Baxtiyor mengliyev



Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/227
Sana31.10.2020
Hajmi1.62 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   227
Mantiqiy mushohada uchun 
Quyidagi gaplarda nima ifodalanmaganligi uchun ular 
mazmuni qarama-qarshi? 
Jo‘shqin ...... semiz 
Jo‘shqin ...... oriq 
Jo‘shqin ...... baland 
Jo‘shqin ...... past 
Jo‘shqin ...... chaqqon 
Jo‘shqin ...... sust 
Jo‘shqin ...... bilimli 
Jo‘shqin ...... bilimsiz 
 
2.UMIS  va  AHVO  tushunchalari.  Dialektika  (narsa  va 
hodisalarni  qiyoslab,  umumlashma  xulosa  chiqaradigan  falsafiy 
ta’limot)  har  qanday  o‘rganish  manbayida,  borliqdagi  har  bir 
narsada ikki jihat borligini ta’kidlaydi va uni quyidagi ikki tomonli 
tushunchalar asosida sistemalashtiradi: 
umumiylik – alohidalik; 
mohiyat – hodisa; 
imkoniyat – voqelik;  
sabab – oqibat. 
11


Birinchi  jihat  (uni  tegishli  tushunchalarning  bosh  harflari 
asosida  qisqacha  UMIS  deb  ataymiz)  narsalarning  sezgi  a’zolari 
asosida  his  etilmaydigan,  aql  bilan  idrok  qilinadigan  substansiyasi 
(mohiyati)dir.  Ikkinchi  jihat  esa  (AHVO  –  alohidalik,  hodisa, 
voqelik, oqibat) UMISning voqelanishi, yuzaga chiqishi, namoyon 
bo‘lishi  bo‘lib,  uni  tadqiqotchi,  o‘rganuvchi  kishi  sezgi  a’zolari 
yordamida  his  qila  oladi.  Masalan,  yuqoridagi  hikoyatda  ko‘zi 
ojizlar aniqlagan jihatning har biri alohidalik bo‘lsa, orifning bilimi 
umumiylikdir.  Obrazli  qilib  aytganda,  ko‘zi  ojizlar  AHVOlarni 
aniqlashdi, orif bu AHVOlar asosida UMISni tikladi.  
UMIS  (umumiylik,  mohiyat,  imkoniyat,  sabab)  va  AHVO 
(alohidalik,  hodisa,  voqelik,  oqibat)  munosabatini  yaqqolroq 
tasavvur  qilish  uchun  hammaga  tushunarli  bo‘lgan  misolga 
murojaat qilamiz.  
Javonda  beshta  har  xil  kitob  bor  deylik,  ular  bevosita 
kuzatishda  berilgan,  kitoblarni  sezgi  a’zolari  yordamida  his  qila 
olamiz.  Lekin  ongimizda  yaxlit  “umuman  kitob”  tushunchasi 
mavjud.  U  borliqda  mavjud  emas,  ko‘rganlarimiz,  eshitganlarimiz 
asosida  ongimizda  aqliy  yo‘l  bilan  tiklangan.  Falsafada  ana  shu 
umuman  kitob”  mazmuniga  nisbatan  UMIS,  muayyan,  ko‘z 
oldimizda  turgan  kitob  mazmuniga  nisbatan  AHVO  atamasi 
qo‘llanadi.  Bevosita  kuzatishda  berilmagan  UMIS  va  sezgilar 
yordamida  his  qilish  mumkin  bo‘lgan  AHVOdan  biri  boshqasisiz 
bo‘lmaydi. Masalan, “umuman kitob” tushunchasi xususiy, yakka, 
alohida  kitoblar  haqidagi  tasavvurlardan  tiklansa,  yakka  kitob 
“umuman  kitob”ning  voqelanishi,  muayyanlashuvidir.  UMIS  va 
AHVOni  farqli  belgilari  asosida  quyidagicha  tasavvur  qilish 
mumkin (1-jadval): 
1-jadval 
UMIS 
AHVO 
Nomoddiy 
Moddiy 
Takror 
Betakror 
Chekli 
Cheksiz 
Buni quyidagicha sharhlash mumkin: 
UMIS  va  AHVO  munosabati  falsafadagi  substansiya  va 
aksidensiya,  tasavvufdagi  zot  va  tajalli  terminlari  vositasida 
12


tushuntiriladi.  Ma’lumki,  borliqdagi  har  bir  narsa  shakl  va 
mazmundan  iborat.  Lisoniy  birliklar  ham  shakl  va  mazmun 
tomonlariga  ega.  Lisoniy  birlik  shaklan  lisoniy  zot  va  mazmunan 
yondashilganda UMISga muvofiq keladi (zot va tajalli munosabati 
haqidagi  batafsil  ma’lumotni  tasavvufga  doir  ilmiy  va  badiiy 
manbalardan  olishingiz  mumkin.  Masalan,  ma’rifiy  adabiyotda 
Haq  zot,  borliq  esa  uning  tajallisi  sifatida  qaraladi.  Haq  zotining 
mazmuniy  tomoni  (mohiyati)  a’yoni  sobita  (bizningcha,  UMIS) 
deyiladi). Misollar: 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
matematika fakulteti
Ўзбекистон республикаси
pedagogika universiteti
sinflar uchun
bilan ishlash
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
Navoiy davlat
Buxoro davlat
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti