Baxtiyor mengliyev



Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/227
Sana31.10.2020
Hajmi1.62 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   227
 
Mas’ul muharrir: 
SHOHIDA SHAHOBIDDINOVA 
 
Taqrizchilar: 
Z.XOLMONOVA 
filologiya fanlari doktori, professor 
Z.QODIROV 
filologiya fanlari nomzodi, dotsent 
 
UO‘K: 811.512.133(075.8) 
KBK: 81.2O'zb-923
  
ISBN 978-9943-993-61-7 
© Baxtiyor Mengliyev, 2018 
© «Tafakkur bo‘stoni»nashriyoti, 2018
 


MUALLIFDAN 
 
Ustoz, o‘zbek lingvistik tafakkuri rivojiga ulkan va beqiyos hissa 
qo‘shdingiz. Ushbu kitobni Siz – atoqli olim Hamid G‘ulomovich 
Ne’matovning porloq xotirasiga bag‘ishlayman. 
 
Darslik oliy o‘quv yurtlari uchun 5220100 – Filologiya va tillarni 
o‘qitish  (o‘zbek  tili)  bakalavri  yo‘nalishi  “Hozirgi  o‘zbek  tili”  o‘quv 
predmetining namunaviy dasturi asosida yozilgan. 
Ta’kidlash lozimki, o‘quv fanining avvalgi nomi (“Hozirgi o‘zbek 
adabiy  tili”)  XX  asrning  ikkinchi  yarmida  yetakchilik  qilgan,  asosiy 
maqsadi o‘zbek adabiy tili me’yorlarini yaratish, ona tili ta’limi uchun 
lingvistik  material  va  tavsiyalarni  ishlab  chiqish  bo‘lgan  o‘zbek 
formal  tilshunosligi  ta’siri  ostida  shakllangan,  an’ana  sifatida  o‘quv 
rejasidan  o‘quv  rejasiga  ko‘chib  kelayotgan edi.  Zero, jamiyat  oldida 
ommaviy  savodxonlikni  ta’minlash,  adabiy  nutq  me’yorlarini 
ommalashtirish, xalqning yozma yodgorliklarini nashr etish va yoyish, 
ta’limni  zamonaviy  usullar  asosida  yo‘lga  qo‘yish  kabi  amaliy 
vazifalar  turgan  paytda  eng  samarali  va  qulay  lingvistik  tavsif  va 
ta’lim  yo‘li  formal  usul  bo‘lishi  lozim  edi.  Shuning  uchun jahonning 
barcha  ilg‘or  mamlakatlari  tilshunosligida  XIX  asrning  ikkinchi 
yarmidan  boshlab  bu  ilmiy  yo‘nalish  keng  ommalashdi.  O‘zbek 
tilshunosligida  bunday  yo‘nalishga  Abdurauf  Fitrat,  Elbek,  Qayum 
Ramazon  kabilar  tomonidan  asos  solingan  bo‘lsa-da,  uning  keng  va 
izchil  ommalashishi  tilshunos  Ayyub  G‘ulomov  faoliyati  bilan 
bog‘liq.  Bu  davr  tilshunosligi  o‘zbek  adabiy  tili  (aniqrog‘i,  nutqi) 
me’yorlarini  tadqiq  qilish  davrini  bosib  o‘tdi  va  keyinchalik  adabiy 
nutq me’yorlarini ta’lim oluvchilarga singdirish o‘rta umumiy va o‘rta 
maxsus ta’lim zimmasiga yuklatildi. Shu boisdan akademik litseylarda 
bu  vazifani  ta’lim  bosqichlariaro  bog‘lanishga  qo‘yilayotgan 
takroriylikdan  xolilik  va  uzviy  aloqadorlik  talabi  asosida  “Hozirgi 
o‘zbek adabiy tili” o‘quv predmeti o‘z zimmasiga oldi.  
XX  asrning  oxirgi  choragida  davr,  maqsad  va  vazifalar  tubdan 
o‘zgardi, tilshunoslik, ijtimoiy ehtiyoj natijasi o‘laroq, sistem-struktur 
tahlil  usullariga  o‘tdi,  o‘zbek  tilida  lison  va  nutqni  izchil  farqlash 
asosida  tilimizning  lisoniy  sistemasi  –  lisoniy  birliklari  va 
munosabatlarini  tadqiq  qilish  –  lisoniy  imkoniyatlarni  ochish 
ustuvorlashdi.  Tilga  tafakkurni  shakllantiruvchi  va  rivojlantiruvchi, 
3


nutqiy muloqotda son-sanoqsiz shakl va ko‘rinishlarda voqelanadigan, 
har  bir  voqelanish  ko‘rinishi  o‘ziga  xos  maqsad  va  vazifalarga  ega 
bo‘lgan imkoniyatlar xazinasi sifatida munosabatda bo‘lish kuchaydi. 
Shuning  uchun  ushbu  darslikda  o‘zbek  tilini  sistem-struktur  usul 
asosida  o‘rganadigan  nazariy  tilshunoslikning  milliy  ko‘rinishi  – 
substansial yo‘nalish xulosalari aks etganligi sababli u an’anadagidan 
farqli ravishda “Hozirgi o‘zbek tili” degan nom oldi.  
Bugungi  kunda  dunyo  miqyosida  filologiya  bakalavri  uch 
yo‘nalishda tayyorlanmoqda:  
1) nazariy filologiya;  
2) pedagogik filologiya;  
3) amaliy filologiya. 
Mamlakatimizda  bu  yo‘nalishlardan  nazariy  va  pedagogik 
filologiya yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi. 
Nazariy  filologiya  bakalavri,  asosan,  ilmiy  tadqiqot  sohasiga 
yo‘naltirilganligi  bois,  ular  tilning  lisoniy  strukturasiga  doir  bilimlar 
bilan  qurollantiriladi.  Shuning  uchun  ham  o‘zbek  tili  bo‘yicha 
filologiya  bakalavriatida  o‘zbek  tili  “Hozirgi  o‘zbek  tili”  mazmunida 
o‘qitiladi.  Pedagogik  filologiya  yo‘nalishida  esa  ixtisoslik 
xususiyatdan  kelib  chiqqan  holda  o‘zbek  tili  adabiy  me’yorlarining 
ilmiy asoslarini o‘rgatishga mo‘ljallangan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” 
kursi o‘tilishi rejalashtirilgan. “Hozirgi o‘zbek tili” va “Hozirgi o‘zbek 
adabiy  tili”  o‘quv  predmetlarini  shu  yo‘sinda  farqlamoq  lozim. 
Alohida  ta’kidlash  kerakki,  o‘zbek  tili  strukturasi  talqini  adabiy  til 
birliklari asosida olib borilishi ham mantiqan to‘g‘ri. Zero, har qanday 
lisoniy  struktura  til  birliklarining  adabiy  variantlari  asosida 
tushuntirilishi  ta’lim  oluvchilarning  turli  sheva  vakillari  ekanligidan 
kelib chiqadi.  
Darslik  o‘quv-metodik  maqsadlarni  ko‘zlayotganligi  va  o‘zbek 
tilshunosligining ma’lum bir bosqichi (ya’ni, substansial yo‘nalishdagi 
tadqiqotlar)ni  yakunlovchi  ish  bo‘lganligi  sababli  unda  H.Ne’matov, 
A.Abduazizov, 
E.Begmatov, 
Sh.Bobojonov, 
O.Bozorov, 
I.Madrahimov, 
N.Mahmudov, 
B.Mengliyev, 
S.Muxamedova, 
M.Narziyeva, 
G.Ne’matova, 
A.Nurmonov, 
Sh.Orifjonova, 
Sh.Rahmatullayev,  R.Rasulov,  R.Safarova,  B.Qilichev,  S.G‘iyosov, 
N.Shirinova, 
Z.Yunusova, 
N.Vohidova 
kabi 
tilshunoslarning 
tadqiqotlariga tayanildi. 
4


O‘zbek  substansial  tilshunosligi  A.Fitrat,  A.G‘ulomov,  yetuk 
namoyandalari 
va 
takomillashtiruvchilari 
F.Abdullayev, 
G‘.Abdurahmonov,  M.Asqarova,  O.Azizov,  A.Borovkov,  A.Hojiyev, 
S.Ibrohimov,  F.Kamolov,  S.Karimov,  A.Kononov,  M.Mirtojiyev, 
M.Mirzayev,  A.Muxtorov,  R.Qo‘ng‘urov,  I.Rasulov,  V.V.Reshetov, 
U.Tursunov,  F.Ubayeva,  S.Usmonov,  Sh.Shoabdurahmonov  kabilar 
asoschilari  bo‘lgan  o‘zbek  formal  tilshunosligining  bevosita  davomi 
va unga asoslanishi sababli reallik, obyektivlik  – lisoniy birliklarning 
nutqiy  voqelanish  ko‘rinishlari  va  xususiyatlari  tavsifida  1950–80-
yillarda amalda bo‘lgan darslik va qo‘llanmalarga ham tayanildi. Shu 
sababdan  darslikda  1950  –  54-yillarda  O‘zFA  TAI  tomonidan  turli 
mualliflar  tomonidan  e’lon  qilingan  “Hozirgi  zamon  o‘zbek  tili 
kursidan  materiallar”  risolalar  sirasidan  boshlab  oxirgi  nashri  1992-
yilda 
amalga 
oshirilgan 
U.Tursunov, 
Sh.Rahmatullayev, 
A.Muxtorovlarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligigacha berilgan 
tavsiflarga ham tayanildi.  
Darslik bakalavriat bosqichidagi talabalar uchun mo‘ljallanganligi 
bois  unda  fanimizning  hali  yechimini  topmagan  munozarali  nazariy 
masalalari chetlab o‘tildi. 
Darslikning  maqsadi  o‘zbek  tili  substansial  xususiyatlarining 
hozirgi  holatini  lison  va  nutq  farqlanishi  nuqtayi  nazaridan 
tavsiflashdan iborat. 
Substansial tahlilning bosh tamoyili asosida  o‘zbek tili qurilishini 
yoritishda  lisoniy  birliklarning  mazmun  tomoniga  umumiylik, 
mohiyat, imkoniyat, sabab (UMIS) va ularning voqelanishi natijasida 
hosil  bo‘lgan  nutqiy  birliklarning  mazmun  tomoniga  alohidalik, 
hodisa, voqelik, oqibat (AHVO) sifatida munosabatda bo‘lindi. UMIS 
va  AHVO  tushunchalari  sun’iy  qisqartmalar  emas,  balki  o‘ta  muhim 
ilmiy-falsafiy  va  metodologik  umumiylik,  ta’lim  oluvchini  ashyoviy 
fikrlashdan  uzib,  unda  dialektik  tafakkur  malakalarini  hosil 
qildirishning 
muhim 
vositalaridan. 
Gnoseologiya 
(bilish 
nazariyasi)dan 
ma’lumki, 
xususiylik 
umumiylikka 
(demak, 
alohidalik/xususiylik  umumiylikka,  hodisa  mohiyatga,  voqelik 
imkoniyatga,  oqibat  sababga)  nisbat  berilmaguncha,  u  ta’riflangan, 
tavsiflangan, o‘rganilgan deb sanalishi mumkin emas. Shuning uchun 
lisoniy  imkoniyatlar  tilshunosligi  bo‘lgan  substansial  tahlilda  bular 
yuksak umumiylikka ega bo‘lgan kategorial tushunchalar sifatida juda 
muhim  va  darslikning  maxsus  bo‘limi  ayni  shu  masala  sharhiga 
bag‘ishlanadi. 
 
5



Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
sinflar uchun
pedagogika universiteti
bilan ishlash
таълим вазирлиги
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
haqida umumiy
fizika matematika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat
universiteti fizika
Buxoro davlat
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti