Bemorlarni klinik tekshirish



Download 66,3 Kb.
Sana15.04.2022
Hajmi66,3 Kb.
#553359

BEMORLARNI KLINIK TEKSHIRISH
Bemorlardan anamnez yig'ish tartibini o'rganish. Teri kasalliklarini davolash tartibi bilan tanishish. Umumiy va mahalliy davo ishini o'rganish
Teri va tanosil kasalligi bilan og'rigan bemorlarni tekshirav chog'ida teridagi birlamchi yoki ikkilamchi elementlarga, ularning tarqoq yoki chegaralanganligi, shuningdek, konsistensiyasi, tosh­malar chegarasi, atrofidagi terining o'zgargan yoki o'zgarmaganli-giga ahamiyat berish lozim. Ba'zan teri morfologiyasini o'rganish, qon va siydikni umumiy analiz qilish va boshqa maxsus usullarni (masalan, qonning serologik reaksiyasi, teridagi elementlardan oqish treponema, moxov tayoqchasi, akantolitik hujayralarni izlash, im-munologik tekshirishlar va boshq.) qo'llashga to'g'ri keladi.
Kasallik diagnostikasida to'g'ri yig'ilgan anamnezning ahami-yati katta. Kasbga oid dermatozlarni aniqlashda aynan shu soha kishilarida kuzatiladigan kasalliklar, masalan, kushxona va kon-serva zavodi ishchilarida erizepelloid, qassob yoki teri oshlovchilarda kuydirgi, veterinarlar va ot boquvchilarda manqa, uglevodorod bilan ishlovchilarda — melanodermiya kabi kasalliklarning uchrab turishi e'tiborga olinadi. Teri leyshmanioziga gumon qilingan be-mordan Qashqadaryo va shu viloyat atrofidagi hududlarda safarda bo'lgan yoki bo'lmaganligini so'rab-surishtirish, kasallikni o'z vaq-tida aniqlash imkonini beradi.
Ba'zi dermatozlar diagnostikasida yil fasllariga ham ahamiyat beriladi. O'rab oluvchi temiratki, ko'p shaklli ekssudativ erite-ma, pushti rang temiratki bahor va kuzda uchrasa, eritematoz, fotodermatoz va zamburug'li kasalliklar bahor va yoz oylarida uchraydi.
Anamnez yig'ishda dermatozning vaqti-vaqti bilan qo'zib turishini inobatga olish zarur. Psoriaz, ekzema, Dyuring dermatiti residivga moyil bo'lsa, trixofitiya, pushti rang temiratki va bosh-qalarda residiv kuzatilmaydi. Dermatozlar diagnostikasida kasallik boshlanishidan oldin bemorning dori-darmon qabul qilgan yoki qilmaganligi, shuningdek, oila a'zolarida shunga o'xshash toshmaiar bor-yo'qligini surishtirish maqsadga muvofiq.
Teri kasalligi bilan og'rigan bemorlarni tekshirishda, awalo, morfologik elementlar yallig'langan yoki yallig'lanmaganligini arriq-lash kerak. Ko'pincha o'tkir yallig'lanish ekssudativ komponent bilan kechsa, muntazam (xronik) yallig'lanishda proliferativ komponent qo'shiladi. Kasallikni aniqlashda toshmalarning o'rni ham ahamiyatga ega. Masalan, psoriaz, teri silining papulonekrotik turida toshmaiar qo'l barmoqlarida uchrasa, sil volchankasi, eri-tematoz, husnbuzarlar, toshmaiar asosan yuzda bo'ladi.
Toshmalarning tarqoq, chegaralangan, generalizatsiya, dis-serninatsiya bo'lib joylashganligiga, simmetrik yoki nosimmet-rikligiga, shuningdek, toshmalarning katta-kichikligi, shakli, chegarasi, rangi, konsistensiyasi hamda yuzasiga e'tibor berish zarur. Toshmalarning chegarasi aniq yoki noaniq, keskin va nokeskin, shakli — yassi, konussimon, yarimsharsimon bo'ladi. Toshmaiar yumshoq, qattiqroq va juda qattiq konsistensiyali bo'lishi mumkin.
Kasallik diagnostikasida dermografizmning ham ahamiyati katta. Uni teri asab-tomir tizimining mexanik qitiqlashga nisbatan javob reaksiyasi bilan aniqlanadi. Agar teri sathida shpatel yurgazilsa, u qizaradi va 2—3 daqiqadan so'ng rangi yo'qoladi. Bu normal der-mografizm ekzema, psoriaz, oq dermografizm qichima, eksfolia-tiv dermatit, turg'un oq yoki aralash dermografizm esa neyro-dermit, eshakemda uchraydi.
Nafas olish a’zolari kasalliklarining asosiy alomatlariga nafas qisishi, yo‘tal, balg‘am ajralishi, qon tupurish va og‘riq kiradi.
Nafas qisishi. Dispnoe, nafas chastotasi, ritm va chuqurligining buzilishi, odatda, havo yetishmasligi bilan o‘tadi. O‘pkadan bo‘ladigan nafas qisishi ko‘krak qafasi shikastlanganda, o‘pka kuchli zaharlanganda, o‘pka yallig‘langanda, sil, bronxial astma, o‘pka emfizemasi, nafas yo‘llarida havo o‘tishi uchun qarshilik paydo bo‘lishi, o‘pka to‘qimasi elastikligining kamayishi yoki nafas yuzasining qisqarishi, plevra bo‘shlig‘ida suyuqlik borligi, plevra pardalarining bir-biri bilan yopishib qolishi, nafas mushaklari parezi, ko‘krak qafasi tog‘aylarining suyaklanishi va uning harakatchanligining chagaralanishi oqibatida paydo bo‘lishi mumkin.
Bunday hollarda o‘pkaga yetarli miqdorda havo, demak, kislorod ham kirmaydi, bu qonda to‘la oksidlanmagan oraliq modda almashinuvi mahsulotlarining (sut kislotasi va boshq.) hamda karbonat angidridning to‘planishiga olib keladi. Bu hol nafas markazini doimo qo‘zg‘atib turadi va nafas qisishi bilan ifodalanadi.

  1. Nafas fazalari (nafas olish va nafas chiqarish) buzilgan nafas qisishi:

  1. inspirator nafas qisishi — nafas olishning qiyinlashuvi — yuqori nafas yo‘llarida mexanik to‘siq bo‘lganda yuzaga keladi. Bunda nafas sekinlashadi. Agar nafas yo‘llari kuchli toraygan bo‘lsa, nafas shovqin bilan olinadi, havoni surishdagidek tovush-stridor paydo bo‘ladi. Bunday nafasni stridoroz nafas deb ataydilar;

  2. ekspirator nafas qisishi — nafas chiqarishning qiyinlashuvi, bu bronxiolalar spazmi (bronxial astma, bronxiolit) tufayli havoning nafas yo‘llariga o‘tishining qiyinlashishiga, shuningdek, o‘pka to‘qimasi elastikligining (o‘pka emfizemasi) pasayishiga, o‘pkaning sog‘lom odamlarnikidek kichraya olmasligiga va buning natijasida nafas olish vaqtida kirgan havoni alveolalar to‘liq chiqarib yubora olmasligiga bog‘liq bo‘ladi;

  1. aralash nafas qisishi — nafas qisishida ham nafas olish, ham nafas chiqarish qiyinlashadi. Bu turdagi nafas qisish nafas markaziga zaharli moddalarning (uremiya) ta’sirida o‘pka nafas yuzasining kichrayishida, masalan, o‘pka yallig‘lanishida yoki pnevmotoraks vaqtida havoning, ekssudativ plevritda suyuqlikning plevra bo‘shlig‘ida to‘planishi va o‘pkani qisib qo‘yishi oqibatida kuzatiladi. Aralash nafas qisishi o‘pka shishishida diafragma yuqori joylashganda ham ro‘y berishi mumkin.

Asfiksiyagacha borib yetuvchi kuchli ifodalangan nafas qisishi bo‘g‘ilish deb ataladi. U tovush paylarining spazmida, o‘pka arteriyasining yirik tarmoqlari bekilib qolganda, o‘pka kuchli shishganda ro‘y beradi. Xuruj bilan paydo bo‘luvchi bo‘g‘ilish astma deb ataladi — nafas chiqarish qiyinlashadi, to‘satdan sodir bo‘luvchi bronxiolalar spazmi bilan o‘tuvchi bronxial astma bunga misol bo‘la olishi mumkin.

  1. Nafas harakatlarining chastotasi o‘zgaradigan nafas qisishi:

  1. taxipnoe — tezlashgan nafas. Tezlashgan va yuzaki nafas yurakka, yurak-o‘pkaga aloqador nafas qisishiga, isitma, isteriyaga aloqador nafas qisishiga xosdir;

  2. bradipnoe — sekinlashgan nafas. Sustlashgan va chuqur nafas «Kussmaulning katta nafasi» — gematogen nafas qisishining bir turidir. U diabetik, jigar va boshqa komalarda moddalar almashi- nuvining buzilishi natijasida qonda zaharli kislotali mahsulotlar to‘planishi sababli vujudga keladi. Miyaga qon quyilganda nafas sustlashib va chuqurlashib qolishi mumkin (sentrogen nafas qisishi).

  1. Nafas harakatlarining ritmi buziladigan nafas qisishi:

  1. to‘lqinsimon nafas. Nafas harakatlarining chuqurligi vaqt- vaqti bilan o‘zgarib turadigan nafas;

  2. Biot nafasi. Nafas odatdagi, normal tipda bo‘lgani holda pauzalar borligi bilan xarakterlanadi, bir necha nafas olishdan keyin paydo bo‘luvchi pauza bilan farq qiladi. Bu nafas pauzalari turlicha vaqt davom etib, ba’zan 30 sekund va undan oshiqroqqa yetadi. Biot nafas miya o‘smalari, meningit, miyaga qon quyilishi, ba’zan uremiya va diabetik komalarda uchraydi;

  1. Cheyn-Stokscha nafas. Nafas chuqurligining asta-sekin ortib borishi bilan xarakterlanadi, nafas chuqurlashib borib, maksi- mumga yetgach, asta-sekin kamayadi va pauzaga o‘tadi. Miya kasal- liklarida, qon aylanishining og‘ir buzilishlarida, komalarda va narkotiklardan zaharlanishda kuzatiladi;

  1. Kussmaul tipidagi nafas qisishini ham farqlaydilar. Bunda nafas harakatlari maromi buzilmaydi, lekin nafas chuqurligi ancha o‘zgaradi. Nafas chuqur-chuqur va shovqinli bo‘lib qoladi (nafas olish bilan nafas chiqarish uzoq davom etadi, keyin uzoq pauza kuzatiladi, so‘ngra hammasi takrorlanadi).

Yo‘tal. Bronxlar va yuqori nafas yo‘llaridan yot jismlarning, yuqori nafas yo‘llari, bronxlar va o‘pkaning turli kasalliklarida shilimshiq va balg‘amning chiqarilishiga qaratilgan himoya-reflektor akt hisoblanadi. Yo‘tal turtkisining mexanizmi chuqur nafas olish, so‘ng kuchli nafas chiqarishdan iborat, bunda nafas chiqarish tovush yorig‘i berk bo‘lganda boshlanadi.
Xarakteriga qarab yo‘talni quruq, ya’ni balg‘am ajralmaydigan va ho‘l balg‘am ajraladigan yo‘talga bo‘ladilar.


REFERAT




Mavzu: BEMORLARNI KLINIK TEKSHIRISH




Bajardi: Jo’rayeva Ruxsora


Tekshirdi: _____________________
Download 66,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish