Baxtiyor mengliyev


Mustaqil o‘zlashtirish uchun



Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/227
Sana31.10.2020
Hajmi1.62 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   227
Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Тilga zo‘rovonlik yoki mashhur lingvistik jinoyatlar 
Zo‘rovon siyosat tilda ham o‘zining mash’um izlarini qoldirgan 
holatlar  tarixda  ko‘p.  Ulardan  eng  mashhuri  Buyuk  Fransuz 
inqilobi  davriga  tegishli.  Bu  inqilobning  muhim  merosi,  bir 
tomondan,  erkin  qomusiy  fikrlashga  keng  yo‘l  ochganligi  bo‘lsa, 
ikkinchi  tomondan,  tilni  zo‘rlik  bilan  sindirishga  ilk  urinishlarni 
amalga  oshirganligi.  Inqilob  hukumati  an’anaviy  oy  nomlari, 
murojaat  ifodalaridan  voz  kechish  siyosatini  qo‘llagan.  Masalan, 
rasmiy  murojaat  uchun  sitoyen  (“shaharlik”)  ifodasini  qo‘llash 
majburiyligi belgilab qo‘yilgan. 
Rossiya  inqilobchilari  ham  faranglardan  qolishmadi.  Ularga 
taqlidan  Rossiyada  1917-yilgi  Fevral  inqilobidan  keyin  grajdanin 
so‘zi  rasmiy  murojaat  tusini  oldi.  So‘ngra  tovarish  so‘zi  ham 
ommalashtirildi.  Eronda  Islom  inqilobidan  keyin  birodar  so‘zi 
shunday  taqdirga  ega  bo‘lgan.  Bu  so‘zlarning  barchasi  rasmiy 
bo‘yoqdor bo‘ldi, lekin jonli til xazinasidan joy olmadi. 
22


O‘tgan  asrning  60–70  yillarida  grajdanin,  o‘rtoq  so‘zlari  o‘z 
yo‘nalishini  o‘zgartirdi  –  sobiq  sovet  rejimi  davrida  mahbuslar, 
mahkumlar  huquq-tartibot  xodimlarini  o‘rtoq  emas,  balki 
grajdanin so‘zi bilan atash shart qilib qo‘yildi. 
Buyuk  Fransuz  inqilobi  davriga  kelib,  fransuz  tilidagi  ozodlik, 
shuhrat,  vatan  so‘zlari  har  doim  qurbonlik  talab  qiladigan,  qonga 
tashnalik  mohiyati  bilan  yo‘g‘rildi.  Xalq  dushmani  atamasi 
Fransiyadan  keyin  sobiq  SSSRda  xalqni,  millatni  mustaqil,  ozod 
ko‘rishga  intilganlar  uchun  tavqi  la’nat  mazmunini  kasb  etdi. 
Bunday  holatni  Germaniyada  reyx  dushmani,  Eronda  islom 
dushmani birikmalari misolida ham ko‘rish mumkin. 
Germaniyadagi  natsistlar  hukumati  1936-yil  22-avgustda 
barcha rasmiy hujjatlarda o‘lgan nemis askarlarini “halok bo‘lgan” 
(gefallenen)  deb  emas,  balki  “o‘ldirilgan”  (ermordeten)  deb 
rasmiylashtirish haqida qaror qabul qildi. Bu “nemis askari vijdonli 
dushman  bilan  bo‘lgan  urushda  halok  bo‘lmadi,  balki  vijdonsizlar 
tomonidan vahshiylarcha o‘ldirildi” degan g‘oyani ifodalash uchun 
xizmat qilishi mo‘ljallandi. Fashistik rejimda volk (“xalq”), deutsch 
(“nemis”),  blut  (“qon”),  boden  (“tuproq”)  so‘zlari  vermaxt 
natsional-sotsializmining 
asosiy 
tushunchalari 
sifatida 
rasmiylashtirildi. 
SSSR 
tarixi 
darsliklari 
Rossiya 
imperiyasi 
egallagan 
hududlarga  nisbatan  tarixiy  haqiqatga  zid  ravishda  “bosib  olish” 
so‘zi o‘rniga “qo‘shib olish” ifodasini rasmiylashtirdi.  
SSSR  qo‘shinlari  Afg‘onistonga  bostirib  kirgach,  sovet 
mafkurasi  afg‘on  qarshilik  harakati  a’zolariga  nisbatan  dushman 
so‘zini  rasmiylashtirdi.  Holbuki,  mantiqan,  bu  so‘zning  bostirib 
kirgan tomonga nisbatan istifoda qilinishi to‘g‘riroq bo‘lar edi. 
Amerika  Qo‘shma  Shtatlari  Vyetnam  urushi  davrida  tilni 
suiiste’mol  qilishning  o‘ziga  xos  namunalarini  ko‘rsatdi.  Urush 
AQSH  hududidan  ancha  yiroqda  bo‘lganligi  uchun  mamlakat 
jamoatchiligini  tinchlantirish  maqsadida  harbiy  ma’muriyat  qator 
evfemistik  vositalarning  OAVda  qo‘llanishini  rasmiylashtirgan. 
Masalan,  appeasement  (“tinchlantirish”)  so‘zi  “butunlay  tor-mor 
qilish”,  self  protektion  (“o‘zini  himoya  qilish”)  birikmasi 
“bombardimon  qilish”,  friyendli  fire  (“do‘stona  olov”)  qurilmasi 
23


“bilmasdan o‘z tomonidagilarni otib qo‘yish” ma’nosida evfemistik 
qo‘llanib, manipulyativ maqsadlarga bo‘ysundirilgan. 
 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat