Biotexnologiya, chorvachilik maxsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi



Download 0,9 Mb.
bet1/18
Sana27.03.2021
Hajmi0,9 Mb.
#62092
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Kurs ishi Dosumbetov Jasur Paxta



SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI


“BIOTEXNOLOGIYA, CHORVACHILIK MAXSULOTLARINI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI”

FAKULTETI

“Chorvachilik va o’simlik maxsulotlarini saqlash va qayta ishlash”

kafedrasi.

KURS ISHI

Mavzu: 100 tonna chigitli paxtani dastlabki qayta ishlashda momiq va tola chiqindilariga ishlov berishni tashkil etish.

Bajardi:Dosumbetov J

Tekshirdi:Amanturdiyev.I

Samarqand 2020



Mundarija
1. Kirish…………………………………………………………………….……..3

2. Umumiy qism………………………………………………………….…….…8

3. Texnologik qism…………………………………………………………….…12

4. Xulosa…………………………………………………………………………18

5. Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………….….…19

6. Ilova……………………………………………………………………….…...20




1.Kirish

Yer yuzidagi xalqlar qishloq xo’jalik mahsulotlarini iste’mol qilishni boshlagandan buyon uni saqlash va qayta ishlash bilan shugullanib uni doimo rivojlantirib kelishgan. Mashaqqatli mehnat evaziga yetishtirilgan mahsulotni nes-nobud qilmasdan hamda uning sifatini pasaytirmasdan saqlash, undan unumli foydalanish qadimdan inson ehtiyojlaridan biri bo’lib kelgan. Bunda turli xil zararkunandalardan himoya qilish to’g’risida ham bosh qotirib kelishgan.

Mamlakatimizning turli xududlarida olib borilgan arxeologik qazishmalar qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash quldorlik tuzumi davridayoq amalga oshirilganligi aniqlangan. Jumladan O’rta Osiyo sharoitida ham qadimdan qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashga e’tibor berib kelingan. Mintaqamizda ob-havo yil va sutka davomida o’zgaruvchan bo’lganligi sababli go’sht, yog’, sut, baliq, tuxum kabi mahsulotlar tezda ayniydi, aksincha juda qattiq sovuqda esa sabzavot va mevalar muzlab o’z sifatini yo’qotadi. Shu sababli qadimdan bizning ota-bobolarimizni qishloq xo’jalik mahsulotlarini qay usulda saqlash muhim muammo bo’lib kelgan.

Asosan quruq mahsulotlar tez buzilmaydigan mahsulotlar hisoblanib, ularni quruq joyda, shisha idishlarda, yopiladigan qog’oz qutilarda, miqdori ko’p bo’lgan mahsulotlarni (g’alla, em-xashak, urug’liklar) usti yopiq ayvonlarda yoki omborlarda saqlab kelishgan.

Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash usullari bo’yicha O’rta Osiyoda IX – XII asrlardayoq bir qator ulamolar bilim va tajribalariga tayanib, samarali jihatlarini o’z asarlarida yozib qoldirishgan. Bular, Ibn Al Haysam (965-1035), Ibn Xatib ar Roziy (1149-1209), Ibn Roshta (XII asr), Ibn Hammar (942 yilda tugilgan), Muhammad Ibn Bahrom (1149 yilda vafot etgan), Abu Hamid ibn Ali ibn Umar, Hasrat Mashhadiy Sayid Muhammad (XVII asr) kabilarning asarlarida ham qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash tadbirlarini aytib o’tishgan.

Hozirgi kunda fan va texnikaning jadal rivojlanishi barcha qishloq xo’jalik mahsulotlarining turli sharoitda tarkibini aniqlash imkonini berish bilan birga ularni etishtirish, saqlash va qayta ishlashning kompleks tadbirlarini yaratishga ham qulay sharoit yaratilmoqda.

O’zbekistonda paxtachilik dehqonchilikning asosiy tarmog’i bo’lib, mamla- katning iqtisodiy taraqqiyoti soha bilan bevosita bog’liqdir. Chunki mamlakat- ning valyuta zaxirasiga shu tarmoqning hissasi munosibdir. G’o’zaning xalq xo’jaligidagi ahamiyati benihoyadir. Chunki, g’o’za yoki uning mahsulotidan tayyorlangan buyumlar u yoki bu miqdorda ishlatilmaydigan xo’jalik tarmog’i

bo’lmasa kerak.

G’o’za boshqa qishloq xo’jalik ekinlariga nisbatan farq qilib, bir yo’la uch turdagi qimmatli mahsulot, ya’ni to’qimachilik sanoati uchun xom-ashyo-tola, oziq-ovqat uchun yog’-moy, chorva ozuqasi sifatida-kunjara va sheluxa beradi.

G’o’za asosan tola olish uchun ekiladi. 1 tonna paxta xomashyosidan o’rtacha 320-340 kg tola, 560-580 kg chigit olinadi. 340kg toladan o’z navbatida 3500-4000 m2 mato, chigitidan esa 112 kg moy, 10 kg sovun, 270 kg kunjara, 170 kg sheluxa va 8 kg lint (momiq) ishlab chiqariladi.

Paxta tolasidan yuqori sifatli tekstil va texnik mahsulotlari(buyumlari) ishlab chiqarilganligi uchun ham sun’iy tolalardan farq qiladi va universal xomashyo beruvchi tabiiy tolalar guruhigamansubdir.

Paxta tozalash zavodlarida chigitli paxtadan 34-35 % tola, 60-62% chigit, 2-2,5 % momiq (lint) va 1-1,5 % chiqitlar ajratib olinadi. Dunyo miqyosida to’qimachilik tolasi ishlab chiqarishda paxtaulushiga 60 % dan ko’proq to’g’ri keladi. Tolasidan, asosan, ip(kalava) yigiriladi, to’qimachilik buyumlari, kiyim va gigroskopik paxta tayyorlanadi. Undan aviasiya, avtomobil, elektr va boshqa sanoatlar keng foydalanadi. Toladan parashyutlar, baqquvat iplar, kirza, shlanglar, qayish, kino-rasm plyonkalari, yozuv qog’ozlari kabi ko’plab mahsulotlar tayyorlanadi.

Chigitdan presslash va ekstraksiya qilish yo’li bilan paxta moyi olinadi. Moyi esa oziq-ovqat va texnik maqsadlarda ishlatiladi. Undan sovun pishirishda, alif, lak, emal va boshqa bo’yoqlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Chigit tarkibida gossipol pigmenti (zaharli organik birikma) bo’lib, moy olish jarayonida ajratib olinadi va undan ham har xil sintetik moddalar ishlab chiqariladi. Moy ishlab chiqarishdagi qoldiqgudron foydalanish uchun xalq xo’jalik tarmoqlariga yuboriladi.

Momiq paxta kiyim-kechak, ko’rpa-yostiqdan tashqari, sun’iy ipak, plastmassa, lak, qog’oz, portlovchi moddalar tayyorlashga sarflanadi. Chigit po’sti (sheluxa) va shroti chorva uchun ozuqa bo’lishdan tashqari, sanoatda potash, oshlovchi moddalar, spirt, qog’oz, karton va boshqa ko’plab mahsulotlar olinmoqda. Hatto g’o’za shrotidan fitin va oziq-ovqat oqsili ajratiladi. G’o’za tupidan 100 dan ko’proq birikmalar olish mumkin.

Bargidan 20 xil organik kislotalar, jumladan, qimmatli olma va limon

kislotalari olinadi. Shuningdek vitaminlar, stimulyatorlar, aminokislotalar, mikroelementlar ham tozalash zavodlarining chiqitlarida uchraydi. Poya, chanoqlardan yoqilg’ilikdan tashqari, qurilish materiali sifatida keng foydalanish ahamiyatlidir. Undan presslangan faneralar, yog’ochlar, mebel yasash uchun kerakli materiallar tayyorlanadi. Shuningdek qog’oz, karton, sellyuloza ham olinadi. Maydalangan g’o’zapoyani o’g’it va fermentlash yo’li bilan yem-xashakka aralashgan holda mollarga oziqa sifatida qo’llash ham mumkin. G’o’za o’simligi o’zida ko’p miqdorda shira saqlaydi. Shuning uchun paxtachilik bilan shug’ullanuvchi xo’jaliklarda asalarichilikning rivojlantirish imkoniyati ham kattadir.

Umuman g’o’za qimmat baho o’simlik bo’lib, uning tolasi, chigiti va boshqa qismlaridan 200-250 xilgacha keng iste’mol mollari va texnikabop mahsulotlar olinadi. Mamlakatimizda paxtachilikning istiqboli mustaqilikka erishgach, yana oshmoqda. Bu sohani rivojlantirish eng avvalo, intensiv texnologiyalarni joriy etish, buning uchun eng avvalo yerlarning agromeliorativ holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini ko’tarish, intensiv navlarni yaratish va joriy etish, sohani kimyolashtirish, o’simlik kasallik va hashoratlariga qarshi kurashda uyg’unlashgan usulni keng qo’llash va bunda biologik usulga alohida e’tiborni qaratish, shuningdek sohani kompleks mexanizasiyalash bilan birga fan texnika va ilg’orlar tajribalaridan keng foydalanish va hosildorlikni gektaridan 30-35 sentnergacha ko’tarish yaqin yillardagi vazifalar bo’lib qolmoqda.

Paxtadan to’qilgan gazlamaning sifatli bo’lishi, birinchi navbatda tolaning muayyan darajada moslashgan texnologik xususiyatlariga, ya’ni uning uzunligiga, pishiqligiga, ingichkaligiga, nisbiy uzulish kuchiga bog’liq. Tola qanchalik ingichka, pishiq va uzun bo’lsa, shunchalik qimmatli bo’ladi, undan eng yaxshi gazlamalar to’qiladi.

Paxta tolasidan turli xil mahsulot olinishini ko’zda tutgan holda to’qimachilik sanoati tolaga va undan olinadigan mahsulotga bir qancha talablar qo’ygan. To’qimachilik sanoati o’z rejasiga binoan tolaga sifat ko’rsatgichlari bo’yicha buyurtma beradi.

Bugungi kunda paxta xom ashyosidan olinadigan mahsulotlar kundalik hayotimizdan tashqari sanoatning turli tarmoqlarida ham keng foydalanilmoqda.

Yuqori sifatli tola olish uchun xo’jalikda g’o’zaning tezpisharligi, hosildorligi, kasalliklarga, joyning tuproq-iqlim va boshqa noqulay sharoitlarga chidamliligi bularning hammasi g’o’zaning eng maqbul seleksion navlarini tanlash va ularni oqilona joylashtirishga bog’liq.

Paxta tozalash sanoati uchun tola chiqishi, uning chigitdan oson ajralishi, pishiqligi kabi ko’rsatkichlar katta ahamiyatga ega. Mazkur korxonalarda sifatli mahsulot yetishtirish hamda ish unumdorligini oshirish, daromadni ko’paytirish yuqoridagi omillarga bog’liq.

Hozirda, mamlakatimizda tayyorlanayotgan paxta tolasini 2020 yildan boshlab 100% o'zimizda qayta ishlab tayyor mahsulotni eksport qilish masalasi dolzab hisoblanadi. Dunyo bozorida tolaning oqligi, ifloslanish darajasi va ayniqsa, mikroneyr ko’rsatkichiga alohida e’tibor beriladi. Mikroneyr ko’rsatkichi 4,8-4,9 dan yuqori bo’lsa tola dag’al hisoblanadi va jahon bozorida raqobat qilaolmaydi. Dag’al tolaning xarid narxi ham past bo’ladi. Paxta tolasiga narx belgilashda asosiy va maqbul ko’rsatkich 23,5-26,4 gk/teks uning solishtirma uzilish kuchi hisoblanadi.


Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish