspeksiyasi rahbarlik qiladi. Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlarda ham inspeksiyalar bo’lib, o’z navbatida, shahar, tumanlararo, tuman inspeksiyalari va punktlari Respublika O’simliklar karantini Bosh davlat inspeksiyasi qaramog’idadir. Daryo portlarida, aeroport va temiryo’l stansiyalarida, chegara qo’shinlarining nazorat o’tkazish punktlari joylashgan yerlarda, shuningdek, xalqaro pochtamtlarda, bojxonalarda o’simliklar karantini bo’yicha chegara punktlari mavjud.

Karantin qilingan mahsulotlar boshqa davlatlardan O’zbekistonga Respublika o’simliklar karantini Bosh davlat inspeksiyasi tomonidan beriladigan import karantin ruhsatnomasi bilan kiritiladi. Bu ruhsatnoma muayyan mahsulotlarni keltirish va ulardan foydalanish qoidalariga to’la amal qilinib, eksport qiluvchi davlatning o’simliklar karantini va himoyasi bilan shug’ullanuvchi davlat organlari tomonidan berilgan va O’zbekistonga keltirilgan mahsulotlarning karantin holatini tasdiqlovchi guvohnoma (sertifikat) tavsiya qilingach beriladi. Sertifikat (guvohnoma) yuk bilan birga yuboriladigan hujjatlarga ilova etilishi kerak.

Karantin qilinadigan materiallar Ozbekistonga mamlakatimizdagi alohida chegara orqali keltiriladi, ularning ro’yhati eksport qiluvchi davlatlarga xabar qilinadi. Bu yerda ishlaydigan karantin inspektorlari yukni va transport vositalarini tashqi tomonidan tekshiradilar, yuk partiyalaridan namuna olib, ularni ekspertiza qiladilar.

Agar mamlakatimizga keltirilgan o’simlik mahsulotlari ichida o’simliklarning karantin zararkunanda, kasalliklari va ashaddiy begona o’tlar bo’lsa, ular zararsizlantirilishi, begona o’tlardan tozalanishi, texnikaviy qayta ishlashini yoki topilgan ob’ektlar yanada ko’p tarqalish xavfli bo’lmagan tumanlarda foydalanilishi kerak. Ko’chatlar yoki urug’ yashirin zararlanganligini aniqlash uchun ular karantin ko’chatzor va oranjereyalarga ekiladi yoki sepiladi. Agar ularni zararsizlantirish yaxshi natija bermasa, yuk 3-5 kun ichida eksport qilgan davlatga qaytarib yuborilishi yoki yo’qotilishi kerak.

O’zbekistondan jo’natiladigan mahsulotlar mamlakatimiz boshqa davlatlar bilan tuzgan o’simliklar karantini va himoya qilish bo’yicha konversiya yoki savdo bitimlari shartlariga javob berishi kerak. Yukning har bir partiyasiga ma’lum formadagi karantin sertifikat (guvohnoma) qo’shib beriladi, u yuk jo’natiladigan joydagi karantin inspektsiyasi tomonidan beriladi. Guvohnoma o’simliklarning xalqaro bitimida ko’zda tutilgan zararkunanda, kasalliklari yoki begona o’tlar urug’i yo’qligini tasdiqlaydi. Unda importer davlatning qo’shimcha talablari ham bayon etilgan bo’ladi.

Karantin xizmati Ustavida o’simliklarning ichki karantini haqidagi chora-tadbirlari ham belgilangan. Karantin ob’ektlar manbayini aniqlash uchun tekshirish ishlari olib boriladi. Zararlanganlik aniqlanganda ular manbayining kengayishiga yo’l qo’ymaslik va umuman yo’qotish chora-tadbirlari ko’riladi. Xo’jalikda, aholi turar joylarida yoki ma’lum bir zonada karantin e’lon qilinadi. Bunday zonalarda o’simlik mahsulotlari karantin xizmati organlari tomonidan beriladigan karantin sertifikatiga asoslangan ruhsat bilan va belgilangan karantin qoidalariga rioya qilgan holda olib chiqib ketiladi.


3.4. Suv o’simliklaridan chorvachilikda va ifloslangan oqova suvlarni tozalashda foydalanish

Biz yuqoridagi ma’lumotlarda suv va suvga bog’liq holda hayot kechiruvchi qishloq xo’jaligi ekinlari orasida o’sib rivojlanadigan o’simliklarning begona o’t sifatidagi xususiyatiga e’tibor berdik. Lekin bu o’simliklardan xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida aynan qishloq xo’jaligining eng muhim sohalaridan biri bo’lgan chorvachilikda, yuqori ozuqa birligiga ega bo’lgan yem-xashak o’simliklari sifatida foydalanish, ifloslangan oqova suvlarni tozalovchi biofiltr o’simliklar sifatida foydalanish, dorivor o’simliklar sifatida foydalanish va boshqa har xil maqsadlarda foydalanish mumkin.

Ayniqsa, bu o’simliklarning chorvachilikda yem-xashak sifatidagi ahamiyati juda yuqoridir.

Suv o’simliklari juda serhosil bo’ladi. Bir gektar suv yuzasidan vegetatsiya davrida 220-230 tonna qamish, 140-150 tonna xara suvo’ti, 50-60 tonna gidrilla, 60-70 tonna qo’g’a, 20-30 tonna qunduzquloq, kuniga 2-3 tonna, oyiga 60-70 tonna spirodela, kuniga 1,5-2,1 tonna, oyiga 40-45 tonna kichik ryaska yashil biomassasi olish mumkin.

Suv o’simliklari katta rezervlardan biridir. Ulardan foydalanilsa, birinchidan, chorvachilikka katta foyda keltiradi, ikkinchidan, suvning dimlanishi va ikkilamchi ifloslanishining oldi olinadi. Hozirgacha ulardan chorvachilikda foydalanilmay kelinmoqda. Bahor va kuz paytlarida ko’p qamishzorlarga o’t qo’yib yuboriladi.

Qamish o’simlikarining yem-xashak sifatidagi ahamiyati juda yuqoridir. O’rta Osiyo va O’zbekiston qamishzorlarini T.T.Taubaev juda yaxshi o’rgangan. Uning ma’lumotlariga ko’ra, O’rta Osiyo suv havzalaridagi qamishzorlar maydoni 3 mln gektar, shu jumladan, Amudaryo bo’ylaridagi qamishzorlar 700 ming, Sirdaryo o’rta oqimidagi qamishzorlar maydoni 300 ming gektarni tashkil qiladi. Bu qamishzorlarning har gektaridan 120 tonna yashil massa olish mumkinligi aniqlangan. Qamishning yashil massasida 33,1-51,5 mg/kg karatin, 7-14% oqsil, 2% yog’, 53% uglevodlar, shu jumladan, 21,4% kletchatka, 6% mineral tuzlar va boshqa moddalarning borligi aniqlangan.

Uning tarkibida 50% kraxmal, 5-6% oqsil, 1% yog’, 5,8% mineral moddalar borligi aniqlangan. Qamishning tuganak poyasini yaxshilab yuvib, maydalab, hayvonlarga yem o’rnida berish mumkin. Bu o’simlikning tuganak ildizi yovvoyi cho’chqalar, suvda yashovchi mo’ynali hayvonlarning asosiy yemishi hisoblanadi. Bundan tashqari, qamishzorlar yovvoyi qushlar tuxum qo’yib, ko’payadigan eng yaxshi pana joy hisoblanadi. Qamishning pishgan poyasidan bo’yra, bardon, chiy kabi xo’jalik uchun zarur narsalar to’qiladi. Qamishdan qurilish materiallari sifatida ham keng foydalaniladi.

Qamish sanoatda qog’oz ishlab chiqarishda eng yaxshi xom ashyo hisoblanadi. Qamishdan olingan qog’oz yog’ochdan olinganga nisbatan ancha arzonga tushadi. Qog’oz olish jarayonida ajralgan chigitdan kley olinadi. Kimyo sanoatida qamishdan furfurol, ksilan, spirt, atseton, sirka kislotasi va boshqa xil moddalar olish mumkin. Germaniyada qamishdan aroq, rom, pivo va mazasi kofe hamda kakaonikiga o’xshash nonushtada ichiladigan ichimliklar tayyorlanadi. Xalq tabobatida qamishdan siydik va ter haydovchi dorivor sifatida foydalaniladi.

Yoki bo’lmasa, qo’g’ani olib qaraylik. Bu o’simlikning ham yem-xashak sifatidagi ahmiyati juda yuqoridir.

Yashil massasining tarkibida 5% oqsil, 50,7% uglevodlar, shu jumladan, 27,1% kletchatka, 1,2% yog’, 8% mineral moddalar bor. Ondatra, nutriya, yovvoyi cho’chqalar uning yashil qismi va tuganagini juda yaxshi iste’mol qiladi. Qo’g’aning tuganagidan un olib, chorvachilikda foydalanish mumkin. Bu undan spirt olish, kisel tayyorlash mumkin. Javdar va bug’doy uniga qo’shi non ishlab chiqarishda ishlatish mumkin. Tuganagi xalq tabobatida dori sifatida ishlatiladi. Bargidan chipta, namat, korzinka va boshqa xil narsalar to’qiladi.

Qirqbo’g’im ondatraning eng sevimli yemishi hisoblanadi. Tajribalar ondatra kuniga 600 grammgacha qirqbo’g’im iste’mol qilishini ko’rsatdi. Qirqbo’g’im qoramollar, yilqilar uchun ham ozuqadir. Lekin uni ko’p iste’mol qilsa, yilqilar zaharlanadi, oyoqlari paralijlana boshlaydi.

Qirqbo’g’im xalq meditsinasida siydik haydovchi, qon ketishini to’xtatuvchi va sil kasaliga qarshi dori sifatida ishlatiladi.

Xushbo’y igirning tarkibida 5-6% oqsil, 5,8% yog’, 6,8% qand, 34% dan ko’proq kraxmal, 6,5% kletchatka, 2,5-5% efir moylari borligi aniqlangan. Xushbo’y igir C vitaminiga juda boy.

U yovvoyi hayvonlar va parrandalar uchun ham ozuqadir. Yuqorida keltirilgan va sanab o’tilgan barcha suvda yarim bo’lib o’suvchi o’simliklar qimmatli ozuqaviy xususiyatga ega bo’lgan o’simliklardir. Ular ho’llik paytida chorvachilikda, parrandachilikda, quyonchilikda, baliqchilikda, mo’ynali hayvonlarni boqishda vitamin va oqsillarga boy ozuqa sifatida ishlatiladi. Bu o’simliklardan silos, senaj bostirish, quritilgandan vitaminli o’t uni va unga yem, mikroelementlar, mineral tuzlar qo’shib, briketlar tayyorlash mumkin.

Suvda yarim bo’lib o’suvchi o’simliklardan tashqari suv qatlamida o’suvchi , o’simliklarning ham ahamiyati juda kattadir.

Masalan, xara suvo’tlari suv havzalari hayotida juda katta ahamiyat kasb etadi. Marinka, osman, sazan, chebak, lesh deb ataluvchi baliqlar xara suvo’tlari bilan ovqatlanadi. Xara suvo’tlari to’qayzorida suv hasharotlari urug’ qo’yib ko’payishadi. Bu to’qayzorlarda baliqlar ham ko’p bo’ladi, ular shu yerlarda urug’ qo’yib ko’payadi.

Xara suvo’tlari suv parrandalarining ham yemish manbayi hisoblanadi. Bu o’simlik o’zida kalsiy moddasini ko’p to’playdi. Xara suvo’tlari 1 m2 suv yuzasidan 9-33 kg gacha yashil massa berishligi aniqlangan.

Qunduzquloqning yashil massasini ho’l holicha maydalab, quyon, parranda, mo’ynali hayvonlar, cho’chqa , qoramol va boshqa xil hayvonlarni boqishda yemish sifatida ishlatish, silos va senaj bostirish yoki servitaminli o’t uni tayyorlash mumkin. Quritilganini esa briket yoki dag’al xashak sifatida saqlab chorvachilikda ishlatish mumkin.

Qunduzquloqda qattiq qismlar bo’lmagani sababli uni hayvonlar nushxo’rt qoldirmasdan yeydi. Uning kimyoviy tarkibi yo’ng’ichqaga yaqin turadi. Yashil biomassasining tarkibida 20,9% oqsil, 2,3% yog’, 48,3% uglevodlar, shu jumladan, 14% kletchatka, 10-13% mineral moddalar, 30mg(soyada quritilgan quruq pichanida esa 173mg) karatin (provitamin A) borligi aniqlangan. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, 1 kg quruq qunduzquloq pichani 0,63 ozuqa birligiga teng va 99 g hazmlanuvchi oqsil saqlashi ma’lum. Qunduzquloq juda serhosil hisoblanib, 1 m2 yuzadan 10-12 kg, 1ga dan esa 100-120 tonna yashil massa berishi mumkin. Bu o’simlikni ayniqsa baliqlar yaxshi yeydi.

Yulduzbargning biomassasi ozuqa moddalarga boy, bu esa uning yaxshi yemish ekanligidan dalolat beradi. Uning tarkibida 25% dan ortiq oqsil, 2-3% yog’, 47% dan ortiq uglevodlar borligi aniqlangan. Bulardan tashqari, yulduzbargdan xalq tabobatida yaralarni davolashda foydalanilgan.

Shoxbarg o’simligi oqmaydigan yoki sekin oqadigan va organic moddalarga boy, chuqurligi 1,5-2,5 m bo’lgan chuqurlikda yaxshi o’sadi. Ba’zan esa chuqurligi 3-5 m bo’lgan va uncha sho’r bo’lmagan tiniq suvlarda ham uchraydi.

Uning tarkibida 18% oqsil, 1-1,5% yog’, 46% uglevodlar, shu jumladan, 12% ga yaqin kletchatka, 23% mineral moddalar borligi aniqlangan.

Shoxbarg suvda suzuvchi parrandalar va baliqlar uchun yaxshi yemish hisoblanadi. U vegetativ yo’l bilan ko’payadi. Ya’ni poyasining bir qismini suvga tashlab qo’yilsa, ko’payib ketaveradi. Bulardan tashqari, bu o’simlik baliq boqadigan akvariumlarda suvni kislorod bilan boyitish uchun va manzarali o’simlik sifatida ko’paytiriladi.

Bundan tashqari, suv o’simliklari baliqlarning urchishi, yovvoyi o’rdak, g’oz kabi parrandalarning tuxum qo’yib, jo’ja ochishi uchun pana joy hamda ular uchun yaxshi ozuqa hisoblanadi. Chiroyli mo’yna beruvchi ondatra, vidra , nutriya , qunduz kabi suvda yashovchi hayvonlarning asosiy ovqati ham suv o’simliklaridir.

Bu suv o’simliklaridan chorvachilikning eng muhim tarmoqlari bo’lgan qoramolchilik, qo’ychilik, cho’chqachilik, quyonchilik, yilqichilik, parrandachilik va baliqchilik sohalarida yem-xashak sifatida foydalanish iqtisodiy samara beradi.

Qishloq xo’jaligiga zarar keltiruvchi suv o’simliklaridan nafaqat yem-xashak sifatida foydalanish, balki , ulardan ifloslangan oqova suvlarni tozalovchi biofiltrlar sifatida ham foydalanish mumkin. Ayniqsa, sholipoya va baliqchilik suv havzalarida tarqalgan suv o’simliklarining suvni tozalash darajasi juda yuqoridir.

Suv o’simliklari o’sish jarayonida suvdagi mineral va organik moddalarni o’zlashtirib, undagi tuzlar miqdorini normallashtiradi. Suvdagi quyqa va loyqalar suv o’simliklari orasidan o’tganda cho’kib, uning tiniqlashuviga sabab bo’ladi yoki boshqachasiga aytganda, suv o’simliklari biofiltr vazifasini bajaradi. Suv o’simliklari o’zlarida kechadigan fotosintez jarayonida juda ko’p miqdorda kislorod ajratib chiqarib, suvni kislorodga boyitadi. Bu esa o’z navbatida , suvdagi umurtqasiz hayvonlar va baliqlarning o’sishi, rivojlanishini tezlashtiradi. Ma’lumki, suvdagi xilma-xil umurtqasiz hayvonlar, baliqlarning eng sevimli va asosiy ozuqasidir. Suvda kislorod bo’lmasa, hayot ham bo’lmaydi. Suvdagi erigan kislorodning manbayi esa suv o’simliklaridir.

Ayniqsa, tropic mamlakatlardan olib kelib iqlimlashtirilgan va O’zbekiston sharoitida madaniylashib borayotgan reaska, pistiya(suv karami) , eyxo’rniya va azolla kabi suv o’simliklarining ifloslangan oqova suvlarni tozalash darajasi juda yuqoridir. Masalan, ifloslangan oqova suvlarda reaska va pistiya o’stirilganda quyidagi natijalar qayd etildi.

Bundan tashqari suv o’simliklarining dorivorlik xususiyati ham yuqori ahamiyatga ega. Qirqbo’g’im xalq meditsinasida siydik haydovchi, qon ketishini to’xtatuvchi va sil kasaliga qarshi dori sifatida foydalaniladi. Qamishdan xalq tabobatida siydik va ter haydovchi dorivor sifatida foydalaniladi. Yulduzbarg o’simligidan xalq tabobatida oshqozon va ichak yaralarini davolashda foydalaniladi, qirqquloq o’sgan suvda bezgak kasalini tarqatuvchi chivin lichinkasining rivojlanmasligi aniqlangan. Bu o’simlikni uy va laboratoriya sharoitlarida osonlik bilan ko’paytirish mumkin.

Undan tashqari sanoat sohasida ham bu o’simliklardan shinni mahsulotlari ishlab chiqariladi. Masalan, qamishdan qog’oz, aroq rom, pivo, kley, spirt, atseton, sirka kislotasi olinadi.

Qo’g’a o’simligining tugunagidan chorvachilik uchun un olish, spirt olish, kisel tayyorlash mumkin. Bargidan chipta , na’mat, korzinka tayyorlash mumkin. Xara, gidrilla, qunduzquloq kabi o’simliklardan milliy va istirohat bog’larida manzarali o’simlik sifatida ham foydalanish mumkin.

Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, qishloq xo’jaligi ekinlari orasida tarqalgan suv o’simliklariga faqat begona o’t sifatida qarash emas, balki ularning foydali xususiyatlarini ham e’tiborga olish lozim. Buning uchun bu o’simliklarni har tomonlama o’rganishimiz kerak. Ularni begona o’t sifatida chiqarib tashlamaslik balki ulardan foydalanishning yangi uslublarini toppish, eng foydali turlarini maxsus sharoitlarda ko’paytirish kerak bo’lsa, muhofaza ostiga olish zarur.



Suvning ko’rsatkichlari

Tajribagacha

Tajribadan keyin

Ph ( muhiti)

6,8

8,1

Rangi

Jigarrang qo’ng’ir

rangsiz

Hidi (bolalar hisobida)

4,8

hidsiz

Suvda erigan kislorod miqdori O2 milliogramm/litr hisobida

Yo’q

15,0

Suvdagi organic moddalarning oksidlanishi







O2 milliogramm/litr hisobida

8/2

34,4

Kislorodning biokimyoviy jarayonlar uchun kecha-kunduzdagi sarfi. O2 milliogramm/litr hisobida

8/7

21,4

Ammiak milliogramm/litr hisobida

14,0

Yo’q

Nitritlar milliogramm/litr hisobida

0,1

Yo’q

Nitratlar milligram/litr hisobida

0,2

Yo’q

Fosfatlar milligram/litr hisobida

7,9

Yo’q

Suvdagi muallaq holdagi moddalar milliogramm/litr hisobida

3,1

Yo’q

Suvda erimaydigan moddalar milligramm/litr hisobida

634

428

Turli xil suv o’simliklari tarkibidagi ozuqa moddalar miqdori



O’simlik turi

Yashash joyi

Foydalaniladigan a’zosi

Oziq moddalar umumiy massaga % hisobida

Chorvachilikda

oqsil

Yog’

uglevod

Mineral moda

kletchatka




Oddiy qamish

Turli suv havzalari

Poyasi, tugunagi

7-14%

2%

53%

6%

21,4%

Qoramolchilik, qo’ychilik

Ko’l qamishi

Ko’l,daryo, zovur

Poyasi,tugunagi

6%

3%

43%

7%

23%

Qoramolchilik, qo’ychilik, yilqichilik

w

Qo’g’a



Daryo, ko’l, zovur

tugunagi


5%


1,2%


50,7%


8%


27,1%


Mo’ynachilik, cho’chqachilik


Ryanka

Ko’lmak, oqava suv

bargi

20-35%

5-10%

15-20%

10-28%

3-10%

Parrandachilik, baliqchilik

Suv karami

Oqava suv

Bargi, ildizi

29,7%

3-5%

20-25%

15-34%

2-5%

Parrandachilik, quyonchilik, cho’chqachilik

Suv yong’og’I

Tabiiy va sun’iy suv havzalari

Yong’og’i

20%

4,5%

51-52%

5%

3%

Mo’ynachilik, cho’chqachilik

Suv ko’zagul

Ko’l

Ildizi, urug’i

17%

3-4%

47%

17-20%

3-4%

Mo’ynachilik, parrandachilik

Qunduzquloq

Zovur, anxor

Poyasi, bargi

20,9%

2-3%

48,3%

10-13%

14%

Baliqchilik

Yulduzbarg

Tiniq suvli suv havzalari

Bargi

25%

2-3%

47%

10-12%

9-10%

Parrandachilik, baliqchilik

Shoxbarg

Ko’l, zovur

shohbargi

18%


1-1,5%

46%


23%


12%


Parrandachilik, baliqchilik


Xushbo’y igir

Sayoz suvlar

Poyasi, bargi, tugunagi




















Xulosa
Olib borilgan kuzatishlarimiz va ilmiy izlanishlarimiz natijasiga ko`ra quyidagi xulosalarga keldik
1qishloq xo1jaligi ekinlariga zarar yetkazadigan suv va suvga bog1liq holda tarqaladigan 49tur suv o`simligi aniqlandi
2.aniqlangan turlarni tarqalishiga ko`ra turli xil ekinlar orasida bir tekis taqsimlanganligi maium bo`ldi.Yani suv o`simliklari qishloq xo`jaligi ekinlarini zararlash darajasiga ko`ra bir xil emasligi aniqlandi.Bunda bu o`simliklarni 3 guruxga ajratish mumkin.

1. Paxtazoriarda tarqalgan suv o`simliklari.

2.SHolipoyalarda tarqalgan suv o`simliklari

3.Baliqchillikka ixtisoslashgan ko`l zaxkash va turli xil suv havzalarida tarqalgan suv o`simliklari.


3.Aniqlangan turlardan bazi suv o`simliklari barcha qishloq xo`jaligi ekinlari uchun umumiy zararlovchi begona o`simliklar ekanligi aniqlandi.yani qamish,kurmak,shamak,g`umay,assalamualaykum,qirqbo`g`im,suvqiyoq kabi o`simliklar paxtazorlarda, bedazorlarda,sholipoyalarda o`sib rivojlanishi malum bo`ldi.
4.Aniqlangan turlardan 7 ta tur Xorazm viloyatiga iqlimlashtirish uchun olib kelinganligi va bu o`simliklar madaniylashib ketganligi,ularning ko`pchiligi sholipoya va boshqa suv xavzalarida o`sayotganligi aniqlandi.Yani g`ichchak, reaska,suvyaproq,nilufar,qunduzquloq,shoxbarg,xushbo`y igir kabi o`simliklar iqlimlashtirilgan.
5.Suv o`simliklari ichida yem-xashak sifatidaozuqa qimmati yuqori bo`lgan o`simliklar hamda ifloslangan suvni tozalashda muhim axamiyatga ega bo`lgan biofiltr o`simliklar borligi aniqlandi.Bunda qamish,qo`g`a,assalamualaykum,kurmak,g`umay,kabi o`simliklarning yem-xashak sifatidagi;g`ichchak,reaska,xara,qunduzquloq,yulduzbarg,shoxbarg kabi o`simliklarning biofiltr sifatidagi ahamiyati o`rganildi.

VI. Foydalanilgan adabiyotlar.



Foydalanilgan adabiyotlar.


  1. A. Rahimov S. Rahimova “ suv o`simliklari-ozuqa manbai” Toshkent O`zbekiston “Fon” Nashiryot 1987

  2. A.M Muzaffarov T.T Tauboyev M Abdiyev “Ряски и методи их моссавого кулътивирования” “Fan” Toshkent 1970

  3. A. Hamidov M> Nabiyev, T. Odilov “ o`zbekiston o`simliklari aniqlagichi” Toshkent “O`qituvchi” 1987

  4. A F Xolmurodov J Qutliyev R Sh Shoyaqubov “Oqava suvlarini pistiya bilan samarali tozalash biotexnalgiyasi yuzasidan tavsiyalar” Toshkent 1993

  5. A. Razzoqov “Suv va hayot” Toshkent “Mehnat” 1991

  6. I. Hamdamov P. SHukurillayev, E. Torasov, YU Qurbonv, A. Umirzaqov “Botanika asoslari” Toshkent “Mehnat” 1990

  7. J. Qutliyev “oqava suvlarini tozalashda bilogik hovuzlarning hizmati” Toshkent O`zbekiston “Fan ” nashiryoti 1989

  8. K. Bahramov, N. Xolmurodov M. Ishonov, M Otajanov “g`o`za navlari va ularni yetishtirish xususiyatlari” Toshkent “Mehnat” 1990

  9. M. Nabiyev, V. Shalnev, A. Ibrahimov “Shifobaxsh ne`matlar” Toshkent “Mehnat” 1989

  10. M.N. Maxsumov H.X Xolmatov S.H Mahmudova “meda ichak kasalliklarida ishlatiladigan dorivor o`simliklar” Toshkent Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashiryoti 1995

  11. Q.H. Haydarov, Q.h. Hojimatov “`zbekiston o`simliklari” Toshkent “O`qituvchi” 1992

  12. Q. Hojimatov “O`zbekiston xushbo`y va xushta`m o`simliklari” Toshkent O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi “Fan” nashiryoti 1992

  13. Q. Samadov, S. Orifxo`jayev “Buyuk bilog olimlar” Toshkent “O`qituvchi” 1978

  14. Qurboniyozov Rustam “Xorazm geografiyasi” Urganch 1996

  15. S.N. Usmanov, Yu.T.Dadaboyev “fermer va dehqon xo`jaliklari” Toshkent 2002

  16. T. Abdullayev “Ichimlik va texnik suvlarni tozalash” Toshkent O`zbekiston 1979

  17. “Tuban o`simliklar” Unversitetlarning bilogiya fakultetlari talabalari uchun darslik Toshkent “O`qituvchi” 1995

  18. X.T.Umarov, M.U.Alimbekov, M.T. Inog`omonov, D.T.Tuxtiyev “O`simliklar fizilogiyasi

19 O`.P.Pratov L.E Morkova R.A Xolmuhammedova “O`zbekiston botanic olimlari” Toshkent O`qituvchi 1997

  1. Sh > J. Tojiboyev “O`simliklar sistematikasi (tban o`simliklar) Toshkent” O`qituvchi 1990


Mundareja

Kirish


  1. Adabiyotlar shrhi……………………………………………11

  2. Tajriba o’tkazish uslubiyoti va tajriba o’tkazish joyining iqlim shroiti………………………………………………………..18

  3. Asosiy qism………………………………………………….36

    1. Qishloq xo’jaligi ekinlariga zarar etkazuvchi o’simliklarning tur tarkibi va bioeqologiyasi………………………………..37

    2. Paxtazor, G’allazor va sholipoyalarda tarqalgan zararli suv o’simliklari tarqalish manbaalari va moslanish xususiyatlari…………………………………………….43.

    3. Qishloq xo’jalik ekinlariga zarar etkazuvchi o’simliklarni yo’qatishda ogratexnik tadbirlar ning ustuvorligi…………………..47

    4. Suv o’simliklaridan chorvachilikda va ifloslangan oqava suvlarni tozalashda foydalanish………………………………….54

  4. Xulosa……………………………………………………….64

  5. Foydalanilgan adabiyotlar………………………………….65





Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik