Baxtiyor mengliyev



Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/227
Sana31.10.2020
Hajmi1.62 Mb.
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   227
Mantiqiy mushohada uchun 
Ortiqcha to‘rtinchisini toping: 
1)  ishla, qishla, tashla, boshla; 
2) qaroq, taroq, o‘roq, so‘roq. 
 
Nutqiy  yasama  so‘zning  lisoniy  sathga  ko‘tarilishi  bir  necha 
bosqichda  kechadi.  Uni  nutqdan  lisonga  siljishi,  lisoniylashishi 
darajasiga ko‘ra quyidagicha tartiblash mumkin: 
1) ixtisoslashgan leksema; 
2) soddalashgan leksema; 
3) tublashgan leksema. 
 
Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
SILDIROP 
Sildirop atalmish bitta qishloqda 
Uch olim zo‘r suhbat qilishar edi. 
Har biri xalqlarning kechmishini va 
Juda ko‘p tillarin bilishar edi. 
 
Ma’no muallimi, so‘zshunos tengsiz, 
Ming yillik tavorix boshlarida jam. 
128


Ularning oldida Koshg‘ariy ojiz, 
Hijolat chekadi Zamaxshariy ham. 
 
So‘zlarning tarixiy negizlarini 
Ochishda har biri ustasi farang. 
Bugun ham uchovi tortishmoqdalar, 
Sildirop so‘zining ustida, qarang. 
 
Turkiyning mo‘g‘ulcha ildizin kovlab, 
Ochg‘uvchi bittasi dalillab dedi: 
Eradan oldingi mo‘g‘uliy tilda 
Sildirop kalomi shel dir ap edi. 
 
Chingizxon bosqini davrida bizning 
Turkiyga bu so‘z ham kirib kelmishdir. 
Va forsiy zabonning ta’sirida xo‘p 
O‘zgarib, Sildirop shaklin olmishdir   
 
Ikkkinchi tilshunos iqtibos bilan 
Fikrlarin isbot qilmoqqa tushdi. 
Xullas, bu olimning taxmini bilan 
Sildirop pahlaviy davriga uchdi. 
 
Qadimgi Eronning bir lahjasidan 
Sildirop kalomi kirib kelganmish. 
Zeroki, forsiyning o‘tmishida ham 
Sang, gir, ob so‘zlari faol bo‘lganmish. 
 
Yana bir farazni aytdi boshqasi, 
Mahalliy zamindan qidirib ildiz. 
Ming yillik manbadan havola olib, 
So‘ldirab so‘zidan qolgan dedi iz. 
 
Xullas, uch tilshunos, uch zakiy olim
Sildirop so‘ziga doxil bo‘lishdi. 
Taxminlar otiga minib, sho‘rlikni 
Ko‘pkari qilishdi, uloq qilishdi. 
 
Shu onda hassali, munkillagan chol, 
O‘tib ketayotib, bir oyoq ildi. 
129


Suhbati qizigan uchta olimga 
Hurmat yuzasidan tavoze qildi. 
 
Dedi: olimlarga hurmatim cheksiz
Ular payg‘ambarning merosxo‘rlari. 
Olimning har ikki dunyosi obod, 
O‘lsa, nurafshondir qabri-go‘rlari. 
 
Quloq og‘ir, ko‘zim nursiz bo‘lsa-da, 
So‘zlarga aylanar hali bu tilim. 
Biroq Sildiropni aytish ko‘p g‘alat, 
Bittagina menmas, aytolmas elim.  
 
Moskopda o‘lganda Sildirop degan 
Kallelinga o‘xshash bir echki soqol. 
Nomi shu qishloqqa qo‘yildi qoldi, 
Deya nolib qo‘ydi o‘tmishdan ham chol. 
 
Yuz yillik tarixdan dalillar bilan
So‘ylardi aybdor sezganday o‘zin. 
Hijolat ham bo‘lib qo‘yar qurg‘ur chol 
Aytolmasligidan Sverdlov so‘zin. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat