Baxtiyor mengliyev



Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/227
Sana31.10.2020
Hajmi1.62 Mb.
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   227
UCHINCHI FASL 
LEКSIК–SEMANTIK SATH 
 
11-§. Leksika, leksik-semantik sath va leksikologiya  
 
Tayanch tushunchalar 
til,  lison,  nutq,  sath,  lisoniy  sath,  nutqiy  sath,  til,  tilshunoslik, 
tilshunoslik bo‘limlari  
O‘zlashtiriladigan tushunchalar 
leksik-semantik sath, leksikologiya, morfema, leksema  
 
Leksika.  Leksika  termini  grekcha  lexikos  (“so‘zga  oid”) 
leksemasi  hosilasidir.  Leksika  deganda,  tilning  barcha  so‘zlari, 
lug‘at  tarkibi  nazarda  tutiladi.  Leksika  termini  tilning  alohida 
so‘zlar qatlamiga ham (maishiy leksika, poetik leksika, ish yuritish 
leksikasi  kabi),  bir  ijodkor  tomonidan  qo‘llangan  barcha  so‘zlarga 
nisbatan  ham  (Navoiy  leksikasi,  Tog‘ay  Murod  leksikasi)  yoki 
biror asar haqida ham (“So‘z haqida so‘z”) qo‘llanilishi mumkin. 
Til  leksikasi  tilshunoslikning  leksikologiya,  semasiologiya  va 
onomasiologiya  sohalari  o‘rganish  manbayi  hisobalanadi.  Leksika 
bevosita 
yoki 
bilvosita 
borliqni 
ifodalaydi, 
jamiyatdagi 
o‘zgarishlarni,  xalqning  moddiy  hayoti  va  ma’naviy  olamini  aks 
ettiradi, yangi predmet, hodisa, jarayon va tushunchalarni ifodalash 
uchun yangi so‘zlar bilan muttasil to‘lib boradi. O‘zida eskirish va 
yangilanishni to‘la aks ettiradi. Iste’mol darajasi susaygan birliklar 
esa  leksikadan  butunlay  chiqib  ketmaydi.  Moddiy  ishlab 
chiqarishning  har  xil  sohalari  muntazam  rivojlanib,  yangi 
yo‘nalishlar bilan boyib borishi, fan va texnikaning tinimsiz rivoji 
yangidan  yangi  maxsus  so‘zlar  –  termin  va  terminologik 
qatlamlarni  vujudga  keltiradi  va  rivojlantiradi.  Bunda  e’tiborlisi 
shundaki,  umumiste’mol  so‘zlarning  ayrimlari  terminologik  tabiat 
kasb  etsa,  ayrim  terminlar  o‘z  ifodalanmishining  kundalik 
turmushda  qo‘llanish  darajasiga  bog‘liq  ravishda  umumiste’mol 
xususiyat  kasb  etib  boradi.  Jamiyatda  umumiy  ta’limning  rivoji 
ham  tilning  o‘rta  saviyali  sohiblarida  til  terminоlogik  tizimining 
xalqchillashuviga olib keladi. 
106


Til 
leksikasida 
jamiyatning 
ijtimoiy 
qatlamlanishi 
(professional,  yosh,  jins  va  h.)  o‘z  aksini  topadi.  Shunga  ko‘ra,  til 
leksikasi  har  xil  sotsial  dialektlarga  xoslanishi  jihatdan 
tarmoqlanadi:  jargon,  argo,  sleng.  Til  leksikasining  sotsial 
xoslanishi sotsial dialektologiya, sotsiolingvistika, psixolingvistika 
kabilar  tomonidan  o‘rganiladi.  Leksikada  til  egalarining  turli 
hududiy  dialektlarga  mansubligi,  xususan,  hududiy  sifatlar  o‘z 
ifodasini  topadi.  Tilning  hududiy  variativligi  dialektologiya 
tomonidan  o‘rganiladi.  Dialektal  so‘zlar  umumadabiy  leksikani 
to‘ldiruvchi eng muhim ikki vositadan biri sanaladi. 
Adabiy nutqda qo‘llanilib, hali unga to‘liq singmagan, mahalliy 
kolorit,  hududiy  bo‘yoq  yaqqol  sezilib  turgan  sheva  so‘zlari 
“dialektizmlar”  deyiladi.  Tog‘ay  Murod,  Shukur  Xolmirzayev, 
Nazar  Eshonqul  asarlarida  dialektizmlarning  yorqin  namunalarini 
ko‘ramiz.  
 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
sinflar uchun
pedagogika universiteti
bilan ishlash
таълим вазирлиги
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
haqida umumiy
fizika matematika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat
universiteti fizika
Buxoro davlat
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti