Bir makon, bir yo'l



Download 388.52 Kb.
bet7/10
Sana13.05.2020
Hajmi388.52 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
E'tiborli jihatlar

Shu bilan birga, mazkur loyihalar «ichida» Xitoyning mahalliy hokimiyatlari tomonidan tashkil etilgan turli ommaviy mulk shaklidagi kompaniyalarni ko‘rish mumkin. Ushbu shirkatlar dunyoning turli joylarida o‘ta uzun ko‘priklar, yirik to‘g‘onlar, quvvati katta elektr stansiyalari, qurilishi g‘oyat qiyin bo‘lgan tog‘ tunnellari, gigant stadionlar va tezyurar temir yo‘llari barpo etishmoqda. Ushbu loyihalar asosan «tied-aid» shaklida, ya'ni bu shirkatlar BMBY yoqasida joylashgan davlat Xitoy banklaridan milliardlab dollar miqdorida kredit olishi mumkin.Ammo ko‘pgina holatlarda qarzga olingan pullar davlat banklariga qaytarilmaydi, balki o‘sha loyihani amalga oshiruvchi Xitoyning davlat korxonalari hisobiga o‘tkaziladi. Qarz olgan davlatga esa Xitoy texnikasi va infrastrukturasi shaklida kirib keladi. Shu sababli, Xitoy pulni o‘ng cho‘ntagidan (davlat banklaridan yoki «Ipak yo‘li» fondidan) olib, chap cho‘ntagiga (davlat korxonalari yoki boshqa Xitoy shirkatlari hisobiga) solib qo‘yadi, deyish mumkin.

Bunday usul uchun Xitoy davlatini ayblash noto‘g‘ri, chunki bunday qarz berish shaklini nafaqat Xitoy, balki Yevropa, AQSh va Yaponiya davlatlari ham keng qo‘llashadi. Debora Brautigamning «Ajdarhoning hadyasi: Xitoyning Afrikadagi haqiqiy hikoyasi» nomli kitobida bu haqda to‘liq ma'lumot olish mumkin.

Xitoy «Bir makon, bir yo‘l»ni ko‘p tomonlama muzokara emas, balki har bir davlat bilan alohida muzokara o‘tkazish orqali amalga oshirishni afzal ko‘radi. Albatta, bunday holatda tomonlar o‘rtasida muzokara tez va oson bitadi, Xitoy o‘z moddiy kuchini ustalik bilan ishlata olishi uchun shu tarzda zamin tayyorlaydi.

Biz uchun buning e'tiborli tarafi – bunday diplomatik aloqa kichik davlatlar yoki infrastruktura investitsiyasi uchun chanqoq holda bo‘lgan, rivojlanayotgan mamlakatlarni osonlik bilan o‘z qoidalariga og‘dirib olishga imkon yaratadi.

Shunday bo‘lsada, XXRning bunday tashabbus bilan chiqishi rivojlanayotgan dunyo mamlakatlari tomonidan iliqlik bilan kutib olindi. Sababi oddiy: Osiyo Taraqqiyot banki hisob-kitobiga ko‘ra, hozirda Osiyo mamlakatlarining o‘zida har yili 800 milliard dollarlik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga ehtiyoj bor. Ammo bunday katta hajmdagi qurilish ishlari uchun shu paytgacha yetarli moliyalashtirish manbasi bo‘lmay kelayotgandi. Xitoy esa aynan shunday ehtiyojni qondirish uchun «Bir makon, bir yo‘l»da davlatlarning faol ishtirokini so‘rayapti.  

Ba'zi davlatlar uchun «bundan zo‘ri bo‘lmaydi». Chunki, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki va boshqa xalqaro moliyaviy tashkilotlar infratuzilmasi tezlik bilan eskirayotgan davlatlarga «noqulay» shartlarda mablag‘ ajratayotgan bir paytda, Xitoyning deyarli shartlarsiz, faqat hukumat kafolati ostida bunday katta summalarni ajrata boshlashi rivojlanayotgan davlatlar uchun katta imkoniyatlarni taqdim etadi.

Biroq «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusining ijobiy tomonlari bilan bir qatorda xavotirga sabab bo‘ladigan jihatlari ham yo‘q emas.  

«Bir makon, bir yo‘l» bo‘yicha xavotirlar



  1. Download 388.52 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat