Bilimlar kuni



Download 3,8 Mb.
Sana10.02.2022
Hajmi3,8 Mb.
#439985
Bog'liq
BILIMLAR KUNI








BILIMLAR KUNI"”


Ozod va obod yurtimiz uzra mustaqillik bayrami tantanalari shukuhi “Bilimlar kuni” shodiyonalariga ulanib, yangi o`quv yili boshlandi. Mamlakatimizdagi barcha ilm maskanlari o`quvchi-yoshlarga quchoq ochdi.
Maktab - qadrdon maskan, ilm-ma'rifat o`chog`i. Unda mehribon ustozlarimiz bizga ilmu odob o`rgatadilar, qalblarimizga ziyo ulashib, yuksak cho`qqilar sari yetaklaydilar.
Shuning uchun ham uni juda-juda sevamiz, har yili "Bilimlar kuni" uning quchog`iga talpinamiz. Ayniqsa, endigina maktab ostonasiga qadam qo`yayotgan o`g`il-qizlar vujudi quvonchu shodlikka, havas va hayajonga to`ladi.


Axir ming-minglab aka-opalari qatori beqiyos g`amxo`rlik, qulaylik va shart-sharoitlar mujassam bo`lgan muhtasham va zamonaviy dargohlar chorlamoqda ularni. Gullarga burkangan ilm maskanlaridagi bayramona fusunkorlik, ko`rku chiroy ozod yurt ertasi yanada nurli va charog`on ekanligini butun olamga namoyon etib turibdi.
Birinchi qo'ng'iroq”- bolaning maktabga ilk qadam qo'yishi va uning bilim olishga kirishishini bildiradigan rasmiy marosimdir. Bu marosimga ota-ona va bolaning o'zi oldindan tayyorgarlik ko'radi. Ilk bor maktabga borilgan kunda hayajonli holat-bayram kayfiyati paydo bo'ladi.
Shu kuni maktablarda birinchi sinf o'quvchilari uchun “Birinchi qo'ng'iroq” (“Salom, maktab”) bayramini uyushtirish an'anaga aylangan. 1-sentyabr kuni mamlakatimizda eng ulug’ bayram – Mustaqillik bayrami nishonlanadi.
Bu kun ayniqsa ota-onalar, o’qituvchilar, o’quvchilar uchun eng quvonchli bayram hisoblanadi. Chunki 1-sentyabr mamlakatimizda “Bilimlar kuni” sifatida ham bayram qilinadi. Hozirgi vaqtga kelib 1 sentyabr Mustaqillik bayrami bo’lganligi sabab, “Bilimlar kuni” 2 sentyabrda nishonlanadi. Bu bayram quvonchi va hayajoni, maktabga ilk bor qadam qo’yuvchilar kayfiyatida juda yaqqol seziladi.
Chunki 1-sinf o’quvchilari “Birinchi qo’ng’iroq” marosimining asosiy qahramoni bo’lishadi. “Birinchi qo’ng’iroq” ning ko’tarinki ruhda o’tkazilishi yangi o’quv yilining borishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Bu marosim ayniqsa, maktabga ilk bor qadam qo’yayotgan o’quvchilarning bilim olishga qiziqishini kuchaytirishda muhim rol o’ynaydi.
Shu boisdan “Birinchi qo’ng’iroq kunida” maktab bayramona bezatilishi, vatanni sevishga, mohiyatni qadrlashga, mehr-oqibatli bo’lishga da’vat etuvchi turli shiorlar osilishi, radiokarnaylar orqali kuy-qo’shiqlar yangrab turishi, o’quvchilarning toza, ozoda maktab formasidagi kiyimlarda maktabga kelishiga e’tibor berilishi lozim.
Maktab direktori qisqacha kirish so’zi bilan bayramning tantanali qismini ochadi. So’ngra, xalq maorifi a’lochisi, keksa pedagog, maktab o’quvchilarining chiqishlari bo’ladi. Nihoyat, boshlanayotgan o’quv yilida maktabni bitiruvchi sinfning a’lochi o’quvchisi bolalarni “Birinchi qo’ng’iroq” bayrami bilan tabriklab, 1-sinf o’quvchilariga tantanali ravishda “Bilim kaliti”ni topshiradi. 1-sinf o’quvchilaridan biri ramziy qo’ng’iroqni chaladi.
Birinchi qo’ng’iroqning chalinishi ramziy ma’noga ega bo’lib, u 1-sinf o’quvchilari hayotida yangi davr boshlanganligini bildiradi. Qo’ng’iroqdan so’ng bitiruvchi sinf o’quvchilari 1-sinf o’quvchilarini o’zlari o’qigan sinf xonasiga olib borib, partalarga o’tqizib qo’yadi.
Maktablarda o’tkaziladigan bunday marosim o’quvchilar uchun o’ziga xos bayram hisoblanadi. Bunday bayramlar juda ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu bayram 1-sinf o’quvchilarida maktabga mehr, ilm-fanga qiziqish tuyg’usini shakllantiradi.

Download 3,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish