Biologik favqulodda holatlar



Download 91 Kb.
bet1/4
Sana02.06.2022
Hajmi91 Kb.
#630258
  1   2   3   4
Bog'liq
1460098671 64268


BIOLOGIK FAVQULODDA HOLATLAR

Reja:



1.Favqulodda holatlar sodir bo’lish ehtimolini oldindan bilish va baholash.
2. Favqulodda holatlarning rivojlanish bosqichlari.
3.Geologik, meteorologik, biologik va kosmik favqulodda vaziyatlar.


1. Favqulodda holatlar sodir bo’lish ehtimolini oldindan bilish va baholash


Favqulodda holatlarni oldindan bilish tabiiy ofatlar, avariyalar va halokatlar vaqtida yuz beradigan holatlar va sharoitlarni taxminlab aniqlashga asoslangandir. Bunda, uncha to’liq va aniq bo’lmagan ma’lumotlar asosida favqulodda holatlar sodir bo’lish ehtimoli bor rayon hamda favqulodda holatlarning xarakteri va masshtabi baholanib, favqulodda holatlar oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan ishlarning xarakteri va hajmi taxminan belgilanadi.
Hozirgi vaqtda seysmik rayonlar sel oqimlari suv bosishlar sodir bo’ladigan, qor ko’chishi va boshqa ko’chishlar sodir bo’lish xavfi mavjud bo’lgan joylar aniqlangan. SHuningdek, katta halokatlarga va avariyalarga olib kelishi mumkin bo’lgan sanoat korxonalari ham belgilangan. Bu uzoq muddatli oldindan bilish deb tushuniladi.
Oldindan bilish vazifasiga favqulodda holatlar sodir bo’lish ehtimoli vaqtini aniqlash masalasi ham kiradi. Bunday aniqlanish qisqa muddatli oldindan bilish deb tushuniladi. Buning uchun hozirga vaqtda quyosh faolligi siklining o’zgarishi to’g’risidagi statik ma’mulotlardan, yerning sun’iy yo’ldoshi yordamida olingan ma’lumotlardan, hamda meteorologik, seysmik, vulqon, sel oqimi va boshqa stansiyalarning ma’lumotlaridan keng foydalaniladi.
Masalan, dovullar, dengiz bo’ronlari, vulqonlar otilishi, sel oqimlarining bo’lish ehtimoli, meteorologik yer yo’ldoshlari yordamida aniqlanadi. Yer qimirlashlarni sodir bo’lish ehtimoli seysmik rayonlarda suv tarkibini ximiyaviy tahlil qilish, tuproqning elastiklik, elektrik va magnit xarakteristikasini o’lchash, hududlardagi suv sathi o’zgarishini kuzatish, hayvonlar holatini kuzatish orqali aniqlanishi mumkin. Katta o’rmonlardagi va yer osti torf yong’inlarining yashirin o’choqlari samolyot yoki yerning sun’iy yo’ldoshi yordamida infraqizil nurlar orqali tasvirga olish asosida aniqlanadi.
Favqulodda holatlar sodir bo’lishi asosida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan holat va sharoitlar matematik usullar asosida baholanadi. Bunda boshlang’ich ma’lumotlar sifatida yashirin xavf joyi, koordinatasi va moddalar hamda energiya zahirasi, aholi soni va joylashish zichligi; qurilishlar xarakteri, himoya inshootlarining soni va turi, ularning hajmi, meteorologik sharoitlar, joyning xarakteri qabul qilinishi mumkin.
Favqulodda holatlar vaqtida kutiladigan shart-sharoitlarni oldindan baholashda fovqulodda holatlarning turiga bog’liq holda uning chegarasi, halokatli suv toshqini, yong’in yoki radiasion, ximiyaviy va bakteriologik zaharlanish o’choqlari, favqulodda holatlar natijasida yuz berishi ehtimol qilingan o’limlar va moddiy boyliklarni barbod bo’lishi, xalq xo’jalik ob’ektlaridagi zarar miqdori taxminan aniqlanadi.
Oldindan bilish va baholash ma’lumotlari birlashtirilib, tahlil asosida xulosalanadi va favqulodda holatlarda qutqaruv va avariya tiklash ishlarini olib borish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqiladi. Favqulodda holatlarning ta’sir darajasini kamaytirish, uning zararli omillaridan himoyalanishga qaratilgan tadbilar ko’p bosqichli sistemadan iborat bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga oladi: doimiy o’tkaziladigan tadbirlar uzoq muddatli, oldindan bilish ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Ularga qurilish montaj ishlarini qurilish normalari va qoidalari asosida amalga oshirish; xavf to’g’risida aholiga xabar berishning ishonchli sistemasini ishlab chiqish; himoya inshootlarini qurish va aholini shaxsiy himoya vositalari bilan taminlash; radiasion, bakteriologik va ximiyaviy uzatishni, razvedkani hamda labarotoriya tekshirishlarini tashkil etish; favqulodda holatlar vaqtidagi harakat qoidalari bo’yicha aholini umumiy hamda majburiy o’qitish; sanitar-gigienik va profilaktik tadbirlar o’tkazish; AESni qurmaslik, ximiyaviy va sellyuloza qog’oz va shu kabi potensial xavfli ob’ektlarni xavfsiz zonalarda qurish; favqulodda holatlar oqibatlarini bartaraf etish rejalarini ishlab chiqish, uni moddiy va moliyaviy taminlashni tashkil etish va boshqa shu kabi tadbirlar kiradi.
Favqulodda holatlar sodir bo’lish ehtimolini aniqlangan vaqtdagi himoya tadbirlari jumlasiga oldindan bilish ma’lumotlarini aniqlashtirish bo’yicha kuzatish va razvedka sistemasini ishlab chiqish; aholiga favqulodda holatlar to’g’risida xabar berish sistemasini tayyor holatga keltirish; iqtisodni va ijtimoiy hayotni davom etishining maxsus qoidalarini joriy etish, favqulodda holatlarni e’lon qilish; yuqori xavflilikdagi ob’ektlarni (AES, zaharli va portlashga xavfli ishlab chiqarish va boshqalar) neytrallashtirish, ularda ishni to’xtatish va ularni qo’shimcha mustahkamlash yoki demontaj qilish; avariya qutqaruv xizmatini tayyor holatga keltirish va aholini qisman evakuasiya qilish kabi tadbirlar kiradi.
Ushbu tadbirlar majmuasidan ma’lumki ayrim tadbirlar uzoq muddatli oldindan bilish ma’lumotlari asosida bajarilib, ularni amalga oshirish uchun ko’p yillar talab etiladi. Ayrim tadbirlar esa qisqa vaqt ichida tez amalga oshiriladi. Bunday tadbirlar qisqa muddatli oldindan bilish ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtdagi fan-texnika taraqqiyoti, mutaxassislar favqulodda holatlar sodir bo’lish vaqtini va joyini oldindan yuqori aniqlikda aytib berish imkoniyatiga ega emas.

Download 91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish