Baxtiyor mengliyev


-§. Leksemada shakl va mazmun



Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/227
Sana31.10.2020
Hajmi1.62 Mb.
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   227
14-§. Leksemada shakl va mazmun 
 
Tayanch tushunchalar 
lison,  nutq,  lisoniy  birlik,  nutqiy  birlik,  leksema,  so‘z,  shakl, 
mazmun 
O‘zlashtiriladigan tushunchalar 
nomema, sonema, semema 
 
Leksemada  shakl  va  mazmun  dialektikasining  o‘ziga 
xosligi.  Barcha  narsalar  shakl  va  mazmun  yaxlitligidan  iborat 
dialektik  butunlik  bo‘lganligi  kabi  leksema  ham  tashqi  va  ichki 
jihatdan  tashkil  topadi.  Leksemaning  tashqi  qobig‘i  nomema  deb 
ataladi.  Nomema  grek  tilidan  morfema,  sonema,  leksema,  semema 
so‘zlariga  qiyosan  yasalgan.  Sonema  morfemalarning  tovush 
qobig‘ini  anglatsa,  nomema  deganda  leksemaning  moddiy 
tomonini  tashkil  etgan  nutq  tovushlari  nazarda  tutiladi.  Masalan, 
134


kitob  leksemasining  tashqi  tomoni  k  +  i  +  t  +  o  +  b  tovushlari 
yig‘indisi. Albatta, bu tovushlarning shunchaki yig‘indisi, to‘plami 
emas,  balki  unli  va  undosh  tovushlardan  iborat  fonetik  butunlik, 
sistemadir.  
Shu o‘rinda bir narsaga alohida e’tibor qilish lozim. Ma’lumki, 
lisoniy birlik moddiylikdan xoli deya talqin qilinadi. Shunga ko‘ra, 
leksema  ham,  boshqa  lisoniy  birliklar  kabi  moddiylikka  ega 
bo‘lmasligi  lozim.  Chunki  u  to‘laqonli  lisoniy  birlik.  Demak, 
moddiylik so‘zi bu o‘rinda bevosita sezgi a’zosiga  ta’sir qiladigan 
deya  jo‘nlashtirilmasligi  lozim.  Yoki  shakl  deganda  moddiy 
ko‘rinishga  egalikkina  tushunilmaydi.  Biror  narsa  haqida  o‘ylar 
ekanmiz,  ongimizda  uning  tashqi  qiyofasini  tasavvur  qilgan  holda 
boshqalaridan  ajratamiz.  Narsaning  ongdagi  qiyofasi  ham  shakl 
deyiladi.  Nomema  kishi  biror  leksema  haqida  o‘ylaganda,  ichki 
nutqda yaqqol ma’lum bo‘ladi. Voqelangan tashqi nutqda bu shakl 
haqiqiy,  real  moddiy  qiyofa  kasb  etadi.  Demak,  ongdagi 
leksemaning  shakliy  tomoni  sezgi  a’zolaridan  tashqarida,  unga 
ta’sir  qilmaydigan  holatda  bo‘lsa,  leksema  nutqiy  voqelanganda 
so‘zga  aylanadi,  moddiy  bo‘lmagan  shakl,  ya’ni  nomema 
moddiylik kasb etadi, sezgi a’zosi bilan his qilinadigan bo‘ladi. 
Leksemaning  ichki,  mazmuniy  tomoni  semema  deyiladi. 
Semema  grekcha  σημαίυω  so‘zidan  olingan  bo‘lib,  “ifodalayman” 
degan  ma’noni  bildiradi.  U  tilda  fonema,  morfema,  leksema 
so‘zlariga  o‘xshash  shaklda  qabul  qilingan.  Semema  ongda  aks 
etgan  narsa,  belgi,  miqdor,  harakat  kabi  tushunchaning  leksemada 
mujassamlashgan  ko‘rinishi.  Boshqacha  aytganda,  semema  – 
leksemaning ichki jihati. 
 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat