Bitiruv malakaviy ishi


Qishloq xo’jalik ekinlariga zarar yetkazuvchi o’simliklarning tur tarkibi va bioekologiyasi



Download 1.22 Mb.
bet3/4
Sana22.01.2017
Hajmi1.22 Mb.
1   2   3   4

3.1.Qishloq xo’jalik ekinlariga zarar yetkazuvchi o’simliklarning tur tarkibi va bioekologiyasi.

Bir yuqorida tajriba o’tkazish uslubiyati bobida suv va suvga bog’liq holda o’sib rivojlanadigan shartli ravishda 3 guruhga ajratdik.

1.Paxtazorlarda tarqalgan suv o’simlilari.

2.Sholipoyalarda tarqalgan suv o’simliklari

3.Baliqchilikha iqtisoslashgan ko’l, zaxkash va turli xil havzalarida tarqalgan o’simliklarga ajratdik.

Quyida shu o’simlarning biologiyasi, ekologiyasi va ahamiyati haqida to’xtalamiz.

Kurmak (Echinochloa crusgalli) sholipoyalarda o’sib, uning hosilini kamaytiruvchi xavfli yovvoyi o’tdir. U sholidan ancha baland bo’lib unga soya qiladi va uning quyosh nuridan foydalanishiga xalaqit beradi. Ozuqa moddalarni ko’plab olib sholining o’sishini yomonlashtiradi.

Ammo kurmakning yemishlik xususiyati juda yuqoridir. Bu o’simlikning yashil massasi va xashagi, urug’i qishloq xojalik hayvonlari va parrandalari hamma turlarining asosiy yemishi hisoblanadi. Kurmak urug’idan har xil so’k va unidan zog’ora non tayyorlanadi. Uning mazasi tariq zog’ora va so’kidan tayyorlangan ovqatlardan qolishmaydi. Ba ‘zi mamlakatlarda kurmak g’alla beruvchi ser hosil o’simlik sifatida ekiladi. Ozuqa uchun ekilganda, boshoq chiqarishi bilan o’rib olinsa, sifatli yemish bo’ladi.

Qirqbo’g’im (Equisetum heleocharis) ko’p yillik o’simlik , poyasining uzunligi 1,5-2,0 metr bo’ladi. G’allasimon o’simliklar singari poyasi ko’p bo’g’imlarga bo’lingan , har bir bo’g’imdan uning aylanasi bo’yicha bir necha metrgacha bo’ladigan kuchli tuganak ildizga ega. Qirqbo’g’im sporali o’simlik bo’lib, sporalari va tuganak ildizi bilan ko’payadi. Uning poyasi uchiga joylashgan sporangiya orasida sporalar pishib yetiladi. Qirqbo’g’im ozuqa moddalariga boy o’simlik. Uning tarkibida 16-17% oqsil, 4-6% yog’,50-60% uglevod moddalari, shu jumladan 5-18% kletchatka va 10% ga yaqin mineral moddalar borligi aniqlangan.

U m2 suv yuzasidan 5-6kg yashil massa beradi. Uni suvda yashovchi mo’ynali hayvonlar, parrandalar, ayniqsa, g’oz juda sevib yeydi. Shuning uchun qirqbo’g’imni “g’o’zot” ham deyish mumkin. Bu o’simlik sayyozroq (25-30sm) chuqurlikdagi suvlarda yaxshi o’sadi. Bu yerlarda ondatra qirqbo’g’imdan uya yasab, tagiga shu o’tni maydalab, qalin qilib to’shab oladi va qishning eng sovuq paytlarida ham unda qishlaydi. Qirqbo’g’im ondatraning eng sevimli yemishi hisoblanadi. Tajribalar ondatra kuniga 600 grammgacha qirqbo’g’im istemol qilganligini ko’rsatdi. Qirqbo’g’im qoramollar, yilqilar uchun ham ozuqadir. Lekin uni ko’p istemol qilsayilqilar zaharlanadi, oyoqlari paralichlana boshlaydi.

Qirqbo’g’im xalq meditsinasida siydik haydovchi, qon ketishini to’xtatuvchi va sil kasaliga qarshi dori sifatida ishlatilgan.

Xushbo’y igir (Acorus calamus )o’simligi suv havzalarining sayozroq (50sm) qismida juda keng tarqalgan. Uning qilichsimon barglarining eni 2-2,5 sm va uzunligi 1,5 metrgacha boradi. Gullari 6-9 sm uzunlikdagi yashil so’taga zich joylashgan. Bu so’ta bargga o’rnashgan bo’ladi. Bu o’simlik tuganak ildizi bilan ko’payadi. Uning tarkibida 5-6% oqsil, 5,8% yog’, 6,8% qand, 3,4 dan ko’proq kraxmal, 6,5% kletchatka, 2,5-5% efir moylari borligi aniqlangan. Xushbo’y igir C vitaminiga juda boy.

Bu o’simlik Janubiy – Sharqiy Osiyoda keng tarqalgan.XVI asrda Janubiy Hindistondan Portugaliyaga uning tuganak ildizi keltirilib madaniylashtirilgan. U igir xalq xo’jaligining turli sohalarida keng qo’llaniladi. Uning bargi va poyasi teri oshlashda ishlatiladi. Bu o’simlik efir moylariga boy bo’lgani uchun, uning tuganak ildizi oziq-ovqat sanoatida, meditsinada, parfyumeriyada, aroq, liker ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi. Shuning uchun u Hindiston, Shri Lanka va Yevropaning ba’zi mamlakatlarida madaniy o’simlik sifatida ekib ko’paytiriladi.

Bu o’simlikning tuganak ildizi eksport qilinadigan eng qimmatli xom ashyodir.

U yovvoyi hayvonlar va parrandalar uchun ham ozuqadir. Yuqorida keltirilgan va sanab o’tilgan barcha suvga yarim botib o’suvchi o’simliklar qimmatli ozuqaviy xususiyatga ega bo’lgan o’simliklardir. Ular ho’llik paytida chorvachilikda, parrandachilikda, quyonchilikda, baliqchilikda, mo’ynali hayvonlarni boqishda vitamin va oqsillarga boy ozuqa sifatida ishlatiladi. Bu o’simliklardan silos, senaj bostirish, quritilganidan vitaminli o’t uni va unga yem, mikroelementlar, mineral tuzlar qo’shib briketlar tayorlash mumkin.

Tuganakli qamish (Bolboschoenes maritimus) ham hayvonlar uchun yaxshi yemishdir. Uning poyasi, bargini boshoq chiqargunga qadar qoramollar va otlar yaxshi yeydi. Bu qamishning yer usti qismidan yaxshi silos tayyorlash mumkin. Tuganakli qamishning urug’i, o’rdak, g’oz, tustovuq va boshqalarning asosiy yemishi hisoblanadi. Uning ximiyaviy tarkibi oddiy va ko’l qamishlariga nisbatan boyroq bo’lib, tuganagida 60-70% kraxmal borligi aniqlangan.

Bu o’simlikning yashil qismida esa 10% oqsil, 44% gacha uglevodlar, shu jumladan 25% kletchatka, 2-2,5%, yog’, 10% ga yaqin mineral moddalar mavjud. Tuganakli qamish sholipoya, zovur va kanallarni ifloslovchi yovvoyi o’t hisoblanadi. O’z vaqtida o’rib olib, hayvonlarni to’qish va ozuqa bazasini yaratish, shu bilan bir vaqtda suv havzalarini ulardan tozalash ham mumkin.

Ko’l qamishi (Scirpes lacustris). Oddiy qamishga nisbatan past bo’yliroq (2-3metr) bo’lib, chuchuk suvli ko’llar, daryolar, kanallar, zovurlar, botqoqliklar va boshqa suv havzalarida hamda daryo qirg’oqlarida ham o’sadi. O’rta Osiyo , jumladan O’zbekistonda ko’l qamishning “Qozog’iston” nomli turi keng tarqalgan bo’lib , 1,5-3 metrgacha bo’lgan chuqurlikdagi suvlarda 3,5 metr bo’lib o’sadi. Bargi ensiz, lineykasimon , yumshoq. Ildizi ikki xil: birinchi turi tuganak poyadan chiqib tuproqning ichiga tarqalib ketgan bo’lib, tuproqdan oziq moddalarni olish va o’simlikni tutib turish uchun xizmat qiladi.

Ikinchi xil ildizi esa yuqoriga qarab o’sib, qoshimcha nafas olish organi vazifasini bajaradi. Bu ildiz o’zining anatomik tuzilishi bilan tuproqqa tarqalgan ildizlardan havo bilan to’lib turadigan bo’shliqlarining bo’lishi bilan farq qiladi. Nafas olish uchun xizmat qiladigan qo’shimcha ildizlarning paydo bo’lishi suv ostidagi tuproqda havo yetishmasligi bilan bog’liq bo’lsa kerak. Ko’l qamishining poyasi siyrak supurgisimon boshoq bilan tugallanadi. Uning urug’i oddiy qamishnikidanancha yirikroqdir.

Ko’l qamishining yemishlik xususiyati juda yuqori. Ondatra oshqozoni tekshirib ko’rilganda, unda ko’l qamishi umumiy o’simlik qoldiqlarining 60-91% ni tashkil qilganligi aniqlangan. Ko’l qamishining tuganak ildizida 93% organic moddalar va 7% mineral moddalarning borligi ma’lum. Organik moddalarning 6% dan ko’prog’ini oqsillar, 3% ni yog’, 43% ni uglevodlar (asosan kraxmal) tashkil qiladi. Ko’l qamishining barra paytida o’rib olingan massasi quyonlar va boshqa qishloq xo’jalik hayvonlari uchun eng yaxshi yemish hisoblanadi.

Undan silos tayyorlash ham mumkin.

Oddiy qamish (lhragmites communis). Bu o’simlik har xil suv havzalarida keng tarqalgan, baland bo’yli o’simlik bo’lib, 1,4-4 metr chuqurlikdagi suvlarda yaxshi rivojlanib, bo’yi 8 metrgacha yetadi. Oddiy qamishning tuganak ildizi tuproqning 10-60 sm chuqurlikdagi qismida joylashgan bo’lib, undan chiqqan ildizlar 1,5-1,7 metr chuqurlikkacha borib yetadi. Bu o’simlik asosan vegetativ yo’l tuganak ildizi va urug’I yordamida ko’payadi. Poyasi bo’g’inlarga bo’lingan, bargi uzun, lineykasimon, uchi o’tkirlashgan. Poyasining uchida supurgisimon boshog’i bor. Qamishning yer osti qismi tuganak poyasi biomassasining asosiy qismini ya’ni 84% ni yer usti qismi esa 16% ni tashkil qiladi.

Oddiy qamish juda keng tarqalgan. Professor T.T.Taubayev ma’lumotlariga ko’ra, O’rta Osiyo suv havzalaridagi qamishzorlar maydoni 3mln gektar, shu jumladan, Amudaryo bo’ylaridagi qamishzorlar 700 ming, Sirdaryo o’rta oqimidagi qamishzorlar maydoni 300 ming gektarni tashkil qiladi. Bu qamishzorlarning har gektaridan 120 tonna yashil massa olish mumkinligi aniqlangan.

Qamishning yashil massasida 33,1-51,5 mg/kg karotin, 7-14% oqsil, 2% ni yog’, 53% ni uglevodlar, shu jumladan 21,4% kletchatkada, 6% mineral tuzlar va boshqa moddalarning borligi aniqlangan. Oddiy qamish biomassasi qishloq xo’jalik hayvonlari va parrandalar uchun eng yaxshi ozuqa-yemish manbayidir. Uning barra (9-10 barg chiqargan) ligida tayyorlangan pichani eng yaxshi hisoblanadi. Yashil qamishdan tayyorlangan silos makkajo’hori silosidan qolishmaydi. Qamishning yashil massasi, pichani va silosi bilan sog’in sigirlar boqilganda, ulardan olinadigan sut miqdori va uning tarkibidagi yog’ oshganligi aniqlangan. Qamishning tuganak poyasi ham to’yimli ozuqadir. Uning tarkibida 50% kraxmal, 5-6% oqsil, 1% yog’, 5,8% mineral moddalar borligi aniqlangan. Qamishning tuganak poyasini yaxshilab yuvib, maydalab hayvonlarga yem o’rnida berish mumkin. Bu o’simlikning tuganak ildizi yovvoyi cho’chqalar, suvda yashovchi mo’ynali hayvonlarning asosiy yemishi hisoblanadi. Bundan tashqari, qamishzorlar yovvoyi qushlar tuxum qo’yib, ko’payadigan eng yaxshi pana joy hisoblanadi.

Qamishning pishgan poyasidan bo’yra, bardon, chiy kabi xo’jalik uchun zarur narsalar to’qiladi. Qamishdan qurilish materiallari sifatida ham keng foydalaniladi.

Qamish sanoatda qog’oz ishlab chiqarishda eng yaxshi xom ashyo hisoblanadi. Qamishdan olingan qog’oz yog’ochdan olinganga nisbatan ancha arzonga tushadi. Qog’oz olish jarayonida ajralgan chiqindidan kley olinadi. Ximiya sanoatida qamishdan furfurol, ksilan, spirt, atseton, sirka kislotasi va boshqa xil moddalar olish mumkin. Germaniyada qamishdan aroq, rom, pivo va mazasi kofe hamda kakaonikiga o’xshash nonushtada ichiladigan ichimliklar tayyorlanadi.

Xalq tabobatida qamishdan siydik va ter haydovchi dorivor sifatida foydalaniladi.

Alepi jo’horisi, g’umay-s.halepense(L)pers ildizpoyali ko’p yillik o’t. Poyasi 50-150 sm, silliq, tuksiz. Ildizpoyasi 10-40 sm chuqurlikda joylashadi. Vegetativ yo’l bilan juda tez ko’payadi.


tez ko’payadi. Ariq bo’ylarida ekinlar orasida begona o’t sifatida o’sadi. Mayiyun oylarida gullaydi, iyul-sentabrda urug’laydi va to oktabr-noyabr oyigacha o’sadi.

Hilol –Jencellus (griseb) clarke. Ko’p yillik o’t .Bo’yi 30-100sm. Poyasi yakka, o’tkir, uch qirrali. Barglari yassi. To’pguli soyabonsimon , o’zara teng bo’lmagan nurlardan tashkil topgan, ko’pgulli, to’pgulining ostida keng guloldi barglari bor. Iyun-iyul oylarida gullab, avgustda urug’laydi . Cho’l va adir zonasidagi sernam va botqoq yerlar, daryo vodiylari, ariq boy’lari, sholipoyalar va sug’oriladigan ekinlar orasida o’sadi.

Qo’ng’ir salomatlik – c Fuscus h.bir yillik o’t. Bo’yi 5-50 sm. Poyasi k o’psonli, uch qirrali. Barglari yassi, eni 1-1,5 mm uzunligi poya uzunligiga teng. May – iyun oylarida gullab, iyul – sentyabrda urug’laydi. Cho’l, adir va tog’ zonalaridagi nam tuproqli yerlar, ariq bo’yi, sholipoya va sug’ariladigan ekinlar orasida o’sadi.

Ildizpoyasining yo’g’onligi 1-2 mm, tik va yotiq holda joylashgan, tugunaksimon bo’rtmalari bor. Poya tubining yo’g’onligi 0,5-0,7 sm.

To’pguli 5-10 sm, brinchi tartibdagi (shohlanmagan) ba’zida qisman shohlangan nurlardan tashkil topgan soyabonchaga o’xshaydi. Boshoqchalari qo’ng’ir-qizil.

Uzun salomalik-C . longus L. Ko’p yillik o’t. Bo’yi 60-100 sm. Poyasi o’tkir, uch qirrali. To’pguli 40 sm gacha. May – iyun oylarida gullab iyul – sentabrda urug’laydi. Cho’l, adir va tog’ zonalaridagi nam yerlar, daryo vodiylari, ariq boylarida, ekinlar orasida o’sadi.

Suv piyoz – butomus L. ildizpoyali ko’p yillik o’t. Ildizi suv tagida joylashadi.Gulqo’rg’oni oddiy, tojsimon, 6 ta pushti bargdan tashkil topgan, yirik barglari uzun, yuqori qismidagilari qalami, suzuvchi barglari uzun, nozik. Bo’yi 20-50 sm. To’pguli soyabonsimon, tubi 3 ta nashtarsimon (uchburchak) o’rama bargchalar bilan qoplangan. Cho’l zonasida, ariq, hovuz, ko’l va daryo suvlari va botqoqliklarda o’sadi. May – sentabr oylarida gullab urug’laydi.

Spiral suvyaproq – Vallisneria spiralis L.Ildizpoyali ko’p yillik, ikki uyli o’t o’simligi. Barglari to’p bo’lib ildiz bo’yiga joylashgan, qalami, bo’yi 80 sm, eni 12 mm. Changchi to’pguli qisqa bandli, ko’p gulli. Urug’chisi spiralsimon uzun bandga o’rnashgan, suv yuziga chiqib turadi.Gullash davrida changchilari o’simlikdan uziladi va suv betiga chiqib urug’chini changlaydi. Changlangan urug’chisi bandining qisqarishi natijasida suv tubiga botadi. Cho’l zonasida u sayoz suv havzalari, sekin oqadigan suvlarda o’sadi. May – avgust oylarida gullab urug’laydi.

Kladium – cladium R.Br. To’pguli poyaning faqat uchida joylashgan, ostida bir nechta uzun burglar bor, yoki to’pguli poyaning yoniga joylashgan, ostida faqat 1 ta gulyonbarg bor. Barglari silliq yoki chetlari g’adir – budur. Boshoqchalari yassi. Gullar va guloldi qipiqlari boshoqcha o’qiga ikki qator o’rnashgan. Boshoqchalari ko’ndalang kesigida dumaloq gullar va guloldi qipiqlari boshoqcha o’qiga spiralsimon o’rnashgan va uni bir tekisda o’rab turadi. Boshoqchalari poya uchidagi qora – qo’ngir yarim sharsimon to’pgulga zich o’rnashgan, to’pgul o’z navbatida, tubi ancha kengaygan ikita qora – qo’ng’ir barg qo’ltig’iga joylashgan.

Guloldi qipiqlari yong’oqcha(mevalar) ga nisbatan uzun. Yong’oqchalari yumaloq, sutga o’xshash oq va yaltiroq.

Yongulli qiyoq – S.lateriflorus gmel. Bir yillik o’t. Bo’yi 5 – 30 sm,poyasi notekis uchqirrali. To’pguli tig’iz, kallaksimon , 1 – 10 boshoqchali, boshoqchalari tuxumsimon yoki cho’zinchoq – tuxumsimon. Iyun oktabr oylarida gullab urug’laydi.Daryo bo’ylaridagi botqoqliklar va sholipoyalarda o’sadi.

Poyasi va guloldi barglari uch qirrali.

Buxoro qiyog’i – S.bucharicus Roshev. Bir yillik o’t. bo’yi 30 – 80 sm. Poyasi silindrsimon, deyarli qirrasiz.Iyun – sentabr oylarida gullab urug’laydi. Cho’l va adir zonasida, botqoqli yerlar, sholipoyalarda o’sadi.

Yassipoya suvhilol – B.planiculmis (Er.Schmidt) Egor. Ko’p yillik o’t. bo’yi 5-80 sm.Ildizpoyasi yo’g’on bo’lib, uzunligi 3,5 sm, eni 2,5 sm, tugunak hosil qiladi. Aprel – may oylarida gullab iyun – avgustda urug’laydi.Sholipoya, ariq bo’ylari, botqoq yerlarda o’sadi.

Salomalik – cyperus L.Bir yillik o’simlik. Soyabonsimon to’pguli 3 -12 ta har xil uzunlikdagi nurlardan tashkil topgan, har bir nur uchida bittadan zich joylashgan sharsimon shaklidagi boshoqchalar to’plami bor. Gol oldi qipiqlari 0,5-0,7 mm, teskari tuxumsimon, ikki cheti yupqa pardasimon. Soyabon ostida 2-3 ta uzun bargi bor.

Xilma – xil salomalik – C.Lifformis L. bir yillik o’t. bo’yi 20-50 sm. Poyasi ko’p sonli, uch qirrali. Barglari yassi, eni 2,5-4 mm, poyaga nisbatan qisqa. Iyun – iyul oylarida gullab, iyul – avgustda urug’laydi. Cho’l va adirlardagi suv havzalari, ariq bo’ylari va sholipoyalarda o’sadi.

Soyabonsimon to’pguli 2-7 ta, har xil uzunlikdagi nurlardan tashkil topgan, nurlar uchiga joylashgan boshoqchalar to’plami siyrak. Gul oldi qipiqlari 1 mm, tuxumsimon. Soyabon ostida 1-3 ta barglari bor.

Yumaloq salomalik – C.rotundus L. Ko’p yillik o’t. bo’yi 10-50 sm. Poyasi uch qirrali, silliq.

Qishloq xo’jaligi ekinlariga zarar etkazuvchi o’simliklarning tur tarkibi va bioeqologiyasi


3.2 Paxtazor, G’allazor va sholipoyalarda tarqalgan zararli suv o’simliklari tarqalish manbaalari va moslanish xususiyatlari.

Hosil to`plashiga butun o`suv davrida zarar yetkazadi va paxta hosilini mashina bilan terishga to`sqinlik qiladi hamda paxta hosilini kamaytiradi hamda sifatiga ta`sir qiladi. Pastki yarus begona o`tlari (itqo`noq, ko`k itqo`noq, ajriq hamda boshqalar ) g`o`za o`suv davrining boshlang`ich davrida zarar yetkazadi.



Paxtazorlarda begona o`tlarning tarqalishiga turli omillar sababchidir. Jumladan erta bahorda yo`l yoqalari, ariq bo`ylari dala chetlaridagi begona o`tlarning yo`qotilmasligi, kuzda shudgor qilinmasdan avval berilgan go`ng chiritilmaganligi oqibatida go`zaning o`suv davrida beriladigan suv bilan dalaga begona o`t urug`lari ko`plab kirib kelishi, katta- kichik zovurlar, latoklar va boshqa sug`orish shaxobchalari orqali, ekin maydonlaridagi begona o`tlarga qarshi kurashni muntazam ravishda o`tkazmaslik begona o`tlarning asosiy tarqalish omillaridir. Kallektor –drenaj tizimlarini o`z vaqtida tozalamaslik yer osti suvlar sathi ko`tarilishiga hamda yer sho`rlanishiga sabab bo`lib, bu yerlarda juda ko`p turdagi bir va ko`p yillik begona o`tlarning haddan tashqari ko`payib ketishiga imkoniyat yaratiladi. Go`za ekin maydonlar uchraydigan begona o`tlar turi 74 ta bo`lib bir yilliklar 45 ta ko`p yilliklar 29 ta ni tashkil qiladi. Qishloq xo`jaligida amalgam oshirilayotgan yirik agrar islohatlardan biri don mustaqilligiga erishish bo`lib bugungi kunda donli ekinlar maydoni ancha kengaydi va g`allachilik, paxtachilk qatorida birinchi darajali tarmoqqa aylandi. G`allachilikda hosildorlikni oshirish maqsadida begona o`tlarga qarshi kurash muhum ahamiyatga ega begona o`tlar g`alla ekinlari hosildorligini 20-30% ga kamaytirishi uning sifatini pasayishini kasallik va zararkunandalar tarqalishidan va don hosildorini yig`ishtirib olishda qiyinchiliklar bo`lishiga sababchi bo`ladi. G`alla ekinlari qator oralariga ishlov berilmaydigan ekin turlariga kirishi tufayli ham bug`udoy ekinini to`plash davrida o`suvchi begona o`tlarga qarshi gerbisitlarni ishlatish muhumdir. G`allazorlarda bir va ko`p yillik begona o`tlar uchraydi. Bir yilliklardan sho`ra, olabo`ta, ituzum, semizo`t, jag`-jag`, ismaloq, chaqamiq, qizg`aldoq, yovvayi suli (ayrim tumanlarda oqbosh yoki qora suli deb nomlanadi) bo`ritaroq va boshqalar uchraydi va bu begona o`tlar 1 kv maydonda 48,2-65,0 donagacha bo`ladi. Ko`p yilliklar qo`ypechak, g`umay, kampirchapon va boshqalar bo`lib bu begona o`tlar 1 kv metir maydonda 6,0-11,0 donagacha uchraydi. G`allazorlarda uchraydigan bir va ko`p yillik begona o`tlarning tarqalishiga turli omillar sababchidir jumladanurug`lik g`allani begona o`t urug`idan yaxshi tozalamanganligi kuzda paxtadan keyin shudgor qilmasdan go`za qator oralariga g`alla ekish dala chetlari ariq bo`ylari yo`l yoqalari, zovur va latokli atroflariga ishlov bermaslik natijasida dalalarda begona o`tlarning o`sishi va rivojlanishiga qulay sharoit yaratiladi bundan tashqari kech ekilgan maydonlarda va pishib yetilgan donni o`z vaqtida yig`ib bo`lmasligi oqibatida bu yerlarda o`suvchi ayrim begona suvo`tlarning urug`lari pishishiga va sochilishga ulguradi, oqibatda g`allarzorlarda begona o`tlarning ko`payib ketishiga sharoit yartiladi begona o`tlar dalalarda qishloq xo`jaligi ekinlari ichida, dalalar atrofida ekin ekiladigan bo`sh yerlarda, ariqlar va yo`llar bo`ylarida, uylarga yaqin va boshqa har xil joylarda o`sadigan o`simliklar bo`lib dunyoda ularning bir nechta ming turi bor. Ulardan O`zbekistonni sug`oriladigan yerlarda 400 turda ko`prog`I qayt etilgan bo`lib paxtazorlarda 74 ta turi uchraydi. Dalalarda tarqalishiga qarab begona o`tlarni 4 ta taxminiy guruhga bo`lish mumkin: 1-keng 2-o`rtacha 3- kam va 4-kam yoki juda kam begona o`tlar tarqalgan. Shu bilan birga begona o`tlarning tarqalishi nafaqat har xil viloyat va tumanlarda hatto alohida dalalarda ham kuchli farq qilishi mumkin. Chunki o`tlar turlarining taiiy tarqalishi oldingi yilni ekinlarni yetishtirishda qo`llangan chora tadbirlarning va boshqa omillarning ta`sirida har xil bo`lishi mumkin. Begona o`tlar bilan samarali kurashish uchun ularning asosiy biologic xususiyatlarini jumladan yashash muddati ko`payish usuli va faol o`sish vaqtlarini bilish zarur ular quyidagi xususiyatlarga ega serurug`lilik bitta o`simlik bir necha yuz va minglab urug` hosil qilishi mumkin. Bir tub olabuta 100000 sho`ra esa 500-700000 urug` bera bera oladi shuning uchun ham urg` hosil qilgan begona o`tlar dalani ifloslantiruvchi asosiy manba hisoblanadi. Urug`larning shamol yoki suv yordamida uzoq masofalarga tarqalish qobilyati tuproqda urug`lar uzoq muddatdan so`ng ham unib chiqish qobilyatini saqlashi. Itqo`noq urug`I 15, qorakurmak 13, achambiti 35, eshaksho`ra va semizo`t 40, qo`ypechak 50 va gibisk urug`I esa 57 yildan so`ng ham unib chiqishi mumkin.

Urug`larning tuproqda har xil vaqtda unushi masalan eshaksho`raning urug`lari bir yoki 40 yildan unib chiqishimumkin.

Ko`p yillik begona o`tlarning kuchli rivojlangan tarkibida ozuqa moddalari ko`p bo`lgan ildiz va ildizpoyalari mavjudligi ba`zi begona o`tlarning urug`lari go`ng suv va silosda hamda mollarning oshqozonidan o`tgandan so`nd ham unib chiqish xususiyatini saqlashi.

Ko`p yillik begona o`tlarning faol vegetative ko`payish qobilyati. Qo`ypechak ildizining 2-3 sm ga eng bo`lakchalarning har biridan yangi o`simlik rivojlana oladi ayniqsa ildizpoyali begona o`tlar yangi o`simliklarining ko`plab hosil qilish qobilyatiga ega. Urug` murtagidagi boshlang`ich soniga qarab ekin va begona o`tlar bir urug`pallali (bug`udoy, g`umay, qorakurmak, semizo`t) o`simliklarga bo`linadi, begona o`t bu guruhlardan qaysi biriga mansubligi ajrata olish mumkin, chunki guruhlarning har biriga qarshi maxsus gerbisitlar qo`llaniladi.


Yashash muddati va ko`payish usuliga qarab ham begona o`tlar 2 guruhga bo`linadi.

  1. Kam (1 va 2) yillik begona o`tlar u`rug` bergandan so`ng qurib qoladi, faqat urug` orqali ko`payadi va tarqaladi.

  2. Ko`p yillik begona o`tlar urug` bergandan so`ng ham rivojlanishi davom etadi va kelgusi yili yana urug` hosil qilishi mumkin. Ham urug`lari ham vegetativ organlari vositasida ko`payishi va tarqalishi mumkin.

Begona o`tlar g`o`za bilan maydon, namlik ozuqa moddalar va quyosh nuri uchun raqobat qiladi va natijada tola hosili va sifatini pasaytiradi, hosilni yetishtirish qiymatini oshiradi, kambayn bilan yig`ishni qiyinlashtiradi. Transpiratsiya jarayoni juda faolligi sababli, haydalgan yerlarda begona o`tlar madaniy ekinlarga nisbatan 330-1900 marta ko`proq suvni o`zlashtiradi, ruproq namligini qochiradi yoki uni quritadi. Ozuqa moddalarni ayniqsa azotni keskin kamaytiradi.

Begona o`tlar bilan mavsum boshida erta zararlangan dalalarda hosil va tola sifati ko`proq, kech zararlanganlarida esa kamroq yo`qotiladi AQSH da o`tkazilgan tajribalardaт

Ma`lum bo`lishicha be g`o`za bilan baynidagona o`tlarnng chigit unib chiqqan paytdan boshlab 8 hafta davomida raqobatiga nisbatan ekinlarga ancha ko`proq zarar keltirgan.

Begona o`tlarning paxta hosiliga ta`siri ularning turi va dalaning zararlanish darajasiga bog`liq. Mavsum boshida ayniqsa nihollar unib chiqqan kundan boshlab 3 hafta ichida dalani begona o`tlardan toza holda ushlab turishning g`o`za hosili uchun juda muhumligi isbotlangan. Masalan butun o`suv davrida ituzum bilan zararlangan daladan 13,7 s/ga hosil olingan bo`lsa dastlabki 3 hafta ichida ekin ushbu begona o`tdan toza tutilganda hosil 38,9 senterni tashkil etgan.ayni shunday qonuniyat boshqa begona o`tlar bilab o`tkazilgan tajribalarda ham isbotlangan butun o`suv davrida bu begona o`tni nazorat qilinganda hosildorlik 40-41 sentenerni tashkil etgan. Ko`p yillik tajribalar ko`rsatishicha g`umay, g`o`za ekini bilan 6.9,12 va 25 hafta davomida raqobat qilishiga yo`l qo`yilganida ushbu begona o`t paxta hosilini, tegishli ravishda 20,60,80 va 90% kamaytirgan. Hatto ayrim gerbisit (glifasat) qo`llangan dalalardanqolgan paxta, g`umay hosilini 15 % gacha pasaytirishi isbotlangan.

Begona o`tlar bilan kurash ularning dalada uchraydigan turlarini va har bir turning tarqalishi darajasini aniqlashdan (hisobga olishdan) boshlanadi. To`plangan ma`lumotlar samarali, iqtisodiy tomonidan ma`qul keladigam kurash usullarini (mehanik, qo`l bilan kimyoviy) hamda har bir dalada tarqalgan alohida begona o`t turlariga yaxshi ta`sir qiluvchi ma`xsus gerbisitlarni tanlab olish va ishlatishga asos bo`ladi.

Ilgari takidlanganday begona o`t turlari va ularning miqdori hatto yonma yon joylashgan dalalarda ham katta farq qilishi mumkin. Dalalarning begona o`tlar bilan ifloslanish darajalari

Har mavsumda kamida 2 marta aniqlanadi va har bir dalada to`plangan ma`lumotlar maxsus kundalik daftarga yozib olinadi. Bu ma`lumotlar quydagilarni aks ettirishi lozim.

-xo`jalik nomi

-dalaning raqami yoki nomi

-ekin turi va navi

- dalada qayt etilgan begona o`t turlari va ularning rivojlanish (maysa nihol, razetka, poya chiqarish, shonalash yoki boshoq chiqarish, gullash mevalash, qurish)

- begona o`tlarning o`sish yarusi

I. yarus begona o`tning bo`yi madaniy ekinnikidan baland

II. yarus-begona o`tning bo`yi madaniy ekinniki bilan teng yoki yarimiga keladi

III. yarus-begona o`tning bo`yi madaniy ekin bo`yining yarimidan past


  • zararlangan maydon

  • - zararlanish xili (bir tekis, manbalar shaklida )

  • Zararlanish darajalari (quyida keltirilgan 4 ballik shkala asosida aniqlanadi)

Hisobga olish asosiy va eng ashaddiy begona o`tlar o`sayotgan davrda o`tkaziladi. Odatda birinchi hisoblash butguldoshlar oilasiga kiradigan o`tlar gullaganda (aprel) ikkinchi (qo`shimcha) hisoblash esa murakkabguldoshlar oilasi namoyondasidir gullash fazasida (may) o`tkaziladi. Ko`pincha quyidagi 2 ta usul ishlatiladi.

Marshrut usuli: begona o`tlarning soni madaniy ekinga nisbatan quyidagi 4 ballik shkala bo`yicha hisobga olinadi:



  1. begona o`t turi u yer bu yerda juda siyrak uchraydi

  2. 2- begona o`t turi ko`proq darajada uchrayd, biroq ularning miqdori madaniy ekin sonidan kam

  3. Begona o`t turi juda tez-tez uchraydi, biroq ularning miqdori madaniy ekin sonidan ortiq emas

  4. Begona o`t turi ekin sonidan ko`p

Har bir begona o`t turi shkalaga binoan hisobga olinadi va dalada o`tlar bilan zararlanishining o`rtacha bali hisoblab topiladi.

Statsianar (doimiy uchastka ) usuli. Kuzatuv va hisobga olish 4 marta mart, aprel (chigit ekishdan oldin) aprel, may (chigit unib chiqqandan so`ng) may- iyun (nihol fazasida ) va kuzda terimdan so`ng o`tkaziladi. Har gal oldin begona o`tlarning soni ko`z bilan chamalab hisoblanadi (marshrut usulidagi kabi) so`ng madaniy ekin va ularning o`tlarning turlari alohida va bevisita sanab chiqiladi. Buning uchun dalada diagonal bo`yicha har biri bir kv m bo`lgan 10-15 ta namuna maydonchalari belgilanadi. Maydonchalarda barcha fenalogik kuzatuvlar o`tkazib olib boriladi. Begona o`tlarning har bir turning rivojlanish fazasi va o`sish yarusi aniqlanadi. O`tlar va madaniy ekin namunalari tagidan kesib olib, og`irligi o`lchanadi tuproqqa va chigitga aralashgan begona o`tlar urug`lari va mevalarning soni biologic va fizik usullar yordamida urug`likni nazorat qilish sohasidagi tashkilotlarning labaratoriyalarda aniqlanadi.

Dalada chigitda va tupuroqda tekshiruvlar o`tkazilgandan so`ng ekinlar begona o`tlar bilan zararlanishi haqida malumotnoma tayyorlanadi.



    1. Download 1.22 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik