Bir makon, bir yo'l


-rasm. Loyihaning uchta trans yevro Osiyo iqtisodiy yo‘laklari



Download 388.52 Kb.
bet2/10
Sana13.05.2020
Hajmi388.52 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-rasm. Loyihaning uchta trans yevro Osiyo iqtisodiy yo‘laklari.

Oradan bir oy o‘tib, u Indoneziya parlamentida so‘zlagan nutqida XXI asrning Buyuk ipak yo‘li haqidagi fikrlarini takrorladi. O‘sha-yilning oktabrida Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlariga tashrifi davomida Xitoy raisi «XXI asr Dengiz Ipak yo‘li»ni hamkorlikda qurish g‘oyasini ilgari surdi. U, o‘z navbatida, Xitoyning dengiz portlaridan Janubiy Xitoy dengizi orqali Hind okeani va Yevropaga qadar; Xitoy portlaridan Janubiy Xitoy dengizi orqali Tinch okeani janubiy akvatoriyasigacha bo‘lgan ikki yo‘nalishni o‘z ichiga olishi lozim edi.

2015-yili har ikkala tashabbus «Bir makon, bir yo‘l» nomi ostida umumiy strategik konsepsiyaga birlashtirildi hamda u mamlakatning tashqi iqtisodiy va siyosiy yo‘lining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi. 2017-yilning mayida Pekinda bo‘lib o‘tgan Xalqaro forumda 68  mamlakat va xalqaro tashkilot Xitoy bilan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni imzoladi.

«Bir makon, bir yo‘l» 60 dan ortiq mamlakatda 900 ga yaqin turli infratuzilma loyihalarini (avtomobil va temiryo‘llar, portlar, elektr stansiyalari, ko‘priklar va hokazo) o‘z ichiga oladi. Uni hayotga tatbiq etish uchun zarur investitsiyalarni ekspertlar 2 trilliondan 3,5 trillion AQSh dollargacha deb baholamoqda. 

Loyihani moliyalashtirish maqsadida 2014-yili Xitoyda ikki yangi institut: 100 milliard dollar kapitalga ega bo‘lgan Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki va ustav kapitali 40 milliard dollarni tashkil etgan Ipak yo‘li jamg‘armasi tashkil etildi. Xitoy sanoat mahsulotlarini Ipak yo‘li orqali eks­port qilish bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 30 milliard dollarlik ustav kapitaliga ega bo‘lgan alohida jamg‘arma tashkil etish Pekin rejalaridan joy olgan.

Iqtisodiy kamar va dengiz yo‘lini ro‘yobga chiqarishning asosiy moliyaviy mexanizmi infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun Xitoy moliya institutlari tomonidan kreditlar taqdim etishdan iboratdir. Asosiy shart — Made in China qurilmalari, mahsulotlari, xizmatlari va ishchi kuchidan foydalanish. 

2017-yil may oyida Pekinda o‘tkazilgan forumda Si Szinpin uch yil ichida «Bir makon,  bir yo‘l»ga qo‘shilgan mamlakatlardagi Xitoy investitsiyasi 50 milliard dollarga yaqin mablag‘ni tashkil etganini ma’lum qildi. Yaqin-yillarda ushbu ko‘rsatkichni 150 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda. 

Hozirgi paytga kelib, XXR «Bir makon bir yo‘l» doirasida Vengriya , Mo ‘g‘uliston, Rossiya, Tojikiston va Turkiya bilan hamkorlik to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitimlarni imzolagan. Sharqiy Xitoyni Eron va Yevropa mamlakatlariga qadar bog‘lovchi temiryo‘l tarmoqlarining kengaytirilishi haqida e’lon qilindi. XXRdan Laos va Tailandga, Efiopiya — Jibuti, Vengriya — Serbiya yo‘nalishidagi temiryo‘l, Indoneziyaga tezyurar magistrallar qurilishi, XXR — Pokiston, Xitoy — Mo‘g‘uliston — Rossiya , Bangladesh — Xitoy — Hindiston — Myanma iqtisodiy yo‘laklarini shakllantirish, Gvadar (Pokiston) va Pirey (Gretsiya) portlarini modernizatsiya qilish to‘g‘risidagi kelishuvlarga erishilgan. 

Tashabbus — dunyoning turli mamlakatlariga mahsulotlarni yetkazish bo‘yicha muqobil energetika va savdo yo‘nalishlarini barpo etish, mahsulotlarni haddan ortiq ko‘p ishlab chiqarishdan aziyat chekayotgan Xitoy sanoati uchun yangi bozorlar shakllantirish, tashqi bozorlarga qo‘shilgan qiymat bilan mahsulotlar eksportini oshirish, megaloyihalarni ro‘yobga chiqarish va ijtimoiy-madaniy almashinuvni rivojlantirish imkoniyatini yaratadi va u orqali Xitoyning dunyodagi ijobiy timsolini yaratishga ko‘maklashadi.

Shubhasiz, Xitoyning loyihani amalga oshirishdagi ochiq-oydin manfaatlarini inkor etib bo‘lmaydi, biroq birovlar foydasiga o‘z manfaatidan voz kechish siyosatda hyech qachon hurmat keltirmagan. Shuning uchun loyihada ishtirok etayotgan davlatlar unda o‘zi uchun iqtisodiy va siyosiy foyda keltiruvchi jihatlarni topishi lozim. 

Markaziy Osiyo yuragida joylashgan O‘zbekiston Xitoy iqtisodiy kooperatsiyasi amalga oshirilishidan ko‘proq foyda olish uchun jiddiy imkoniyatlarga ega. Mamlakatimizda iliq dengizlarga chiqish imkonining yo‘qligini hisobga olsak, «Ipak yo‘li iqtisodiy kamari» bizda katta qiziqish uyg‘otadi. 2017-yil may oyida Pekinda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi forumda O‘zbekiston Xitoy g‘oyasini amaliy ro‘yobga chiqarishga qaratilgan bir qator aniq takliflarni ilgari surdi. Shu jumladan, Prezident Shavkat Mirziyoyev «Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishini tezroq boshlashning ahamiyatiga urg‘u berdi. 

Bundan tashqari, 2017-yil iyun oyida Ostonada bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida O‘zbekiston tomoni tashkilotga a’zo davlatlar, kuzatuvchilar va hamkor davlatlar temiryo‘l ma’muriyati rahbarlarining muntazam uchrashuvlarini yo‘lga qo‘yish tashabbusi bilan chiqdi. Yangi maydonchaning asosiy vazifalari shaffof transport tariflarini shakllantirish, yuk va yo‘lovchilar tashishning yagona xavfsizlik me’yorlarini o‘rnatishdan iborat bo‘lishi taklif qilinmoqda. Buning isboti o‘laroq, 2018-yili ShHTga a’zo mamlakatlar temir yo‘l kompaniyalari rahbarlarining Toshkentda ilk uchrashuvi o‘tkazildi. Shu tariqa O‘zbekiston mahalliy mahsulotlarni yangi — Xitoy va boshqa mamlakatlar bozoriga olib chiqish uchun XXR imkoniyati va manbalaridan foydalanishi, milliy iqtisodiyotning asosiy sohalariga investitsiyalar jalb qilishi, logistik imkoniyatlarni yanada to‘liqroq amalga oshirishi mumkin. 

Bir so‘z bilan aytganda, rasmiy Toshkent Markaziy Osiyo mintaqasini ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab olgan holda faol tashqi siyosat olib bormoqda. Mintaqada mutlaqo yangicha muhit qaror topdi. Hamkorlikning turli jabhalarida tarixiy natijalarga erishildi: chegaralar ochilmoqda, ko‘plab sohalarda, jumladan, transport kommunikatsiyalarini keng rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshirilyapti. Markaziy Osiyoning besh davlati mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida barcha sa’y-harakatini birlashtirmoqda. Shu ma’noda aytganda, Toshkent Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi bilan uyg‘un ravishda qadam tashlayapti. Bundan ikki-yil muqad­dam Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan “Bir makon, bir yo‘l” forumida mazkur tashabbus har bir davlatning o‘z imkoniyatlaridan to‘la foydalanishi, iqtisodiy jihatdan bir-birini to‘ldirishi, savdo hamda inves­titsiyalarni rag‘batlantirishi, o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishi uchun keng yo‘l ochishini qayd etdi. Loyihaning ro‘yobga chiqishi dunyo tamad­dunida Markaziy Osiyoning tarixiy mavqyeini qayta tiklashga zamin yaratadi. 

Buyuk ipak yo‘li eramizdan avvalgi II asrda paydo bo‘lgan. Bu yo‘l Xitoydan boshlanib, Markaziy Osiyo mamlakatlari, Hindiston, Eron, Gretsiya, Kavkaz davlatlari orqali Yevropagacha yetib borgan. Rejaga ko‘ra, Xitoyni Yevropa bilan bog‘lovchi yangi Buyuk ipak yo‘li o‘tadigan mamlakatlarning infratuzilmalari rivojlanishiga Xitoy sarmoyalarini kiritish ko‘zda tutilgan. Bu borada hukumat mamlakatdagi kompaniyalarni rag‘batlantirish yo‘lida bir qator chora-tadbirlar ko‘rilishini e’lon qildi. Xitoy mamlakat bozorlarini uchta qita bilan bog‘lovchi infratuzilma barpo etish uchun maxsus jamg‘arma tashkil etishga qaror qildi. Tahlilchilarning so‘zlariga qaraganda, jamg‘arma mablag‘lari Xitoy viloyatlarida temiryo‘l va avtomobil yo‘llari, quvurlar yotqizilishiga sarflanadi. Bunda, birinchi navbatda, Xitoyning “ko‘hna qit’a” mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalari uchun zarur bo‘lgan dengiz va quruqlikdagi yo‘llarni rivojlantirish strategiyasi inobatga olinadi.

Tashabbus asosida Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Janubiy Osiyo, Janubi-sharqiy Osiyo va Yevropaning ayrim mintaqalari moliyaviy ta’minlanadi. Tahlilchilarning fikricha, yangi Buyuk ipak yo‘lining tashkil qilinishi Xitoyni jahondagi yetakchi davlatlardan biriga aylantirishni maqsad qilgan. Shuningdek, “osmonosti mamlakati”ning Osiyo-Tinch okeani mintaqasida ham nufuzi ortadi, hamda mintaqadagi siyosiy va iqtisodiy ta’siri kengayadi.

“Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida tashkil etiladigan transport yo‘lagi Avstraliya va Indoneziyani, Osiyo mamlakatlarini, Yevropa, Afrika va Lotin Amerikasi orqali AQSh bilan bog‘laydi. Hisob-kitoblarga qaraganda, yangi Ipak yo‘li sayyoramiz aholisining yarmidan ko‘prog‘ini, to‘g‘rirog‘i 4,4 milliard kishi istiqomat qiladigan mamlakatlarni qamrab oladi. Yo‘lning quruqlikdagi qismida uchta temiryo‘l yo‘lagi barpo etiladi. Shimoliy yo‘lak Rossiya hududlaridan o‘tadi. Markaziy va janubiy yo‘lak esa Markaziy Osiyo mamlakatlari hududidan o‘tishi rejalashtirilgan. Keyinchalik temiryo‘l yo‘laklariga avtomobil yo‘llari ham qo‘shiladi. Yangi Ipak yo‘lining asosiy yo‘nalishi markaziy Osiyodan o‘tadi. Bu yo‘lakning uzunligi 6 ming 500 kilometrni tashkil qilib, uning 4 ming kilometri Xitoyning Tinch okeani sohillaridan shinjon — Uyg‘ur Muxtor O‘lkasigacha bo‘lgan yo‘ldir. U yerdan Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkmaniston orqali Eron, Iroq, Suriya va Turkiyaga boradi. U yog‘i esa Yevropaga bir qadam. Dengiz yo‘li ham xuddi qadimgi savdo yo‘li singari Guanchjoudan boshlanadi va Vetnam, Tailand, Malayziya, Singapur va Indoneziya orqali Qizil dengizga chiqib, Afrikagacha yetib boradi. Yangi transport yo‘lagi Xitoydan ortilgan yuklarni qisqa muddatda Yevropaga yetkazishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

Bugungi kunda “osmon osti mamlakati” hoh xorijdagi, hoh o‘zidagi transport infratuzilmalarini rivojlantirish maqsadida mablag‘larni ayamayapti. Bir so‘z bilan aytganda Yangi Buyuk Ipak yo‘li Xitoy va boshqa mamlakatlarga taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlarni yaratib beradi.

2013-yildan buyon Xitoy «Bir makon, bir yo‘l» doirasida xorijiy mamlakatlar iqtisodiyotiga 50 milliard dollar sarmoya kiritdi. Pekin 900 ta investitsion loyihani amalga oshirish uchun 890 milliard dollardan ziyod mablag‘ sarflashni rejalashtirmoqda.

2019-yilning 25–27-aprel kunlari “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusiga bag‘ishlangan ikkinchi xalqaro forum o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston davlat rahbarini ham qatnashdi. Forum ishida ko‘plab  xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Anjuman kun tartibidan mintaqadagi iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, uzoq muddatli taraqqiyotning yangi manbalarini izlab topish borasidagi sheriklikni faollashtirish, “yashil” iqtisodiyot va innovatsiyalarni ilgari surish, ustuvor infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari o‘rin olgan bo’lib, bu masalalarning ijobiy yechimi ulkan mintaqada taraqqiyot ishiga xizmat qiladi.

  1. Bir makon, bir yo‘l” o‘ziga tortuvchi tomonlari va loyihadan O’zbekistonning ko’zlagan maqsadlari.

Xo’sh,“Bir makon, bir yo‘l» nimasi bilan bizni o‘ziga tortdi?

Aslini olganda, bundan avval ham «Ipak yo‘li» loyihalari doirasida Markaziy Osiyo mintaqasi turli katta davlatlarning e'tibori ostida bo‘lib keldi. AQSh, Rossiya, Hindiston, Yevropa Ittifoqi, Turkiya hududiy hamkorlik loyihalarini o‘rtaga tashlab kelyapti. Biroq bu loyihalar katta infrastruktura loyihalarini ko‘zda tutmagan. Ko‘plari qog‘ozda qolib ketgan desak, mubolaga qilmagan bo‘lamiz.  

Xo‘sh, Xitoy hukumati tomonidan o‘rtaga tashlangan bu safargi «Ipak yo‘li» loyihasini biz nega birinchilardan bo‘lib qo‘llab-quvvatladik? Mazkur loyiha quruqlikning qoq o‘rtasida joylashgan O‘zbekiston uchun nimasi bilan jozibali?

Avvalo shuni aytish kerakkki, 2013 yilda mazkur tashabbus e'lon qilinganidan keyin Xitoy o‘zining tashqi investitsiya va savdo aloqalarining hammasini «Bir makon, bir yo‘l» bayrog‘i ostida jamladi. BMBY Xitoyning rasmiy tashqi iqtisodiy siyosati maqomiga ko‘tarildi va hatto yaqinda o‘zgartirilgan XXR konstitutsiyasida ham o‘z aksini topdi. Endi O‘zbekiston-Xitoy iqtisodiy aloqalarini BMBY tashabbusi doirasida tahlil qilsa ham bo‘laveradi.

O‘zbekiston 1991 yildan boshlab XXR bilan iqtisodiy aloqalarni yuritib kelyapti. Xitoy O‘zbekistonning eng yirik tijoriy hamkorlaridan biri va mana bir necha yildirki, Xitoy O‘zbekiston uchun eng yirik xorijiy investor. 2017 yilning o‘zida savdo aylanmasi hajmi 5 milliard AQSh dollariga teng kelgan bo‘lsa, tomonlar bu hajmni 2020 yilga yetib ikki baravar oshirishni ko‘zlayapti.

Xitoy shirkatlari yurtimizda katta investitsiya bitimlari tuzishga erishishgan. Masalan gaz va uran qazib olish bo‘yicha jami 15 milliard AQSh dollarlik shartnomalar imzolangan. Qo‘shma korxonalar soni 700dan ko‘p bo‘lib, bunda Xitoy investitsiyasi jami 8 milliard AQSh dollaridan oshdi. 

O‘zbekiston hukumati BMBY loyihasi e'lon qilingan ilk kunlaridanoq uni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Natijada «Ipak yo‘li» Iqtisodiy makoni qurilishidagi hamkorlik O‘zbek-Xitoy xalqaro aloqalarining asosiy yo‘nalishiga aylandi. Shu sababli, Xitoy tashkil etgan ilk global moliya instituti – Osiyo infrastruktura banki va Investitsiya bankida O‘zbekiston tashkil etuvchi sifatida qatnashdi va uni faol qo‘llab-quvvatladi. 

Prezidentimiz 2017-yil may oyida BMBYning 1-Forumi uchun Pekinga davlat tashrifi bilan bordi va XXRning eng yirik davlat shirkatlari va banklari bilan muzokaralar olib bordi. Natijada jami qiymati 22 miliiard AQSh dollarlik 100dan ziyod bitimlarga erishilgandi. Tashrif doirasida taraflar qo‘shma deklaratsiya e'lon qilishgan va unda quyidagi muhim masalalar joy olgan:



  • O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 2009 yil 14 oktyabrda imzolangan uzoq muddatli savdo bitimi doirasida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, tabiiy resurslarini va energiya mahsulotlarini Xitoy bozoriga eksport qilishga tayyor;

  • tomonlar Xitoy taraqqiyot banki va Xitoy Eksimbanki O‘zbekistondagi turli infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishni qo‘llab-quvvatlaydi;

  • tomonlar yuqori texnologiyali qo‘shma korxonalarni rag‘batlantirish va tabiiy resurslar bilan bog‘liq bo‘lmagan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan sarmoyaviy hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldilar;

  • tomonlar xalqaro avtomobil transporti bitimi tuzilganini alohida e'tirof etish bilan birga, o‘rtadagi savdo munosabatlarini mustahkamlash uchun bitim ahamiyatini alohida ta'kidladilar;

  • tomonlar «O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy» temir yo‘l loyihasi bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirish muhimligini takidladilar.

Hamkorlikning amaliy natijasi o‘laroq, BMBY tashabbusining 1-Forumidan uch oy o‘tib, 2017 yilning avgust oyida prezident Shavkat Mirziyoyev Osiyo infrastruktura va investitsiya banki rahbari Jin Liqunni Toshkentda qabul qildi. Tomonlar O‘zbekistondagi bir qator loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildilar. 2,7 milliard AQSh dollari miqdoridagi ushbu loyihalarga suv xo‘jaligi obektlarini modernizatsiya qilish, energetika infratuzilmasini rivojlantirish, zamonaviy avtomobil yo‘llarini qurish, temir yo‘llarni elektrlashtirish, poytaxt metro tarmog‘ini kengaytirish kiradi.

Endi O‘zbekistonning maqsadiga to’xtalsak, aynan maqsad nima?

Imtiyozli kreditlardan foydalanish, Xitoy ishbilarmonlik majmualarini ishga tushirish, mahalliy firmalarning ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, o‘zbek mahsulotlari uchun muqobil bozorlarni topish – O‘zbekiston hukumatining asosiy maqsadlari. Bundan tashqari, tashqi savdoni rivojlantirish, qo‘shimcha qiymatli o‘zbek mahsulotlarini BMBY loyihasi yoqasida joylashgan mamlakatlarga yetkazishda loyiha resurslaridan foydalanish ham maqsad qilingan.

Transport infratuzilmasi bo‘lmagan, dunyo portlariga chiqish uchun kamida ikkita davlatni kesib o‘tishi lozim bo‘lgan O‘zbekiston uchun mazkur loyihada ishtirok etish Yevropa Ittifoqi, Yaqin Sharq va Xitoy kabi yirik global bozorlarga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvga yordam beradi.

BMBYga qo‘shilish orqali O‘zbekiston hukumati savdo yo‘llarini diversifikatsiya qilish imkoniyatini qo‘lga kiritishi mumkin. Ayniqsa, «Ipak yo‘li» Iqtisodiy makonining uchta trans Yevroosiyo iqtisodiy yo‘laklari orasida Xitoydan Markaziy Osiyoga, keyin Rossiya orqali Yevropaga (Boltiq dengiziga qadar) olib boradigan iqtisodiy yo‘lagi va Xitoydan Markaziy Osiyo va G‘arbiy Osiyo orqali Fors ko‘rfazi va O‘rta Yer dengizga qadar cho‘zilgan yo‘llar ahamiyatlidir.  

Boshqa muhim nuqtalar:

1. Infratuzilma. O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy temir yo‘l loyihasi

O‘zbekiston 2016 yilda Xitoy Eksimbankidan 455 million AQSh dollari miqdorida infratuzilma kreditini jalb qilgan holda sharqiy O‘zbekistonning tog‘li qismida 19,2 km uzunlikdagi Kamchiq tunnelini qurishga muvaffaq bo‘lgandi. 2016 yil iyunida O‘zbekiston va XXR rahbarlari ishtirokida Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li va Qamchiq tunnelining ochilish marosimi o‘tkazildi. Uni XXRning China Railway Group kompaniyasi amalga oshirgan. Ish bu bilan to‘xtamagan, O‘zbekiston qo‘shni Qirg‘iziston bilan birga XXRga «O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy» temir yo‘l loyihasini BMBY doirasida qurish taklifi bilan chiqdi. 

Ta'kidlash joizki, ushbu loyiha Xitoy tomonidan emas, balki O‘rta Osiyo davlatlari tomonidan, BMBY e'lon qilinishidan oldin taklif qilingan. O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasidagi qo‘shma bayonotga ushbu loyihaning qo‘shilishi Prezident Mirziyoyevning diplomatik yutug‘i sifatida ko‘rilishi mumkin. Biroq Xitoy va sobiq sovet ittifoqi respublikalari temir yo‘llari relslari enining turliligi ushbu temir yo‘li liniyasi qurilishi 20 yilga kechiktirilishiga sabab bo‘lmoqda.

Yuqoridagi loyihalardan tashqari, davlatimiz Osiyo Infratuzilma va investitsiya bankiga o‘tgan yili boshida Buxoro-Urganch-Xiva temir yo‘li elektrlashtirilishi bo‘yicha loyihani moliyalashtirish uchun ariza topshirgan Loyiha 3 bosqichdan iborat bo‘lib, Buxoro-Miskan, Miskan-Urganch va Urganch-Xiva yo‘nalishlari uchun jami 340 million AQSh dollari so’ralgan. Agar u amalga oshsa, ushbu shaharlar orasidagi qatnov tezlashadi, turistlar harakati yengillashadi va yuk tashish ishlari osonlashadi. Hozircha ushbu loyihani bank kengashi qachon tasdiqlanishi noma'lumligicha qolmoqda. Bundan tashqari, Xitoy tomonidan o‘rtaga tashlangan va O‘rta Osiyo davlatlari ham qo‘llab-quvvatlagan Xitoy-O‘rta Osiyo gaz quvurining 4-liniyasi bo‘lgan D-liniyasini qurish so‘nggi yillarda ortga surilmoqda. Tojikistonlik do‘stlarimiz bu liniyaga katta umid bilan qarashayotgan bo‘lsa-da, ba'zi bir noaniq sabablarga ko‘ra ushbu katta loyiha amalga oshmay turibdi.

Nima bo‘lganida ham, taklif etilayotgan loyihalarimiz iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlashi, uzoqni ko‘zlashi, loyiha amalga oshiriladigan hududlardagi aholi turmush sharotini yaxshilashi, barqaror rivojlanishni (sustainable development) yuzaga keltiradigan bo‘lishi shart. Yo‘qsa loyihalar Afrika o‘lkalaridagi kabi ko‘pchilik tomonidan ishlatilmaydigan yoki atrofdagi aholi uchun foydasi tegmaydigan infratuzilmadan iborat bo‘lib qoladi. Bunday bo‘lmasligi uchun xalqimiz, ayniqsa hududlardagi manfaatdor fuqarolarimiz va ekspert-mutaxassislarimiz BMBY loyihalari haqida yetarlicha ma'lumotga ega bo‘lishlari lozim. Xitoy bilan tuzilayotgan barcha shartnomalar iloji boricha oshkor etilishi, izohlanishi, ekspertizadan o‘tkazilib, ommaga taqdim etilishi darkor. Shundagina Xitoy bilan bo‘ladigan xalqaro aloqalarimiz o‘zini oqlashi, har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lishi mumkin.  

2. Xitoy banklari bizga berayotgan qarzlar

Oxirgi ikki yilda Xitoyning ommaviy banklaridan yurtimiz banklari olgan kreditlar hajmi sezilarli darajada oshdi, bu esa ba'zi akademik doiralarda tashvish uyg’otdi. 2018 yil aprel va iyun oylari orasida O‘zbekistonning bir qator banklari Xitoy banklari bilan «ramochniy» bitim tuzib, 1 mlrd. AQSh dollaridan ortiq kredit shartnomalar imzolandi va moliyalashtirishning katta qismini SINOSURE (Xitoyning eksport kreditlarini sug‘urtalash korporatsiyasi) sug‘urtasi bilan qoplandi. O‘zbekiston banklari ushbu hamkorlik doirasida bundan keyin 3 yildan 10 yilgacha bo‘lgan muddatga kredit mablag‘lari olishlari mumkin. Har bir loyiha uchun yakuniy shartlar alohida belgilanadigan bo‘ldi. Ushbu kredit liniyalari Xitoy pudratchilari tomonidan texnologik uskunalar va xizmatlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Bundan tashqari, «Ipak yo‘li» Fondi O‘zbekistonning qadimiy shaharlarida qurilishga oid bir qator loyihalarni faol rag‘batlantirishni maqsad qilgan.

Ko‘ryapmizki, davlatimizning XXR va uning ommaviy banklaridan tashqi qarzlari xavotirlanadigan darajada katta emas. Shunday bo‘lsada, qarz miqdori yil sayin ortib boryapti. Bunday vaziyatda, avvalambor, qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikiston respublikalaridagi holat bizga o‘rnak bo‘lishi, tashqi qarzlarimiz diversifikatsiya qilinishi lozim, toki XXRga haddan ortiq bog‘lanib qolmaylik.

Nafaqat Xitoydan, balki har qanday moliyaviy institutlardan katta qarzlarni olishda ehtiyotkorona yondashish lozim. Men tanish bo‘lgan ma'lumotlarga ko‘ra, davlatimiz Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Yevropa taraqqiyot va tiklanish banklaridan qarz olishda multi-vektor siyosat yuritayotgani uchun hozircha katta xavotirga o‘rin yo‘q.

Prezident Shavkat Mirziyoyev vaqtinchalik prezident vazifasini bajarishga kirishish paytidagi Oliy Majlis qo‘shma palatalari majlisidagi nutqida alohidatakidlaganidek, «chetdan qarz olish bo‘yicha konservativ yondashuv siyosatini davom ettirish, davlatning tashqi qarzi haddan ziyod oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim ahamiyat kasb etadi». Tashqi qarzimiz, ayniqsa davlat himoyasi ostida olinadigan suveren qarzlar yalpi milliy mahsulotimizning 30 foizidan oshmasligiga jiddiy ahamiyat bersak, foydadan xoli bo‘lmaydi. Bu o‘rinda so‘z navbati – Moliya vazirligi va iqtisodchilarimizga.

3. O‘zbekiston va Xitoy manfaatlarining ba'zida mos kelmasligi

Ochiq tan olish kerak – tomonlarning ustuvor yo‘nalishlarda manfaatlari o‘zaro mos kelmasligi holatlari ham kuzatiladi. Xitoy O‘rta Osiyodagi qo‘shnilariga infratuzilma loyihalarini eksport qilishga yo‘nalgan, mahsulotlarni ishlab-chiqarishni esa o‘zida qoldirishni afzal biladi.. Xususan, sanoat markazi sifatida Shinjon viloyatini rivojlantirishga harakat qilmoqda. O‘rta Osiyo mamlakatlari, shu jumladan, O‘zbekiston o‘z hududlarida ishlab chiqarish komplekslarini qurishni istaydi.

O‘zbekistonning BMBY bo‘yicha holati qo‘shni mamlakatlardagidan farq qiladi. Agar Turkmaniston va Qozog‘iston uchun Xitoydan kelgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning katta qismi uglevodorodlar bilan bog‘liq bo‘lsa, ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan, 33 millionlik davlatimiz esa:


  • sanoat hududlarini faollashtirishga intilmoqda;

  • Xitoy kompaniyalarining mahalliylashishini qo‘llab-quvvatlash orqali xitoylik tadbirkorlarni O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga va mahalliy aholini ish bilan ta'minlashga undayapti;

  • xitoylik sayyohlarni jalb qilishni o‘ylayapti; prezident Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) 17-yig‘ilishida ushbu tashkilotning Turizm universitetini O‘zbekistonda tashkil etishni taklif etgani va buning amalga oshgani bunga dalil.

Yuqorida aytilganlarning barchasi O‘zbekiston hukumati Xitoy bilan savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarini erkinlashtirgandan ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xitoy investitsiyasini olishni afzal ko‘rayotgani va nazarimda, shu bois Xitoy bilan yaqin orada chuqurlashtirilgan erkin savdo bitimini imzolamasligini bildiradi.


  1. Bir makon, bir yo‘l” loyihasi doirasida samarali muzokaralar va hamkorlikdagi harakatlar istiqbollari.

O‘zbekiston-Xitoy hamkorligi yangi bosqichlarda rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, milliy mahsulotlarimizning sinovlarini takomillashtirish, xalqaro standartlarni keng joriy qilish va hamkorlik asosida zamonaviy laboratoriyalarni tashkil etish yo‘nalishlarida maqsadli loyihalar ustida ish olib borilmoqda.

Bir makon, bir yo‘l” loyihasi doirasida samarali muzokaralar haqida gapiradigan bo’lsak. Bu kabi muzokaralar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2019- yilning 25 aprel kuni ertalab Pekin shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szin'pin bilan uchrashuvidan boshlandi.

Si Szin'pin Xitoy O‘zbekiston bilan hamkorlikning bugungi holatini yuksak qadrlashi hamda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qat'iy intilishini aytgandi.

O‘zbekiston va Xitoy har tomonlama strategik sheriklardir. Toshkent Pekinning tashqi siyosiy yo‘li va yagona Xitoy masalalari bo‘yicha qat'iy pozisiyasini, terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi olib borayotgan kurashini qo‘llab-quvvatlaydi. Xitoy mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va O‘zbekistonning mintaqaviy siyosatini olqishlaydi. Davlatlarimiz xalqaro tashkilotlar doirasida faol hamkorlik qilmoqda.

Si Szin'pin “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi O‘zbekistonda qabul qilingan 5 ta yo‘nalishdan iborat Harakatlar strategiyasiga to‘la hamohang ekanligini ta'kidlagan. Mamlakatlarimiz savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor. Xitoy O‘zbekistondan yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini import qilishga tayyor. Biznes aloqalarini zamonaviy bosqichda rivojlantirish, energetika sohasidagi qo‘shma loyihalar ko‘lamini kengaytirish, xalqaro magistral avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar qurish loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Ilm-fan, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni mustahkamlash va O‘zbekistonda Xitoy madaniyat markazini tashkil etish taklifi bildirgan.

Xitoy “Samarqand siti” loyihasini amalga oshirish borasidagi sa'y-harakatlarga xayrixohlik bilan qaraydi. Markaziy Osiyo mintaqasida va qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik-osoyishtalikni saqlashda O‘zbekistonning hissasini alohida e'tirof etadi. Chin mamlakati ShHT doirasidagi hamkorlikni kengaytirish, Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning faoliyatini yanada takomillashtirishga alohida e'tibor qaratishi qayd etgan.


Xitoy – O‘zbekistonning eng yirik savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sheriklaridan biri. O‘zaro tovar ayirboshlash izchil o‘smoqda. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, uning hajmi 6,4 milliard dollardan oshgan.

Mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilingan Xitoy investisiyalari va kreditlari hajmi 8 milliard dollardan oshdi. Prezidentimizning 2017 yil may oyida XXRga davlat tashrifi natijasida umumiy qiymati 4,5 milliard dollardan ziyod loyihalar amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari mamlakatlar o’rtasida tovar ayirboshlashni yanada kengaytirish va diversifikasiya qilish masalalari muhokama qilindi, o‘zaro savdo hajmini yaqin yillarda 10 milliard dollarga yetkazish borasida ham muzokalar bo’lib o’tgan. O‘zbekiston iqtisodiyotiga investisiya, innovasiya va texnologiyalar jalb etish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash istiqbollariga, turli sohalarda hamkorlik bo‘yicha yangi qo‘shma loyihalar ishlab chiqish, mintaqaning tranzit va transport-kommunikasiya salohiyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilinib, Sanoat, moliya, qishloq xo‘jaligi, qurilish, fan, ta'lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga ham e'tibor qaratilgan.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusini to‘liq qo‘llab-quvvatlashi va uning keng ko‘lamda ro‘yobga chiqarilishiga amaliy hissa qo‘shishga tayyor ekanini muzokalar davomida doim ta'kidlab kelgan.

Xitoy Raisi O‘zbekistonning bu boradagi ishtiroki va tashabbuslari Xitoy bilan O‘zbekiston va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama kengaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

“Bir makon, bir yo‘l” loyihasi o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishda muhim o‘rin tutadi. Bundan asosiy maqsad qadimiy Ipak yo‘li ruhiyatini qayta tiklash asnosida mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, mamlakatlarning transport infratuzilmasini birlashtirish, madaniy aloqalarni, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashdir. O‘zbekiston “Bir makon, bir yo‘l” loyihasini, transport, savdo, investitsiya, energetika va yuqori texnologiyalar sohalaridagi tashabbuslarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Hamkorlik doirasida Markaziy Osiyoni Xitoy va Rossiya orqali Janubiy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Yevropa mamlakatlari bozorlari bilan bog‘laydigan transport-logistika yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqda.

2016 yili ochilgan Angren – Pop temir yo‘li mintaqalararo transport yo‘lagining muhim qismi hisoblanadi. O‘zbekiston bu boradagi ishlarni izchil davom ettirmoqda.

Jumladan, Tojikiston bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri avia, temir yo‘l va avtomobil qatnovi tiklanib, Amudaryodan o‘tadigan Turkmanobod – Forob yangi temir yo‘l va avtomobil ko‘priklari ishga tushirildi. O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy temir yo‘li qurilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, Hayraton – Mozori Sharif temir yo‘lini Hirotgacha davom ettirish ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston – Xitoy hamkorligi doirasida transport-kommunikatsiya, savdo, iqtisodiyot, sayyohlik, ilmiy-ma’rifiy sohalardagi ustuvor vazifalar va istiqbolli masalalar ham hali oldinda turibdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil may oyida Pekinda bo‘lib o‘tgan “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumida ilgari surgan mintaqaviy hamkorlik va xavfsizlikni mustahkamlash borasidagi tashabbuslarini amalga oshirish ishlari ham bunga misoldir.

– O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik “Bir makon, bir yo‘l” loyihasini hayotga tatbiq etish uchun qulay sharoit yaratmoqda, “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi qadimda Sharqni G‘arb bilan madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan bog‘lagan Buyuk ipak yo‘lining qayta tiklanishini ko‘zda tutadi.

Mazkur loyiha iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo va investitsiya sohalarida qulayliklar yaratish, transport va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, turizm, ta’lim, madaniyat sohalarida hamkorlik salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, xususan, xalqlarimiz manfaatiga mos keladigan “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi doirasida erishilgan kelishuvlarni izchil ro‘yobga chiqarishdagi vazifalar haqida so‘z yuritilsa. – “Bir makon, bir yo‘l” Markaziy Osiyo, Yevropa va Afrika mintaqasida joylashgan 60 dan ortiq mamlakat o‘rtasida yangi transport va savdo yo‘llarini yaratishga qaratilgan,

– Ushbu davlatlar jahon yalpi ichki mahsulotining 55, global energiya zaxiralarining 75 foizini o‘zida jamlagani 2 loyihaning dunyo hamjamiyatini yagona rivojlanish va maqsadlar sari birlashtirishdagi ahamiyatini yanada oshiradi.

“Bir makon, bir yo‘l” loyihasining rivojlangan davlatlar imkoniyatlaridan unumli foydalanish, iqtisodiy taraqqiyot bosqichida bo‘lgan mamlakatlarga yordam berish tamoyiliga asoslanishi uni xalqaro hamkorlikning yangi modeli sifatida ko‘rish imkonini bermoqda.

- Buyuk ipak yo‘li nafaqat hududlar o‘rtasida savdo aloqalari, balki madaniy qadriyatlar rivojlanishida ham muhim vositadir.

– Loyiha doirasida O‘zbekiston bilan ta’lim, turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlashni maqsad qilingan. Bu boradagi takliflarni ishlab chiqish istiqbollarini belgilab olishga erishish kerak.



  1. Bir makon, bir yo‘l” loyihasidan umidlar va xavotirlar.

Sinologlarimiz (xitoyshunos) yetishmasligidanmi, ilmiy hamda ommabop nashrlarimizda Xitoy haqida tahliliy maqolalar juda kam. Bu esa ma’lumot topishda ancha qiyinchilik tug’dirdi, Vaholanki, O‘zbekiston-Xitoy vektori mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun tobora katta ahamiyat kasb etmoqda va hamkorimiz Xitoy Xalq Respublikasi haqida yetarlicha ma'lumotga ega bo‘lishimiz kerak.

Keling, dastlab O‘zbekiston-Xitoy aloqalariga to’xtalamiz.

Prezidentimiz 2017 yilning may oyida Xitoy Xalq Respublikasiga qilgan rasmiy tashrifi davomida 22 milliard AQSh dollariga teng shartnomalarni imzolab qaytgandi. Mazkur multi-milliard loyihalarning bir qismi amalga oshdi, qolganlari ham amalga oshishi kutilmoqda.

Xitoy haqida ko‘p eshitamiz. Aksar savdogarlarimiz uchun Xitoy «ikkinchi vatan»ga aylangan bo‘lsa ajabmas. Kundalik hayotimizda «Made in China» doimiy iste'molimizda. Ammo ushbu mamlakat haqida, Xitoy jamiyati haqida atroflicha bilimimiz yo‘q. Holbuki, Xitoyning «Bir makon, bir yo‘l» loyihasi iqtisodiy va ijtimoiy hayotimizni yaqin kelajakda o‘zgartirib yuborishi mumkinligini o‘ylab ham ko‘rganimiz yo‘q. «Bir makon, bir yo‘l» doirasida yurtimizga keltirilgan Xitoy texnologiyasi va investitsiyalari haqida xabarlar biz uchun oddiy holga aylandi. Ammo ushbu tashabbus kelgusida qanday ko‘rinish oladi – bu haqdagi maqolalarni o‘zbek tilidagi nashrlarda uchratmadim.

Xitoy – qanday mamlakat u?

— Xitoy bu – dunyoning ikkinchi eng yirik iqtisodiyoti. 2030-yillardan keyin esa katta ehtimol bilan dunyoning birinchi raqamli iqtisodiyotiga aylanadi;

— Xitoy bu – dunyodagi eng ko‘p aholi yashaydigan davlat;

— Xitoy bu – 30 yil ichida qashshoqlikdan 11 trillion dollarlik iqtisodga ega bo‘lgan, ZTE va Huawei kabi brendlarini jahon bozoriga olib chiqa olgan davlat;

— Xitoy bu – Amerika Qo‘shma Shtatlariga ham harbiy, ham iqtisodiy, ham siyosiy, ham ilmiy sohalarda raqobat qila olayotgan sayyoramizdagi yagona davlat;

— Xitoy – dunyodagi eng ko‘p dollar zaxiralariga ega mamlakat;

— Xitoy – son jihatdan dunyodagi eng katta armiyaga ega mamlakat;

— O‘zbekistonga shu paytgacha eng ko‘p xorijiy investitsiya kiritgan davlat ham aynan Xitoy.

Ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin, ammo shunisi ham bizga kifoya qiladi.

Xitoy barchani hayratda qoldirib, so‘nggi 30 yil ichida qudratli sanoatlashgan davlatga aylana oldi. Uning aholi boshiga nisbatan milliy mahsuloti 1990-yillar boshida O‘zbekistonnikidan kam bo‘lgan. Hozirga kelib Xitoy yon qo‘shnisi Rossiya Federatsiyasidan yiliga salkam to‘qqiz baravar ko‘p mahsulot ishlab chiqaradi.




Download 388.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
matematika fakulteti
Ўзбекистон республикаси
pedagogika universiteti
sinflar uchun
bilan ishlash
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
Navoiy davlat
Buxoro davlat
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti