Baxtiyor mengliyev



Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/227
Sana31.10.2020
Hajmi1.62 Mb.
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   227
Metafora  (gr.  metaphora  –  ko‘chirish)  –  narsa  va  hodisalar 
mohiyatidagi  o‘xshashlik  asosida  biror  leksemaning  o‘z  xususiy 
ifodalanmishidan  boshqa  narsa  va  hodisalarni  atash  uchun 
ishlatilishi. 
Formal  va  substansial  tilshunoslikda  metafora  nisbatan 
farqlanadi.  Tilni  metaforasiz  tasavvur  qilib  bo‘lmaydi.  Ular  turli-
tuman  va  sanoqsiz.  Formal  tilshunoslik  barcha  metaforik 
ma’nolarni 
tahlil 
etaversa, 
substansial 
tilshunoslik 
faqat 
barqarorlashgan,  lisoniy  tabiatga  ega  bo‘lgan  metaforik  ma’nolar 
ustida  ishlaydi.  Substansial  yondashuv  metaforik  ma’no  talqinida 
ham  lison  va  nutqning  izchil  farqlanishiga  qat’iy  rioya  qiladi 
hamda metaforik sememaga UMIS sifatida munosabatda bo‘ladi. 
Metaforik  semema  hosil  bo‘lishi  uchun  quyidagilardan  biri 
sabab bo‘ladi: 
1) bir leksema boshqa leksemaga nisbatan so‘zlovchining ifoda 
maqsadiga  ko‘proq  mos  va  muvofiq  bo‘ladi  va  shuning  uchun 
birinchisi o‘rnida ikkinchisi qo‘llanadi; 
2) biror  denotatning  ifodalovchisi  bo‘lmaydi  va  ma’lum  bir 
leksema boshqa denotatni ham ifodalash uchun qo‘llanadi. 
Demak,  birinchi  holda  ko‘chirilayotgan  leksema  denotatning 
ikkinchi  atamasi  bo‘lsa,  ikkinchi  holda  birinchi  atamasidir. 
Masalan,  quyi  leksemasi  anglatadigan  ma’noni  etak  leksemasi 
qulayroq  va  to‘laroq  ifodalaganligi  bois  tog‘ning  quyi  tomoniga 
nisbatan etak leksemasi ishlatilgan. O‘zbek tilida dengizdagi o‘ziga 
xos jo‘g‘rofiy o‘rinning nomi bo‘lmaganligi bois qo‘ltiq leksemasi 
unga nisbatan ham qo‘llanadi. 
Metafora  hodisasi  asosan,  ot  turkumi  doirasida,  qisman  fe’lda 
uchraydi: Qush uchdi. Samolyot uchdi qurilmalarining ikkinchisida 
uchmoq  fe’li  ifodalagan  harakat  qushning  havodagi  qanotlarini 
silkitib  qilgan  parvoziga  o‘xshaydi.  Shu  boisdan  uchmoq  fe’li 
ifodalagan keyingi semema metaforikdir. 
Metafora  hosila  semema  hosil  qilishning  keng  tarqalgan  usuli 
sifatida  badiiy  uslubning,  nutqning  eng  muhim  vositasidan 
hisoblanadi.  Tilning  go‘zalligi  va  jozibadorligini  ta’minlashda 
metaforalar muhim rol o‘ynaydi. Shu boisdan jahon tilshunosligida 
metaforani  o‘rganuvchi  soha  (metaforalogiya)  alohida  yo‘nalish 
156


sifatida  shakllangan.  O‘zbek  tilshunosligida  metaforalarning 
o‘rganilishi  hali  ancha  sust  kechmoqda.  Bu  tilshunosligimizning 
istiqbolli yo‘nalishlaridan biri maqomiga ko‘tariladi.  
Metaforik  hosila  ma’no  nutqda  juda  ko‘p  uchraydi.  Ammo 
ularning  lisoniylashgani  –  sememaga  aylangani  nisbatan  kam. 
Qanot (samolyot), uchmoqog‘iz (qop) kabi leksemalarning ushbu 
hosila ma’nosi metaforik semema. 
Metaforik yo‘l bilan hosil bo‘lgan semema davrlar o‘tishi bilan 
o‘ziga xos atash semalari kasb etishi natijasida bosh sememasidan 
uzoqlashib, mustaqil holga kelishi, omonimik tabiatga ega bo‘lishi 
mumkin.  Masalan,  adabiyotshunoslik  termini  sifatidagi  fojia 
ifodasi  umumiste’mol  qo‘llanishdagi  fojia  so‘zidan  ma’noviy 
jihatdan  uzilib,  ularning  nomemalari  omonimik  munosabatga  ega 
bo‘lgan. 
Shuningdek, 
jo‘g‘rofiy 
termin 
bo‘lgan 
qo‘ltiq 
umumiste’moldagi qo‘ltiq leksemasining omonimiga aylangan.  

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat