Bermud uchburchagi



Download 43,5 Kb.
Sana16.01.2017
Hajmi43,5 Kb.
#489

Bermud uchburchagi

Fan olami - Maqolalar

Xo‘sh, nega bu hudud Bermud uchburchagi deyiladi? Nima uchun aynan uchburchak? Uni to‘rtburchak yoki trapetsiya deb atasa bo‘lmasmidi? Mutaxassislarning fikricha, bu odamlarning, avvalo, yozuvchi va jurnalistlarning “aybi”.

Bermud uchburchagi — Atlantika okeani harbiy qismidagi bu g‘aroyib joyning yagona nomi emas. Uni, shuningdek, “shayton dengizi”, “Atlantika qabristoni”, “qarg‘alganlar dengizi” deb ham atashadi. Ana shu nomlar orasida eng ommalashgani “Bermud uchburchagi” bo‘lib qoldi. Lekin nega endi Bermud? Axir Bermud orollari bu uchburchak tepaliklaridan biri, xolos. Qolaversa, hudud markazida ham joylashmagan. Ehtimol, ko‘plab sirli yo‘qolishlar aynan Bermud orollari atrofida sodir bo‘lgani, so‘zning o‘zi ham ancha ifodali va jarangdor ekanligi bunga sabab bo‘lgandir? Xullas, “Bermud uchburchagi” so‘zi iste’molga o‘zining fonetik qiymati tufayli kirib kelgan, deyish asosliroq bo‘ladi. Bermud uchburchagi haqidagi shov-shuvlar hatto o‘tgan asrning 40-50-yillarida ham hech kimning xayoliga kelmasdi, ya’ni uning tarixi u qadar uzoq davrlarga borib taqalmaydi. Bu haqda birinchi marta 1950 yilda Ye. Jons “Bermuda Triangle” nomi bilan kichik risola chop etgan. Lekin bu kitobcha odamlarga kichiklik qildi chog‘i, unga hech kim e’tibor bermadi. Maqolalar, kitoblar chiqishi to‘xtamadi. Ular vaqt o‘tgan sari dahshatli nomlar bilan chop etila boshladi: “O’limga chorlovchi Bermud uchburchagi”, “Ko‘rinmas gorizontlar”, “Mantiqiy javob yo‘q!”. Ularning barchasida Bermud uchburchagidagi g‘aroyib hodisalar haqida aytilardi. Keyinchalik bu haqda filmlar ham ishlandi.


GEOGRAFIYASI...
Uchburchakning eng yuqori nuqtasi — Bermud orollari, Puerto-Riko va Floridadagi Mayami hisoblanadi. Biroq bu qat’iy chegara sanalmaydi. Bermud uchburchagi mavjudligi haqidagi qarashlar tarafdorlari uning maydonini turlicha belgilaydi. Ayrimlar unga Meksika qo‘ltig‘ini, boshqalar esa Karib dengizi shimoliy qismini ham kiritadilar. Umuman olganda, uchburchakning aniq ko‘rsatiluvchi hududi mavjud emas. Qolaversa, u nazariy jihatdan qabul qilingan geografik nom bo‘lib ham hisoblanmaydi.
Bermud uchburchagi maydoni uning taxminiy chegaralari bilan hisoblaganda, 1 mln. km. kv. ni tashkil etadi.
E’tirof etilayotgan sirlilik va xavotirga qaramay, dunyo okeanining bu qismi juda yaxshi o‘rganilgan. Haqiqatan ham bu okeanning murakkab hududi hisoblanadi. Bermud uchburchagidagi oqimlar tizimi ham, atmosfera sirkulyatsiyasi ham, suv osti dunyosi ham turli murakkabliklar va chalkashliklardan iborat. Bu kichik hududda suv osti relefining o‘zi bir necha xil. E’tibor bering:

Abissal tekisliklar – 35, sayozliklar — 25, qit’a yon-bag‘irlari va etaklari — 18, chekka va o‘rta yassi tog‘lari — 15, chuqur suv osti novlari — 5, chuqur bo‘g‘ozlar — 2, suv osti tog‘lari — 0,3 foiz.


Bermud uchburchagidagi tabiiy sharoitlar, mana, 100 million yildan buyon o‘zgarmay qolayotganini alohida ta’kidlab o‘tish kerak.
Uchburchagimizdagi suv usti harorati 22-26° S. Suvning sho‘rlanish darajasi o‘rta me’yordan biroz yuqori (36—37 promill, ya’ni bir kilogramm suvda 36—37 gramm tuz mavjud). Bu ko‘rsatkichlar mavsum va hududlar bo‘yicha farqlanadi. Bu yerdagi suv okeanning boshqa qismlariga nisbatan ancha iliq. Issiq suvlarni shimolga olib boruvchi Golfstrim oqimi buning asosiy sababi hisoblanadi.
Deyarli butun Bermud uchburchagi hududi bo‘ronlar mintaqasi hisoblanadi. Kuchli shamollar tezligi gohida soatiga 300 kilometrga yetadi. Shuningdek, Bagam va boshqa sayozliklarda bir soniyada 10 metr tezlik bilan suv to‘lqinlari harakati kuzatiladi. Bermud uchburchagida bir yilda eng kamida 60 kun kuchli shamol va bo‘ronlar kuni bo‘ladi. Qolaversa, bu yerdagi ko‘p sonli tropik tsiklonlarni ham yoddan chiqarmaslik lozim. Siklonlar bo‘ronlar, to‘fonlar, dengiz tarnadolarining umumiy nomidir.
Tropik tsiklonlar eng dahshatli tabiiy ofatlar qatoriga qo‘shiladi. Ular hisobiga o‘n minglab qurbonlar yozilgan. Aytib o‘tish kerakki, Bermud uchburchagi mazkur tsiklonlar ro‘y beradigan eng katta hudud hisoblanadi. Yirik girdoblar 30—50 kilometr tezlik bilan harakat qiladi. Garchi hozirda meteorologik xizmat mavjud bo‘lsa ham, ko‘plab kemalar bo‘ronlar qurboniga aylanmoqda.
Bermud uchburchagi “eng katta halokatlar soni” bilan mashhur, deyiladi. Biroq rasmiy ma’lumotlarda bunday falokatlar Bermud uchburchagida 150 yil davomida taxminan 50-100 ta qayd etilgani aytilgan. Bu esa hali hududga “eng katta...” maqomini bera olmaydi. Qolaversa, falokatlarning bir qismi biz Bermud uchburchagi deb atayotgan joydan tashqarida sodir bo‘lgan.
AFSONALAR QANDAY YARALADI?
Bermud uchburchagi — mavjud hudud tushunib bo‘lmas falokat maydoni sifatida ham nom qozongan. Biroq tushunib bo‘lmas falokatlar deganda, aslida ularning sababi noma’lumligi nazarda tutiladi. Aniqrog‘i, ularning sabablari bir nechta bo‘ladi-yu, qay biri haqiqiyligi aniqlanmaydi, xolos. Bunday falokatlar, samolyot yoki kemalarning yo‘qolib qolishi sayyoramizning boshqa joylarida ham kuzatiladi. Bermud uchburchagida olib borilayotgan tadqiqotlar esa uning sirliligini o‘rganish uchun emas, Golfstrim oqimi, atmosfera va okeanning o‘zaro ta’sirini aniqlash uchundir. Tadqiqotlar hisobotida Bermud uchburchagi haqida hech narsa deyilmaydi, faqat u yerda Golfstrim oqimining murakkab tizimi joylashgani ta’kidlanadi, xolos. Shuningdek, allaqanday optik narsalarning topilganini ham olimlar inkor etishadi. Bu yerda shunchaki, magnetizm me’yori biroz buzilgani qayd etilgan. Turli sirlilik haqidagi ma’lumotlar esa yozuvchilar xayoli, bo‘rttirishlar yoki noto‘g‘ri tarjima mahsulidir.
Hamisha sirli, kishilarda qiziqish uyg‘otuvchi Bermud uchburchagida falokatlar, turli samolyot va kemalarning izsiz yo‘qolib qolishi haqida turli gap-so‘zlar yuradi. Biroq ularning barchasi fanda inkor etilgan. Biz yuqorida keltirgan geografik ma’lumotlar bunga misol bo‘ladi. Eng muhimi esa tobora ko‘payib ketayotgan afsonalar ichida Bermud uchburchagi haqidagi asl haqiqatning yo‘qolib qolmasligidir.
Eslatib o‘tamiz, keyingi sonlarda sahifalarimizni Hind okeani haqidagi ma’lumotlar davom ettiradi.
QURBONLARI...
Garchi hali to‘liq bo‘lmasa-da, mutaxassislar Bermud uchburchagi qurbonlari

ro‘yxatini tuzib chiqqan.


N / Kema / Yil

1. «Rozali» 1840

2. «Bella» 1854

3. «Meri Selest» 1872

4. «Atalanta» 1880

5. «Ellen Ostin» 1881

6. «Freya» 1902

7. «Sprey» 1909

8. «Siklop» 1918

9. «Kerroll A. Diring» 1921

10. «Raifuku-maru» 1925

11. «Kotopaksi» 1925

12. «Suduffko» 1926

13. «Stavenger» 1931

14. «Djon end Meri» 1932

15. «La Daxama» 1935

16. «Gloria Kolita» 1940

17. «Proteus» 1941

18. «Nereus» 1941

19. «Rubikon» 1944

20. «Siti Bell» 1946

21. «Driftvud» 1948

22. «Sandra» 1950

23. «Sautern Distrikts» 1954

24. «Konnemara IV» 1955

25. «Rivonok» 1958

26. «Marin Salfer Kuin» 1963

27. «Sno’Boy» 1963

28. «Uichkraft» 1967

29. «Skorpion» 1968

30. «Tinmut Elektron» 1969

31. Billa Veriti qayig‘i 1969

32. «Djilli Bin» 1970

33. «Elizabet» 1971

34. «El Kerib» 1971

35. «V. A. Fogg» 1972

36. «Nort Verient» 1973

37. «Anita» 1973

38. «Linda» 1973
N / Samolyot / Yil

1. «Evenlar 19-zvenosi» 1945

2. «Martin Mariner» 1945

3. B-17g Flying Fortress ?

4. «Star Tayger» 1948

5. «Duglas DC-3» («Dakota») 1948

6. «Star Eriel» 1949

7. «Gloubmaster» 1950

8. «York» 1953

9. «Super-Konstelleishn» 1954

10. «Martin Marlin» 1956

11. «KV-50» 1962

12. «Payper Apash» 1962

13. «KS-135» 1963

14. «S-119» 1965

15. «CheysUS-122» 1967



16. «Bichkraft-Bonanza» 1967

17. «Payper Apash» 1967
Download 43,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish