hodisa. Boshqacha aytganda, metonimik hosila ma’no sof nutqiy
yoki lisoniy (lashgan) bo‘lishi mumkin.
Metonimik
ma’nolarning
asosiy
ko‘rinishlariga
misol
keltiramiz:
1) bir narsa predmetning nomi bilan shu predmetdagi boshqa
bir narsa ataladi:
a)
stakan 1 –
ichimlik uchun ishlatiladigan silindr ko‘rinishdagi
shisha idish;
stakan 2 –
bir stakan hajmiga teng suyuqlik miqdori
(
bir stakan suv);
b)
dasturxon 1 –
o‘rtaga yozilib, ustiga oziq-ovqat qo‘yiladigan
mato materialli ro‘zg‘or buyumi;
dasturxon 2 –
yeyish uchun
o‘rtaga qo‘yilgan
oziq-ovqat;
2) materialning nomi shu materialdan yasalgan mahsulotga
o‘tadi:
a)
kumush 1 –
oq-ko‘kish rangli yaltiroq
tusli asl metall;
kumush
1 –kumushdan
zarb qilingan pul, tanga;
b) qog‘oz
1 –
yozish, chizish, kitob, gazeta, jurnal hamda
boshqa shunga o‘xshash maqsadda ishlatiladigan yog‘och, eski
latta-putta va shular kabidan
tayyorlangan yupqa material; qog‘oz
2
– varaq, bet;
3) joy nomi bilan shu joyda yashovchi kishilar ataladi:
qishloq 1 –
aholisi ko‘proq qishloq xo‘jaligi bilan
shug‘ullanuvchi aholi punkti;
qishloq 2 –
qishloqda yashovchi
kishilar (
Qishloq nima deydi?).
4) harakat ifodalovchisi bilan uning natijasi yoki unga aloqador
bo‘lgan jarayon nomlanadi:
to‘y 1 –
yeb-ichish natijasida nafsni qondirmoq;
to‘y 2 – bazm-
tomosha bilan ziyofat berib o‘tkaziladigan marosim.
5) predmetning nomi bilan shu predmet hosilasi ataladi:
a)
til 1 –
og‘iz bo‘shlig‘ida harakatlanuvchi nutq a’zosi;
til 2 –
shu nutq a’zosi harakati natijasida hosil bo‘lgan nutq;
b)
Navoiy 1 – o‘zbek mutafakkir shoiri;
Navoiy 2 – Alisher
Navoiy asari.
Кo‘rinadiki, metonimik hosila ma’noning ayrimi sof lisoniy
mohiyat kasb etgan bo‘lsa, ayrimi nutqiy sathdagina mavjud.
Masalan,
Navoiyni o‘qidim gapidagi
Navoiy so‘zi ellipsis natijasida
158
tushib qolgan
asar so‘zining ma’nosini ifodalamoqda va u nutqiy
tabiatga ega. Ammo keltirilgan
dasturxon 2,
to‘y 2,
qog‘oz 2,
kumush
2-ma’nolari
lisoniylashgan,
sememaga
aylangan
metonimik ma’no.
Metonimik hosila ma’noning vujudga kelishi, asosan, lisoniy
bog‘lanish emas, balki obyektiv borliq hodisalari orasidagi
nolisoniy aloqadorlik bilan bog‘langan.
Do'stlaringiz bilan baham: