Baxtiyor mengliyev


Leksema va so‘zda lison va nutq munosabatining aks etishi



Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/227
Sana31.10.2020
Hajmi1.62 Mb.
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   227
 
Leksema va so‘zda lison va nutq munosabatining aks etishi. 
Leksema lisoniy birlik bo‘lsa, so‘z uning nutqiy voqelanishi, nutqiy 
birlik.  Shuning  uchun  leksema  barcha  lisoniy  birliklarga  xos 
bo‘lgan tayyorlik, umumiylik, majburiylik kabi xossalarga, so‘z esa 
nutqiy  birliklarning  tayyor  emaslik,  individuallik,  ixtiyoriylik 
belgilariga ega. 
Leksemaning  tayyorligi  va  so‘zning  tayyor  emasligini 
dalillovchi  asosiy  belgidan  biri  –  uning  nutqda  namoyon  bo‘lishi 
uchun tayyor bo‘lishi, so‘zlovchi uni nutqda faqat ishga solishi.  
Кo‘rinadiki,  leksema  ma’lum  bir  tilda  so‘zlashuvchilar  ongida 
shakl  va  mazmunning  yaxlitligi  sifatida  nutqqa  chiqishga  shay 
bo‘lib  turadi,  nutq  jarayonida  hosil  qilinmaydi.  Masalan,  o‘zbek 
tilida  so‘zlashuvchilarning  ongida,  deylik  stol,  ona,  ruchka
bormoq,  qizil,  o‘n  leksemalari  borliqdagi  biror  narsa,  predmet, 
harakat,  miqdor,  belgi  kabini  ifodalovchi  ongdagi  tushunchaning 
118


in’ikosi  sifatidagi  ma’nolari  bilan  tayyor  bo‘lib,  so‘zlovchining 
“buyrug‘i”ni  kutgan  holda  turadi.  So‘zlovchiga  u  ajdodlar 
tomonidan  shakliy  va  mazmuniy  yaxlitlik  sifatida  “meros  qilib 
qoldirilgan”. So‘zlovchi uning na shakl, na ma’no tomonini hamma 
uchun  umumiy  qilib  o‘zgartira  oladi.  Ularni  nutq  jarayonida 
boshqa  bir  ma’noda  qo‘llashi  mumkin,  xolos.  Lekin  til  jamiyati 
ongida  mazkur  shakl  bu  ma’noni  ifodalashga  xoslanmaganligi 
uchun  u  umumiylik  va  barqarorlik  xossasiga  ega  bo‘la  olmaydi. 
Masalan, so‘zlovchi haykal leksemasini “asar” ma’nosida qo‘llashi 
mumkin:  Mening  haykalim  bitdi  kabi.  Ammo  mazkur  shaklga 
“asar”  ma’nosi  vaqtincha  birikib  turadi  va  bu  birikish  o‘tkinchi 
bo‘lganligi  tufayli  yashovchanlik  kasb  eta  olmaydi.  Demak, 
so‘zlovchi  leksemaning  na  shakliy  tomonini,  na  mazmuniy 
tomonini o‘zgartira oladi. 
So‘z  esa  til  jamiyati  a’zolari  ongidagi  leksemaning  so‘zlovchi 
tomonidan  nutq  sharoitiga  mos  ravishda  qo‘llanilishi.  Leksema 
so‘z  sifatida  voqelanganda,  o‘zining  bir  qirrasinigina  olib  chiqadi. 
So‘zlovchi  leksemani  nutqqa  chiqarganda,  unga  morfologik, 
sintaktik, uslubiy jihatdan ishlov beradi. So‘z so‘zlovchi tomonidan 
leksema asosida uning nutq maqsadiga mos ravishda tayyorlanadi. 
Masalan,  Men  qiziq,  sarguzasht  kitoblarni  sevaman  gapidagi 
kitoblarni  so‘zini  olaylik.  Undagi  nutqiy  lug‘aviy  ma’no  uchun 
kitob  leksemasi  asos  bo‘lgan.  Biroq  leksemaning  fonetik  qiyofasi 
(ya’ni  tovushlar),  morfologik  belgilari  (ko‘plik,  tushum  kelishigi), 
sintaktik  vazifasi  (so‘z  kengaytiruvchisi,  tobe  a’zo,  to‘ldiruvchi 
ekanligi)  kabilar  so‘zlovchining  individual  sa’y-harakati  asosida 
yuzaga  keltirildi.  kitob  leksemasi  ongimizda  “varaqlardan  tashkil 
topgan,  muqovalangan,  bosma  yoki  qo‘lyozma  holdagi,  davriy 
bo‘lmagan  o‘quv  quroli”  va  “yirik  hajmli  asarning  qismi”  kabi 
ikkita  sememasi  bilan  tayyor  va  barqaror  holatda  turadi. 
Yuqoridagi  gapda  (nutqda)  uning  bir  ma’nosi  yuzaga  chiqqan. 
Ushbu leksemaning ongimizda birikuv imkoniyatlari juda kengdir. 
Bu gapda esa u qiziq, sarguzasht so‘zlarinigina biriktirgan. Boshqa 
biriktirish o‘rinlari bo‘sh qolgan. Shuningdek, ma’nodagi “bosma” 
qismigina  yuzaga  chiqqan  bo‘lib,  “qo‘lyozma  holdagi”  qismi 
voqelanmagan.  Leksemaning  semantik  imkoniyatida  kitobning 
119


qandayligi, masalan, badiiyligi yoki ilmiyligi belgilanmaydi. Lekin 
u  badiiy  yoki  ilmiy  bo‘lishi  mumkin.  So‘zlovchi  esa  yuqoridagi 
so‘zda uning badiiyligini bo‘rttirgan.  
Demak,  leksema  keng  ma’noli  bo‘lib,  so‘zlovchi  so‘zda  uning 
ma’lum  bir  qirrasinigina  yuzaga  chiqaradi.  Lekin  so‘z  so‘zlovchi 
tomonidan  boshqa  jihatdan  boyitiladi.  Ya’ni  aytilganidek,  u 
fonetik, morfemik, sintaktik, uslubiy tomondan “to‘yintiriladi”. 
 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat