Би-би-си саҳифасида кукилар



Download 50,5 Kb.
Sana24.06.2021
Hajmi50,5 Kb.
#100613
Bog'liq
nashr1


Би-би-си саҳифасида кукилар

Биз кукилардан (cookies) ўз вебсаҳифамизни Сиз учун имкон қадар самарали бўлиши йўлида фойдаланамиз. Агар Сиз мосламаларни ўзгартирмасангиз, Сиз кукиларни қабул қилишга қарши эмассиз, деган хулосага келамиз. Аммо Сиз истаган пайтингиз кукилар мосламасини ўзгартиришингиз мумкин.

ДавомМосламаларни ўзгартиришБиз ишлатадиган кукилар ҳақида батафсилроқ

Bosh sahifa > Lotinda

Bo'limlar

Hozirgi O‘zbek adabiyotiga bir nazar

2013 январ 28 17:43

Mintaqadan mustaqil jurnalist

Keyingi paytlarda yozuvchi va shoirlarga "Siz nima deb o‘ylaysiz: yaxshi asarlar oz yozilyaptimi yo kitobxonlar saviyasi pasayib ketganmi" qabilidagi savollar tez-tez beriladigan bo‘lib qoldi.

Albatta, bu kabi savollar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Nega o‘quvchi o‘zi yaxshi bilgan, asarlari bois hurmat etadigan ijodkorlarni bir qaraganda oddiy, lekin qaltis savolga tutmoqda?

Nega O‘zbekistonda yiliga ming-minglab kitoblar nashr etilayotgan bir paytda nozikta‘b kitobxon o‘z ko‘ngil ehtiyojini qondira oladigan asar topa olmay, norozi bo‘lmoqda?

Xuddi shu savollarga javob toparmikanman, deya bir necha kitobxonga murojaat qildim. Aksariyati oliy ma‘lumotli bo‘lgan bu kishilardan o‘zlari qaysi ijodkorlarning asarlarini suyib o‘qishlarini so‘raganimda qo‘shiq yozuvchi bir necha shoir bilan kechinma-sarguzasht asarlari potirlab chiqib yotgan adibni tilga olishdi. Faqat bir suhbatdosh Abdulla Qodiriy, Cho‘lponlarning asarlarini qayta-qayta o‘qishini, keyingi yilda esa unga Erkin A‘zamning "Shovqin" kitobi yoqqanligini ko‘zlari porlay-porlay aytdi.

Bozor adabiyoti tantanasi boshlandimi?

Xuddi shu asnoda internetda qashqadaryolik ijodkor Abdunabi Abdiyevning "Mukofot uchun yoziladigan "asar"lar" maqolasini o‘qib qoldim. Uning ayrim fikrlari keyingi paytlarda zud-zud takrorlanmoqda. Masalan, Abdunabi Abdiyev "Ilgarilari kitob chiqarish u yoqda tursin, she‘r yoki hikoyangizni adabiy-badiiy gazeta-jurnallar sahifasidan o‘rin olishi uchun ham ming bitta chig‘iriqdan o‘tardingiz. Yozganlaringiz Yozuvchilar uyushmasi maxsus kengashidan o‘tsagina bosib chiqarilardi", deydi.

Hozir bu muallif aytgan "ming bitta chig‘iriq" yo‘q. Abdunabi Abdiyevning fikricha "Hozir esa kitob nashr etish ham o‘ziga xos biznesga aylandi. Yomg‘irdan keyingi bemaza qo‘ziqorindek soni ko‘paygan noshiru nashriyotlar xizmatingizga hoziru nozir. Faqat cho‘ntagingizda aqchangiz yoki saxovatli homiyingiz bo‘lsa bas. Istasangiz kitobingizni bir kechadayoq yostiqdek qilib chop etib, qo‘lingizga tutqazishadi. Uni kimga sotish - bu endi o‘zingizning muammongiz!"

Bu muallif ijodkor deganda yosh kitobxonlar aksar holda maktabni bitirar-bitmas kitob chiqargan, "men ikkita, men uchta kitob chiqardim" deya og‘zini to‘ldirib gapirishdan hech tortinmaydigan yosh shoiralarni taniydigan bo‘lib borayotganlaridan tashvishlanadi.

Ushbu urfga aylanib borayotgan holat faqat u emas, ko‘pgina katta ijodkorlarni-da tashvishga solayotir. Iste‘dodli ijodkor, O‘zbekiston Xalq shoiri Xurshid Davron o‘z saytida Abdunabi Abdiyevning "Mukofot uchun yoziladigan "asar"lar" maqolasidagi mavzu maqola yozilgan paytdayam, bugun ham va kelajakda ham dolzarb bo‘lib qolishini ta‘kidlaydi.

Xurshid Davron "Adabiyotni o‘smir qizlar ijodi, ularning havaskorona yozilgan she‘ru-hikoyalari belgilay boshlagani meni anchadan buyon qiynab keladi. Yozuvchilar uyushmasi havaskorlar to‘garagiga aylana boshlandimi, grafomaniya asl adabiyot bilan tenglashtirila boshlandimi, tamom - bu bozor adabiyotining tantana qila boshlaganidan dalolat. Bu yana, xuddi sho‘rolar tuzumi paytida bo‘lganidek, adabiyot siyosat quroliga aylanib borayotganidan dalolat. Adabiyot siyosiy kurashning oynasi bo‘layotganidan emas, adabiyotni boshqarish siyosat tomonidan amalga oshirilayotganidan dalolat", deya kuyinadi.

Abdunabi Abdiyev fikricha esa, faqat yoshlar emas, balki kattalar orasida ham tezroq va ko‘proq kitob chiqarish istagi kuchaygan.

U "Balki yosh havaskorning (ertaga undan shoir chiqish-chiqmasidan qat‘i nazar) kitobini chop ettirib berish, homiylik qilish unga ijodiy rag‘bat berar (she‘rlari boshqatdan yozib berilmasa, albatta). Ammo adabiy jamoatchilikka ancha tanilib qolgan ijod ahli o‘rtasida ham kitob chiqarish musobaqasi avj oldirilayotganiga nima deysiz?" der ekan, o‘z fikrini isbotlash uchun misol keltirishga kirishadi.

"Nufuzli nashriyotda, oliy navli qog‘ozga chop etilgan, qattiq, yaltiroq jildli she‘riy kitobni varaqlashga kirishdim. Siyrat bilan suvrat hamisha ham baqamti kelavermas ekan, zo‘rma-zo‘raki qofiyalar, vaznsiz vazn, beo‘xshov o‘xshatishlar hafsalamni pir qildi, asabim buzildi", deya yozadi kuyinchaklik bilan muallif.

Ruhan begonalik va kitobxonning och qolishi

Iste‘dodli adib va adabiyotshunos Ahmad A‘zamning fikricha saviyasi past kitoblar ko‘payayotganini faqat ijodkor va kitobxonlardan qidirish unchalik to‘g‘ri emas.

"Kitobxon bor asarni o‘qiydi. Mustaqillik ta‘sirida davr o‘zgarishi, tabiiy ravishda, kitobxonning ham ruhiy ehtiyoj, talablari o‘zgarishiga olib keldi. Shu paytgacha badiiy yuksak deb targ‘ib etilgan asarlar bilan bu ehtiyojlarning orasi uzoqlashib qoldi. Sho‘ro davrida yaratilgan asarlarda ular hoh yuksak, hoh o‘rtacha saviyada bo‘lsin, yo mafkura bosimi ostida yo u bilan hisoblashgan holda yaratilgan bo‘lib, endi u kitobxonga ruhan begona, keraksiz edi. Va hatto baland saviyada yozilganlari ham. Yangi-yangi asarlar dunyoga kelishi kerak edi, lekin nashriyot va kitob savdosi mutasaddilari bozor, bozor tamoyili deb, foydani o‘ylab, ma‘naviy foydani unutib, adabiyot rivojining tub ildizlaridan biri – moddiy ta‘minoti qirqilib qoldi. Yozuvchi – nashr – kitobxon silsilasiga putur yetdi".

Oldinlari 30-40 ming nusxada chop etilgan yaxshi kitoblar tezda tarqalib ketardi. Bir kitobni bir mahalla, bir qishloq o‘qigandan uning muqovasigacha titilib ketardi. Lekin nega endi hozirda nari borsa 5-10 ming nusxada nashr etilayotgan kitoblarning tarqalishi ham qiyin kechmoqda? Lekin ayni bir paytda kitobxonlar badiiylikka unchalik daxldor kitoblarga o‘ch bo‘lib qolishdi?

Ahmad A‘zamning fikricha buning sabablari bitta emas, Ijodkor kuzatishicha:

"Kitobning tiraji o‘lgani bois yozuvchi qalam bilan kun ko‘rishning uddasidan chiqa olmadi va shu bois haqiqiy adabiyot namunalari juda kam yaratildi, yaratilgani ham kitobxonga yetib bormadi, kitobxon och qoldi, ochligidan to‘g‘ri kelgan narsalar bilan oziqlanishga o‘tdi. Talab bor joyda shu talabni oldi-qochdilar qondira boshladi. Yuzada yaqqol ko‘rinib turadigan sabablari shu deb o‘ylayman. Lekin tafakkur nuqul cho‘kib ketaveradigan jarayon emas, vaqti-vaqti bilan sayozlashib tursa-da, baribir, yana o‘zini tiklaydi. Badiiy adabiyot uch-to‘rt yildan beri shunday yaxshi o‘zgarishlar tomon yuz burdi. Bozor oldi-qochdi sarguzashtlarga to‘yingani sayin badiiy yuksak, jiddiy asarlarga talab ortib boryapti".

Ahmad A‘zam to‘g‘ri qayd etganidek keyingi yillarda yaratilgan bir qator nasriy asarlar kechinma adabiyot kabi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan bo‘lmasa-da, o‘zining o‘quvchisini topdi. Jumladan, chinakam badiiy adabiyot muxlislari yuqorida aytilgan Erkin A‘zamning "Shovqin" kitobidan tashqari, Xurshid Do‘stmuhammad, Nazar Eshonqul, Isajon Sulton, Ulug‘bek Hamdam kabi adiblarning asarlarini tashnalik bilan o‘qiy boshlashdi. Isajon Sulton va Ulug‘bek Hamdamning asarlari faqat O‘zbekistonda emas, balki undan tashqarida, Amerika va Ovrupoda ham o‘qilmoqda, o‘rganilmokda, mukofotlarga sazovor bo‘lmoqda.

Iste‘dodli adib va zukko adabiyotshunos Ulug‘bek Hamdam fikricha o‘zbek adabiyotida mudom iste‘dodlar bo‘lib kelgan.

"O‘zbek millati - iste‘dodli millat. Shunday ekan, u hech qachon kuniga yaraydigan iste‘dodsiz qolmaydi. Iste‘dodlar tug‘ilaveradi, lekin ularning chinakam iste‘dod yoki daho san‘atkor bo‘lib yetishmoqlari uchun muhit muvofiqligi kerak. Misol uchun Navoiy yoki Pushkinning paydo bo‘lishi daho va tarixiy zarurat uyg‘unligi bilan belgilanadi. Boshqacha aytganda, Navoiy madaniyat va adabiyot olamida amalga oshirgan buyuk turkona ishlar tarix taqozo etgan pallada yuz berdi. Pushkin, Shekspir, Qodiriy, Cho‘lponlar haqda ham shuni aytish mumkin. Xuddi shunday, garchi ayrimlarining yoshlari qirqu ellikni qoralab qolganiga qaramay, bugungi kunda ham nasr, ham nazm bobida yarq etib ko‘zga tashlanib turgan iste‘dodlar bor. Aynan ana o‘shalar chinakam adabiyot yukini dast ko‘tarib yelkalariga olishlari mumkin: nasrda Nazar Eshonqul, Isajon Sulton, Rahimjon Rahmat, Abduqayum Yo‘ldosh kabi, nazmda Abduvali Qutbiddin, Halima Ahmedova, Faxriyor, Zebo Mirzo, Xosiyat Rustamova, Go‘zal Begim, Mehrinoz Abbosova, adabiyotshunoslik ilmida Dilmurod Quronov, Bahodir Karim, Uzoq Jo‘raqul, Sa‘dullo Quronov singari adib, shoir va olimlar o‘zbek adabiyoti va adabiyotshunosligida ko‘p ishlarni amalga oshirishdi va yana ko‘piga qodir, deb bilaman. Ularning asarlari bilan tanishar ekanman, o‘zbek adabiyotining yangi ko‘tarilish to‘lqinini kutaman emas, o‘z ko‘zlarim bilan aniq-tiniq ko‘raman ham".

O‘zbek matbuotida va internetda chiqayotgan o‘zbek adabiyoti borasidagi maqolalar, suhbatlar bilan tanishgan paytimda Ulug‘bek Hamdamning fikriga qo‘shiladiganlar oz emasligini ko‘rdim.

Abdunabi Abdiyev ham ayrim sermahsul ijodkorlar ko‘payayotganligidan xavotirlanib, ularni "Sariq matbuot adiblari" deb atashidan qat‘i nazar, haqiqiy kitobxonning haqiqiy badiiy asarni izlashini ta‘kidlaydi:

"Bir qalamkash do‘stim aytib qoldi:- Haftalik ko‘ngilochar gazetalardan biriga qissalarimni jo‘natgan edim. Tahririyatdagilardan "Asarlaringiz nihoyatda jiddiy ekan, ularni gazetxonlarimiz hazm etolmaydi" degan javobni oldim...

Qiziq, ruhiy dramatizmga boy asarlarni o‘zbek kitobxoni hazm etolmayaptimi yoki ko‘ngilochar gazeta "talablari"mi? Bunday gazetalarning vazifasi odamlarga oldi-qochdilardan iborat sayoz bir narsalarni "asar" deb taqdim etishdangina iboratmi? O‘rni kelganda bir haqiqatni alohida ta‘kidlash lozim, kitobxondan ma‘lum darajadagi ruhiy tayyorgarlikni talab etadigan, falsafiy mushohadalarga boy asar muallifning mashaqqatli mehnati, botiniy emrinishlari evaziga dunyoga keladi. Bunday yozuvchilar ijodida sermahsullik bo‘lmaydi. Oz, lekin sozgina! Bugun esa o‘tirsa roman, tursa qissa, yursa hikoya yozadigan "sermahsul adib"lar paydo bo‘lyapti. Bir ko‘ngilochar (ruscha aytganda "bulvarnaya") gazeta xodimining barmoq bilan sanarli muddatda o‘ndan ortiq qoralamani sarguzasht-detektiv roman deb kitob holida chiqarganini ko‘rdim. Bunga endi nima deysiz!"

Ulug‘bek Hamdam nasr va nazmda birday samarali qalam tebratishi bilan birga badiiy ijod namunalarini sinchiklab o‘rganib, ilmiy tahlil qilib bermoqda. Yaqinda uning "Yangi o‘zbek she‘riyati" degan kitobi bosmadan chiqdi va adabiy doirada katta qiziqish uyg‘otdi.

Ulug‘bek Hamdamning fikricha zamonaviy o‘zbek she‘riyati (bu o‘rinda 1960 yillardan to hozirgi kungacha nazarda tutilmoqda) dunyoning istalgan yuksak she‘riyati bilan bellasha oladi.

Lekin o‘zbek nasridan adabiyotshunosning ko‘ngli to‘lmaydi.

"Nasr haqida bu gapni aytolmayman. Chunki o‘zbek nacri Qodiriy va Cho‘lpondan juda katta potentsial bilan boshlanishi hamono bir xillikka yuz tutdi. Albatta,"Sarob", "Qutlug‘ qon", "Ulug‘bek xazinasi" kabi qator yaxshi romanlar yozildi. Biroq ularning bari o‘sha yuqoridagi ikkita gigant yozuvchi yaratgan nasriy yo‘llar an‘anasi doirasida edi. Shuning uchun ham nasrda yaxshi asarlarning soni oz. Nihoyat, 80-yillardan e‘tiboran o‘zbek nasri chinakam yangilanishlar pallasiga kirdi. Va istiqlol davrida u o‘zligini to‘la namoyon etishga kirishdi. Bugun o‘zbek nasrida tom ma‘noda burilish hodisasi kechayapti. Nazmda bu 60 va 70-yillar avlodi she‘riyatida yuz bergan edi".

Adabiyotshunosning bu fikrini quvvatlar ekanman, ayni saksoninchi yillar mahsuli bo‘lgan Murod Muhammad Do‘stning "Lolazor" romanini, Erkin A‘zam, Tog‘ay Murod, Olim Otaxon, Xurshid Do‘stmuhammad, Nurulla Otaxon, Xayriddin Sultonov, Sobir O‘nar, Abulqosim Mamarasulov, Shodiqul Hamroyev kabi ijodkorlarning qissa va hikoyalarini eslayman. Bu mualliflarning asarlari bosiladigan "Sharq yulduzi", "Yoshlik", "Yosh kuch" majallalari, "O‘zbekiston adabiyoti va san‘ati" haftaligi garchi o‘sha paytlar yuz ming va undan ancha ko‘p nusxada chiqsa-da, talash bo‘lib ketardi.

Adabiy tanqidchiga bilim va tafakkur yetarlimi?

Adabiy doiralarda "Nega ayrim hollarda chinakam asarlar chetda qolib, bemaza qovun urug‘iga o‘xshash potirlab chiqayotgan kitoblar maqtaladi?" degan savol tez-tez takrorlanadigan bo‘lib qoldi.

Ulug‘bek Hamdamning aytishicha buning javobi savolning o‘zidanda achchiqroqdir. "Chunki bunday hol afsuski, hozirda butun dunyo san‘atu adabiyotida bo‘lganidek, o‘zbek adabiyoti va ilmida ham mavjud. Demak, bitta gapni alohida urg‘u bilan aytish lozimga o‘xshaydi: bugun jiddiy, oqni oq, qorani qora deb aytishga bilim, tafakkur kuchi va jasorati yetadigan adabiy tanqid har qachongidanda zarurroq ekan. Uning tushuntiruvchi, qarashlarimizni tiniqlashtiruvchi, adabiy-ma‘naviy o‘zagimizga ozuqa berguvchi, unga yangi ruh hadya etguvchi kuchiga jamiyatda katta ehtiyoj paydo bo‘lganiga ortiq shubha yo‘q".

Ulug‘bek Hamdam adabiy tanqiddagi xolislik mezoni buzilsa, tahlil etilayotgan asarga hech qachon to‘g‘ri baho berib bo‘lmasligi isbotlanganini aytadi.

"Shu ma‘noda badiiy asar qaysi mezonlardan turib baholanayapti: uning sifati, yangiligi, ilmiyligidan tashqari tanqidchining XOLISLIK darajasi qay ahvolda kabi haqli savollar tug‘iladi. Chunki, ko‘pincha, badiiy asarlar baholangan tanqidiy maqola, ilmiy tadqiqot va yoki taqrizni o‘qib, o‘zingga o‘zing savol berib qolasan kishi: qaysi biri past, qaysi biri o‘rtayu qaysisi baland asar va nima uchun?.. Aksariyat hollarda hammasi birdek durdona o‘laroq taqdim etiladi. (Va yoki ko‘r-ko‘rona "urib" tashlanadi). Nazarimda bu o‘rinda tanqidchilarimiz o‘quvchilik muhabbati (yoki nafrati) izhoridan olim-mutaxassis munosabatini bildirish darajasiga o‘sib borolmayapti. Ya‘ni u o‘zining u yoki bu asarga yoki uning muallifiga bo‘lgan simpatiya (yoki antipatiya)sini olimning qarashi deb o‘ylayapti".

Adib va adabiyotshunos saviyasi yetarli bo‘lmagan munaqqiddan teran tahlil kutish mumkin emas, deydi:

"Tanish-bilishchilik, mahalliychilik degan illatlar ham badiiy asarni to‘g‘ri va halol baholash yo‘lida to‘siq bo‘lmasligi kerak. Baland saviyadagi asar o‘z vaqtida haqqoniy bahosini olishi juda-juda zarur. Yanada muhimi, baland asarni munosib tahlil qilish uchun tanqidchining o‘zi baland saviyaga ega bo‘lishi shart... Yuqoridagi nuqsonlar bartaraf etilgandagina tanqidchilik o‘z vazifasini bajarishga kirishadi."

Xurshid Davron "bozor adabiyoti"ning zararlari haqida so‘zlar ekan, adabiyotshunoslar, munaqqidlar adabiyot maydonini o‘ziniki qilib olishga urinishlar oldini olishi mumkinligini ta‘kidlaydi.

"Albatta, "bozor adabiyoti" tantanasiga befarq qarab turmaslik kerak. Adiblar, eng avvalo, adabiyotshunoslar va "Qizil kitob"ga kiritilishiga bir bahya qolgan munaqqidlar faqat besh-o‘n iste‘dodli yozuvchi kitoblarini tahlilu madh etish bilangina shug‘ullanmay (hatto asl adabiyotni targ‘ib qilish ham saviyasizlikka nisbatan kurash bo‘lgan taqdirdayam), adabiyotda paydo bo‘layotgan har qanday qashshoq asarga xolis baho berishlari, ularning adabiyotga, kitobxonlikka ko‘rsatayotgan zarari haqida haqqoniy fikru mulohazalarini aytishlari shart", deya yozadi Xurshid Davron o‘z saytida.

Ahmad A‘zam bu fikrlarni qo‘llab-quvvatlaydi:

"Haqiqatan ham adabiyotshunoslar sustkashlik qildilar va qilayotirlar ham. Bu ham aylanib kelib, moddiy sabablarga taqaladi. Badiiy adabiyotning sara namunalari sotilmasa, gazeta-jurnallar ko‘cha matbuotiga aylansa, adabiy tanqidchi yoki adabiyotshunosning asarlari qayerda bosiladi, qancha tarqaladi, ularni qancha odam o‘qiydi va muallif oylab o‘tirib yozgan maqolasiga qancha qalam haqi oladi? Atigi uch nashr bor adabiyotshunoslik maqolalari bosiladigan: "O‘zbekiston adabiyoti va san‘ati" gazetasi, "Yoshlik" va "Sharq Yulduzi" jurnallari, bunga istisno qilib "Jahon adabiyoti" jurnalini qo‘shish mumkin. Ko‘cha matbuotida ham onda-sonda suhbat, bahs munozaralar bosilib turadi, lekin ularning saviyasi o‘ziga yarasha va bu ular uchun tabiiy ham".

Ahmad A‘zam keyingi yillarda chinakam badiiy asarlar ketma-ket yaratila boshlangani adabiy tanqidga ham ta‘sirsiz qolmasligidan mamnun.

"Lekin butun aybni bozor tamoyillariyu nashriyotlarning foyda ortidan quvishiga qo‘yish insofdan emas, harakat ham qilish lozim. Jiddiy adabiyotning jonlanishi bilan, masalan, adabiy tanqidda ham shunday tirilish boshlanyapti," deydi Ahmad A‘zam.

Ayni bir paytda tahlilchilar o‘zbek adabiyotida yangi-yangi nomlar paydo bo‘layotganini aytishadi. Ko‘pdan ko‘p chiqadi, deyishadi. Balki o‘sha yangi nomlar orasida ham mayli, barmoq bilan sanarli bo‘lsin, yigirma-yigirma besh yoshli iste‘dodli ijodkorlar bordir…

Баҳам кўринг

КейингисиОлдингиси

Бош саҳифага қайтиш

[2] Lotinda[1] Bosh sahifa

Bosh sahifaO'zbekistonAfg'onistonLotindaMintaqaDunyoСпортFan va Madaniyat



Mobil versiyasiKompyuter versiyasiYordamBiz bilan bog'laningBBC haqidaFoydalanish shartlariShaxsiy ma'lumot siyosatiCookies

BBC © 2014
Download 50,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish