Bibliografik mahsulotlar turlari, O’ziga xos xususiyatlari



Download 19,95 Kb.
Sana07.01.2020
Hajmi19,95 Kb.
#32330
Bog'liq
BIBLIOGRAFIK MAHSULOTLAR TURLARI

BIBLIOGRAFIK MAHSULOTLAR TURLARI, O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Rasmiy hujjatli bibliografik axborot bo‘lib, bir vaqtning o‘zida uni tayyorlash jarayonining natijasi va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish vositasidir. Bibliografik mahsulot tushunchasi negizida minglab bibliografik yozuvlarni aks ettiruvchi bibliografik qo‘llanmalar yotadi. Bibliografik mahsulotlar tizimini yaratish va bibliografik so‘roqlarni bajarish kutubxonalar faoliyatining an’anaviy yo‘nalishlaridan biri. Bibliografik qo‘llanmalarning turlari bibliografik ko‘rsatkichlar, bibliografik ro‘yxatlar va bibliografik sharhlardir. Bibliografik xizmat ko‘rsatish kundalik va retrospektiv ko‘rsatkichlar, referativ jurnallar, bibliografik va axborot ma’lumotlar bazasi, monografiya va dissertatsiyalarga tuzilayotgan adabiyotlar ro‘yxatlariga asoslanadi.



Bibliografik ko‘rsatkichlar — murakkab tuzilishga va ma’lumot-qidiruv apparatiga ega bo‘lgan bibliografik qo‘llanmalardir. U tor, aniq mavzuni, masalani yoki keng, atroflicha muammoni, bilim sohasiga bag‘ishlangan hujjatlarni, boshqa materiallar haqidagi ma’lumotni aks ettiradi. Ko‘rsatkichlar bir qancha bo‘limlardan iborat bo‘ladi. Bo‘limlardagi bibliografik yozuvlar ma’lumi bir tartibda joylashtiriladi. Ko‘rsatkichlar o‘ziga xos ma’lumot-qidiruv apparatiga ega: kirish so‘zi, so‘zboshi, mundarija va yordamchi apparatlar. Bibliografik ko‘rsatkichlarning shakllari bosma kataloglar, nashriyotlarning yillik mavzuli rejalari, nashriyot kataloglari, bibliografik bulletenlar, Kitob palatasining yilnomalari, biobibliografik ko‘rsatkichlar. Ular uchun 3 ta tarkibiy element xarakterlidir: biografik ma’lumot, muallif asarlarining va asarlari nashrlarining tavsiflari, hayoti va ijodiga oid adabiyotlar ro‘yxati. Ko‘rsatkichning yana bir turi jurnallar va badiiy asarlar sarlavhalarining ko‘rsatkichlari.

Bibliografik ro‘yxat—oddiy tuzilishga ega bo‘lgan bibliografik qo‘llanma. U qoidaga ko‘ra tor mavzu yoki muammoga oid, hajmiga ko‘ra uncha katta bo‘lmagan, tuzilishiga ko‘ra soddaroq materiallarning bibliografik yozuvlariga, ya’ni ma’lumot-qidiruv apparatiga ega bo‘lmagan qo‘llanma. Ulardan ko‘p qo‘llaniladigani kitobxonlarga eslatmalar, kitob ichi, jurnal ichi, maqolaga berilgan, gazeta ichida berilgan ro‘yxatlar. Kitob ichi bibliografik ro‘yxatlar bir mavzuga oid ilova qilingan mustaqil ro‘yxat. Masalan, ilmiy asarlarda muallifning asarlari ro‘yxati, o‘quv va ishlab chiqarishga oid adabiyotlarda shu mavzuga oid boshqa mualliflarning asarlari ro‘yxati, kitoblarda mavzuga oid foydalanilgan, fikrlar olingan, esga olingan adabiyotlar ro‘yxati beriladi. Matn ichida adabiyotlarga yo‘llanma (ssilka) ham beriladi, bular sahifaning pastida asosiy matndan so‘ng yoki bo‘lim va boblar oxirida ham beriladi. Jurnal ichi bibliografik ro‘yxatlari mustaqil material sifatida jurnalda nashr etiladi. Ko‘pgina jurnallarda alohida maxsus sahifalarda yangi adabiyotlar, taqrizlar, yil davomida jurnal sahifalarida nashr qilingan maqolalar ro‘yxati nashr etiladi. Masalan, „Sharq yulduzi“, „Tafakkur“, „O‘zbek tili va adabiyoti“, „O‘zbekiston matbuoti“ jurnallari oxirgi sonida yil davomida nashr qilingan maqolalar yo‘nalishiga ko‘ra yoki xronologik tartibda beriladi. „Adabiy meros“ to‘plami esa 10 yil davomida to‘plamda nashr qilingan maqolalarning muammo yoki masalalarga sistemalashtirgan holda ro‘yxatini berib boradi. „Biblioteka“, „Áèáëèîòåêîâåäåíèå“, „Ìèð áèáëèîãðàôèè“ jurnallarida ham maxsus sohaga oid yangi adabiyotlar ro‘yxati berib boriladi. Ilmiy va ilmiyommabop jurnallarda, ilmiy to‘plamlarda nashr etilgan maqolalar so‘ngida mavzu bo‘yicha foydalanilgan, eslatib o‘tilgan yoki bosmadan chiqqan yangi nashrlar haqida ro‘yxat ilova qilinadi. Bular maqolaga berilgan ro‘yxatlar deb yuritiladi. Gazeta ichi ro‘yxatlari gazetadagi mustaqil adabiyotlar ro‘yxatidir. Respublika, viloyat gazetalarida „Yangi kitoblar“, „Kitoblar orasida“, „Kitoblar olamida“, „Kitob tokchasi yonida“ kabi sarlavhalar ostida adabiyotlar ro‘yxati berib boriladi.

Bibliografik sharhlar—hujjatlar haqidagi hikoyadan iborat. Sharhda axborot beriladigan adabiyotlar soni va uning tartibi maqsadiga, kitobxonlar guruhi, mavzuning mazmuni va boshqa xususiyatlarga ko‘ra tanlanadi. Bibliografik sharhning elementi: kirish qismi, tahliliy qism va xulosa. Bibliografik sharhlarning maqsadi — kitobxonlar guruhida mavzuga qiziqish uyg‘otish, mavzuga oid eng yaxshi adabiyotlarni tanlashga yordam berish va ularni targ‘ib qilish. Kitobxon yoki iste’molchi oddiydan murakkabga, aniq masaladan umumiy masalaga o‘tib borish bilan aniq bir bilimlar hajmiga ega bo‘ladi. Sharhda tanlangan izchillikda joylashgan har bir adabiyotga to‘la bibliografik tavsif va undan keyin hikoya beriladi. Buning uchun oldindan bibliografik sharh matni tayyorlab olinadi. U hujjat sifatida saqlanadi, boshqa talabgorlarga yoki kutubxonalarga tarqatish uchun qo‘llaniladi, tadbirning yaxshi va samarali o‘tishiga yordam beradi. Bibliografik tavsifda, umuman, sharh o‘qib berilmaydi. Sharhlarni ommaviy axborot vositalari sahifalarida, radio va televideniya orqali, internet veb sahifalarida joylashtirish mumkin. „Turon“ nomli Òoshkent viloyat ilmiy-universal kutubxonasi tayyorlagan va internetga qo‘ygan „Turon durdonalari“ veb sahifasida Samarqand, Xiva, Buxoro va Òoshkent viloyatlari kutubxonalari fondida saqlanayotgan nodir qo‘lyozma kitoblar haqida hikoya qilinadi.

Bibliografik qo‘llanmalar ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra boshqa mahsulotlardan ajralib turadi va ularga nisbatan keng qamrovli va katta hajmga ega. Shunga ko‘ra maxsus va davlat bibliografiyasining turlari tayyorlanadi. Davlat bibliografik ko‘rsatkichlari davlat hisobini olib boradi. Maxsus bibliografik qo‘llanmalar ilmiyyordamchi, kasbiy-ishlab chiqarishga oid, tavsiya xarakterida bo‘ladi. Nashriyotchilik va kitob savdosi bibliografik qo‘llanmalari nashrdan chiqadigan yangi adabiyotlar yoki nashr etilgan asarlar va kitob savdosi tizimlarida mavjud adabiyotlar haqidagi axborotdan iborat bo‘ladi. Berilayotgan materiallarning mazmuniga ko‘ra bibliografik qo‘llanmalar quyidagi turlarga ajratiladi: universal, ko‘p tarmoqli, mavzuli, shaxsga oid, mamlakatshunoslik, o‘lkashunoslik.

Universal qo‘llanmalar bilimning va amaliy faoliyatning hamma sohalariga va fan tarmoqlariga oid, ko‘p tarmoqlilari esa bir necha bilim sohasiga ega bo‘ladi. Tarmoq qo‘llanmalar bilimning bir sohasiga, mavzuli qo‘llanmalar aniq bir mavzuga, oid materiallarni o‘z ichiga oladi. Shaxsga oid qo‘llanmalar bir shaxsning hayoti va ijodiga oid barcha adabiyotlarni, mamlakatshunoslikka oid qo‘llanmalar esa bir yoki bir necha mamlakat haqidagi materiallarni, o‘lkashunoslik xarakteridagi qo‘llanmalar esa mamlakat haqidagi adabiyotlarni aks ettiradi. Qo‘llanmalar turiga, maqsadiga ko‘ra ayrim xususiyatlarga ega bo‘ladi. Birinchi xususiyati xronologik aniq chegaraga ega. Qo‘llanmaning maqsadidan kelib chiqqan holda aniq yillar davomida nashrdan chiqqan adabiyotlar va boshqa materiallar tanlab olinadi. Ikkinchixususiyati — agar ko‘rsatkich hisobga olish maqsadida tuzilsa, har tomonlama to‘la bo‘lishi shart. Masalan, davlat bibliografik ko‘rsatkichlarini tayyorlashda tanlangan davrda nashr etilgan, tanlangan usulda qaysidir mezonga amal qilingan holda barcha turdagi adabiyotlar va boshqa materiallar hisobga olinadi, ya’ni ijtimoiy yoki ilmiy ahamiyati, nashrlarning turi yoki biror-bir belgisiga ko‘ra tanlanadi. Har bir bibliografik qo‘llanma ko‘plab bibliografik yozuvlarning tartibga solingan ko‘rinishidir. Bu esa tanlangan tartibdagi (alifbo, sistemali, xronologik va boshqa) usulni qo‘llash bilan uzoq va mas’uliyatli mehnat natijasida yuzaga keladi. Bibliografik elementlarning qo‘llanilish me’yori ham qo‘llanmaning turiga va maqsadiga ko‘ra belgilanadi. Axborot xarakteridagi ko‘rsatkichlarda bibliografik tavsif bilan chegaralansa, tavsiya ko‘rsatkichlarida, albatta, annotatsiya beriladi, referativ ko‘rsatkichlar esa referat bilan ta’minlanadi. Ayrim bibliografik qo‘llanmalarda turli xil elementlar aralash keladi. Masalan, kutubxona xodimlari uchun mo‘ljallangan, avval uslubiy-bibliografik to‘plamlar deb yuritilgan uslubiy tavsiyanomalar. Ular bibliografik ro‘yxatlar, bibliografik sharhlar matni, tanlangan mavzu bo‘yicha ommaviy tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazish uchun namunalar bilan boyitiladi.

Bibliografik qo‘llanmalar mustaqil nashr sifatida ham, boshqa nashrlar ichida (kitob, gazeta, jurnal, to‘plam) ham yoki ilova shaklida ham bosilishi mumkin. Bibliografik qo‘llanmalar nodavriy, davriy bo‘ladi. Nodavriy ko‘rsatkichlar, asosan, kitob, risola, varaqa, buklet, bir yoki bir necha jildlik, ruknli shaklda bo‘ladi. Masalan, shaxslarga oid bibliografik ko‘rsatkichlar mustaqil yoki bir ruknda alohida-alohida kitob va risola holida nashr etiladi. Davriy qo‘llanmalar haftalik, oylik, kvartallik, yillik, yarim yillik bo‘ladi. Kartochka ko‘rinishidagi bibliografik nashrlar Kitob palatalari yoki nashriyotlar tomonidan tayyorlab nashr qilinadi. Bular kitobga, gazeta va jurnal maqolasiga, taqrizga bosma kartochkalar shaklida tuziladi. Annotatsiyali bosma kartochkalar nashr etish sohasida Rossiya Davlat kutubxonasi tajribasini misol qilish mumkin. Ular „Ìèð áèáëèîãðàôèè“ jurnalining 1998-yil 1sonidan boshlab har bir sonida 200 — 250 ta adabiyotga annotatsiyali kartochka (nashriyotlar manzili, telefon raqamlari bilan birgalikda) berib bormoqda. Mutaxassislar so‘rog‘iga to‘la javob berish maqsadida kutubxona va axborot organlari xodimlari bibliografik qidirish jarayonida mavzuli ro‘yxatlar, kartotekalar tuzadilar, bibliografik ma’lumotlar bazasini yaratadilar. Keyinchalik ular negizida mavzuli to‘plamlar, daydjestlar, faktografik ma’lumotlar, tahliliy sharhlar yaratadilar va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish jarayonida foydalanadilar.

Jamiyatda to‘laqonli axborot resurslarini yaratishga mo‘ljallangan adabiyotlarni aniqlash imkoniyati iste’molchilarga elektron shaklda bibliografik qidirishni taqdim etish bilan yaratiladi. Bu esa hujjatlar mazmunini tasvirlashning ko‘p qirraliligini ta’minlaydi: to‘ldirish, iste’molchilar so‘rog‘i bo‘yicha shakllanadigan individual ma’lumotlar bazasini faollashtirish, axborotni ish yoki yashash joyiga yetkazish. Òexnologik tarmoqlardan foydalanishda hududiy jihatdan imkoni bo‘lmagan va uzoq hududlarda istiqomat qiladigan kitobxonlarga elektron pochta orqali yoki chat texnologiya orqali xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Maxsus dasturiy ta’minotga asoslangan chat xizmat ko‘rsatish iste’molchi-bibliograf ikkiyoqlama ta’sirga yo‘naltirilgan bibliografik punktda iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishga o‘xshaydi. Kitobxon-bibliograf muloqoti bo‘lmagan paytda mustaqil avtomatlashgan qidiruvni olib borish uchun so‘roqlarning ma’lumotlar bazasini kitobxonlarga tavsiya etish ham yo‘lga qo‘yilmoqda.

Elektron ma’lumot xizmati ko‘rsatish boshlanishida so‘roqlar epizodik yoki tartibsiz bajarilgan bo‘lsa, hozirgi paytda hamma xorijiy kutubxonalarning veb saytlarida „ ...dan so‘ra“ nomi bilan sahifa ochilgan. Uchinchi bir tendensiyaga bibliografik xizmat ko‘rsatishning murakkablashuv jarayonida axborot faoliyatini ma’naviylashtirish kiradi. Bu tendensiya kunlik va kelgusi xizmat ko‘rsatish jarayonida turlicha shaklda namoyon bo‘ladi. Bir martalik bibliografik ma’lumotlarni bajarishda hujjatlarni kompleks, muammoli aks ettirish, uni sifatli tanlash, xabarlar matnining mazmunini ochib berish va qaysidir muammoning holati haqida tasavvur beruvchi umumlashma ma’lumotni taqdim etishga qaratiladi. Adabiyotlarning retrospektiv ko‘rsatkichlari yoki ma’lumotlar bazasini yaratish imkoniyati tadqiqotlar va kashfiyotlarning yangi yo‘nalishlari yuzaga kelganda bo‘ladi. Muammoli mahsulotlarni tayyorlashning o‘ziga xos xususiyati axborotni to‘plashning chegarasini belgilashda, turli-tuman manbalarning keng doirasini jalb etishda, materiallar guruhini qayta ishlab chiqishda va obyekt (voqea, hodisa) haqida ma’lumotlarni berishda ko‘rinadi. Masalan, „Bozor iqtisodiyotida innovatsiya“ nomli bibliografik qo‘llanma ishlab chiqarishni yangilash, takomillashtirish, investitsiyalarni va yangi zamonaviy texnologiyani jalb qilish bilan band keng mutaxassislar guruhiga mo‘ljallangan. Òurli axborot manbalarini ko‘rib chiqish bilan quyidagicha bo‘limchalar ochish mumkin: innovatik yangiliklar va o‘zgarishlar haqidagi fan sifatida; innovatsiyaning mohiyati va turlari; innovatsion jarayonlarning asosiy bosqichlari; ilmiy va innovatsion sohaning o‘zaro ta’siri; innovatsion faoliyatni investitsiyalash; innovatsion faoliyat uchun investitsiyalar ajratish, innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish; o‘zgarishlar menejmenti, tashkilotlarni ana shu yo‘lga o‘tkazish; yangi narsaning mohiyatini qabul qilishning ijtimoiypsixologik xususiyatlari; innovatsion to‘qnashuvlarning oldini olish mohiyati, uslubiyati va sabablari; innovatsion kommunikatsiyalar, innovatsion faoliyat infratuzilmasi; turli sohadagi innovatsion faoliyat tajribasi.

Internet ma’lumotlaridan foydalanish kitobxonlarga bibliografik xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi va uni bir vaqtning o‘zida ham bibliografik, ham faktografik xizmatga aylantiradi.

Hujjatlarni tanlashda axborotni bilish, uning imkoniyatlarini, ayrim matnli materiallarning imkoniyatlarini aniqlashga asoslanadi. Bundan tashqari, hujjatlarni tanlashda mamlakatning, tashkilotning ilmiy-texnik potensiali, muammoni ishlab chiquvchi mualliflarning, an’anaviy va elektron hujjatlarning turlichaligi va alohidaligi ham hisobga olinadi. Òo‘plangan hujjatlar mazmuni ularda va ma’lumotlar bazasida mavjud tayyor referatlar va annotatsiyalar yoki ularni mustaqil tuzish yordamida ochib beriladi. Mazmun aniq va to‘la ochib berilsa, u iste’molchilar uchun foydali va keyingi ilmiy-tadqiqot ishlari uchun zarur bo‘ladi.

Axborot resurslarining elektron shakllari


Oxirgi paytda kutubxonalar, muzeylar, arxivlar, axborot markazlari fondiga turli xil ko‘rinishlarda, CD-ROM va disketlarda, boshqa axborot tashuvchi materiallarda elektron baza, ma’lumotlar banki olina boshlandi. Ma’lumotlar bazasi — axborotni avtomatlashgan ko‘rinishda olishga, qayta ishlashga mo‘ljallangan mashinada o‘qish uchun moslashtirilgan va qo‘yilgan maqsadga xizmat qiluvchi ma’lumotlar yig‘indisi. Ma’lumotlar banki—axborotni qidirish, saqlash, qayta ishlashga mo‘ljallangan bir necha ma’lumotlar bazasidan iborat avtomatlashgan axborot tizimi. Amaliyotda turli xil ma’lumotlar bazasi qo‘llaniladi, ular: hujjatli—bunda bibliografik yozuvlar, axborot matni beriladi; bibliografik — faqat bibliografik tavsif yozuvlaridan iborat; referativ —bunda axborot bibliografik ma’lumotlar, referat va annotatsiya ko‘rinishida beriladi; to‘la matnli—axborot hujjatning to‘la matnini yoki ma’lum bir qismini yoritish bilan beriladi; tabiiy matnli—axborot jonli tabiiy tilda boshqa yozuvlar, parchalar bilan bog‘liq holda beriladi; birinchi darajali hujjatlar bazasi yoki faktografik—olingan sohaga oid axborotlarning ma’lumotlar bazasi. Ma’lumotlar bazasida eng muhim narsa maqsadli dasturiy ta’minot va doimiy yangilab borishdan iborat.

Kitob palatalari davlat bibliografiyasining to‘la ma’lumotlar banki yaratilmoqda. Unda adabiyotlar haqida to‘la bibliografik axborot belgilangan qoidaga ko‘ra to‘plab borilmoqda. Respublikamizda ham nashr etilayotgan adabiyotlarning hamma turlari, shakllari an’anaviy solnomalar elektron ko‘rinishda tayyorlab borilmoqda. Ko‘pgina kutubxonalar esa adabiyotlarning to‘la matnini yig‘ib, saqlash ishlarini boshladi, unda Davlat qonunlari, me’yoriy hujjatlar, badiiy asarlar, maxsus adabiyotlar, oliy o‘quv yurti kutubxonalarida professor-o‘qituvchilarning ma’ruza matnlari, darsliklari, o‘quv qo‘llanmalarining matnlari, ilmiy maqolalari, ilmiy to‘plam materiallari, avtoreferatlar, talabalarning bitiruv-malakaviy ishlari, predmetlar yuzasidan dasturlarning matnlarini to‘plash ishlari olib borilmoqda.



Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Z.Sh. BERDIYEVA KUTUBXONASHUNOSLIKMilliy istiqlol goyasi. — O’. „O‘zbekiston“, 2001.

  2. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi // Barkamol avlod — O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. — O’. 1987.

  3. Axborotlashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: 1993- yil 7- mayda qabul qilingan // „Xalq so‘zi“, 1993.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002- yil 12apreldagi 123- sonli „Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasini tashkil etish to‘g‘risida“gi qarori // „Xalq so‘zi“. 2002.

  5. Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkiletish to‘g‘risida O‘zbekiston Prezidenti qarori // „Xalq so‘zi“, 2006.

  6. Mamatraimova H. Bibliografiya // O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 2-jild. — O’., 2001.

  7. Mamatraimova H. Bibliografiyashunoslik// o‘sha joyda.

  8. Mamatraimova H. Davlat bibliografiyasi//o‘sha joyda.—3- jild.—

Download 19,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish