Biogen elementlar konsentratsiyasi o`zgarishi bilan bog`liq bo`lgan endemik va kasb kasalliklari



Download 24,65 Kb.
bet1/5
Sana11.07.2021
Hajmi24,65 Kb.
#115873
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5-MAVZU Biogen elementlar konsentratsiyasi o


Biogen elementlar konsentratsiyasi o`zgarishi bilan bog`liq bo`lgan endemik va kasb kasalliklari

Biogen elementlar — organizmlar tarkibida doim boʻladigan va ularning hayot faoliyatida muhim rol oʻynaydigan kimyoviy elementlar. Ularga avvalo kislorod, uglerod, vodorod, kalsiy, azot, kaliy, fosfor, oltingugurt, xlor, natriy, temir kiradi. Analitik kimyo va spektral analiz muvaffaqiyatlari tufayli organizmlar tarkibida juda oz miqdorda boʻladigan elementlar (mikroelementlar) topilmoqda va ularning biologik roli aniqlanmoqda. Tabiiy sharoitda organizmlarning hujayra va toʻqimalarida mavjud boʻlgan barcha kimyoviy elementlar muayyan fiziologik rol oʻynaydi. Organizmlar tarkibidagi elementlarning miqdori shu organizmlar turining xususiyatlariga, muhit, ovqat tarkibiga (jumladan, oʻsimliklar uchun — tuprokdagi tuzlar konsentratsiyasiga va eruvchanligiga), organizmning ekologik xususiyatlari va boshqalarga bogʻliq.

Biogen elementlar dan birortasi organizmda yetarli miqdorda boʻlmasa kasallik roʻy beradi (biogeokimyoviy endemiyalar), mas, suvda va ovqatda yod yetishmasa, odam buqoq boʻladi yoki bor yetishmaganda qand lavlagi qora dogʻli boʻlib qoladi.

Kislorod (lot. Oxygenium, yun. oxys — nordon va gennao — tugʻmoq), O — Mendeleyev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 8, atom massasi 15,9994. Ilk bor shved kimyogari Kislorod Sheyele (1771) selitra (KNO3, NaNO3)HH, marganets qoʻsh oksid (MpO2)ni va ingliz kimyogari Kislorod Pristli (1774) simob oksid (HgO)HH, surik (R^O^ni qizdirish natijasida bir-biridan mustaqil holda ajratib olishgan. 1775 yilda Kislorod Lavuazye havo azot va kisloroddan iborat ekanligini aniqladi. Kislotalar tarkibida Kislorod borligidan Lavuazye uni oxygen, yaʼni "kislota hosil qiluvchi" deb atadi. Kislorod tabiatda eng koʻp tarqalgan element. Massasi jihatidan Yer poʻstining 47% ini, suvning 85,82% ni, atmosfera havosining 23,10% ini (hajm jihatdan 20,95% ni) tashkil qiladi. Kislorod juda koʻp (1400 tacha) mineral hosil qiladi. Tirik organizmlarda 70% atrofida Kislorod bor; u koʻpgina organiq (oqsillar, yogʻlar, uglevodlar) va anorganiq birikmalar tarkibiga kiradi. Fiziologik jarayonlarda, ayniqsa, nafas olishda juda muhim rol oʻynaydi. Odam organizmi tinch turganda sutkasiga 300 l, jismoniy ish qilganda 10—15 marta koʻp Kislorod sarf qiladi. Sarflangan Kislorod miqdorini yashil oʻsimliklar tiklab turadi (qarang Fotosintez). Kislorod yonish; achish; chirish jarayonlarida ishtirok etadi; mas, yoqilgʻilarning yonishi uchun butun dunyoda har yili 9-10 t Kislorod sarf boʻladi.

Endemik bo‘qoq: salbiy oqibatlari, oldini olish va davolash

Yod miqdori yetishmasligi turli qalqonsimon bez kasalliklarini keltirib chiqaradi. Bu kasallikning yurtimiz hududidagi eng keng tarqalgan turi endemik bo‘qoq bo‘lib, asosan, yosh bolalar, o‘smirlar, homilador hamda emizikli ayollarda ko‘p uchraydi.

Bez faoliyatining pasayishi, yod miqdorining yetishmasligi quyidagi salbiy oqibatlarni yuzaga keltiradi:

1 Homiladorlikda og‘ir asoratlarga sabab bo‘ladi:



  • Homilada miya rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;

  • Umuman, homila o‘sishi va rivojlanishida orqaga qolish;

  • Bola tashlash va bolaning muddatidan oldin tug‘ilishi;

  • O‘lik chaqloqning yoki aqliy va jismoniy jihatdan zaif, nogiron bolaning dunyoga kelishi…

2. Bolalarda o‘sish jarayonini kechikishi va aqliy qobiliyatni pasayishi;

3. Yurak-qon tomir kasalliklari;

4. Gipertoniya;

5. Gipotoniya;

6. Ateroskleroz;

7. Oshqozon-ichak kasalliklari;

8. Qabziyat va ich ketishi;

9. Asab tizimi faoliyati buzilishi;

10. Depressiya;

11. Jinsiy bezlar faoliyati susayishi;

12. Suyaklar rivojlanishinining pasayishi;

13. Past bo‘ylik va osteoporoz;

14. Ayrim holatlarda bu xastalik qalqonsimon bezda saraton bo‘lmagan va yoki saraton o‘simtalarining paydo bo‘lishiga zamin yaratadi.

15. Hatto yod tanqisligining eng yengil shaklida ham mintaqa aholisining intelektual salohiyati 15-20 foizga kamayadi.

Yoshga nisbatan yodga bo‘lgan kunlik ehtiyoj miqdori qancha?


  • 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – 50 mkg;

  • 2-6 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – 90 mkg;

  • 7-12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – 120 mkg;

  • 12 yoshdan kattalar uchun – 150 mkg;

  • Homilador va emizikli ayollar uchun – 200 mkg.

Xastalikning oldini olish va davolash:

1. Endemik bo‘qoqning oldini olish hamda davolashning eng samarali, eng oson va arzon usuli – bu yodlangan osh tuzi iste’moli;

2. Yod preparatlaridan iste’mol qilib borish (shifokor tekshiruvidan so‘ng);

3. Yod miqdori okean baliqlarida juda yuqori. Yod tanqisligiga qarshi kurashish uchun Tinch okeani mahsulotlarining konserva ko‘rinishidan yeb turish lozim. Biroq ilmiy tekshiruvlardan ma’lum bo‘lishicha, Amudaryo va Sirdaryo suv havzalaridan tutilib iste’mol qilinadigan baliqlarda yod miqdori juda kam.

Xurmo va yong‘oq bo‘qoqning oldini oladimi?

100 gramm xurmoda atigi 2,8 mkg, yong‘oqda esa 4,6 mkg yod borligi ma’lum bo‘lgan. Yod kam mintaqada yashaganligimiz tufayli yurtimizda yetishtiriladigan meva, sabzavot, dukkakli ekinlar, suv va tuproq tarkibida ham bu modda kam bo‘lib, organizmning yodga bo‘lgan ehtiyojini qondira olmaydi

Buqoq — qalqonsimon bezning kattalashuvi. Kasallik shu bez funksiyasi oʻzgarmasdan (eutireoz), funksiyasi susayishi (gipotireoz) yoki kuchayishi (tireotoksikoz) bilan kechadi. B.ning bir necha shakli bor. Endemik buqoq atrof-muhitda (suv, tuproq, havoda) yod oz boʻlgan muayyan geografik chegaralangan hududlarda (jumladan Oʻzbekistonda) uchraydi. Isteʼmol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarida yod yetishmasligi kasallikning asosiy sababi hisoblanadi. Sogʻlom odamga bir kecha-kunduzda 100—200 mikrogramm yod kerak, shu miqdor kamaysa, qalqonsimon bez gormonlari (tiroksin, triyodtironin)ning hosil boʻlishi kamayadi. Oqibatda, qalqonsimon bezning kattalashishi kuzatiladi, bolalarda boʻy oʻsmay qoladi, ruhiyati oʻzgaradi, aqli ojiz boʻladi (kretinizm), baʼzan kasallik shish hosil boʻlishi bilan kechadi (qarang Miksedema).

Sporadik (onda-sonda uchraydigan) buqoq — buqoq endemiyasi boʻlmagan joylarda rivojlanadi, kasallik keng tarqalmaydi. Diffuz toksik buqoq (Bazedov kasalligi) — bunda qalqonsimon bez kattalashuvi bilan birga funksiyasi kuchayadi. Diffuz toksik buqoqni 1840 yilda nemis vrachi Karl Bazedov taʼriflab bergani uchun Bazedov kasalligi deb ataladi. Kelib chiqishida irsiy moyillik, immun sistemadagi oʻzgarishlar, ruhiy iztirob muhim oʻrin tutadi. Qalqonsimon bez funksiyasi kuchayishi natijasida muskullar zaiflashib, bemor serzarda, yigʻloqi boʻlib qoladi, ozib ketadi, koʻzi chaqchayadi (ekzoftalm, oftalmopatiya), koʻp terlaydi, oyoqqoʻli, baʼzan butun tanasi titraydi, yuragi tez uradi (taxikardiya), uyqusi buziladi, bir oz isitma chiqadi, tez toliqadi va ishga yaroqsiz boʻlib qoladi. Kasallik ogʻir kechganida tireotoksik krizisga olib borishi mumkin. Bunda asosiy sistema va aʼzolar faoliyati izdan chiqadi, tireotoksik koma yuz beradi. Koʻp tugunli toksik buqoq — koʻpincha bir necha yil davomida koʻp tugunli eutireoid buqoq bilan og`rib kelayotgan 50—60 yashar ayollarda uchraydi. Kasallik belgilari diffuz toksik buqoqqa oʻxshash, ammo bunda oftalmopatiya va pretibial miksedema kuzatilmaydi.

Buqoqni mutaxassis vrach davolaydi, turli gormonal dorilar buyuriladi. Baʼzan jarroxlik yoʻli bilan davolanadi. Toksik buqoqni davolashda radioaktiv yod ham qoʻllaniladi.

Buqoqning ommaviy oldini olish uchun yodlangan osh tuzi ishlatiladi. Buqoq boʻyicha xavfli guruhlarga (bogʻcha va maktab yoshidagi bolalar, homilador va emizikli ayollar) tarkibida yod tutuvchi (antistrumin, yodid — 100, 200) dorilar beriladi. Umumiy sogʻlomlashtirish tadbirlari (bekamu-koʻst ovqatlanish, sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilash va boshqalar) amalga oshiriladi.


Kasbiy kasalliklar tushunchasi va turlari


Kasbiy kasallikning ta'rifi 1998 yil 24 iyundagi 125-sonli Federal qonunida keltirilgan. Bu kasallik zararli mehnat sharoitlari tomonidan qo'zg'atilgan kasallikdir. Kasbiy kasalliklar bir qator toifalarga bo'linadi:

  • O'tkir... Qisqa muddatli zararli ta'sirlar natijasida hosil bo'lgan. Ishlab chiqarish jarohati olgan yoki shu kabi kasallikka duchor bo'lgan taqdirda, ish beruvchini tibbiy muassasaga etkazish uchun javobgardir. Ushbu majburiyat Rossiya Federatsiyasi Mehnat kodeksining 223-moddasida nazarda tutilgan. O'tkir kasb kasalliklari bilan nima bog'liq? Masalan, bu zaharlanish bo'lishi mumkin.


  • Download 24,65 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish