Bilan siyosat olib borgan



Download 0,89 Mb.
Sana24.02.2021
Hajmi0,89 Mb.
#59638
Bog'liq
Presentation( demokratiya (


Demokratiya — (qadimgi yunoncha: δημοκρατία — „xalq hokimiyati“) — barcha insonlar tenglik bilan kollektiv qarorga kelish imkoniga ega siyosiy tuzum.Demokratiyada fuqarolar erkinligi va tengligi qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita va shakllari amalda oʻrnatilgan va yuzaga chiqarilgan boʻladi. Demokratiya davlat bilan inson munosabatlarini belgilaydi.

Sharqda odamlarning hokimiyat va siyosiy munosabatlarga bo‘lgan munosabati azaldan o‘ziga xos xususiyat kasb etgan. Bu Sharqdagi siyosiy munosabatlarning nozik jihatlari bilan izohlanadi. Saylov tizimi, davlatchilik, siyosiy harakatlar, jamoatchilik fikri, ommaviy axborot vositalari — bularning barchasi Sharqda o‘z xususiyatlariga ega. Avvalo, bu xususiyatlar hokimiyatga bo‘lgan an’anaviy ishonch va ba’zan esa paternalizm (hokimiyatning mehnatkashlar manfaatiga qisman yon berishi) qonuniyati bilan ifodalanadi. Tarixan Sharq mamlakatlarida siyosiy qarorlar qabul qilish va ularni amalga oshirish mas’ul kishilar orqali, lekin bunda xalqning manfaatlari albatta hisobga olingan holda amalga oshirilgan. Ular xalqning «ishtirokida», ya’ni turli miting, inqiloblar orqali erishilgan, ammo uning manfaatlarini hisobga olmagan holda qabul qilingan qarorlardan ko‘ra ko‘proq samara bergan. Shu tufayli Sharq mamlakatlarida aksariyat

hukmdorlar mudom «Xalq nima der ekan?», «Mendan qanday nom qolar ekan?» degan mas’uliyat

bilan siyosat olib borgan.

Sharqda siyosiy jarayon ishtirokchilari, ayniqsa, siyosiy yetakchilarning o‘ziga xos maqomi bor. Siyosiy rahbar nafaqat o‘ziga tegishli alohida imtiyozlarga, balki alohida mas’uliyatga ham ega. U nafaqat o‘z huquqlari, balki majburiyatlari bo‘yicha ham asosiy og‘irlikni o‘z zimmasiga olgan. Shu ma’noda Sharq xalqlari hayotida adolat bosh mezonga aylanganki, odil va dono shoh, hukmdor g‘oyasi «Avesto»dan hozirgi kungacha orzu bo‘lib kelgan. Shuning uchun Amir Temur faoliyatida «Kuch — adolatda» degan qoida ustuvor bo‘lgan. Shu tariqa Sharq mutafakkirlari davlatni, avvalo, jamiyat taraqqiyotidagi ikki muhim omil — ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash va ijtimoiy adolat mezonlarini amalga oshirish quroli deb tushungan. Shuni ham alohida ta’kidlash zarurki, Sharqda qonunchilik va meyoriy tizimlar ham ana shu maqsadlarga xizmat qilgan. Bunday an’ana Sohibqiron Amir Temur davridayoq butun dunyo meyoriy tizimiga va konstitutsiyachiligiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Amir Temur «Tuzuklar»i buning yaqqol dalili.

Odatda G’arb demokratiyasi tanqidga olinganda uni ko`proq kiyinish madaniyati, ahloqi bilan adashtirib yuborishadi. Kiyinish madaniyati va davlat boshqaruvida demokratiya o`rnatilishi esa bu ikki turlicha holat. Bizdagi ahloqsizlikning boshlanishi, kiyinish madaniyati nazarga olinganda ham, G`arb demokratiyasi bilan emas balki rus imperealizmi siyosati bilan bo`gliq. Demokrtiya qaror topgan Yaponiya, Janubiy Koreya kabi davlatlarni misol keltirsak, ularning urf-odatlarida hech qanday keskin o`zgarishlar kuzatilmaydi.

Bugungi kunda ilmiylikka da’vo qilayotgan ana shunday yondashuvlardan biri demokratiya

tranziti yoki ilmiy ibora bilan aytganda, tranzitologiya konsepsiyasidir. Uning mohiyati ayrim davlatlarning nodemokratik holatdan demokratik tuzumga o‘tishini asoslab beradigan g‘oya va qarashlarda namoyon bo‘ladi. Tranzitologiya nazariyotchilari jamiyat hayotining barcha sohalarini liberallashtirish va demokratlashtirish, turli siyosiy partiya va harakatlarning raqobatlashuviga asoslangan erkin saylovlarni joriy etish tamoyillarining ustuvorligini ta’kidlagani holda, muayyan mamlakatning tarixiy o‘tmishi, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot darajasi, xalqining milliy qadriyat, urf-odat va an’analari, kishilar mentaliteti, dunyoqarashi va siyosiy madaniyatini umuman e’tiborga olmaydiVaholanki, ular zamonamizning eng rivojlangan davlatlarida bugungi demokratik tuzum va

qadriyatlar asrlar davomida shakllanib kelganini (masalan, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi mamlakatlar demokratik taraqqiyot borasida uch-to‘rt asrlik tajribaga ega), bu jarayon keskin ziddiyatlar, bahs-munozaralar va kurashlar orqali kechganini, demokratiya unsurlari bosqichma-bosqich joriy etilganini unutgan ko‘rinadi. Masalan, AQShda XIX asrning 30-yillarigacha, ya’ni mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganidan qariyb 50 yildan keyin ham ayollar, hindular va qora tanli kishilar fuqarolik hamda siyosiy huquqlarga ega bo‘lmagan.

E’tiborli jihati shundaki, neoliberal va demokratik tranzit konsepsiyalari rivojlangan



mamlakatlarning o‘zida ming bir chig‘iriqdan o‘tkazilib, o‘ta ehtiyotkorlik bilan tatbiq etilsa, boshqa, ayniqsa, endigina demokratik taraqqiyot yo‘liga kirgan davlatlarda shart-sharoit yetilgan- yetilmaganidan qat’i nazar, demokratiyaning g‘arbona andozalarini joriy etish qat’iy talab etiladi.

Adabiyotlar:

  • Karimov I.A Biz tanlagan yo’l – demokratik taraqqiyot va ma'rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li. T.11.-T.: O’zbekiston, 2003.
  • Azizxo’jaev A.A Demokratiya – xalq hokimiyati demakdir. – T.: 1996.
  • Jumaev R.Z. Davlat va jamiyat: demokratlashtirish yo’lida. -T.: «Sharq», 1998.
  • Otamurotov S. Hokimiyat va demokratiya mutanosibligi. – Ta'lim tizimida ijtimoiy- gumanitar fanlar. №1-2 sonlar, 2003.

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish