Baxtiyor mengliyev


Mustaqil o‘zlashtirish uchun



Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/227
Sana31.10.2020
Hajmi1.62 Mb.
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   227
Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Dunyo tillari 
Dunyo  bo‘yicha  har  xil  asoslardagi  hisob-kitoblarga  ko‘ra,  3 
mingdan 7 mingtagacha til borligi e’tirof etiladi. BMT o‘tgan asrda 
rasman  2976  tilni  qayd  etgan.  Tillarning  ayrimida bir  milliard,  bir 
necha o‘n, hatto yuz millionlab kishi gaplashsa, ba’zisida bir necha 
ming,  yuz,  hatto,  sanoqli  kishi  muloqot  qiladi.  Masalan,  Kongoda 
aholi  500  tilda,  Indoneziyada  250  tilda,  Sudanda  117  tilda 
gaplashadi.  Xitoy  tilida  hozirgi  kunda  bir  milliarddan  ortiq  kishi 
gaplashsa, chukot va vele tilida bor-yo‘g‘i bir necha yuz ming kishi 
muloqot qiladi, xolos. Yangi Gvineyada deyarli har bir qishloq o‘z 
tiliga ega. 
144


Tillarning  asosiy  qismi  tropik  mamlakatlarda  joylashgan. 
Yevropada  bor-yo‘g‘i  240  til  mavjud  bo‘lsa,  Afrikada  2000, 
Osiyoda  2300  til  mavjud.  Yangi  Gvineya  orolida  1200  til  amal 
qiladi. 
Dog‘istonda 1 mln dan ortiq kishi bo‘lib, ular 40 ga yaqin tilda 
gaplashadi.  2002-yilda  Rossiyada  o‘tkazilgan  aholini  ro‘yxatga 
olish  natijasiga  ko‘ra,  Dog‘istondagi  bagulal  tilida  40,  chamala 
tilida  12,  kaytags  tilida  5  kishi  muloqot  qilishi  aniqlangan. 
Dunyodagi  eng  katta  tillar  olinadigan  bo‘lsa,  hisob-kitobga  ko‘ra, 
200  tilning  har  birida  1  mlndan  ortiq,  70  tilning  har  birida  5  mln 
dan  ortiq,  faqat  13  tilning  har  birida  50  mln  dan  ortiq  kishi 
gaplashadi. 
Tillarning 80%i o‘rta va kichik tillar hisoblanadi. Ularning har 
birida 100 mingdan kam kishi gaplashadi. Dunyo tillarining uchdan 
bir  qismida  1  mingdan  kam  kishi  muloqot  qiladi.  Dunyo 
aholisining  80%i  84  ta  (ingliz,  xitoy,  rus,  nemis,  yapon,  hind, 
ispan, portugal, yoruba (Nigeriya (26,5 mln), fors, o‘zbek tili kabi) 
yirik tillarda gaplashishadi. 
Til  moddiy  va  ma’naviy  merosni  saqlash  va  boyitishning  eng 
kuchli  vositasi  hisoblanadi.  YUNESKO  hisob-kitobiga  ko‘ra, 
mavjud 7 mingga yaqin tilning yarmi yaqin vaqtda  o‘zining oxirgi 
sohiblaridan  ham  ajralishi  mumkin.  O‘lik  tilga  aylanib  ketayotgan 
bu 
tillarni 
saqlab 
qolish 
insoniyat 
oldidagi 
o‘tkir 
muammolardandir. 
Shuning 
uchun 
1999-yil 
17-noyabrda 
YUNESKOning Bosh anjumani tomonidan e’lon qilingan Xalqaro 
ona tili kuni 21-fevral (International Mother Language Day), 2000-
yilning fevralidan boshlab har yili lisoniy va madaniy taraqqiyot va 
ko‘p  tillilikni  ta’minlashga  ko‘mak  berish  maqsadida  nishonlab 
kelinadi. 
O‘z  navbatida,  BMT  Bosh  assambleyasi  o‘z 
rezolyutsiyasida 2008 yilni Xalqaro tillar yili (International Year of 
Languages) deb e’lon qildi. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
sinflar uchun
pedagogika universiteti
bilan ishlash
таълим вазирлиги
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
haqida umumiy
fizika matematika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat
universiteti fizika
Buxoro davlat
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti