Baxtiyor mengliyev



Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/227
Sana31.10.2020
Hajmi1.62 Mb.
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   227
IKKINCHI FASL 
 
FONETIK-FONOLOGIK SATH 
 
8-§. Fonologiya va uning o‘rganish obyekti 
 
Tayanch tushunchalar 
til  sathlari,  lison,  nutq,  lisoniy  sath,  nutqiy  sath,  til  birligi, 
lisoniy birlik, nutqiy birlik 
O‘zlashtiriladigan tushunchalar 
fonetika,  tovush,  nutq  tovush,  tovushning  akustik  jihati, 
tovushning  fiziologik  jihati,  tovushning  sotsial  jihati,  fonema, 
fonetik  paradigma,  bir  o‘lchovli  ziddiyat,  ko‘p  o‘lchovli  ziddiyat, 
muntazam ziddiyat, ajralgan ziddiyat 
 
Nutqimizdagi  har  bir  so‘z  o‘z  fonetik  “to‘n”iga  ega.  Garchi 
alohida  olingan  tovush  hech  qanday  ma’no  anglatmasa-da,  u 
ma’noli  til  birliklarining  tashqi  tomonini  tashkil  etib,  ularni 
eshitiladigan  tusga  kiritadi.  Og‘zaki  nutqda  eng  asosiy  til  birligi  – 
so‘z  va  tovush.  Boshqa  hodisalar  so‘z  ma’nosini  ro‘yobga 
chiqarish  uchun  xizmat  qiladi.  So‘z  ma’no  ifodalasa,  tovush  uni 
tinglovchiga  yetkazadi.  Tovushning  tinglovchiga  so‘z  qiyofasiga 
solib ma’noni yetkazishi uning sotsial tomonidir.  
Tovushning  hosil  bo‘lish  o‘rni,  eshitilish  va  ma’no  farqlash 
tomonlari  mavjud.  Tovushning  fiziologik  (artikulyatsion)  va 
akustik  (eshitilish)  tomoniga  doir  xususiyatlari  faqat  tilshunos 
uchun ahamiyatli. Ma’no farqlash jihati esa so‘zlashuvchilar uchun 
ahamiyatli bo‘lib, ular bundan ongsiz ravishda foydalanadilar.  
Nutq  tovushi  ilk  til  birliklaridandir.  Inson  tili  vositasida  paydo 
bo‘lgan  dastlabgi  biologik  tovushlar  evolyutsiya  natijasida  inson 
tafakkuri rivojlanib borishi bilan sotsial (so‘z hosil qiluvchi, ma’no 
farqlovchi) tovushga aylanib borgan. Tillarning paydo bo‘lishidagi 
fonetik  nazariyalar  bejiz  emas.  Albatta,  bunda  masalani  tillarning 
emas,  balki  so‘zlarning  paydo  bo‘lishi  tarzida  qo‘yilishi  mavjud 
nazariyalarning barchasi to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatadi. 
 
82



Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
ishlab chiqarish
fizika matematika
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati