Baxtiyor mengliyev



Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/227
Sana31.10.2020
Hajmi1.62 Mb.
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   227
morfemaning  jamiyat  a’zolari  uchun  tayyor,  umumiy,  majburiy 
109


bo‘lgan, shakl va mazmunning barqaror birikuvidan tashkil topgan, 
voqelikdagi 
narsa, 
belgi, 
xususiyat 
va 
munosabatni 
shakllantiruvchi,  nutqda  grammatik  morfemalarni  o‘ziga  biriktira 
oladigan  bir  turi”  degan  ta’rif  ham  bor  (H.Ne’matov,  R.Rasulov. 
O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 
1990.)  
Leksemani  morfema  orqali  ta’riflash  va  uni  morfemaning  bir 
turi  sifatida  qarash,  mantiqan,  lisoniy  qurilishda  uning  alohida, 
mustaqil o‘rni yo‘q deyishning o‘zi. Lekin har bir tilning izohli va 
tarjima  lug‘atlari  mavjudligining  o‘zi  leksik  sathning  mustaqilligi 
va  alohidaligini  ko‘rsatib  turadi.  Ammo  yuqoridagi  fikrlar  ham 
asossiz emas. 
Tilshunoslar  Arastu  davridan  hozirgacha  leksema,  so‘z  ustida 
bosh  qotirib  kelishmoqda  va  bugungi  kunda  unga  yuzlab  ta’riflar 
berilgan. Hatto ayrim olimlar tomonidan o‘zbek tilshunosligi jahon 
tilshunosligida  hal  etilgan  kesim  tushunchasini  qaytadan  ishlab 
chiqish  zarurati  yo‘qligi,  faqat  uning  o‘zbek  tilida  qanday 
voqelanishini  ochish  lozimligi  haqidagi  fikrlar  ilgari  surilganligi 
kabi  leksemaga  ham  shunday  qarashlar  kuzatiladi.  Biroq  bugungi 
kunda  “o‘zbekcha  kesim”  tushunchasi  “oqlandi”  va  o‘z  ilmiy 
talqinini  topdi.  Demak,  bundan  metodologik  omil  sifatida 
foydalanib,  uni  umumiy  va  xususiy  leksema  nazariyasiga  ham 
tatbiq  qilish  lozim.  Bu  bevosita  o‘zbekcha  leksema  tushunchasini 
yaratish,  bunda  o‘zbek  tilining  ichki  tabiatidan  kelib  chiqish 
zarurati mavjudligi bilan bog‘liq. 
Agglyutinativ  tillar,  jumladan,  o‘zbek  tilidagi  va  flektiv  tillar, 
xususan,  rus  va  arab  tillaridagi  o‘zaklar  keskin  farqlanadi.  Rus  va 
arab  tillaridagi  o‘zaklarni  lug‘atda  qo‘shimchadan  xoli  berib 
bo‘lmaydi, shu jihati bilan ular morfemaga o‘xshaydi. O‘zbek tilida 
esa  bunday  emas.  Dalil  uchun  ruscha  [ч],  [пись],  arabcha  [qr’], 
[ktb]  va  o‘zbekcha  [o‘qi],  [yoz]  o‘zaklarini  qo‘llanish  va  ma’no 
anglatish xususiyatiga  ko‘ra  qiyoslash  yetarli.  Mustaqil  va  alohida 
ajratilgan  holatda  [ч]  ning  o‘zak  ekanligini  mutlaqo  anglab 
bo‘lmaydi  (читать,  учеба,  учение),  biroq  mulohaza  yuritish 
natijasidagina [пис] ning пишу, письмо so‘zlari bilan aloqadorligi 
seziladi.  Arabcha  [ktb],  [qr’]  o‘zaklari  haqida  esa  bir  qarashda 
110


ularning  o‘qish  va  u  bilan  aloqador  til  unsurlari  ekanligi,  biroq 
lug‘atda mustaqil qo‘llana olmasligi xususiyatlarini aytish mumkin. 
O‘zbekcha  [o‘qi]  va  [yoz]  o‘zaklarini  sharhlashda  bu  til  egasi 
qiyinchilik sezmaydi.  
Ko‘rinadiki, o‘zbek tilida lisoniy sath birligi sifatida eng kichik 
ma’noli  birlikning  ikki  alohida  turini  –  leksema  va  morfemani 
qat’iy  chegaralash  uchun  yetarli  asos  mavjud.  O‘zbek  tilida 
leksema  va  morfema  boshqa-boshqa  hodisa.  Rus  va  arab  tillarida 
leksema  –  morfemaning  bir  turi.  Demak,  turkiy  tillarda  leksemani 
morfemaning  bir  turi  sifatida  emas,  balki  lisoniy  sathning 
morfemadan  yuqoriroqda  turgan  va  til  egasi  ongida  borliqdagi 
ma’lum  bir  voqelik  bilan  bevosita  aloqada  bo‘lgan  lisoniy  birlik 
sifatida qarash lozim.  
Ma’lum  bo‘ladiki,  o‘zbek  tilida  lisoniy  birliklar  fonema, 
morfema,  leksema,  qolipdir.  Flektiv  tillarda  esa  lisoniy  birliklar  – 
fonema, morfema, leksema va qolipdir.  
Shunday  qilib,  “o‘zbekcha  leksema”  o‘zida  tayyorlik, 
majburiylik, 
takrorlanuvchanlik, 
ijtimoiylik 
xususiyatlarini 
mujassamlashtirgan,  shakl  va  denotativ  ma’no  birligidan  iborat, 
mustaqil  anglanish  va  qo‘llanish  tabiatiga  ega  bo‘lgan  lisoniy 
birlikdir.  
Albatta,  ayrim  til  hodisalari  leksema  va  morfema  oralig‘ida 
turganligi  uchun  bu  ta’rifga  sig‘masligi  mumkin.  Bunday  oraliq 
hodisalar  tilda  ko‘p  uchraydi.  Bu  til  sistemasining  uzluksizligi  va 
uzviyligini ta’minlaydi. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat