Buxoro shahr XTB ga qarshli 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi informatika o‘qituvchisi Nematova G.R tomonidan “ Besh tashabbus “ haftaligida uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida “Yosh operator” to‘garagida
o‘tkazilgan tadbirning
BAYONNOMASI.
4.11.2020 YIL.
Qatnashdi.
Maktabning ma’naviy ishlar bo‘yicha director o‘rinbosari Rajabova L.T.,fan o‘qituvchilari,maktab kutubxonachisi Usmonova Z.U,7”G’ sinf o‘quvchilari.
Kun tartibida.
1.”Besh tashabbus “ haqida.
2.Pandemiya sharoitida “ Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish “maqsadi.
2.Savollarga javob va kompyuterda matn teish “Kim chaqqon” o‘yini.
3.”Men kimman “ o‘yini .
4.Xulosa va yakunlash.
Maktabning ma’naviy ishlar bo‘yicha director o‘rinbosari Rajabova L.T” 2019 yil mat oyida davlatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan “ Beshta muhim tashabbus” amaliyotga joriy etilgan edi shu davrgacha hammamiz bilamizki 5 ta yo‘nalish yoshlarimizni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va kelajakda kasbni egallash,sportga ,musiqaga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish.xotin –qizlarni ish bilan ta’minlash masalasi ham davlat nazaridaligini ko‘rsatadi.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020 yil 13 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni joriy etish samaradorligini oshirish to‘g’risida” gi
КК-20-IV- sonli qarori ijrosi yuzasidan haftalik tashkil etilishi buning qanchalik muhimligini ko‘rsatadi…”
Informatika o‘qituvchisi Nematova G.R tomonidan “Mana 2020 yil 16 martdan buyon Govid-19 pandemiya sharoitda ham ta’lim sohasida yoki aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishda bir qancha chora tadbirlar ishlab chiqildi.Juda qisqa vaqt ichida o‘quvchilarimiz uchun “Onlayn maktab” tizim,dasturlash malakasini oshirish va qiziqtirishga doir tashkil etilgan “Van million uzbekcoders” loyihasini tadbiq etilishi bejiz emas….”
O‘quvchi yoshlarni o‘qishi ,ilm olishi uchun davlatimiz tomonidan sharoitlar yaratilib kelinmoqda.
Tadbirning keying bosqichida 5 minut ichida bir guruh o‘quvchilar tomonidan
“Beshikdan qabrgacha ilm izla” mavzusida MSWord dasturida ijodiy bayon yozish talab etiladi.Matn xatosiz,mazmunli tarzda yozilishi talab etiladi.
Savollarga javob shartida o‘quvchilar tomonidan yasalgan ijodiy ishlar sifatidagi maxsus tayyorlangan kompyuter qurilmalari,asosiy axborot tashuvchi vositalar rasmlarini olib izohlab berish talab etildi.O‘quvchilar tomonidan shu jihozlarni nomini aytib asosan ishlatiladigan maqsadi va qayerlarda ishlatilishi haqida aytib berish talab etildi.
”Men kimman “ o‘yini .3 o‘quvchi doska oldiga chaqirilib ularga kompyuter qasiy qurilmalari rasmi tushirilga karonalar kiygizilib o‘quvchilar tomonidan yo‘naltiriluvchi savollar berildi javobni toppish talab etildi.
O‘quvchilar kompyuterning asosiy qurilmalari ,ularning vazifasi va turlari haqida ma’lumotlar berish.
Xulosa va yakunlash
Tadbir juda ham qiziqarli va maroqli o‘tdi bunday tadbirlarni o‘tkazib o‘quvchilarni fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish,ularni yanada kuchliroq bilimlarni egallashga ,kasb tanlashga yo‘naltirish orqali bo‘sh vaqtini qiziqarli va samarali tashkil etishga o‘rgatish.Inson doimiy ravishda o‘z ustida ishlab bilimini oshrib borishi kerak.Bejiz aytilmaganki “Yoshlikda egallangan bilim toshga o‘yilgan naqsh “ deb.Bu so‘zalar zamirida juda katta ma’no borligini tushunib yetish va ilm olishga harakat qilishingiz kerak.
Maktab direktori_______________ Rajabova N.R.
Sinf rahbar Nematova G.R
Do'stlaringiz bilan baham: |