Biologik fanlar tizimi, ularning zamonaviy muammolari va yutuqlari



Download 18,81 Kb.
Sana29.04.2022
Hajmi18,81 Kb.
#589529
Bog'liq
2.BIOLOGIK FANLAR TIZIMI


BIOLOGIK FANLAR TIZIMI, ULARNING ZAMONAVIY MUAMMOLARI VA YUTUQLARI
R E J A :
1. Biologiya fan sifatida. Biologik fanlar tizimi.
2. Biologiya fanining biotexnologik va kimyoviy ishlab chiqarish sohalaridagi o’rni.
3. Tiriklikninik tuzilish darajalari.
4. Prokariotlar va eukariot organizmlar va ular orasidagi farqlar.
1.1. Biologiya fan sifatida. Biologik fanlar tizimi
Biologiya — hayot haqidagi fan bo‘lib, yunoncha “bios” — hayot, “logos” – ta’limot (fan) degan ma’noni anglatadi.Biologiya atamasi 1802- yilda fransuz olimi J.B.Lamark va nemis olimi G. R. Treviranus tomonidan fanga kiritilgan. Biologiya hayot, uning shakllari, tuzilishi, rivojlanish qonuniyatlari to‘g‘risidagi fandir. Biologiyaning o‘rganish obyekti bu – viruslar, mikroorganizmlar, zamburug‘lar, o‘simliklar, hayvonlar, odamlar, ularning organ, to‘qima, hujayra tarkibi, hujayralarda kechadigan jarayonlar hamda organizmning shaxsiy va tarixiy rivojlanishi, hamjamoalari, ularning o‘zaro anorganik tabiat bilan aloqasi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda biologiyaning asosiy yo‘nalishlaridan biokimyo, molekular biologiya, mikrobiologiya, biofizika, genetik injeneriya, biotexnologiya kabi fanlar jadal rivojlanib bormoqda. Biologiyaning ilmiy-tadqiqot usullariga kuzatish, taqqoslash, tarixiy, eksperimental usullari kiradi. Kuzatish usuli - eng dastlabki usullardan bo‘lib, biologiya fanining ilk rivojlanish davrida keng qo‘llanilgan. uning yordamida har qanday biologik hodisani tasvirlash, ta’riflash mumkin. Kuzatish usuli bugungi kunda ham o‘zining ahamiyatini yo‘qotgan emas. Bu usuldan tirik organizmlarni miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini ta’riflashda foydalaniladi.Taqqoslash usuli tirik organizmlarning turli sistematik guruhlar, organizmlar, biogeotsenozlarning tarkibiy qismlaridagi o‘xshashlik va farqini aniqlash yo‘li orqali ularning mohiyatini ochishga asoslangan. Bu usulda olingan ma’lumotlar bilan hujayra nazariyasi, biogenetik va irsiy o‘zgaruv chanlikning gomologik qatorlari qonuni kashf etilgan. Tarixiy usulning biologiyada qo‘llanishi Ch.Darvinning nomi bilan bog‘liq. Bu usul biologiyada chuqur sifatiy o‘zgarishlarning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan omillarni o‘rganadi. Tarixiy usul hayotiy hodisalarni o‘rganishning asosiga aylangan. Mazkur usul yordamida organik dunyoning evolutsion ta’limoti yaratildi. Eksperimental yoki tajriba usuli biologiyada o‘rta asrlarda (Abu Ali ibn Sino) boshlangan bo‘lsa, fizika va kimyo fanlarining ravnaqi tufayli keng qo‘llanila boshlandi. Bu usul bilan organizmlardagi voqea-hodisalar boshqa usullarga nisbatan chuqur o‘rganiladi.Bugungi kunda yuqorida berilgan usullar biologiyaning tegishli sohalarida foydalanib kelinmoqda va ular bir-birini to‘ldiradi. Biologiyaning inson hayotidagi roli. umumbiologik qonuniyatlardan xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida xilma-xil muammolar yechimini topishda keng foydalaniladi. kelajakda biologiyaning amaliy ahamiyati yanada ortib boradi. Chunki yer yuzida aholining soni yildan yilga ortib bormoqda. Bu esa aholini oziqovqat va kiyim-kechakka bo‘lgan ehtiyojini ortishiga sabab bo‘lib boradi. Bu borada mikroorganizmlar, o‘simliklar, hayvonlarning yuqori mahsuldor shtammlari, navlari va zotlarini yaratish kata ahamiyat kasb etadi. Tirik organizmlar xilma-xil bo‘lishiga qaramay, ularning barchasi hujayraviy tuzilishga ega hamda o‘xshash kimyoviy elementlar va moddalardan iborat. Hujayra tiriklikning barcha xossalarini o‘zida mujassamlashtirgan eng kichik birlikdir. Organizm bilan tashqi muhit o‘rtasida doimo moddalar va energiya almashinuvi sodir bo‘lib turadi. Tirik organizmlarning muhim xossasi oziq va quyosh nuridan tashqi energiya manbai sifatida foydalanishidir. energiya bir organizmdan ikkinchi organizmga organik modda ko‘rinishida beriladi. Organizmdagi moddalar almashinuvi asosini assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari tashkil etadi. Ba’zi bir moddalar organizm tomonidan o‘zlashtirilsa, boshqa moddalar aksincha, tashqi muhitga chiqarib yuboriladi. Moddalar almashinuvi organizmdagi hujayralarning tiklanishi, o‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi. Barcha tirik mavjudotlar oziqlanadi. oziqlanish tashqi muhitdan ozuqa moddalarni o‘zlashtirishdir. ozuqa barcha tirik organizmlar uchun zarur, chunki u organizmdagi hujayralarning tiklanishi, o‘sishi va boshqa ko‘pgina jarayonlar omili bo‘lib, modda va energiya almashinuv manbai hisoblanadi. Tirik organizmlar o‘z hayot faoliyatini saqlab turishlari uchun doimiy ravishda energiya kerak bo‘ladi. energiya nafas olish jarayonida ozuqa moddalarning asosan kislorod ta’sirida parchalanishidan ajralib chiqadi. Moddalar almashinuvi natijasida organizmlarda keraksiz moddalar ham to‘planishi mumkin. Bunday moddalar odatda zaharli moddalardir, ularni organizmdan chiqarib yuborish ajratish jarayoni deb ataladi. Tirik organizmlar o‘sadi va rivojlanadi. O‘sish va rivojlanish barcha tirik organizmlar uchun xos xususiyatdir. o‘sish organizmlar tomonidan ozuqa moddalarni o‘zlashtirish hisobiga amalga oshadi. organizmlar tashqi muhitdagi va o‘zida kuzatiladigan barcha o‘zgarishlarga ham sezgir bo‘ladi. Buning uchun yashil o‘simliklarning quyosh nuri ta’siriga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatib o‘tish kifoya. Demak, tirik organizmlar qo‘zg‘aluvchanlik xususiyati bilan tavsiflanadi. Shuningdek, tirik organizmlar o‘zinio‘zi idora etish xususiyatiga ham ega bo‘lib, u organizmni o‘zgaruvchan tashqi muhit sharoitlariga javoban kimyoviy tarkibi va fiziologik jarayonlarning borishini ma’lum bir me’yorda ushlab turish, ya’ni gomeostaz bilan bog‘liq. Bunday moddalar odatda zaharli moddalardir, ularni organizmdan chiqarib yuborish ajratish jarayoni deb ataladi. Tirik organizmlar o‘sadi va rivojlanadi. O‘sish va rivojlanish barcha tirik organizmlar uchun xos xususiyatdir. o‘sish organizmlar tomonidan ozuqa moddalarni o‘zlashtirish hisobiga amalga oshadi. organizmlar tashqi muhitdagi va o‘zida kuzatiladigan barcha o‘zgarishlarga ham sezgir bo‘ladi. Buning uchun yashil o‘simliklarning quyosh nuri ta’siriga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatib o‘tish kifoya. Demak, tirik organizmlar qo‘zg‘aluvchanlik xususiyati bilan tavsiflanadi. Shuningdek, tirik organizmlar o‘zinio‘zi idora etish xususiyatiga ham ega bo‘lib, u organizmni o‘zgaruvchan tashqi muhit sharoitlariga javoban kimyoviy tarkibi va fiziologik jarayonlarning borishini ma’lum bir me’yorda ushlab turish, ya’ni gomeostaz bilan bog‘liq. Ko‘payish orqali tirik organizmlar o‘zi uchun xos bo‘lgan yana bir muhim xususiyat - irsiyat va o‘zgaruvchanlikni amalga oshiradi. Irsiyat tufayli tur turg‘unligi ta’minlanadi. o‘zgaruvchanlik natijasida esa tur xilma-xilligi ortadi.Organizmlarning o‘zini o‘zi tiklashi jinsiy va jinssiz ko‘payish jarayonlarida namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, tirik organizmlar ko‘payganida odatda avlodlar otaonalarga o‘xshash bo‘ladi. Shunday qilib, ko‘payish organizmlarning o‘ziga o‘xshashlarni qayta tiklash xossasidir. Qayta tiklash tufayli nafaqat organizmlar, balki hujayralar ham ularning organoidlari (mitoxondriyalar, plastidalar va boshqalar) bo‘linganidan keyin avvalgilarga o‘xshash bo‘ladi. Shuningdek, o‘zini o‘zi tiklash barcha organizmlarning asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanib, u irsiy xususiyatlar bilan chambarchas bog‘liq. Biologik fanlari tizimi. Biologiya – sitologiya va genetika, evolutsion ta’limot, ekologiya, paleontologiya, embriologiya, molekular biologiya, biokimyo, biofizika, biogeotsenologiya hamda tabiatshunoslikning boshqa sohalaridagi bilimlar asosida shakllangan kompleks fandir. Biologiya tadqiqot va tekshirish obyektiga ko‘ra bir qancha sohalarga botanika, zoologiya, anatomiya, sistematika, sitologiya, gistologiya, genetika, seleksiya, embriologiya, paleontologiya, ekologiya va boshqalarga bo‘linadi. Botanika – o‘simliklar, zoologiya – hayvonlar to‘g‘risidagi fan. odam va uning salomatligi – odam organizmi va organlar hamda organlar sistemasining tuzilishini o‘rganadi. Sistematika – o‘simlik va hayvonlarning sistematik guruhlari va ularning o‘zaro qarindoshlik munosabatlari haqidagi fan ekanligi sizlarga, maktab kurslaridan ma’lum. Hozirgi vaqtda biologiyaning asosiy yo‘nalishlaridan biokimyo, molekular biologiya, mikrobiologiya, biofizika, genetik injeneriya, biotexnologiya kabi fanlar jadal rivojlanib bormoqda. Biokimyo – organizm hayot faoliyatini tashkil etuvchi kimyoviy moddalar va jarayonlar haqidagi, biofizika – tirik sistemalardagi fizik qonuniyatlar va ko‘rsatkichlarni tadqiq qiluvchi fandir. Biologiyaning asosiy vazifasi, hayot mohiyati, uning tuzilish darajalari, shakllari, rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Mikrobiologiya - Tabiatda inson, hayvonlar va o’simliklardan tashqari birqancha tirik organizmlar ham bor. Tuzilishlari jihatidan juda kichik bo’lganligidan ularni oddiy kuz bilan ko’rib bo’lmaydi. Ularni biz faqat mikroskoplar yordamida ko’ra olamiz.Shuning uchun ham bunday kichik organizmlarni mikroblar yoki mikroorganizmlar deb yuritiladi. Mikrobiologiya – bakteriyalar, achitqilar, mog’or zamburug’lari, soda hayvonlar, viruslar va rikketsiyalar kabi mikroorganizmlarni o’rganadi. Demak, mikrobioloiya ana shu mayda, ya’ni mikroorganizmlar shaklini, tuzilishini va hayotini har tomonlama tekshiruvchi fandir. Biotexnologiya - 1960-1970 yillarda gen va hujayra injeneriyasi, hujayra biologiyasi va kimyosi, oqsil va fermentlar injeneriyasi, texnikaviy mikrobiologiya hamda texnikaviy bioximiya yutuqlariga asoslangan ishlab chiqarish usuli - biotexnologiya paydo bo‘la boshlagan. Lekin biologik usulda ishlab chiqarish jarayoni qadim zamonlardan bizga ma’lum. Masalan, non, vino, sut mahsulotlari, pishloq ishlab chiqarish, bijg‘itish. Тibbiyotda ishlatiladigan dorilarni ishlab chiqarish usullariga qaraganda energiya xom ashyoni ko‘p talab qilmaydi. Bu usulning yana bir qulaylik tomoni shundaki, bu jarayon natijasida hosil bo‘lgan chiqindilar kam va ular albatta yana bir boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi. Biotexnologiya keyingi yillarda genetik injeneriyaning yutuqlariga suyangan holda yanada rivojlanmoqda. Shunday tarmoqlar dastlab 1976-yili Amerikada, keyinchalik esa Yevropada va Yaponiyada paydo bo‘ldi. Biotexnologiya jarayonlari mikrobiologiya sanoati, o‘simlik va hayvon seleksiyasi, fermentlar ishlab chiqarish sanoati, oziq-ovqat sanoati, tibbiy dori-darmonlar ishlab chiqarish va boshqa sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Hozirgi kunda biotexnologiya usullari asosida ko‘plab (4500 ga yaqin) antibiotiklar olinmoqda. Genetik injeneriya - Gen injeneriyasi usuli SSSRda 1972 yilda boshlangan. 1970 yillarda injenerlik usuli boshlanadi. Ushbu usulda oksil strukturasi va fermentlarni aktivligini boshkarilishini urganib oksilni maksadli yulga uzgartirish imkoniyati tugildi. 1.2. Biologiya fanining biotexnologik va kimyoviy ishlab chiqarish sohalaridagi o’rni. Bugungi kunda iste’mol mahsulotlari ishlab-chiqarish sanoatning eng keng tarqalgan sohasi bo‘lib, haqiqatda mamlakatning byudjet aylanmasining 20-25% ini tashkil etadi. Oziq-ovqat sanoati birlamchi ishlab chiqarishdan tashqari keng tarqalgan tarmoqlarga ega bo‘lib, ular xilma-xil tipga ega bo‘lgan transport sohasi, kommersiya idoralari, idishlar ishlab chiqaruvchi zavodlar, savdo-sotiq tarmoqlari, har-xil sohadagi izlanish sohalari va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda muammolarni tezkorlik bilan xal qilish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar birlashib, yirik kimyoviy kompaniyalarni tashkil etadilar. Biotexnologik va kimyoviy mahsulot ishlab chiqarish buyicha quydagilqrni misol qilish mumkin: Pivo ishlab chiqarish biotexnologiyasi Spirt ishlab chiqarish texnologiyasi Qand lavlagidan Shakar ishlab chiqarish texnologiyasi Kraxmaldan glyukoza olish texnologiyasi. Kraxmaldan glyukoza-fruktoza siropini olish. 1.3. Tiriklikning tuzilish darajalari. Biologiya fanining so‘ngi yutuqlari tufayli tirik organizmlar – hayot har xil darajada tuzilganligi aniqlandi. Tiriklikning tuzilish darajalarini hozirgi zamon biologiya fani molekula, hujayra, organizm, populyatsiya, tur, biogeotsenoz va biosfera darajalariga bo‘lib o‘rganadi. Keling, quyida tiriklikning asosiy tuzilish darajalarini ko‘rib chiqaylik.
Download 18,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish