Baxtiyor mengliyev


Mustaqil o‘zlashtirish uchun



Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/227
Sana31.10.2020
Hajmi1.62 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   227
Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
So‘z ta’rifida 
So‘z  gavharining  sharafi  shunchalar  yuksakki,  gavhardek 
qimmatbaho  narsa  ham  unga  sadaf  bo‘la  olmaydi.  To‘rt  sadaf 
ichidagi  gavharga  quti  ham  shu  so‘z,  yetti  qavat  osmon 
yulduzlarining burjlari ham shu so‘zdir.  
So‘z jon bo‘lib, ruh uning qolipidir. Tanida ruhi bor odam doim 
unga  ehtiyoj  sezadi.  So‘z  dunyoda  bor  barcha  ko‘ngillarning 
qutisidagi  javhar,  hammaning  og‘iz  qutisidagi  qimmatbaho 
gavhardir.  
Agar  til  bamisoli  bir  po‘lat  xanjar  bo‘lsa,  so‘z  unga  qadalgan 
injulardir.  Til  shu  chamanning  ochilgan  lolasi  bo‘lsa,  so‘z  durlari 
unga qo‘ngan shabnamlardir.  
So‘z  o‘lgan  odamning  tanasiga  pok  ruh  bag‘ishlaydi.  So‘zdan 
tandagi tirik ruh halok bo‘lishi mumkin. Yaxshi so‘z bilan o‘lganni 
37


tiriltira  olgani  uchun  Iso  payg‘ambar  o‘zini  “Jonbaxsh”  degan 
laqab bilan atagan. So‘z tufayli Xalil o‘zini o‘tga tashlagan; Jabroil 
ham  so‘z  yukiga  hammol  bo‘lgan.  Tangri  insonni  sirlar  xazinasi 
darajasiga  ko‘targan  ekan,  uni  so‘zlash  qobiliyatiga  ega  bo‘lgani 
uchun hayvonlardan ortiq qilib yaratdi. 
G‘uncha  og‘izlik,  shirin  lab  jonon  gapirmasdan  labini  yopib 
turib olsa, uning mayday totli la’li lablari aqlni mast qilsa, mastlik 
u yoqda tursin, mayparast qilib qo‘ysa ham, tashqi ko‘rinishi bilan 
osmondagi  oy  bo‘lsa  ham,  devordagi  surat  bilan  uning  ko‘rinishi 
o‘rtasida farq yo‘q. 
Bazmda  har  qanday  sozanda  dilkash  kuylarni  ijro  etib,  kuyda 
qancha  yaxshi  takrorlar,  mashqda  qancha  yaxshi  naqarotlar 
bo‘lmasin,  tushungan  odamlar  undan  to‘la  qanoatlanadilar.  Kuy 
ijrosi  cho‘zilib  ketsa,  ularga  malol  ham  keladi.  Bu  kuy  orasida 
joyini  topib,  Navoiy  so‘zi  bilan  bir  g‘azal  ashula  qilib  aytilsa, 
so‘zlar olov purkab, tinglovchilar qalbini mung bilan ezsa, u vaqtda 
sen bazmdagi to‘polonni ko‘r! Mayxonadagi g‘avg‘olarni tomosha 
qil!  Yoqa  yirtish  qanday  bo‘lishini  ko‘r,  fig‘on  tortib,  o‘zini 
o‘ldirganlarga boq!  
Durning  bir  donasi  bilan  bog‘liq  gapga  ishonma,  so‘zni  jahon 
dengizidagi haqiqiy durdona deb bil
6
!  
 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
fanining predmeti
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Navoiy davlat