Без названия



Download 31.68 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.10.2020
Hajmi31.68 Kb.


IX-XII asrlarda O‘rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va ma’naviy hayotning

rivojlanishida oldingi davrlarga nisbatan keskin yuksalish yillari bo‘ldi. Movarounnahr deb

ataladigan bu hududda mustaqil davlatlarning tashkil topishi ularda siyosiy barqarorlik, iqtisodiy

rivojlanish va madaniy hayotning ravnaqiga katta ta’sir ko‘rsata boshladi. Buxoro, Samarqand,

Urganch va Marv kabi shaharlar ilm-fan va madaniyat markazlari sifatida shakllanib rivojlana

boshladi.

Ismoil Somoniy, Alptakin, Mahmud G’aznaviy, To‘g‘rulbek, Sulton Sanjar, Otsiz,

Takash singari tadbirkor va uzoqni ko‘ra oladigan davlat arboblari davrida O‘rta Osiyoda

hayotning barcha jabhalarida yuksalishga erishildi, davlat hokimiyati mustahkamlandi, nisbatan

tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik vujudga keldiki, bu davrda O‘rta Osiyoda ilm-fan, madaniy

hayotning rivojlanishiga keng imkoniyat yaratildi.

Fanda yirik, salmoqli ma’rifiy yuksalish uyg‘onish, ya’ni renessans deb atalgan.

Frantsuz tilidan olingan bu so‘z “tiklanish”, “uyg‘onish” ma’nosida tarjima qilinib,

adabiyotga kirib kelgan. Renessans, odatda, u yoki bu hududda, mamlakatda yuz bergan

moddiy, ma’rifiy, ma’naviy jihatdan katta yuksalish davrini tasnif etishda ishlatiladi

“Renesans”-“Uyg‘onish davri” deb ataladigan davr /arbiy va Markaziy Yevropada joylashgan

mamlakatlarda XIV-XVI asrlardagi rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalash uchun

ishlatilgan. Birinchi marotaba “uyg‘onish” atamasining XVI asr ital

ьyan rassomi va tarixchisi

J.Vazari o‘z asarlarida ishlatadi. Bu atama antik davr merosini, ya’ni antik madaniyatga o‘xshash

madaniyatning qaytadan “tirilishi”, “uyg‘onish” ma’nosida ishlatila boshladi. Keyinchalik fanda

bu atama keng qo‘llanila boshlandi. SHu ma’noda O‘rta Osiyo xalqlari necha ming yillar

davomida yaratgan va arablar bosqini davrida inqirozga uchragan madaniy hayotning IX asrdan

boshlab tiklanishi va yuksak cho‘qqilarga chiqishi davrini ham haqli ravishda “renessans” –

uyg‘onish davri deb atash mumkin.

Tarixchi Abu Mansur as-Salobiyning Buxoro shahriga bergan ta’rifi butun O‘rta Osiyo

davlatlarining IX-XII asrlardagi ahvoliga tegishlidir: ”... shon-shuhrat makoni, saltanat ka’basi

va zamonasining ilg‘or kishilarini jamlagan, yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan hamda o‘z

davrining fozillari yig‘ilgan joy edi”. Bu davrdagi O‘rta Osiyo hukmdorlari ilm ahli bilan

yaqinlashdilar. Mamlakatni boshqarishda ularning bilimi va maslahatlaridan foydalandilar.

Hukmdorlarning aksariyati bu davrda o‘z saroylarida olim, shoir va usta san’atkorlar, turli

sohalar bo‘yicha qimmatbaho kitoblarni to‘plashga odatlandilar. Saroyga jalb etilgan olim va

shoirlar, kutubxonalardagi nodir qo‘lyozma asarlar bilan mag‘rurlanardilar.O‘rta Osiyoda qadimdan tsivilizatsiya 

asoslari, moddiy va ma’naviy madaniyatning

chuqur ildizlari mavjud bo‘lgan. Arablar bosqini natijasida jiddiy putur yetgan o‘lkamiz

madaniyati yillar o‘tib bir muncha tiklandi va yangi sharoitda ilm fan rivojlandi, madaniy

ma’rifiy sohalarda jiddiy ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Arab xalifaligi ham, IX asr boshlariga

kelib ilm fan, ma’rifat ahamiyatini yaxshiroq tushundi. Xalifalikning yangi poytaxti

Bag‘dodda 832 yili “Baytul hikma” (“Donishmandlar uyi”) tashkil etilib, uning ehtiyoji

uchun katta mablag‘ ajratildi. Baytul hikma qoshida ikkita rasadxona, ilmiy markaz tashkil

etilib, dunyoning turli yerlaridan avvallari bitilgan ilmga oid adabiyot to‘plandi, yunoncha,

lotincha, hindcha, xitoycha, forscha va boshqa tillardan arabchaga tarjima qilindi, o‘rganildi.

Xalifalik bu ilm maskaniga ko‘p mintaqalardan mashhur allomalarni jalb etdi. Xususan, O‘rta

Osiyodan 20 ortiq olimlar bu markazda sadoqat bilan ilm fan rivojiga o‘z salmoqli

hissalarini qo‘shgan edilar. Mintaqamizda IX asrga kelib arablarning ma’muriy tazyiqi ancha

zaiflashgach ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat bir muncha barqarorlashgan edi. Somoniylar,

qoraxoniylar va Xorazmshohlar davlatlarida nisbatan osoyishtalik vujudga keldi. O‘lkada

moddiy ishlab chiqarish, madaniy rivojlanish jarayoni ancha tezlashdi, shaharlar hayoti yuksala

bordi. Hunarmanmanchilik turlari ko‘paydi, xususan, tog‘ jinslarini ishlash, shishasozlik

kuchaydi, savdo-sotiq ishlari qayta rivoj topdi. Davlat tizimida madaniyatni yaxshi anglagan

ilmli odamlar ko‘paydi. Xususan, devon boshliqlari (vazirlar), hokimlarning ko‘pchiligi arab,

fors, turkiy tillarni bilgan, dunyoqarashlari keng kishilar edi. Masalan, somoniylar davlatining

vazirlari Abu Fazl Bal

ьamiy, Abdullo Jayhoniylar ma’rifatli insonlar bo‘lgan va ilm-fan

rivojiga bevosita homiylik qilganlar. Xorazmshoh Abul Abbos Ma’mun o‘z vaziri Abulhusayn

bilan birga Urganchda “Donishmandlar uyi” (akademiya) ni tashkil etgan va unda Beruniy, ibn



Sino, Miskavayx, Ibn Iroq kabi allomalar barakali ijod qilganlar.

Download 31.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent axborot
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
махсус таълим
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
Navoiy davlat
haqida umumiy
Buxoro davlat
fizika matematika
fanining predmeti
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat