Baxtiyor mengliyev


Mustaqil o‘zlashtirish uchun



Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/227
Sana31.10.2020
Hajmi1.62 Mb.
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   227
Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Borliq tilda qanday aks etadi? 
Professor dars paytida talabalarga shunday savol berdi: “Barcha 
mavjudot  Xudo  tomonidan  yaratilganmi?”  Bir  talaba  dadil  turib 
javob qildi: “Albatta, Xudo tomonidan yaratilgan.” “Xudo hamma 
narsani  yaratganmi?”  –  deb  so‘radi  yana  professor.  “Xuddi 
shunday,  janob”,  –  javob  berdi  talaba.  Professor  yana  so‘radi: 
136


“Agar  Xudo  hamma  narsani  yaratgan  bo‘lsa,  demak,  Xudo 
yomonlikni ham yaratgan ekan-da? Agar Xudo bor bo‘lsa, va, “biz 
qanday bo‘lsak, qilmishlarimiz ham shunga yarasha bo‘ladi” degan 
tamoyiliga  ko‘ra,  Xudo  yomon  ekan-da?”  Talaba  bu  gaplarni 
eshitib  jim  bo‘lib  qoldi.  Professor  talabalarga,  “Xudoga  ishonish 
bir  afsona  ekanini  yana  bir  bor  isbotladim”,  degandek  g‘urur  ila 
boqdi.  
Boshqa  bir  talaba  qo‘l  ko‘tarib,  so‘radi:  “Savol  bersam 
maylimi,  professor?”  “Albatta”,  –  javob  berdi  professor.  Talaba 
o‘rnidan turib, so‘radi: “Sovuqlik mavjudmi?” “Nima deganing bu? 
Albatta,  mavjud.  Nima,  sen  hech  qachon  sovqotmaganmisan?” 
Talabalar  uning  savoliga  kulishdi.  Yigit  javob  qildi:  “Aslida, 
sovuqlik mavjud emas. Fizika qonunlariga binoan, biz sovuqlik deb 
ataydigan  narsa,  aslida  issiqlikning  yo‘qligidir.  Mutlaq  nol 
issiqlikning  umuman  yo‘qligi  demakdir.  Bunday  haroratda  butun 
modda  inert  bo‘lib  qoladi.  Xullas,  sovuqlik  mavjud  emas.  Biz  bu 
so‘zni,  issiqlik  yo‘q  holatni  ta’riflash  uchun  o‘ylab  topganmiz.” 
Talaba  davom  etdi:  “Professor,  qorong‘ilik  mavjudmi?”  “Albatta, 
mavjud.”  “Siz  yana  nohaqsiz,  janob.  Qorong‘ilik  ham  mavjud 
emas.  Qorong‘ilik  aslida  yorug‘likning  yo‘qligidir.  Yorug‘likni 
o‘rganishimiz mumkin, ammo qorong‘ilikni o‘rgana olmaymiz. Oq 
nurni  turli  ranglarga  ajratib,  har  bir  rang  to‘lqinining  har  xil 
uzunliklarini o‘rganish uchun Nyuton prizmasidan foydalanishimiz 
mumkin. Biroq siz qorong‘ilikni o‘lchay olmaysiz. Oddiy yorug‘lik 
nuri  qorong‘ilikni  teshib  kirib,  uni  yoritishi  mumkin.  Qorong‘ilik 
esa 
yorug‘likni 
to‘sa 
olmaydi. 
Biron-bir 
makondagi 
qorong‘ilikning  miqdorini  ayta  olasizmi?  Yo‘q,  ayta  olmaysiz. 
Chunki  qorong‘ilikning  o‘lchov  birligi  yo‘q.  Yorug‘likning 
miqdorini  esa  o‘lchay  olasiz.  Shunday  emasmi?  Qorong‘ilik  – 
yorug‘lik  yo‘qligida  nima  sodir  bo‘lishini  ta’riflash  uchun  inson 
ishlatadigan  tushuncha.”  Nihoyat  talaba  professordan  so‘radi: 
“Janob,  yomonlik  mavjudmi?”  Bu  safar,  professor  ishonchsizlik 
bilan javob berdi: “Menimcha, mavjud. Hali aytganimdek, biz uni 
har  kuni  ko‘ramiz:  insonlar  o‘rtasidagi  shafqatsizlik,  butun  dunyo 
bo‘ylab  sodir  etilayotgan  ko‘plab  jinoyatlar.  Bu  misollar 
yomonlikning namoyon bo‘lishidan boshqa narsa emas-ku!” Bunga 
137


talaba  quyidagicha  javob  qildi:  “Yomonlik  ham  mavjud  emas, 
janob. U ham qorong‘ilikka va sovuqqa o‘xshaydi. Yomonlik – bu 
yaxshilik  yo‘qligini  ta’riflash  uchun  inson  o‘ylab  topgan  so‘z. 
Yomonlik  yorug‘lik  va  issiqlik  kabi  mavjud  emas.  Yomonlik 
insonning  yuragida  Xudoga  bo‘lgan  muhabbatning  yo‘qligi 
natijasidir.  Yomonlik  xuddi  sovuqlikka  o‘xshaydi  –  issiqlik 
bo‘lmaganida  keladi,  yoki  qorong‘ilikka  o‘xshaydi  –  yorug‘lik 
bo‘lmaganida  mavjud  bo‘ladi.”  Professor  o‘tirdi.  U  mag‘lub 
bo‘lgandi.  
Bu yosh talaba Albert Eynshteyn edi
11

 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
fanining predmeti
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
махсус таълим
Referat mavzu
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
ishlab chiqarish
vazirligi muhammad
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati