Baxtiyor mengliyev


davrining  ilk  bosqichi  bo‘lgan  formal  (an’anaviy)  tilshunoslik



Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/227
Sana31.10.2020
Hajmi1.62 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   227
davrining  ilk  bosqichi  bo‘lgan  formal  (an’anaviy)  tilshunoslik 
dialektika  nuqtayi  nazaridan,  tildagi  zot  va  tajallini,  UMIS  va 
AHVOni  bir-biridan  izchil  farqlamay  tasnif  etish  bosqichi 
hisoblanadi.  Chunki  bu  davr  tilshunosligi  zimmasiga  ularni  aniq 
farqlash vazifasi yuklatilmagan edi. 
XX  asr  boshlarida  Yevropa  ilmiy-falsafiy  ta’limotiga  Fridrix 
Hegel  dialektik  usulining  keng  kirib  borish  fizikada  to‘ntarish 
hisoblangan Albert Eynshteyn nisbiylik nazariyasining shakllanishi 
va rivoji tilshunoslikka ham katta ta’sir ko‘rsatdi – tildagi umumiy 
va xususiy jihatlarni farqlashga turtki bo‘ldi. 
Tilshunoslikda lison va nutqni izchil farqlab  o‘rganish, avvalo, 
tilshunoslar  Vilhelm  fon  Humboldt,  Boduen  de  Кurtene  va 
Ferdinand  de  Sossyur  nomi  bilan  bog‘liq.  Lison  va  nutqning 
farqlanishi,  tilga  sistema  sifatida  yondashuv  XX  asr  jahon 
tilshunosligida  tub  burilish  sifatida  baholanadi.  Chunki  u  til 
ilmidagi mavjud qarashlarni tubdan o‘zgartirib yubordi. 
 
Tilga,  xususan,  o‘zbek  tiliga  sistema  sifatida  yondashuvning 
dastlabgi  yillarida  lison o‘rnida til atamasi qo‘llanib, bu so‘z ko‘p 
ma’nolilik  tabiatiga  ega  bo‘lganligi  sababli  ayrim  chalkashliklarni 
keltirib chiqarar edi. Chunonchi, insonning nutq so‘zlash qobiliyati 
ham,  nutqi  ham  til  atamasi  bilan  yuritilar  edi.  Shu  boisdan 
tilshunoslar  falsafiy  zot  (substansiya)ning  tildagi  ko‘rinishiga 
nisbatan  lison  atamasini  qabul  qildilar.  Dunyodagi  biror 
21


tilshunoslikda  lison  va  nutq  hamda  ularning  majmuyi  o‘zbek 
tilshunosligidagidek terminologik aniqlikda ifodalanmagan.  
Fanimizda  til,  lison,  nutq  va  ularni  tutashtiruvchi  me’yor 
munosabati quyidagicha tushunildi (2-jadval): 
2-jadval  
TIL 
LISON 
ME’YOR 
NUTQ 
 
Yuqorida  zot  (UMIS)  va  tajalli  (AHVO)ning  tildagi  aksi 
misolida  lison  va  nutqning  o‘zaro  munosabati  haqida  kirish 
mazmunida so‘z yuritildi. Quyida unga batafsil to‘xtalamiz. 
Til  –  tafakkurni  shakllantirish  va  rivojlantirishga,  borliq 
haqidagi  bilimlarni  xotirada  qat’iy  sistema  sifatida  saqlashga, 
axborot  uzatish  va  qabul  qilishga  xizmat  qiluvchi  muhim 
(birlamchi)  ijtimoiy-ruhiy  kommunikatsiya  vositasi  bo‘lib,  u  o‘z 
ichiga lisoniy  zot (UMIS) va tajalli (AHVO)larni ham, UMISning 
AHVOga o‘tish qonuniyatlarini ham qamrab oladi.  
 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
ishlab chiqarish
fizika matematika
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati