Baxtiyor mengliyev


Tasnif  a’zolari  (guruhlari)  bir-birini  inkor  etishi  lozim



Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/227
Sana31.10.2020
Hajmi1.62 Mb.
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   227
Tasnif  a’zolari  (guruhlari)  bir-birini  inkor  etishi  lozim. 
Undoshlar  til  oldi,  til  o‘rta,  til  orqa,  bo‘g‘iz,  jarangli,  jarangsiz 
turlardan 
iborat 
deyilgan 
tasnifda 
a’zolarning 
ayrimlari 
boshqalarini  inkor  eta  olmaydi.  Ya’ni  jarangli  undosh  til  oldi 
undoshi  bilan  zidlana  olmaydi,  til  oldi  va  til  o‘rta  undoshlari  bir-
birini inkor etish xossasiga ega. 
Tasnifda  sakrash  bo‘lmasligi  lozim.  Agar  “kesim  sodda 
kesim,  murakkab  fe’l  kesim,  murakkab  ot  kesimga  bo‘linadi” 
tasnifini  amalga  oshirsak,  xatoga  yo‘l  qo‘ygan  bo‘lamiz.  Chunki 
77


dastlab  kesimni  sodda  va  murakkabga,  so‘ngra  fe’l  va  ot  kesimga 
bo‘lish to‘g‘ri hamda izchil tasnifni beradi. 
Tasnifning  bo‘lishdan  farqi  shundaki,  bo‘lishda  a’zolar 
guruhlanishi shart emas. Masalan, “lablanmagan unlilar  i, e, a dir” 
deyish tasnif emas, balki bo‘lishdir. Tasnif xarakteriga ega bo‘lish 
uchun  i  yoki  a  guruh  (sinf)  bo‘lib,  o‘z  navbatida,  yana  bo‘linib 
ketishi  lozim  edi.  Unlilarni  lablangan  va  lablanmagan  unliga 
bo‘lish  tasnif  bo‘lib,  lablanmagan  yoki  lablangan  unlini  bo‘lish 
oddiy bo‘lish bo‘lsa-da, tasnif maqomida emas. 
Tasnif  dixotomik,  politomik  yoki  dixopolitomik  bo‘lishi 
mumkin. 
Dixotomik tasnifda birliklar ikki guruhga ajratiladi: “fonemalar 
unli va undoshga ajraladi” deyilgani kabi. Politomik tasnifda guruh 
soni ikkidan ortiq bo‘ladi: “Grammatik qo‘shimcha lug‘aviy shakl 
hosil  qiluvchi,  sintaktik  shakl  hosil  qiluvchi  va  lug‘aviy  sintaktik 
shakl  hosil  qiluvchiga  bo‘linadi”  yoki  “fe’llar  nutq  fe’llari,  ruhiy-
holat fe’llari va h.k.” kabi. 
Dixopolitomik  tasnifda  tasniflanuvchi  butunlik  dastlabgi 
bosqichda  ikkiga,  keyingi  bosqichda  ikkidan  ortiq  sinfga  ajraladi. 
Masalan (14-jadval): 
14-jadval 
Fonema  
Unli 
Undosh  
Yuqori tor 
O‘rta 
keng 
Quyi 
keng 
Lab 
Til 
Bo‘g‘iz 
Tasnif asosini tanlash muhim. Chunki biror sistema unsurlarini 
turli  asosda  tasnif  qilish  har  xil  natija  beradi.  Masalan,  undosh 
fonemani  ovoz  va  shovqinning  ishtirokiga  ko‘ra  jarangli  va 
jarangsizga,  hosil  bo‘lish  o‘rniga  ko‘ra  lab,  til,  bo‘g‘iz  undoshiga 
ajratish mumkin. 
Lisoniy  tasnif  tasniflanayotgan  birliklarning  ichki,  substansial 
belgilariga  ko‘ra  yoki  muhim  bo‘lmagan  zohiriy  xossasiga 
asoslangan  bo‘lishi  mumkin.  Shu  boisdan  tabiiy  yoki  yordamchi 
tasnif  farqlanadi.  Tabiiy  tasnifda  lisoniy  birlikning  ichki,  barqaror 
belgilariga asoslaniladi. Yuqorida tabiiy tasnifga misollar keltirildi. 
78


Yordamchi  tasnifda  birlikning  ontologik  bo‘lmagan  xossasini 
bildiruvchi  belgilariga  tayaniladi.  Masalan,  “so‘zlarning  bo‘g‘in 
sonlariga ko‘ra tasnifi (bir bo‘g‘inli, ikki bo‘g‘inli va ko‘p bo‘g‘inli 
so‘zlar)”,  “unlilarning  tilning  gorizontal  holatiga  ko‘ra  tasnifi”  va 
h. 
Tasnif 
izchilligi 
–  substansial  yondashuvning  asosiy 
talablaridan biri. 
 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
matematika fakulteti
Ўзбекистон республикаси
pedagogika universiteti
sinflar uchun
bilan ishlash
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
Navoiy davlat
Buxoro davlat
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti