Bilet No: 13 Xolmaxmatov Sanjarbek 504-b bs



Download 97 Kb.
Sana31.10.2020
Hajmi97 Kb.
#50728
Bog'liq
Demokratik jamiyat 13-bilet


Bilet No:13 Xolmaxmatov Sanjarbek 504-b BS

1. O'bekistonda demokratik jamiyat qurishning huquqiy asoslari.

Bugungi kunda “fuqaro”, “fuqarolik”, “fuqarolik jamiyati”, “fuqarolik mas’uliyati”, “fuqaro huquqlari va erkinliklari” tushunchalari demokratik rivojlanishning zaruriy shartlaridan bir – biriga aylanmoqda. Binobarin, demokratiya va fuqaro erkinligi hamda uning faolligini ta’minlash masalalari dolzarb bo’lib qolmoqda. Fuqarolik tushunchasi jamiyatning hozirgi davrigacha, ya’ni huquqiy davlat tomon rivojlanishida katta yulni bosib o’tdi. U jamiyatning demokratik rivojlanishida qulga kiritilgan ulkan yutuqlardan biri.Fuqarolik tushunchasi qadimiy Yunonistonda va Rimda mavjud bo’lsa – da, asosan feodalizm inqirozga uchrab, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayot demokratiya va bozor munosabatlari zaminiga uta boshlaganda, hozirgi shaklida paydo bula boshladi va ilk bor “shaharlik” (fransuzcha “situayyan”, inglizcha “sitezen”, ruscha “gorojanin - grajdanin”) degan ma’nolarni anglatgan. Mustaqillik e’lon qilingandan so’ng, o’zbek tilida o’tmishdagi “grajdanlik” so’zi urniga “fuqarolik” degan atama qabul qilindi.

Mustaqillik yillarida fuqaro erkinligi va uning faolligi masalasi demokratik jamiyat barpo etishning muhim shartlaridan biri sifatida e’tirof etila boshlandi. Shu urinda, erkinlik tushunchasini aniqlash ham zarurdir. Negaki, fuqaro erkin bo’lgan taqdirdagina, jamiyat taraqqiyotga erishadi.

Ijtimoiy – siyosiy fanlarda va falsafada individlar erkinligi va ular irodasining erkinligi bir – biriga uxshash tushunchalar deb qabul qilinadi. Buning asosiy sabablaridan biri, huquqning o’zi odamlar erkinligining alohida shakli, ya’ni ular irodasining erkinligi ekanligi bilan belgilanadi. Shu nuqtai – nazardan “fuqaro erkinligi” tushunchasi ham politologik, ham huquqshunoslik fanlarining umumiy kotegoriyalari sifatida urganiladi. Demokratiya inson erkinligini qonunlar vositasida kafolatlaydi. Demak, demokratiyaning o’zi ochiq muhokama, ijtimoiy ziddiyatlarni ifoda etish va bartaraf qilish usuli sifatida fuqarolik va siyosiy huquqlar deklarasiyalarida qayd qilingan erkinliklarsiz mavjud bo’la olmaydi. Bu yerda so’z erkinligi va o’z fikrini erkin ifodalash huquqi, erkin uyushmalar tuzish huquqi, hayot tarzini o’zgartirish erkinligi va shaxsning xavfsizlikka bo’lgan huquqi to’g’risida ketmoqda. Ushbu huquqlar demokratiyaning asl mohiyatini tashkil qilgani bois, ular himoya qilinishi kerak.

Xulosa qilib aytganda, insoniyat borliqni va ijtimoiy hayotda erkinlikni ifodalashning huquqdan tashqari boshqa biron – bir shaklini hozirgacha kashf etmagan. Bu mantiqan ham, amalda ham mumkin emas. Odamlar o’z tengligi darajasida erkindirlar va erkinligi darajasida tengdirlar.



Hozirgi davr ijtimoiy-siyosiy fanlarida «inson» deganda yerda yashayotgan mavjudot turlaridan biri tushuniladi. Inson alohida olingan tur (Homo sapiens) vakilini ifodalovchi umumiy tushunchadir. Inson, umuman zotning yirik obrazi sifatida bioijtimoiy mavjudot bo’lib, u bir vaqtning o’zida ham tabiatga, ham ijtimoiy hayotga mansubdir. Individ – inson zotining alohida olingan nusxasi, uning vakillaridan biri. Shaxs esa u yoki bu inson sifatida namoyon bo’lib u ma’lum va betakror individuallikka ega bo’ladi. Individning jamiyatga kirish jarayonlari uning ijtimoiylashuvini ta’minlaydi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishish natijasida individning jamiyatdagi qadriyatlar va me’yorlarni o’zlashtirib borishi uchun zamin yaratiladi. Bu jihatdan yondoshganda, u ijtimoiy ta’sir obyektidir. Shuningdek, individ ijtimoiylashuv oqibatida jamiyatdagi turli munosabatlarda faollashadi va bunda u ijtimoiy munosabatlar subyekti sifatida harakatlanuvchi shaxsga, subyektga, kuchga aylanadi. Insonning paydo bo’lishi, uning jamiyatdagi o’rni va mohiyati doimo ijtimoiy fanlarning muhim va bahstalab sohalaridan biri bo’lib keldi. Aristotelning ta’kidlashicha, «inson – tabiatan (mohiyatan) ijtimoiy» ekanligini ta’kidlash bilan birga, umumiy ma’noda kimda kim hokimiyat yuritish va bo’ysinishga taalluqli bo’lsa, o’sha fuqarodir; har bir davlat tuzumida fuqaroning mohiyati o’zgaradi. Davlat tuzumining eng yaxshi turida kimda kim ma’naviy qadriyatlar talablariga mos hayotni nazarda tutgan holda bo’ysinish va hokimiyat yuritishni xohlasa va unga qobil bo’lsa, ana shu fuqarodir.Insonning mohiyatini dastlabki o’rgangan olimlardan biri Xitoydagi Konfusiy va uning izdoshlari edi. Eramizdan ilgari 298-238 yillarda yashagan Konfusiyning izdoshi bo’lgan olim Sen-szi shunday deb yozgan edi: «tug’ma xususiyatlar, bu – samoviy munosabatlar hosilidir. Ularga ta’lim yoki odamning o’zini yaratuvchilik ijodi vositasida erishib bo’lmaydi. Inson yovuz tabiatga ega. Insondagi ezgulik manfaatlar uchun orttirilgan fazilatdir. Hozirgi inson tug’ilishidan boshlab foyda olishga intiladi. Bu shunga olib keladiki, kishilar o’zaro raqobatlashadilar va bir birlariga yon bermaydilar. Shuning uchun ham tarbiya yo’li bilan inson tabiatini o’zgartirish, yaratilgan qoidalar asosida ta’lim berib, ularni adolatlikka va mas’uliyatlikka o’rgatish lozim». Ko’rinib turibdiki, insonning jamiyatga uyushishi yoki uning jamiyat a’zosiga aylanishi va faollashuvi uchun u ma’lum darajada tashqi ta’sirda va hayotdagi ijtimoiylashuvga ehtiyojsezadi. Insonning muhim xususiyatlaridan biri – uning ijtimoiy mavjudot ekanligidir. Inson o’zining ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida o’zi kabi insonlar bilan birlashishga intiladi. Insonning ijtimoiylashuvi sun’iy xarakter kasb etib, u shaxs sifatida boshqa insonlar o’rtasidagi muhitdagina shakllana oladi. Agar u insoniy munosabatlardan xoli bo’lsa, o’zidagi yovuzlik yoki hayvoniy tabiatdan xalos bo’la olmaydi. Insondagi jamiyatga uyushishga intilishning tabiiy tarzda kechishini Abu Nasr Forobiy quyidagicha ifodalaydi: «har bir inson o’z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishuv uchun zarur bo’lgan narsalarni yetkazid beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko’paydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o’rnashdilar. Natijada inson jamoasi vujudga keldi». An’anaviy jamiyatlarda insonning yaratuvchilik ijobiy qobiliyati ancha chegaralandi. Chunki an’anaviy jamiyatlarda mehnatning tabiiy taqsimoti va ixtisoslashuvi adolat prinsiplariga asoslanmadi. Shuningdek, bu jamiyatlarda shaxslararo aloqalarning o’ta tabaqalashuvi, o’zaro harakatlar va munosabatlarning norasmiy muvofiqlashtirilishi, jamiyat a’zolarining bir-biriga tobelik, urug’chilik va qon-qarindoshlik munosabatlari bilan bog’liqligi natijasida shaxs erkinligi ham ta’minlanmadi. Boshqaruvdagi primitiv tizimlar imtiyozsiz jamiyat a’zolarining faolligini pasaytirib, bu holat shaxsning ijobiy faoliyat ko’rsatish va fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga imkon bermas, natijada o’zaro munosabatlar, kichik tarzda ro’y berar edi. Zamonaviy jamiyatning paydo bo’lishi bilan insoniyatning ijtimoiy va siyosiy munosabatlarning bir-biriga ta’sir etish darajasida mehnat taqsimotini chuqurlashuvi ro’y berdi. Bu jarayonlarning sekinlik bilan yuksak ta’lim va tajribaga, shuningdek, yuqori kasbiy malakaga asoslanishi, ijtimoiy munosabatlarning qonunlar, me’yorlar, shartnomalar asosida muvofiqlashtirishning rasmiy tizimi yaratilishi zamonaviy jamiyatlarning xalqchil bo’lishiga zamin yaratdi. Dinning davlat va rivojlanishi kabi omillar natijasida insonlararo munosabatlar yuksalib, siyosiy institutlarni nazorat etish, inson huquq va erkinliklarini himoya etish, jamiyatda tenglish o’rnatish imkoniyatlari paydo bo’ldi. XX asrga kelib eng takomillashgan va zamonaviy kishilik birliklarini fuqarolik jamiyati deb atash rusumga kirdi. Ma’lumki, inson o’zining ijtimoiy mavjudot ekanligi va o’z mohiyatidan kelib chiqib, tabiiy ravishda siyosiy munosabatlarda ishtirok etishga intiladi.

Ijtimoiy-siyosiy munosabatlarda faol ishtirok etish ehtiyojlari va zaruriyati esa har bir fuqaroda manfaatlarni faqat ruhiy shakldagina ifodalash va qondirish mumkin ekanligini anglab yetishga zamin yaratadi. Turli xil ijtimoiy guruhlar va tabaqalarning turlicha manfaatlarini o’zaro to’qnashuvlar va ziddiyatlarga kirishishi, ularni o’zaro kelishtirish va muvozanatlashtirish hal qilib bo’lmasligini anglash jarayonlari tabiiy ravishda xalqchil jamiyat va siyosiy hokimiyatga bo’lgan ehtiyojlarni shakllantirdi. Chunki turli manfaatlar muvozanatini ta’minlashni faqat demokratik jamiyat bilan davlat hokimiyati hamkorligida amalga oshirish mumkin ekanligini tarixiy tajribalar isbotlab berdi. Shu sababli ham, siyosiy ong turli hil ijtimoiy guruhlarning siyosiy institutlar va siyosiy subyektlar bilan o’zaro muloqatva munosabatlarga kirishishi uchun zaruriy ehtiyojlarni shakllantirdi hamda rasmiylashtirdi.Insonning fuqarolik, siyosiy iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari amalga oshish yunalishlaridan kelib chiqib, negativ va nozitiv huquqlari inosnning tabiiy, asos buluvchi va ajralmas negativ huquqlari doirasiga kirdi.

Mustaqillik davrida O’zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish va ularni ta’minlashning huquqiy asoslari rivojlangan mamlakatlar tadribasi va milliy qadriyatlar talablari darajasida shakllandi. Shuningdek, Konstitusiya hamda qonunlar inson huquqlari va huquqiy davlat talablari darajasidagi mezonlari, me’yorlarini yarata oldi. Konstitusiyaning 24 – moddasidagi «Yashash huquqi har bir insonning o’zviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og’ir jinoyatdir», 25 – moddasidagi «Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim qonunga asoslanmagan holda hisbga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas», 27 – moddasidagi «Har kim o’z sha’ni va obrusiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotidagi aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega. Hyech kim qonun nazarda tutgan xollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o’tkazishi yoki uni ko’zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so’zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas», 29 – moddasidagi «Har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega…», 32 – moddasidagi «O’zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita ham o’z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o’z – o’zini boshqarish, referendumlar o’tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yuli bilan amalga oshiriladi», 36 – moddasidagi «Har bir shaxs mulkdor bo’lishga xaqli. Banka qo’yilgan omonat sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi», 43 –moddasidagi «Davlat fuqarolarning Konstitusiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi» kabi fuqarolik jamiyati qurishning demoratik qadriyatlarini va tamoyillari shakllanishini ta’minlaydigan qonun va qoidalarning kiritilishi O’zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishning kelajak istiqbollarini belgilab berdi.

Fuqaro erkinligini ta’minlash uning burchlari bilan mustahkam bog’lansagina, real voqyelikka aylanishi mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda fuqaro burchlariga qonunlarga amal qilish, boshqa shaslarning huquq va erkinliklarini hurmat qilish, soliqlarni to’lash, harbiy majburiyat, tabiat, atrof –muhit, tarixiy yodgorliklarni asrash kabilar kiradi. Ba’zi mamlakatlarda esa davlat hokimiyati organlariga saylovlarda ovoz berish ham muhim fuqarolik burchlaridan biri hisoblanadi. Demokratik jamiyat qurish tajribalari ko’rsatadiki, qaysi bir jamiyatda mansabi, irqi, jinsi va ijtimoiy mavqyeidan qat’iy nazar, fuqarolar konstitusiya va qonunlar bilan mustahkamlab quyilgan o’z burchlarini amalda bajarganlardagina, o’zlariga tegishli bo’lgan erkinliklari va huquqlaridan foydalana olishlari mumkin. Aks holda, bu demokratik qadriyatlar qupol ravishda fuqarolarning bo’zilib kelingan. Shuning uchun ham O’zbekiston Konstitusiyaning 48 – moddasida qo’yidagicha ifodalanadi: «Fuqarolar Konstitusiyasi va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr –qimmatini hurmat qilishga majbardirlar».

Demokratik jamiyat barpo etishda fuqarolarning ijtimoiy jarayonlarda faol ishtirok etishi eng muhim omillardan biridir. Bu haqida mamlakat Prezidenti I.A.Karimov qo’yidagi fikrni bildiradi: «Hokimiyat tuzilmalarining demokratik mazmuni ko’p jihatdan davlatni boshqarishda fuqarolarning ishtirok etish masalasi qanchalik hal qilinganligi bilan belgilanishi ma’lum. O’zbekistonda ushbu huquqning amal qilishi uchun qonun asoslari yaratilgan. Biroq hali jamiyat va fuqarolar davlatni boshqarishda ishtirok etish, o’zlari qanday boshqarilayotganligi haqida ma’lumot olish huquqini anglay boshlashiga va bu huquqdan foydalana oladigan bo’lishlariga erishish kerak. Shunday sharoitdagina davlat va uning institutlari, mansabdor shaxslar jamiyat va fuqaro oldidagi o’z mas’uliyatlarini his qildilar».

Fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarning o’rni beqiyosdir. Hozirgi davrda O’zbekiston jamiyatida 7 millionga yaqin fuqarolar kasaba uyushmalari faoliyatida, 600 mingdan ortiqroq fuqarolar esa siyosiy partiyalar a’zolari sifatida jamoatchilik ishlarida ishtirok etadilar.

Mustaqillik davrida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga ham muhim e’tibor berildi. Mamlakatda O’zbekiston yoshlarining «Kamolot» ijtimoiy harakati jamiyatning barcha yo’nalishlarida keng faolicht olib bormoqda. Harakat faoliyatining asosiy maqsadi – yoshlarni birlashtirish, sog’lom turmush talablari asosida tarbiyalash, ularning manfaatlarini himoya qilish yosh yigit – qizlarning o’z aql – zakovati, kuch g’ayratini to’la namoyon etishi, jamiyatda munosib urin egallashlari uchun shart – sharoit yaratib berishdan iborat. Mamlakatda 14 yoshdan 28 yoshgacha bo’lgan yoshlarning soni 7 milliondan ortiqrog’ini tashkil etadi.

Hozirgi davrda harakatning bolang’ich talkiolotlar soni 20 mingdan ortiqrog’ini tashkil etib, ular 4 milliondan ortiqroq yoshlarni birlashtiradi. Harkat tarkibida uning homiyligi asosida ishlaydigan 7 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan o’quvchilarni birlashtirgan bolalar tashkiloti o’z faoliyatini tarbiyaning o’ziga xos yondoshuv va usullaridan foydalangan holda, bolalar dunyoqarashiga vatanparvarlik, ijtimoiy tadbirlarda faol ishtirok etish, o’zini – o’zi boshqarishni o’rganishni singdirish kabi yo’nalishlarga qaratgan.

O’zbekiston fuqarolar ijtimoiy faolligining o’sib borishi ularning mamlakat davlat organlariga bo’lgan saylovlardagi ishtirokida ham sezilmoqda. 1999 yil 5 dekabrda ikkinchi marta demokratik tamoyillar asosida Oliy Majlisga bo’lgan saylovlarda 12,5 milliondan ortiq saylov huquqiga ega bo’lgan fuqarolarning 95,03 foizi ishtirok etdtlar. 2000 yilning 9 yanvarida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovlar bo’lib o’tdi. Unda esa 12 million 123 mingdan ko’proq saylovchilar ishtirok etdilar. “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasining nomzodi I.A.Karimov uchun 11 million 147 ming 621, yoki saylovchilarning 91,90%i ovoz berdilar.Mamlakat Prezidenti I.A.Karimov mustaqillik davridagi tajribalarni va yetakchi xorijiy mamlakatlar ijtimoiy – siyosiy hayotini chuqur tahlil etib, fuqarolarning siyosiy jarayonlarda ishtirok etishining demokratik tamoyillarini ilgari surdi. O’z – o’zidan ravshanki, siyosiy tuzum to’la – to’kis amal qilinishi va uning yanada erkinlashuvini ta’minlash uchun uni tashkil etuvchi hamma tuzilmalar, ya’ni mavjud subyektlar – shaxs, siyosiy institutlar, aholining ijtimoiy guruhlari hamda qatlamlari va hokozalar to’laqonli faoliyat ko’rsatishiga erishish zarur.

Fuqarolarning siyosiy madaniyati va faolligini oshirishda ularning siyosat va hokimiyatga nisbatan shaxsiy munosabatlarini bildirishlari muhim ahamiyatga moliq ma’naviy hodisadir. Bunday shaxsiy munosabat insonning o’z fuqarolik burchini anglab yetgan, siyosiy subyekt sifatida faoliyat ko’rsata olishini ifoda etadi. Shuning uchun insonning demokratik, siyosiy qadriyatlariga nisbatan munosabatlarining turlicha shaklda ro’y berishi siyosiy madaniyatning muhim tuzilishini tavsiflab beradi.

Umuman, siyosiy madaniyat insonning siyosiy hodisalar haqidagi qadriyatlarga doir tasavvurlari va uning amaliyotda namoyon bo’ladigan hulqining yoki uning siyosiy hokimiyat subyekti sifatidagi faoliyatining kurinishidir. Shu ma’noda, siyosiy madaniyat fuqaroning umuminsoniy ahamiyatga moliq bo’lgansiyosiy faoliyat namunalarini qay darajada egallanganligini namoyish qiladi. Shuningdek, u insondagi fikrlash va amaliy faoliyat me’yorlarini jamiyat madaniyati, deb tan oladigan subyektivligini qanchalik darajada oshira olganligi hamdir.

Jamiyatning har bir a’zosi ijtimoiylashuv va kamolotga erishish jarayonida ijtimoiy – madaniy tizimning asosiy hususiyatlarini o’zida uyg’unlashtiradi. Har bir individ siyosiy madaniyat siyosiy – madaniy tizimning umumlashtiruvchi, birlashtiruvchi qismi deb qaraladi. Siyosiy madaniyat, bu – munosabatlar tizimi va ayni paytda avlodlar almashinuvi natijasi, uni tashkil etuvchi unsurlarni ishlab chiqish va qayta ishlab chiqish jarayonidir. Siyosiy madaniyat rivojlanib boruvchi dinamik hodisadir. Insonda dunyo qarash shakllanganligidan so’ng uni himoya qilishga qodir huquqiy madaniyat shakllanishiga shart – sharoitlar yaratish zaruriyati to’g’iladi. Huquqiy madaniyat va huquqiy himoyaning mavjudligi jamiyatni demokratlashtirishning asosiy kafolatlaridan biridir. Qolaversa, demokratiyani tabiiy ravishda rivojlantirish uchun fuqarolarning umumiy madaniyatlilik darajasi ham yuqori bo’lishi lozim.

Siyosiy madaniyat o’zoq yillar avlodlar almashinuvi natijasida tarkib topgan siyosiy g’oyalar, an’analar, siyosiy amaliyot me’yorlari, turli ijtimoiy institutlarni o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga doir konsepsiyalarni o’z ichiga oladi. U kishilarning o’zlari yashayotgan mavjud tizimga, undagi institutlarga va hatti –harakat qoidalariga, alohida shaxs, jamiyat va davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar tamoyillariga nisbatan shakllangan intilishlari va ko’rsatmalarni ham o’z ichiga qamrab oladi.

Siyosiy madaniyat qadriyatga oid me’yoriy tizim hisoblanadi. U o’zida siyosiy tizimdagi tayanch, e’tiqodlar, ko’rsatmalar, yunalishlar, intilishlar timsollarini aks ettiradi va birlashtiradi. Amerikalik siyosatshunos D.Divaynning fikricha, siyosiy madaniyat ma’lum ijtimoiy – siyosiy tizim a’zolari yoqlaydigan, «keng tarqalgan, fundamental siyosiy qadriyatlarning tarixiy tizimidir». Siyosiy madaniyat «siyosiy mafkura», «legitimmen», «suverenitet», «qonun boshqaruvi», «siyosiy partiya» kabi kategoriyalarning o’rganishni ham taqoza etadi. Siyosiy madaniyat ma’lum darajada jamiyat a’zolari oldiga chegaralashlar quyadi. Siyosiy jarayonlar va siyosiy xulqdv namoyon bo’ladigan e’tiqodlar, xis – to’yg’ular, qadriyatlar oldidagi bunday chegaralashlar ham o’z navbatida siyosiy madaniyatning muhim unsuri hisoblanadi. Alohida shaxsning,guruhning va boshqa ijtimoiy birliklar umumiy dunyoqarashning tarkibiy qismi bo’lgan siyosiy dunyoqarash siyosiy madaniyatning eng muhim komponentidir.

Siyosiy madaniyatni tashkil etuvchi qadriyatlar, yo’nalishlar, ko’rsatmalar, streotinlar siyosiy tizimning shakllanishi va saqlanib qolishida asosiy o’rinni egallaydi. Jamiyat a’zolari o’ziro baham ko’radigan «ijobiy» qadriyatlar tizimi miqdoran uning alohida komponentlari o’rtasidagi o’zaro murosa va kelshuvni belgilaydi hamda uning barqarorligi, yashab qolish qobiliyatining nechog’lik mustaqil ekanligini aniqlab beradi.

Kishilar o’zlarining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy manfaatlari yoki imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish uchun amaliy jarayonlarda ishtirok eta boshlagandagina, siyosiy madaniyat shakllanib boradi. Bunday madaniyatni faqat siyosiy partiyalar, manfaatlar guruhlari faoliyatida ishtirok etish orqaligina egallash mumkin. Hyech bir inson yakka o’zi harakat qili, o’zining moddiy, siyosiy, huquqiy manfaatini yoki erkin fikrlash huquqini qulga kiritaolmaydi.

Siyosiy madaniyatning plyuralistik turi qo’yidagi muhim shart – sharoitlar yaratilgandagina paydo bo’lishi, rivojlanishi, alohida ustuvorlik kasb etishi mumkin:

 Iqtisodiy va ijtimoiy hayotda plyuralizm mulkchilikning turli shakllari paydo bo’lishi, xo’jalik yuritishning turli usullarini amal qilishi shart;

 Jamiyat ijtimoiy tarkibi qanchalik rang – barang bo’lsa, siyosiy madaniyat shakllanishi uchun shunchalik ko’proq zamin paydo bo’ladi.

 Fuqarolik jamiyati siyosiy institutlarining shakllanishi; davlat hokimiyatini shakllantirish asosan saylovlar vositasida amalga oshishi, hyech kim, xech bir guruhning bu hokimiyatni amalda, huquqiy jihatlardan o’z monopoliyasiga aylantirishiga yo’l qo’ymaslik lozim;

 Siyosiy partiyalar va harakatlar o’rtasida ijtimoiy rivojlanishning asosiy qadriyatlari, ideallari hamda maqsadlari xususida kelishuvga kelish kerak;

 Shasx erkinligi ta’minlanishi darkor.

2. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish ko'p ukladli iqtisodiyotning muhim sharti ekanligi.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish

Xar qanday jamiyatning iqtisodiy tuzilishi mulkchilikdan boshlanadi. Ajdodlar tomonidan yaratilgan ne’matlar albatta mulk shaklida namoyon bo’ladi. Umuman olganda, mamlakat miqyosida mulk va uning ko’payib borishiga ikki tomondan yondashish mumkin. Odamlarning mulki qancha ko’p bo’lsa, davlat ham shuncha boy bo’ladi yoki aksincha, davlat qancha boy bo’lsa, aholining mulki ham shuncha ko’p bo’ladi, farovon yashaydi. Deformatsiyalashgan sotsializmda davlat mulkining ustunligi kishilik jamiyati erishgan muhim yutuqlardan biri sifatida talqin etildi.

Bozor iqtisodiyoti, to’g’rirog’i aralash iqtisodiyotning muhim jihati shundaki, u mulkchilikning biron-bir shakli hukmronligini rad etadi. Unga mulkchilikning uchinchi tipi va muvofiq ravishda turli-tuman shakllari xos bo’lib, mulk masalasining hal etilishi bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish borasidagi barcha tadbirlar tizimini tashkil etar ekan, demak, birinchi navbatda davlat mulk monopoliyasini sindirib, turli mulk shakllarini vujudga keltirishi zarur. «Mulkchilik masalasini hal qilish bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo’lib xizmat qiladi»1. Shuning uchun ham eng avvalo, O’zbekistonning asosiy qonuni — Konstitutsiyada jamiyat mulkchilikning turli-tumanligiga asoslanishi, mulk shakllarining teng-ligi e’tirof etilib, huquqiy muhofazasi ta’minlanishi qayd etilgan.

Sobiq sotsialistik davlatlarda bozor iqtisodiyotini shakllantirish uchun avvalo,davlatlashtirishdan qaytish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, ya’ni iqtisodiyotni ustun darajada davlat tomonidan tartibga solishdan bozor mexanizmi orqali tartibga solishga o’tish kerak.

Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish yoki davlatlashtirishdan qaytish bu davlatning iqtisodiy faoliyatdagi hukmronligini, monopol mavqeini sindirib, iqtisodiyotni boshqarishda yagona davlat mexanizmi o’rniga aralash iqtisodiyotga xos bozor mexanizmiga keng yo’l berishni ifodalaydi. U mulkni davlat tasarrufidan chiqarishdan tashqari, davlatning markazlashgan rejalashtirish, narx belgilash, tashqi savdo, valyuta munosabatlari va boshqa iqtisodiy faoliyatdagi yakka hukmronligini keskin qisqartirilishini o’z ichiga oladi.

Mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha reja asosida davlatga topshirishdan davlat xaridlariga o’tish. Bunda davlat xaridor sifatida ishlab chiqaruvchini sotish shartlari bo’yicha o’ziga jalb etishi bilan ajralib turadi. Davlat mavjud resurslarni taqsimlovchi funk-tsiyasini yo’qotadi.

Resurslar bozor orqali taqsimlanadi. Davlatning resurslar oqimini o’zgartirishga ta’siri ustun darajada iqtisodiy yo’l bilan amalga oshiriladi. Masalan, soliqlar orqali.

Tashqi iqtisodiy faoliyatda ham davlatning monopol mavqei tobora susayib boradi.

Davlatning funktsiyasi milliy iqtisodiyotni chet el kompaniyalari bilan muvaffaqiyatli raqobat olib borishi uchun zarur muhit yaratishdan iborat.

Davlatning boshqarishdagi ko’pgina vazifalari korxonalar zimmasiga o’tadi, «gorizontal» xo’jalik aloqalari asosiy o’ringa chiqadi.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish — bu iqtisodiyotni tartibga solishni to’la bozor mexanizmiga topshirish emas, balki bozor mexanizmi bilan davlat aralashuvini optimal darajada bo’lishini ta’minlashdan iborat. Sababi, hozirgi iqtisodiyot davlat aralashmasa samarali rivojlana olmaydi.

Iqtisodiy hayotni erkinlashtirishning asosini davlat tasarrufidan chiqarish tashkil etadi.

Davlat tasarrufidan chiqarish deganda davlat mulkini turli mulk va xo’jalik yuritish shakllariga aylantirish tushuniladi. Davlat tasarrufidan chiqarish raqobatni, tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Turli mulk va xo’jalik yuritish shakl-lari tengligi e’tirof etilib, ularga qonun doirasida barcha faoliyat bilan shug’ullanish imkoniyati yaratiladi.

Davlat tasarrufidan chiqarish davlat korxonalari va tashkilotlarini jamoa, shirkat, ijara, aktsionerlik va boshqa shakldagi korxona va davlatga tegishli bo’lmagan tashkilotlarga aylantishni bildiradi.Ular hammasi nodavlat sektorini tashkil etadi.

Davlat tasarrufidan chiqarishning asosini xususiylashtirish tashkil etadi.

Xususiylashtirish — bu davlatga qarashli mulkning fuqarolar va yuridik shaxslarga xususiy mulk shaklida berilishidir.

Xususiylashtirish yakka xususiy mulk va shu mulkka asoslangan korxonalar tashkil etish yo’li bilan yoki guruhiy korporativ xususiy mulk, ya’ni ma’lum maqsadni ko’zlab o’zaro birlashgan mulk sohiblari mulki asoslangan korxonalar tashkil etish yo’li bilan amalga oshiriladi.Xususiylashtirish miqyosi va uslublari, muddati turlicha bo’lib, ular asosan har bir mamlakatning o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq. Xususiylashtirish miqyosi avvalo, u yoki bu mamlakatda xususiy sektorni qay darajada milliylashtirish darajasiga bog’liq. Milliylashtirish uslubidan kam foydalangan AQSh, GFR, Yaponiyada xususiylashtirish tendentsiyasi ancha sust bo’lgan holda Buyuk Britaniya, Frantsiya, ayniqsa, sobiq sotsialistik mamlakatlarda bu nihoyatda keng miqyosda amalga oshirildi.

Xususiylashtirishning uslublari turli-tuman bo’lib, ularni uchta guruhga bo’lish mumkin yoki boshqacha aytganda, xususiylashtirishning uch usuli bo’lib, muvofiq ravishda qator uslublarni o’z ichiga oladi.

1. Davlat mulkini bepul bo’lib berish:

a) mehnat jamoalariga bepul topshirish;

b) barcha jamiyat a’zolariga bepul bo’lib berish;

v) aholining ayrim sotsial qatlamlariga bepul berish;

g) har bir jamiyat a’zosining davlat mulkiga qo’shgan hissasiga, ya’ni mehnat stajiga qarab bo’lib berish;

d) foyda keltirmayotgan korxonani istisno tariqasida mehnat jamoasiga bo’lib berish.

2. Davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish:

a) mehnat jamoalariga sotish;

b) barcha jamiyat a’zolariga sotish;

v) auktsionlarda (kim oshdi) fuqarolarga yoki yuridik shaxslarga sotish;

g) korxonalarni mehnat jamoalariga ijaraga berish va keyinchalik butunlay sotish;

d) xorijdan qarzni uzish evaziga chet el firmalari va fuqarolariga berish;

e) ayrim sotsial qatlam: tadbirkorlar va menejerlarga sotish;

yo) davlat korxonalarini xususiy investrlash yoki mulkni to’g’ridan-to’g’ri sotib olish yoki aktsiya paketini sotib olish yo’li bilan amalga oshiriladi;

j) davlat korxonasini alohida bo’linmalarga ajratish yoki bo’lish va qayta qurish yo’li bilan qismlarga bo’lib sotish va hokazolar.

3. Davlat mulkini bepul bo’lib berish bilan sotishni birgalikda qo’shib olib borish. Bu usulning ham qator uslublari bo’lib, u yuqoridagi har ikki usulga xos uslublarning turli kombinatsiya-laridan iborat.

Xususiylashtirish bir qancha davlatlarda quyidagicha amalga oshirildi. Xususan, Buyuk

Britaniyada korxonalarning aktsiyalarini sotish bilan birgalikda bepul tarqatildi. Davlat uyjoylari ularda yashayotganlarga sotildi.

Germaniyada asosan mulkni sotish orqali, Vengriyada haq to’lashni joriy qilish orqali bo’lsa, Polshada yirik korxonalar aktsio-ner jamiyatlarga aylantirildi. O’rta, mayda korxonalar sotildi. Kupon tarqatilib bepul taqsimlash amalga oshirildi. Ruminiyada 30% mulk bepul taqsimlanib, qolgani, asosan pul to’lab sotib olindi. Rossiyada esa 1992 yili har bir fuqaroga 10.000 rubllik vaucher tarqatildi. Natijada har bir kishi shu summaga teng miqdorda davlat mulkida o’z hissasiga ega bo’ldi.

Xususiylashtirishning qaysi usulini tatbiq qilish mumkinligi, qaysi variant maqbulligi haqida iqtisodchilarda turli fikrlar bor. Bir guruh iqtisodchilar davlat mulkini sotishdan ko’ra bepul berish ma’qul deydilar, sababi:

1) hammada ham davlat mulkini sotib olish uchun mablag’ yo’q, mehnat haqiga 1/10 yoki 1/20 qisminigina sotib olish mumkin;

2)bu mulkni turli «pinhoniy» iqtisodiyot korchalonlari, chayqovchilik bilan shug’ullanuvchilar egallashi mumkin;

3)chet el biznesmenlari sotib olishi, halol topilmagan mablag’larni «qonunlashtirib olish» uchun foydalanishlari mumkin;

4)odamlarimiz ozmi-ko’pmi davlat mulkini yaratishda qatnashganlar. Bundan tashqari, teng taqsimlashning ustunligiga o’rgangan mulkni sotish adolatdan emas. Mulkni sotish natijasida ayrim tabaqalarning boyib ketishi, boshqalarning ularga nisbatan noroziligining kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Ikkinchi guruh iqtisodchilar esa aksincha, davlat mulkining pul ekvivalentini hatto mehnat jamoalariga ham to’g’ridan-to’g’ri bo’lib berib bo’lmaydi. Sababi:

1)jamiyatda e’tibor, asosan taqsimlashga qaratilganligi uchun boqimandalik kayfiyati kuchli sharoitda tarbiyalangan kishilar o’ziga tekkan ulushni ham tez fursatda «eb tugatadilar»;

2)bu mablag’ tadbirkorlik bilan ish yuritish, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va boshqa sohalarga qo’yishga emas, asosan shaxsiy ehtiyojlarni qondirish uchun sarflanadi;

3)«pinhoniy iqtisodiyot» vakillari hamda chet el ishbilarmonlari aholidan davlat mulkida ulushlari ko’rsatilgan hujjatlarni osongina sotib oladilar. «Sotuvchi» qancha kambag’al bo’lsa, shuncha arzonroqqa sotadi;

4)bozor iqtisodiyoti sharoitida mulk faqat boylik, to’kinchilik, muvaffaqiyatlar garovi emas. U har bir kishidan tinimsiz izlanish, mashaqqatli mehnat, tadbirkorlik, ma’lum darajada tavakkalchilik qilishni talab qiladi;

5)davlat mulki hukmron sharoitda voyaga etgan avlod kam bo’lsa ham kafolatlangan ish haqiga, buyruqni bajarishga o’rgangan. Xususiy mulk egasi sifatida ish yuritishga qiynaladi;

6)bepul berishning adolatli mezonini belgilash juda qiyin va boshqalar...

Bozor iqtisodiyotiga o’tishning «O’zbekiston modeli» da har ikki variantning ustun va zaif tomonlarini hisobga olgan holda davlat mulkini sotish usuli asosida xususiylashtirishga qaror qilindi.

Bunda, eng avvalo, har bir shaxsning davlat mulkini yaratishda qo’shgan hissasini xolisona baholab bo’lmasligi, bepul qo’lga kiritilgan mol-mulk qadrlanmasligiga alohida e’tibor qaratildi.

Qabul qilingan qonunlar, jumladan «Mulkchilik to’g’risida», «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish» va boshqa me’yoriy hujjatlarda davlat mulkini boshqa mulk shakllariga aylantirish jarayonida yuz berishi mumkin bo’lgan salbiy jihatlarni cheklash uchun tadbirlar belgilandi.

Xususiylashtirish muddati ham turli mamlakatlarda turlicha. Masalan, Angliyada 11 yil, ya’ni 1979—1990 yillar davomida o’tkazilib, mamlakat aholisining kapital va aktsiyalariga ega bo’lgan mulkdorlari 7% dan 21% ga ortdi, uy-joyni xususiylashtirish asosida o’z uyiga ega bo’lgan oilalar hissasi 55% dan 66% ga ortdi. G’arbiy Evropa mamlakatlarida 10—15 yil, Yaponida 10 yil, boshqa mamlakatlarda ham shu muddat atrofida vaqt ketdi.

1992 yilning oxirida O’zbekiston Davlat mulk va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash qo’mitasi tashkil etildi. U mamlakat hukumati bilan birgalikda xususiylashtirishning strategiya va taktikasini ishlab chiqdi.

Xususiylashtirishni ikki yo’l:

1) individual, har bir korxonaning xususiyatlarini hisobga olgan holda;

2) umumiy, namunaviy dastur asosida olib borish ko’zda tutildi.

Xususiylashtirish ko’proq individual yondashuvni hisobga olgan holda ikkinchi yo’l bilan amalga oshirildi. U korxonaning katta-kichikligi, iqtisodiy potentsiali qaysi tarmoqqa qarashli bo’lishidan qat’i nazar, qabul qilingan namunaviy dasturdan foydalanib xususiylashtirishga asoslanadi. Korxona mulkini baholashga ham tipik asosda yondashiladi. Xususiylashtirishni huquqiy-me’yoriy jihatdan ta’minlash uchun turkum qonunlar va hujjatlar ishlab chiqildi. Ularda mulk shakllari, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy tartib-qoidalari belgilandi.

«O’zbekiston modeli» bo’yicha xususiylashtirishni bosqichma-bos-qich, «oddiydan murakkab sari» qoidasi asosida amalga oshirish ko’zda tutildi. Birinchi (1992—1994 yillar) bosqichda xususiylashtirish savdo, maishiy xizmat sohasi doirasida amalga oshirildi.

Kichik xususiylashtirishni amalga oshirish natijasida savdo-sotiq hajmi va umumiy ovqatlanish, yalpi mahsulotning 82% dan ortig’i nodavlat sektor hissasiga to’g’ri kelgan.

Uy-joylarni xususiylashtirish natijasida bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95% dan ortig’i fuqarolarning shaxsiy mulki bo’lib qoldi. Bunda har uch kvartiraning bittasi egalariga imtiyozli shartlar bilan yoki bepul berildi. Urush faxriylari, o’qituvchilar, tibbiyot xodimlari va ilmiy xodimlar, ijodiy ziyolilar kvartiralarning bepul egalari bo’lishdi.

Kam daromadli, mehnatga layoqatsiz va yolg’iz, keksa shaxslar, yosh oilalar hamda fuqarolarning ijtimoiy himoyalanmagan, kam ta’minlangan boshqa toifalari, uy-joyga muhtojlar uchun aniq maqsadli maxsus kommunal uy-joy zaxiralari tashkil etildi.

Ikkinchi bosqichda (1994(yil o’rtalaridan boshlab)-1995 yillar) ommaviy xususiylashtirish boshlandi. Bu bosqich engil, oziq-ovqat, farmatsevtika sanoati, tayyorlov shoxobchalari, qurilish, transport, aloqa korxonalarini qamrab oldi.

Jahon banki yalpi xususiylashtirish mexanizmini ishlab chiqishda katta yordam ko’rsatdi.

Bank mutaxassislari tavsiyasiga ko’ra korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarib aktsionerlik jamiyatlariga aylantirishni quyidagicha amalga oshirish ko’zda tutildi.

25% gacha — mehnat jamoasiga, 25% gacha — davlatga (davlat bilan mehnat jamoasining hissasi 49% dan oshmasligi lozim).

Kamida 50% i erkin sotuvga, shu jumladan, 25% va undan ortiqrog’i xorijiy investorga sotilishi belgilandi.

Ommaviy xususiylashtirish dasturi aktsiyalarning nazorat paketini xorijiy firmalar tomonidan sotib olinishiga yo’l qo’yadi. Masalan, respublikamizning tamakichilik tarmog’i xalqaro «BAT indastriz» firmasi, motorlar ishlab chiqarish esa Italiya firmasi nazoratiga o’tdi.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida 692 korxona o’z mulk shaklini o’zgartirib, 3685 aktsionerlik jamiyati, 2966 jamoa, 13544 kichik, xususiy va 497 qo’shma korxonalar tashkil etildi. 1998 yilda umumiy korxonalarning 84,1% i nodavlat sektoriga qarashli edi.

«O’zbekiston modeli» xususiylashtirilgan korxonalardan tushgan mablag’lar ishlab chiqarishni texnika bilan qayta qurollantirish, xususiylashtirilgan korxonalarni, tadbirkorlikni rivojlantirishga sarflanishi bilan ajralib turadi.

1995 yildan Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartib bo’yicha xususiylashtirishdan tushgan mablag’ning 50% i Respublika «Biznes fondi»ga kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llabquvvatlash uchun;

20% i — hokimiyatlarga, regionlarda bozor infrastrukturasini rivojlantirish uchun;

20% i — turli tarmoqlardagi xususiylashtirilgan korxonalarni kreditlash uchun;

10% i — mulk qo’mitasiga kadrlarni o’qitish, malakasini oshirish, bozor strukturasini yaratish va ta’minotini yaxshilash uchun ajratildi.

1997 yildan boshlab, hukumat xususiylashtirishdan tushgan mablag’larni taqsimlashni o’zgartirish to’g’risida qaror qabul qildi, unga binoan:

40% i — investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun davlat byudjetiga;

30% — biznes fondga;

20% — viloyat va Toshkent shahri hokimliklariga sotsial-iqtisodiy rivojlanishni,investitsion loyihalarni moliyalashtirish va bozor infrastrukturasini tashkil qilish uchun;

10% — Davlat mulk qo’mitasiga xususiylashtirish bo’yicha dasturni amalga oshirish, investitsion va bozor strukturalarini tashkil etish uchun, jumladan 5% i boshqarish xarajatlarini qoplash uchun ajratiladigan bo’ldi.

Uchinchi bosqich 1996-1998 yillarni o’z ichiga olib, aktsiya nazorat paketlari davlat ixtiyorida bo’lgan yirik korxonalarning aktsiyalarining davlat ulushi sotilishi amalga oshirish boshlandi. Xususiylashtirilmaydigan davlat ahamiyatiga ega bo’lgan, umumjamiyat manfaati uchun zarur bo’lgan korxonalar ro’yxati va byudjetdan tashqari fondlar Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo’yildi.

To’rtinchi bosqich 1998 yil oxirlaridan boshlab hozirgacha davom etmoqda. Bu bosqichda xususiylashtirilgan ob’ektlardan byudjetga mablag’lar tushirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ishlamayotgan ob’ektlarni ularga investitsiya kiritish sharti bilan tender asosida tekinga berish va boshqa mulkdan foydalanish samaradorligini oshiradigan tadbirlar amalga oshirilmoqda.

2003 yil 26 avgustda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig «Davlatning past rentabelli, zarar ko’rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor korxonalar va ob’ektlarni xususiylashtirishni tezlashtirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risidagi» qarori muhim ahamiyatga ega. Unga ko’ra past rentabelli, zarar ko’rib ishlayotgan iqtisodiy nochor korxonalar va past likvidli ob’ektlarni 0 qiymatida tanlov asosida investorlarga investitsion majburiyatlar qabul qilish yo’li bilan sotish tartibi va xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari aktivlari bahosini navbatma-navbat pasytirish tartibini tasdiqladi.

Respublikamizda bozor munosabatlarining qaror topishi va mulkdorlar sinfining shakllanishiga erishish asosiy vazifa bo’lib, u o’z ichiga ikki muammoni:

a) bozor munosabatlarini o’rnatish;

b) mulkdorlar sinfini shakllantirishni oladi.

«O’zbekiston modeli»da mulk shakllarining xilma-xilligiga bi-rinchi navbatda xususiy mulkka e’tibor beriladi, chunki mulk o’z egasini topsagina, haqiqiy mulkka aylanadi.

O’zbekistonda o’tkazilayotgan tub islohotlar, jumladan, mulkchilikni isloh qilish, iqtisodiyotni rivojlantirish pirovard natijada demokratik o’zgartirishlar qilish, kuchli, suveren, huquqiy davlatni barpo etish, xalqimizni farovon, osuda hayot kechirishini ta’minlashning moddiy negizini yaratishga qaratilgan.

Xulosa:

*Iqtisodiy faoliyat jarayonida kishilar o’rtasida ro’y beradigan munosabatlar iqtisodiy munosabatlar bo’lib, uning markazida mulk munosabatlari turadi. Yaratilgan ne’matlarni qanday o’zlashtirish anna shu munosaatlarga bog’liq.

*Mulk munosabatlari resurslarni cheklanganligi tufayli kelib chiqqan. Inson tabiatan o’z manfaatlarini ko’zlovchi, cheksiz bo’lishi, ikkinchi tomondan, resurslarni cheklanganligi kishilik jamiyatining dastlabki pog’onalaridan boshlab ne’matlarni o’zlashtirishda turli-tuman konfliktlar chiqishiga sabab bo’lganki, aqlli mavjulot inson ma’lum qonun-qoidalar ishla chiqish orqali bartaraf qilish yo’lini topgan.

* Mulk itisodiy va huquqiy kategoriya bo’lib, ular o’zaro og’liq va birbirini taqozo qiladi. Mulkchilikni mazmunini o’zlashtirish ifodalaydi. O’zlashtirish esa egalik qilish, foydalanish, tasarruf qilish yaxlitligidan iborat.

*O’zlashtirish qanday yuz berishiga ko’ra mulk turlari vujudga kelgan. Ular ma’lum mezonlar asosida ajratilgan. Unga ko’ra kishilik jamiyati vujudga kelgandan hozirga qadar mulkchilikning uch tipi: ijtimoiy mulk, xususiy mulk, hamkorlikdagi mulk va ularga muvofiq ravishda mulk shakllari vujudga kelgan.

*Kishilik jamiyati taraqqiyoti shuni ko’rsatadiki, mulkning biron bir turi, shakli monopol mavqega ega bo’lsa, ana shu monopol mavqega ega bo’lgan boshqa mulk egalariga tegishli bo’lgan ne’matlarni ham bir qismini o’zlashtirish imkonini qo’lga kiritadi.



*Bozor (aralash) iqtisodiyotining muhim afzalligi shundaki, u mulkchilikning turlitumanligi asoslangan. Unga ko’ra ko’p ukladli iqtisodiyot barpo etiladi, monopolizmning asosi barham topadi. Shuning uchun mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lini tanlar ekan, eng avvalo mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga alohida ahamiyat berildi.
Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish