Bir makon, bir yo'l


-rasm.«Bir makon, bir yo‘l» loyihasining dunyo xaritasidagi tasviri



Download 388.52 Kb.
bet6/10
Sana13.05.2020
Hajmi388.52 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3-rasm.«Bir makon, bir yo‘l» loyihasining dunyo xaritasidagi tasviri

BMBY tashabbusining huquqiy shakli, maqomi va ahamiyati haqida

Mazkur tashabbusni to‘g‘ri tushunish lozim: u Jahon savdo tashkiloti kabi qat'iy qoidalar ustiga qurilgan savdo tashkiloti emas. Yoinki, Yaponiya boshchiligidagi erkin savdo yo‘lida tuzilgan Trans-tinch okeani hamkorlik bitimi (Trans-Pacific Partnership Agreement) kabi ko‘p tomonlama iqtisodiy bitim ham emas. Yoki bo‘lmasa, Rossiya Federatsiyasi yetakchiligida qurilgan Yevroosiyo bojxona ittifoqi kabi umumiy bojlar o‘rnatiladigan iqtisodiy hudud hammas. Xitoy qat'iy qoidalardan ko‘ra egiluvchan va yumshoq normalarga (soft law) asoslangan va doimo o‘zgarishlarga osonlik bilan moslashadigan global hamkorlik to‘rini qurishni mo‘ljallayapti.

«Bir makon, bir yo‘l»ning eng katta o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, Xitoy g‘arb mamlakatlari va «Osiyo yo‘lbarslari»dan farqli ravishda barpo etiladigan infratuzilma va boshqa turdagi investitsion loyihalarini katta tezlikda va ko‘zga ko‘rinar shaklda amalga oshirmoqchi. Bu yo‘lda dunyoning boshqa qudratli davlatlaridan farqli o‘laroq, Xitoy milliardlab dollar mablag‘larni sarflashdan cho‘chimayapti. Misol uchun, Xitoy banklari va fondlari BMBY loyihalari uchun 2016 yilgacha jami 292 milliard dollar ajratishdi, birgina 2017 yilning o‘zidayoq bu raqam 20,1 milliard dollarni tashkil etdi. Ushbu gigant loyihani qanday firmalar amalga oshiryapti, Xitoy banklari qanday firmalar uchun kreditlar ajratyapti, degan savolga javoban shuni aytish kerakki, Xitoy davlat korxonalari (state-owned enterprises) ushbu loyihadan eng manfaatdor tomonlardir. Misol uchun, so‘nggi uch yil ichida Xitoy davlat korxonalari BMBY yoqasida joylashgan mamlakatlardagi 1700dan ortiq investitsiya loyihalarida qatnashgan. Ular qatorida China Communications Construction, China State Construction Engineering, Power China, Sinomach China Railway Construction Corporation, China Railway Group, CNPC va State Grid kabilarni sanab o‘tish mumkin.


Download 388.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat