Baxtiyor mengliyev



Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/227
Sana31.10.2020
Hajmi1.62 Mb.
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   227
Soddalashgan  leksema.  Soddalashgan  leksemada  yasama 
so‘zlar  lisoniylashuvining  yanada  yuqoriroq  bosqichini  ko‘ramiz. 
Soddalashish ma’lum bir so‘z yasash qolipining hosilasida o‘zak va 
qo‘shimchaning 
o‘zaro 
birikib 
ajralmas 
holga 
kelishi, 
so‘zshakldagi  grammatik  vositaning  qotib  qolishi  natijasida  yangi 
ma’no ifodalashidir. O‘zbek tilidagi oldinkeyintashqariichkari
yuqori kabi yuzlab so‘z soddalashgan yasama so‘z – leksema. So‘z 
birikmalarining  sintaktik  qolipdan  uzilish  holati  sifatida  boshning 
og‘rigi  –  boshog‘riq,  belning  bog‘i  –  belbog‘  misollarini 
ko‘rsatish mumkin.  
E’tibor  qilinsa,  ixtisoslashish  faqat  ma’no  tomondan  bo‘lsa, 
soddalashish ham ma’no, ham shaklga tegishli hodisadir.  
Tublashgan 
leksema. 
Tublashgan 
leksema 
shunday 
leksemalashgan  yasama  so‘zki,  ularning  yasalishini,  tarkibini 
etimologik  ma’lumotsiz  aniqlab  bo‘lmaydi.  Masalan,  sin  fe’lining 
o‘zagi  si,  tingla  fe’lining  o‘zagi  ding,  to‘q  so‘zi  o‘zagining  to‘ 
ekanligini  til  tarixi  bo‘yicha  chuqur  ma’lumotga  ega  bo‘lmasdan 
bilib  bo‘lmaydi.  Tublashgan  leksemalarning  tarkibini  aniqlash 
chuqur  etimologik  tadqiqotlarni  taqozo  etadi.  O‘zbek  tilidagi 
aksariyat  leksemalar  tublashgan  leksemalardir.  Tadqiqotchilarning 
fikrlariga  ko‘ra,  o‘zbek  tilida  bor-yo‘g‘i  150  tacha  sof  tub  turkiy 
leksema mavjud. Boshqa leksemalar bir paytlar ma’lum bir qoliplar 
asosida yasalib, davr o‘tishi bilan tublashib ketgan. 
Demak,  ma’lum  bo‘ladiki,  tilda  leksema  yasash  hodisasi 
yo‘q.  Balki  yasama  so‘zning,  nutqiy  hosilaning  lisoniylashuvi, 
leksemalashuvi mavjud. 
 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
ishlab chiqarish
fizika matematika
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati