Bino va inshootlardan foydalanish huquqini cheklash chegaralash haqidagi maʼlumotnoma



Download 2,74 Mb.
Sana12.04.2022
Hajmi2,74 Mb.
#546363
Bog'liq
kadastr


Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti
303-GKK guruh talabasi
Mehriddin Xolmurodov
“Bino va inshootlardan foydalanish huquqini cheklash chegaralash haqidagi maʼlumotnoma”
Davlat kadastri ob’ektlarining yigʻma jildi fanidan
mavzusida prezintatsiya
Bino va inshootlardan foydalanish huquqini cheklash chegaralash haqidagi maʼlumotnoma
reja:
1.Binolar va inshootlarga bo'lgan xuquq turlari
2. Binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar
3. Turar joy binolari va inshootlarga bo'lgan huquqlarni va bitimlarni tasdiklovchi
hujjatlar
4. Turar joy bo'lmagan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni va bitimlarni tasdiqlovchi
hujjatlar
5. Binolar va inshootlarga bo'lgan mulkiy huquqni cheklovchi va to'xtatuvchi hujjatlar
1.Binolar va inshootlarga bo'lgan xuquq turlari
Yer yuzida, yer tepasida va yer ostida joylashgan binolar va inshootlarga bo'lgan mulk huquqi,
xo'jalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi, bu huquqlarning vujudga kelishi, o'zga
shaxsga o'tishi, cheklanishi va bekor qilinishi davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim.
Moddiy madaniy meros ob'ektlariga bo'lgan huquqlar qonun hujjatlari bilan belgilangan
tartibda davlat ro'yxatidan o'tkaziladi.
Mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo'lmagan taqdirda, shuningdek taqdim etilgan
hujjatlarning haqiqiyligi yoki to'g'riligi haqida shubha tug'ilgan hollarda bino, inshootga
bo'lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq masalasi da'vo tartibida sud tomonidan hal
etiladi.
2. Binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar
Bino va inshootlarga mulk huquqining vujudga kelishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan
iborat:
1,Binolar va inshootlarga bo'lgan mulk huquqining hamda boshqa ashyoviy huquqlarning o'zga
shaxsga o'tishini davlat ro'yxatidan o'tkazishda, ko'rsatilgan ob'ektlar bilan egallangan va
ulardan foydalanish uchun zarur bo'lgan yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan doimiy
foydalanish huquqi yangi huquq egasining nomiga rasmiylashtiriladi.
2,tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoni, inshootni, uyni foydalanishga
qabul qilish to'g'risidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori;
3,notarius tomonidan tasdiqlangan uy, kvartiraning oldi-sotdi shartnomasi;
4,bino va inshoot bo'yicha topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan birga oldi-sotdi
shartnomasi
5,korxonani, topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan birga notarius tomonidan
tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi;
6,notarius tomonidan tasdiqlangan lizing shartnomasi;
7,bino, inshoot, turar joyni hadya etish to'g'risidagi notarius tomonidan tasdiqlangan
shartnoma;
8,bino, inshoot, turar joyni ayirboshlash to'g'risidagi notarius tomonidan tasdiqlangan
shartnoma;
9,turar joyni boshqa shaxsga renta to'lovi sharti bilan o'tkazilishi nazarda tutiladigan
notarius tomonidan tasdiqlangan renta shartnomasi;
10,xususiylashtirilgan davlat binosi, inshooti, turar joyiga bo'lgan mulk huquqini
beruvchi davlat dalolatnomasi
11,notariuslar tomonidan berilgan meros qilib olish huquqi va er-xotinlarning umumiy
mulki bo'lgan bino, inshootning tegishli qismiga bo'lgan mulk huquqi to'g'risidagi guvohnoma;
12,sud qarori yoki sud ijrochisining qarori yoxud sud ijrochisi tomonidan tasdiqlangan
undiruvchi va qarzdor o'rtasida tuzilgan bino va inshootni berish dalolatnomasi
O'zbekiston SSRning qonun hujjatlari amal qilgan davrda bunyod etilgan binolar va
inshootlarga bo'lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
13,davlat hokimiyati organlarining kapital qurilish va keyinchalik foydalanish uchun yer
uchastkalarini muddatsiz foydalanishga berish to'g'risidagi qarorlari
14vakolatli organlarning binolar va inshootlarni boshqa shaxsga o'tkazish to'g'risidagi
hujjatlari, qarorlari, farmoyishlari;
15,notarial tasdiqlangan: oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, mulkni bo'lish, ko'chmas mulkni
umrbod ta'minlash sharti bilan boshqaga o'tkazish shartnomalari; imorat solish to'g'risidagi,
shaxsiy mulk huquqida uylarni qurish uchun yer uchastkalari berish to'g'risidagi, yakka tartibdagi
imorat soluvchilar uy-joy qurilishi jamoalariga uylarni qurish uchun yer uchastkalari berish
to'g'risidagi, er-xotin o'rtasida uylarni bo'lish to'g'risidagi shartnomalar
16,shahar va tuman Xalq deputatlari kengashlari ijroiya qo'mitalarining imoratlarga
bo'lgan mulk huquqini tan olish (mavjud hujjatlar asosida) to'g'risidagi qarorlari;
17,umumiy mulk bo'lgan imoratning tegishli ulushiga bo'lgan meros qilib olish huquqi
to'g'risidagi va mulk huquqi to'g'risidagi guvohnomalar hamda uy kimoshdi savdosida xarid
qilinganligi to'g'risidagi guvohnomalar
18,binolar va inshootlarga bo'lgan mulk huquqini tasdiqlovchi qonuniy kuchga kirgan sud
qarorlari va ajrimlari yoki hakamlik sudining qarorlari;
19,inventarizatsiya-texnik materiallar, agar ularning matnida to'g'ri rasmiylashtirilgan,
uyga mulk huquqini belgilovchi hujjatga aniq ishora bo'lsa;
20,shartnomalarning dublikatlari, nusxalari yoki oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta,
umrbod ta'minlash sharti bilan boshqaga o'tkazish bitimlari amalga oshirilganligi to'g'risida,
shuningdek meros qilib olish to'g'risida guvohnoma hamda binolar va inshootlarga bo'lgan mulk
huquqining boshqaga o'tganligini belgilovchi boshqa notarial hujjatlar berilganligi haqidagi
notarial idoralarning reestrlaridan ko'chirmalar.
Binolar va inshootlarga bo'lgan xo'jalik yuritish huquqini va operativ boshqarish huquqini
tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat
21,vakolatli davlat organlari va xo'jalik boshqaruvi organlarining davlat korxonalari,
muassasalari va tashkilotlarini tashkil etish to'g'risidagi va ularga ko'chmas mulkni xo'jalik
yuritish yoki operativ boshqarish huquqida berish haqidagi qarorlari;
22,vakolatli davlat organlari va xo'jalik boshqaruvi organlarining binolar va
inshootlarni muayyan davlat korxonalari hamda muassasalariga berish to'g'risidagi qarorlari;
23,muassislarning binolar va inshootlarni ular tomonidan tashkil etiladigan
muassasalarga berish to'g'risidagi qarorlari.
3. Turar joy binolari va inshootlarga bo'lgan huquqlarni va bitimlarni tasdiklovchi
hujjatlar
4. Turar joy bo'lmagan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni va bitimlarni tasdiqlovchi
hujjatlar
Turar joy bulmagan (noturar) bino va inshootlariga bo'lgan huquqlar va bitimlarni
tasdiqlovchi xujjatlar mulk egalariga yer uchastkalarini ajratish karorlari va kuyidagi
xujjatlardan biri asosida vujudga keladi:
Davlat mulkidagi xususiylashtirilmagan ob'ektlar:
a) yer uchastkasini ajratib berish to'g'risidagi qaror;
b) yer uchastkasi, binolar, inshootlar uchun kadastr hujjati;
v) inventarizatsiya (kadastr) plani.
Xususiylashtirilgan ob'ektlar:
a) yer uchastkasi ajratish to'g'risidagi qaror (boshlang'ich ro'yxatdan o'tkazishda);
b) yer uchastkasi, binolar, inshootlar uchun kadastr hujjati;
v) inventarizatsiya (kadastr) plani.
Tuziladigan bitim turiga qarab, quyidagi hujjatlardan biri:
g) yer uchastkasi ijara shartnomasi;
d) notarial tasdiqlangan yer uchastkasini qayta sotib olish to'g'risidagi hujjat;
ye)davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilgan davlat mulkiga bo'lgan mulkiy huquq
uchun davlat orderi;
j)oldi-sotdi shartnomasi;
z)notarial tasdiqlangan hadya qilish shartnomasi;
i) almashish shartnomasi;
k) notarial tasdiqlangan renta shartnomasi;
l) ishonib topshirilgan boshqarish shartnomasi;
m) notarial organ tomonidan berilgan meros qilib olish huquqi to'g'risidagi guvohnoma;
n) shahar yoki tuman hokimining mulkiy huquqlarni tan olish to'g'risidagi qarori;
o) yuridik yoki jismoniy shaxsning mulkiy huquqlarni tan olish to'g'risidagi sud qarori.
5. Binolar va inshootlarga bo'lgan mulkiy huquqni cheklovchi va to'xtatuvchi hujjatlar
Binolar va inshootlarga bo'lgan mulk huquqining cheklanishini tasdiqlovchi hujjatlar
quyidagilardan iborat:
1,binolar va inshootlar xatlab qo'yilganligi to'g'risidagi xabarnomalar;
2,binolar va inshootlarning o'zga shaxsga o'tkazilishini taqiqlash to'g'risidagi
xabarnomalar.
Binolar va inshootlarga bo'lgan mulk huquqining va boshqa ashyoviy huquqlarning bekor
qilinishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
3,yuridik shaxslarni davlat ro'yxatiga oluvchi organlarning yuridik shaxs korxonalar va
tashkilotlar yagona reestridan chiqarilganligi haqidagi ma'lumotlari;
4,tegishli davlat hokimiyati organlarining yer uchastkalarini ularda joylashgan binolar
va inshootlar bilan birga jamoat va davlat ehtiyojlari uchun olib qo'yish va berish to'g'risidagi
qarorlari;
5,bino va inshootlarni, turar joylarni oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, turar joyni
renta to'lash sharti bilan o'zga shaxsga o'tishi nazarda tutilgan, notarius tomonidan
tasdiqlangan shartnomalari
6,mulkdorning yoki boshqa vakolatli organlarning binolar va inshootlarga bo'lgan xo'jalik
yuritish huquqini hamda operativ boshqarish huquqini bekor qilish to'g'risidagi qarori;
7,mulkdorning bino va inshootni buzib tashlash va balansdan chiqarish to'g'risidagi qarori;
8,bino va inshootning tabiiy ofatlar natijasida barham topganini tasdiqlovchi
hujjatlar;
9,sud qarori yoki sud ijrochisining qarori yoxud undiruvchi va qarzdor o'rtasida bino va
inshootni berish to'g'risida sud ijrochisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma.
Binolar va inshootlarga bo'lgan mulk huquqining va boshqa ashyoviy huquqlarning cheklanishini
davlat ro'yxatidan o'tkazish ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar
davlat reestriga bu haqda ushbu mulkka bo'lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat
ro'yxatidan o'tkazilgan qatorga huquqning cheklanishi uchun asoslarni ko'rsatgan holda yozuv
kiritish orqali amalga oshiriladi.
Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish