Barakayev sardor



Download 80,9 Kb.
bet1/3
Sana20.01.2022
Hajmi80,9 Kb.
#393292
  1   2   3
Bog'liq
Axborot sohasini isloh qilish- taraqqiyotning muhim sharti


TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI 1-DAVOLASH FAKULTETI 1-KURS TALABASI 105- A GURUH BARAKAYEV SARDORning O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANIDAN MUSTAQIL ISHI KAFEDRA: IJTIMOIY GUMANITAR FANLAR O‘QITUVCHI : RO‘ZIYEV BOBOSHER

SANA :


1.Mustaqil OAV ni shakllantirish va uning faoliyatiga yangicha yondashuv.

Bugungi globallashuv sharoitida axborot nixoyatda muhim ahamiyat kasb etayotgani hech kimga sir emas.Dunyoni manfaatlar boshqarayotgan hozirgi zamonda axborot ko’magida juda ko’p narsalarga erishish mumkinligini ko’rib, bilib, xis etib turibmiz.Shu bois mamlakatimizda ham mazkur soxa rivojiga yuksak e'tibor berilayotgani tabiiy xoldir.1

Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab axborot sohasidagi islohotlar tadri­jiy va tizimli ravishda olib borilmoqda. Natijada­ O’zbekistonda ommaviy axbo­rot vositalarini qo’llab-quv­vatlash hamda ularni demokratik va liberal islohotlar­ning harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish bo’yicha o’zi­ga xos tajriba to’plandi.

O’zbekiston mustaqillikka erishgan davrdan boshlab davlat va jamiyat o’rtasida bamisoli ko’prik bo’lib xizmat qiladigan tom ma’noda milliy matbuotni shakllantirish, uning jahon axborot olamiga kirib borishi va o’z o’rnini egallashi mamlakatimiz uchun eng muhim va dolzarb masalalardan biriga aylandi.

Bu vazifani hal etishda ommaviy axborot vositalarini yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy sharti va mezoni sifatida belgilab, bu sohani doimiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilayotgani bugun o’z samarasini berayotganini juda ko’p misollarda ko’rish mumkin.

,,Yurtboshimiz rahnamoligida mamlakatimizda tinchlik va xavfsizlikni saqlash, jahondagi tinchliksevar davlatlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqimiz farovonligi va ijtimoiy barqarorligini ta’minlash yo‘lida chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur o‘zgarishlar samarasi o‘laroq yurtimizda barqarorlik va ahil-totuvlik, bunyodkorlik hukm surmoqda, amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonunlar kishilarimizda ertangi kunga ishonch tuyg‘usini mustahkamlamoqda.1

Mamlakatimizda demokratik islohotlar jadal olib borilayotgan bir paytda Prezidentimiz tomonidan«Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»ning e’lon qilinishi ijtimoiy-siyosiy hayotimizda muhim voqea bo‘ldi. Ayniqsa, Konsepsiyada mamlakatni isloh etish va demokratlashtirishning bir necha ustuvor yo‘nalishlari belgilanishi kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida navbatdagi bosqichni boshlab berdi.

Ma’lumki, har qanday jamiyatning taraqqiy etishi boshqa muhim masalalar qatori avvalo axborot va so‘z erkinligi ta’minlanishiga bog‘liq. Konsepsiyaning uchinchi yo‘nalishi mazkur sohani isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlashga bag‘ishlangan, bu sohadagi ustuvor vazifalar belgilab berilgan.

Axborot oqimi shiddat bilan turmush tarzimizga kirib kelayotgan bugungi kunda bu sohani taraqqiy ettirish jahondagi makrofaktorlardan biridir. O‘tgan yillar davomida axborot sohasini isloh qilish, ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada liberallashtirish, so‘z erkinligini ta’minlash borasida keng qamrovli ishlar qilindi. Ommaviy axborot vositalari rivojini ta’minlaydigan, demokratik talab va me’yorlarga to‘la mos keladigan mustahkam qonunchilik asosi yaratildi. Shu bilan birga, OAVni rivojlantirish, axborot sohasini demokratlashtirish jarayonida OAVning faol ishtirokini ta’minlash uchun yangi qonunlar qabul qilishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda.

Inson hayotida har yangi yuz yillik alohida o’rin egallaydi. Uni har kim o’z dunyoqarashi, kasbu kori yoxud boshqa mezonlardan kelib chiqib, o’zicha nomlashi mumkin. Masalan, „XXI asr-axborot asri“ degan jumla yangi yuz yillikning dastlabki davridayoq dunyo afkor ommasining e’tiboriga tushgani bejiz emas. Nega deganda, bugungi tezkor zamonning o’zgarishlari tufayli boshqa sohalar qatori ommaviy axborot vositalari tizimi ko’z o’ngimizda shiddat bilan rivojlanib, hayot voqeligini aks ettirish bo’yicha yangi-yangi talab va mezonlar paydo bo’lmoqda.1

Hozirgi kunda butun dunyoda ommaviy axborot vositalari o’zining ilgari tasavvur qilish ham qiyin bo’lgan beqiyos imkoniyatlari hisobidan o’ta kuchli va ta’sirchan vositaga, ta’bir joiz bo’lsa, g’oyat o’tkir qurolga aylanmoqda. Internet, sun’iy yo’ldosh, eng zamonaviy elektron vositalar va telekommunikatsiya tarmoqlari yordamida Yer yuzining istalgan nuqtasiga bir zumda ma’lumot uzatish imkoniyatiga ega bo’lgan bu qudratli tizim endilikda jahon axborot maydonida qanday yuksak taraqqiyot jarayonlari yuz berayotganini yaqqol ko’rsatib turibdi.

Bularning barchasi o’z navbatida bugun global axborot makonida yangi imkoniyatlar ufqlarini ochib berish bilan birga, o’ta murakkab vaziyat va keskin raqobatga, turli-tuman, ba’zan bir-biriga zid bo’lgan manfaatlarning o’zaro to’qnashuviga olib kelayotganini ham ko’rish, kuzatish qiyin emas.

Ta’kidlash kerakki bugungi kunda ommaviy axborot vositalari uchun zamonaviy texnalogiyalar qanchalik zarur bo’lsa, ular har tomonlama puxta o’zlashtirib samarali va oqilina ishlatishga qodir bo’lganjurnalistlar radio – televideniya xodimlari, matbaachi texnik – muhandislar ham shunchalik zarur.

Aynan shu maqsadda Toshkent axborot texnalogiyalari universitetida televizion texnalogiyalar fakulteti, Toshkent shahrida televideniya va radio kasb- hunar kolleji tashkil etilgani,poytaxtimizda zamonaviy media markaz bunyot etilgani bu sohaga bo’lgan doimiy e’tiborning yana bir amaliy ifodasi desak yanglishmagan bo’lamiz.

Shu bilan birga, viloyat va tumanlarda mahalliy nashrlar , tele-radio studialarning moddiy- texnik bazasi, kadrlar zahirasini mustahkamlash bo’yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

O’z navbatida matbuot, radio –televidenie xodimlarining professional malakasi va maxoratini oshirish, ularning mashaqqatli mehnatini qadrlash va rag’batlantirish, jahon jurnalistikasinining ilg’or tajribalarini chuqur o’rganish uchun rivojlangan mamlakatlar bilan ijodiy hamkorlik va muloqotlarni kuchaytirish bo’yicha yangi imkoniyatlar tug’dirib berish masalalari ham soha mutasaddilari va mutaxasislarning e’tibor markazida ekani tabiiydir.

Istiqlol tufayli fuqarolarimizning dunyoqarashi, tafakkuri, huquqiy ongi va madaniyatida tub o‘zgarishlar yuz berdi. Bugun O‘zbekistonda boshqaruvni liberallashtirish davlat va jamiyatni modernizatsiya qilish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, adolatli fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlari OAV faoliyatiga yangicha yondashuvlarni taqozo etmoqda. Mazkur masala, shubhasiz, fuqarolik jamiyatining muhim institutlaridan biri bo‘lmish ommaviy axborot vositalari faoliyatini erkinlashtirish masalalariga borib taqaladi.

Har qanday jamiyatda axborot hamisha mamlakat taraqqiyotining ko‘zgusi, kishilarning ongi, dunyoqarashi, siyosiy saviyasining shakllanishida asosiy vosita bo‘lib xizmat qilib kelgan. Bu holat ayniqsa shiddatli sur'atlar bilan o‘zgarib borayotgan bugungi globallashuv zamonida har qachongidan ko‘ra keng tarmoq yozdi, binobarin, hayotimizning birorta sohasini ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

”So‘z va matbuot erkinligi, uning keng oshkoraligi, islohotlarning ochiqligini ta'minlaydigan demokratik prinsiplarni hayotga joriy etish imkonini beradi. Ayni ana shu vazifa nuqtai-nazaridan jamiyatni yanada rivojlantirish, uni sifat jihatidan yangilashda ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolmoqda.

Kuchli fuqarolik jamiyatini rivojlantirish ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalari vazifalarini bosqichma-bosqich jamoat tashkilotlari zimmasiga o‘tkaza borish singari demokratik tamoyillarni chuqurlashtarishda OAV imkoniyatidan samarali foydalanish zarur bo‘lib qolmoqda.”1

Axborot sohasini isloh qilish, milliy ommaviy axborot vositalari sohasida butkul yangi tizimni yo‘lga qo‘yish, axborot va so‘z erkinligini, ta'minlashham o‘zbek modelining ma'no-mazmunini tashkil etgan qadriyatlar, hayotiy prinsiplar mujassam bo‘lgan.

“Mustabid tuzumga xos o‘z umrini o‘tab bo‘lgan jamiyatni boshqarish aqidalaridan voz kechib, yosh mustaqil davlatni zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga olib chiqish, hayot sifatini yaxshilash, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish o‘z-o‘zidan amalga oshmasligi ortda qolgan yigirma yillik shonli va g‘oyatda murakkab istiqlol yillari voqealarida o‘z ifodasini topdi.”1 Shu o‘rinda hech ikkilanmay aytish mumkinki, jamiyat hayotida yuz bergan va berayotgan voqea-hodisalarning hech birini axborot sohasidan, ommaviy axborot vositalaridan ajratgan holda tushunish mumkin emas. Xususan, mamlakatda demokratik jamiyat asoslarini barpo etish axborot va so‘z erkinligini ta'minlash masalalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Chunki fuqarolarning axborotga doir huquq va erkinliklarini ta'minlash demokratik hayot barpo etish yo‘lidagi har qanday jamiyat oldida turgan birlamchi masalalardan hisoblanadi. Aytish joizki, O‘zbekiston bu borada eng to‘g‘ri yo‘lni tanladi va ushbu yo‘ldan og‘ishmay olg‘a bormoqda.

Istiqlol yillarida suniy yo’ldosh aloqa tarmog’i orqali teleradio dasturlarni tarqatish yo’lga qo’yilgani evaziga mamlakatimiz telekommunikatsiyalar tizimi dunyoning 180 ta mamlakatiga 28 ta yo’nalish bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri chiqadigan xalqaro kanallarga ega bo’lgani alohida ta’kidlash joiz. Binobarin endilikda yurtimizda teleradiokanallar tomonidan tayyorlanayotgan ko’rsatuvlar va eshittirishlar Internet global tarmog’i orqali real vaqt rejimida jahonga uzatilayotgani harqancha tahsinga loyiq.

OAVning yuksak g’oyaviy minbar va odamlar qalbu shuuriga tez ta'sir etuvchi vosita singari imkoniyatlaridan samarali foydalanish - odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash va aholining ijtimoiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish, eng avvalo insonning o’zini o’zi tushunishi va fuqarolararo munosabatlarni yuksak ma'naviy-ma'rifiy mezonlar asosida shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, OAV institutlari zamonaviy insonparvar tafakkurni, fuqarolardan ijodkorlik ruhini, yaratuvchilik qobiliyatini, bunyodkorlik imkoniyatlarini kengaytiradi. Ya'ni, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish, boshqarish, hozirgi zamon me'yorlari asosida kishilik taraqqiyotini ta'minlashning yangi usul va uslublarini qidirib topish zarurligidan kelib chiqib, OAVning siyosiy-huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik axborot tizimini boshqarish kabi qator, bir-biriga uzviy bog’liq bo’lgan imkoniyatlarini yanada kengaytirishni taqozo etadi. Shu bilan birga, OAVni boshqarish va tashkil etishning eng maqbul shaklini joriy etish zarur bo’lmoqda. Uning bevosita davlat hokimiyati va o’zini o’zi boshqarish organlari o’rtasidagi munosabat, o’zaro ishonchni, jamiyat va davlat taraqqiyotini, fuqarolar yakdilligini, ma'naviy va g’oyaviy jihatdan birligini ta'minlovchi kuchli vositalar sifatida imkoniyatlarini yanada kengaytirish zarur bo’ladi.

OAV instituti, avvalo, milliy manfaat, jamiyat va shaxs erkinligini hisobga olgan, axborot olish va uni tarqatish kafolati hamda majburiyati bilan bog’liq jarayonlarning bevosita shaxsiy, mahalliy, urug’-aymoqchilik manfaatlaridan ustun turadigan, umummilliy manfaatga daxldor bo’lgan qadriyatga aylanib bormog’i lozim. Ana shunday sharoitda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga yo’naltirilgan har qanday mazmundagi axborotni tarqatishdan oldin jamiyatning ma'naviy - ruhiy holatiga salbiy ta'sir etuvchi, ijtimoiy, milliy, etnik, diniy tafovut va kelishmovchiliklarni kuchaytiruvchi, zo’ravonlik va urushni targ’ib etuvchi, pornografiya, maishiy buzuqlik, shaxslar mavqyeiga, obro’siga va sha'niga salbiy ta'sir etuvchi axborotlarni chegaralashning norasmiy, vijdon bilan bog’liq bo’lgan, sog’lom aql va yuksak tafakkurga tayangan ma'naviy-ruhiy me'yorlari vujudga keladi.

O’zbekistonda demokratik tamoyillarni yanada rivojlantirish va kuchli fuqarolik jamiyatini takomillashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlar mustaqillik yillarida huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish chora-tadbirlarining izchil va qonuniy tus olganiga bevosita bog’liq. Ana shundan kelib chiqib, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning hozirgi bosqichida huquqiy demokratik davlat tamoyillarini amalda ro’yobga chiqarish - davlat organlari, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat faoliyati ustidan OAV orqali jamoat nazoratini o’rnatish zarurati kuchayib bormoqda.

OAV faoliyatini erkinlashtirish - jamiyatda o’tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini ta'minlaydigan demokratik prinsiplarni hayotga joriy etuvchi vositadir. Fuqarolarning ijtimoiy faolligi va siyosiy madaniyatini oshirishda OAVning roli tobora oshib bormoqda. Bu, hatto, davlat tizimi faoliyatining barcha jabhalarida xo’jalik yurituvchi sub'yektlar o’rtasida raqobat muhitini qaror toptirish va hammaga barobar bo’lgan shart-sharoitlar yaratishga qaratilishi, davlat boshqaruvi idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tuzilmalariga, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga o’tkazish masalasida aks etadi.

O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti OAV instituti va jamoatchilik nazorati tushunchalarining mohiyati va ahamiyatini tobora oshirmoqda. Mazkur serqirra, murakkab, zargarlarga xos noziklik bilan hal qilishni talab etgan ijtimoiy-siyosiy jarayon tobora yangi mazmun kasb etmoqda. Tub yangilanishlar davrining o’ziga xos murakkabliklari, katta geosiyosatdagi suveren davlatlarga nisbatan olib borilayotgan tashqi bosimlarning ko’lami, shu bilan bir qatorda kuchli fuqarolik jamiyatining muhim elementi bo’lmish siyosiy saylovlar tajribasi mazkur muammoning naqadar murakkabligini namoyon qilmoqda. Ayniqsa, OAV faoliyatini erkinlashtirish, jamiyatda o’tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini ta'minlaydigan demokratik prinsiplarni hayotga joriy etuvchi jarayon ekani kunday ravshan bo’lib bormoqda.

Davlatning iqtisodiy sohaga, jumladan, xo’jalik yurituvchi tuzilmalar, birinchi navbatda xususiy sektor faoliyatiga aralashuvini cheklashi hamda qonunlar ijrosi bo’yicha davlat hokimiyati organlari ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishi lozim. Ayni shu g’oyani mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov keng jamoatchilik oldiga strategik masala sifatida qo’ymoqda. Ya'ni, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va bu vazifalarni bosqichma-bosqich jamoat tashkilotlari zimmasiga o’tkazish zarurligini talab qilmoqda. Ayni ana shu vazifalarni bajarish esa OAV institutining fuqarolarning ijtimoiy faolligi va siyosiy madaniyatini oshirishdagi roliga ham bevosita bog’liqdir.

Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda axborot sohasini demokratik isloh qilish, so’z va axborot erkinligini ta’minlash bo’yicha bosqichma - bosqich va izchil kompleks chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.1

Ma'lumki, ommaviy axborot vositalari siyosiy-g‘oyaviy, ma'naviy-ruhiy kommunikatsiyaning asosiy tayanchi sifatida jamiyatning ijtimoiy-siyosiy faolligiga kuchli ta'sir etib, davlat institutlariga nisbatan jamoatchilik nazoratining kuchayishi uchun yangidan-yangi imkoniyatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Demak, ommaviy axborot institutlarining jamiyat hayotidagi ma'naviy-siyosiy salohiyati qanchalik kuchli bo‘lsa, jamiyatda shu darajada faollik va rag‘bat, bunyodkorlik hamda g‘oyaviy uyg‘oqlik tuyg‘ulari kuchli bo‘ladi. OAV institutlari orqali jamoatchilik nazoratini kuchaytirish fuqarolarga konstitutsiyaviy asosda o‘zaro birlashish, uyushish huquqini ro‘yobga chiqarishga imkon beradi. Aholi turli guruh va qatlamlarining ijtimoiy manfaat va qiziqishlarini ifoda etadi. Qolaversa, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqiy va siyosiy madaniyatini yuksaltirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalarini erkin rivojlantirishga qaratilgan qonunchilik asoslarini yanada takomillashtirish, media tarmoqqa bozor mexanizmlarini joriy qilish, OAV bozorida raqobat muhitini shakllantirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Konsepsiyada mazkur yo‘nalishda qator yangi qonunlarni ishlab chiqish, amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan muhim tashabbuslar ilgari surilgan.Kontsepsiyada taklif etilgan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish fuqarolarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqini yanada kengroq amalga oshirish imkonini beradi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari qabul qilayotgan qarorlari haqida keng jamoatchilikni xabardor qilishda muhim o‘rin tutadi.Axborot bozori ishtirokchilari faoliyati samaradorligini kuchaytirish va ularning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, qo‘shimcha iqtisodiy preferensiyalar yaratish va milliy axborot makonini izchil rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan “Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida”gi hamda “Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar milliy matbuotimiz sifati va saviyasini yanada oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Kontsepsiyada mazkur qonun hujjatlari hamda milliy matbuotimizni rivojlantirishning istiqbolli dasturlari ishlab chiqilishining borishi, ularda ko‘zda tutilgan norma va vazifalarning ahamiyati xususida atroflicha ma’lumot berildi. Ommaviy axborot vositalarini erkin rivojlantirishga qaratilgan qonunchilik asoslarini yanada takomillashtirish, bu boradagi chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.Chunki bugun biz demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so‘z yuritar ekanmiz, albatta, axborot erkinligini ta’minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o‘z fikr va g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib bo‘lmasligini o‘zimizga yaxshi tasavvur etamiz.


Ma’lumki, fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini ta’minlash masalasi insonning axborot olish, axborotni va o‘z shaxsiy fikrini tarqatish huquqi va erkinligini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, bu O‘zbekistonda demokratik jamiyat asoslarini barpo etishning muhim sharti, ta’bir joiz bo‘lsa, tamaltoshi hisoblanadi.
Mamlakatimizda o‘tgan yillar davomida, ayniqsa oxirgi 10 yilda ommaviy axborot vositalarini yanada liberallashtirish, so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Yurtimizda avvalo ommaviy axborot vositalari rivojini ta’minlaydigan, demokratik talab va standartlarga to‘la mos keladigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. Ushbu davrda ommaviy axborot vositalarini erkin va jadal rivojlantirishga, axborot sohasining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan 10 ga yaqin qonun hujjatlari qabul qilindi.
«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi har kimning axborotni erkin va moneliksiz olish hamda foydalanish huquqlarini amalga oshirishda, shuningdek, axborotning muhofaza qilinishi, shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi.borot erkinligifuqarolik jamiyati barpo etishga xizmat qiladi.

Mamlakatni modernizatsiyalash va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishda ommaviy axborot vositalarining alohida o’rni bor. Chunki jamiyatning axborotlashuv darajasi uning mavqeyeni, demokratik tamoyillarning nechog’li qaror topganligini belgilab beradi. Ayniqsa, axborot oqimining xilma-xilligi axoli ruxiyati va tafakkurini shakllantirishda muxim omil xisoblanadi.1

Davlatimiz raxbarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi «Mamlakatimizda demokratik isloxotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» nomli ma'ruzasida kuchli fu­qarolik jamiyati barpo etish soxasidagi ustuvor va­zifalar belgilab berildi. Ularni amalga oshirishda OAVning o’rni nixoyatda kat­tadir.

Ayniqsa, axolining axborotga bo’lgan ex­tiyojini qondirishda televideniyening roli beqiyos. Televideniye yangilik va xabarni ishonchli xam­da ta'sirchan tarzda tar­qatadi. Muntazam ijtimoiy mazmundagi axborotga ega bo’lish hozir hayotda faol ishtirok etishning asosiy shartiga aylanib qoldi. Bu­tun dunyoda yoxud muayyan hu­dudda ro’y berayotgan voqealarga doir xabarlar, re­por­tajlardan iborat axborot dasturi xabarlar oqimining yaxlit majmuasi sifatida shakllanmoqda.

Informatsion dasturlar ko’rsatuvlarning dolzarbligi va muximligini taqozo etadi. Axborot ko’rsatuvlarining dasturdagi o’rni va vaqti o’zgarmas tamoyil xi­soblanadi. Tezkor xabarlarni o’z vaqtida yetkazish, auditoriyaga ta'sirchan va yangi usullarda taqdim etish axborot samaradorligini oshiradi.

Televideniye auditoriya bilan informatsion dasturlar orqali bevosita va to’g’ridan- to’g’ri bog’lanadi. Zero, tomoshabinlar mamlakatda va jaxonda yuz berayotgan voqea -xodisalarga befarq emas. Bu yangiliklar ularda muno­sabat va fikr-muloxazalar uyg’otadi. Ko’rsatuvning bu janri tomoshabinda erkin fikrlash imkoniyatini tug’diradi.Shunisi bilan televideniye boshqa kommuni­katsiya vositalaridan tubdan­ farqlanadi.

Bugungi kunda barcha telekanallar yangiliklar dasturiga ega.Mazkur dastursiz telekanal faoliyatini to’la-to’kis deb bo’lmaydi.Telejurnalist uchun yangilik faktlarning o’zgarib borishini anglatadi.Yangilik muxokama mavzusi bo’lishi mumkin.Shuningdek, yan­gilik yangi gap, yangi mas'uliyat, yangi axborot, yangi xa­bar ma'nolarini xam ifo­dalaydi. Sotsiologlarning uqtirishicha, axborot qancha­lik ko’p to’plansa, jamiyat xam shunchalik tez rivojlanadi.1

Demak, davlatning taraqqiy etishida xabarlar oqimi muhim ahamiyat kasb etadi.

Axborot janrlariga to’x­taladigan bo’lsak, unda asosiy e'tibor korxonalarga, muassasa­larga, ishlab chiqarish jara­yonlariga, maishiy mavzularga, tadbirlarga qaratilgan bo’ladi. Voqealarni ko’rsatishdan maqsad xodisa va jarayonlardan ommani voqif qilish. Axbo­rotda asosiy mezon tezkorlik, to’g’ridan- to’g’ri olib ko’rsatish, tomoshabinning voqealar shoxidi bo’lishini­ ta'minlash xisoblanadi. Joy­lardan reportajlar olib borish, voqealarga sharxlar berish, ishtirokchi­lardan intervyular olish, suxbatlar uyushtirish axborot asosini tashkil qiladi2

Axborot asrida aniqlik, tezkorlik, xolislik tamo­yillariga amal qilingan xol­da tayyorlangan maxsulotgina jamoatchilik e'ti­bo­rini­ tortadi.O’zbekiston milliy­ teleradiokompa­niya­sining informatsion dasturlari ijodkorlari faoliyatida xam ana shu mezonlar yetakchi­ axamiyat kasb etmoqda.Telekanallarda efirga uzatiladigan kundalik ko’rsatuvlarning 20-25 foizini informatsion dasturlar tashkil etishi axolining axborotga bo’lgan extiyojini qondirish, axborot bozorida­o’z o’rnini egallashga bo’lgan intilishidan dalolat. «Axborot», «Poytaxt», «Davr» informatsion dasturlari ijodkorlari ana shu maqsad­ yo’lida xizmat qilmoqda.

Barcha xalqlar, jumladan, polyaklar xam informatsion dasturlarni yuqori baxolashadi.Ijtimoiy so’­rov natijalariga ko’ra, ush­bu millat vakillarining 44 fo­i­zi xronometraji 20 daqiqadan oshmagan yangiliklar ko’rsatuvlarini muntazam kuzatib borisharkan. Bugungi kunda Polsha televideniyesining axborot dasturlari o’z tomoshabiniga ega bo’lish va ularning soni or­tishi uchun shu turdagi ko’rsatuvlar bilan raqobatlashib kelmoqda. Chunki in­formatsion dasturlar televizor oldida millionlab odamlarni jamlaydi.

2007 yilda Polshaning Kalish shaxrida o’tkazilgan so’rov natijalari maxalliy axolining 84,1 foizi uchun televizion yangiliklar informatsiyaning asosiy manbai bo’lib xizmat qilishini, 11,8 foizi uchun esa qo’shimcha ma'lumot vazifasini o’tashini ko’rsatdi.1

Televideniyeda yangiliklar bo’limi - ulkan ijodiy jamoa degani. Mazkur jamoaning vazifasi yangiliklar tanlash, uni tomoshabinlarga ta'sirchan uslubda, qiziqarli va faktlar bilan boyitgan xolda yetkazishdan iborat. Yangiliklar, birinchi navbatda, odamlar haqida va ular uchun tayyorlangan bo’lishi kerak. Bundan tashqari, har doim ma'lumotni oddiy va tushu­narli tarzda omma e'tiboriga taqdim etish o’rinlidir. Tomoshabin tushunmagan narsasini, masalan, gazetadagi axborotga o’xshab, qaytadan varaqlab o’qish im­koniga ega emas. U biror­ yan­gilik yoki yoritilgan mavzuni tushunmasa, bu tele­jur­nalistning xatosi xisoblanadi va uning mehnati chip­pakka chiqadi. Qolaversa, tomoshabin o’z fikriga ega. Uning fikri jurnalist fikri bilan to’g’ri kelmasligi mumkin. Shu bo­is telejurnalistikada yangilik ikki xilda: fakt­lar majmuasi va muallif yoki boshlovchi tomonidan voqea­­ga sharx tarzida taqdim etiladi.

«Jurnalistika asoslari» kitobida yozilishicha, auditoriya qaysi axborotni qa­bul­qilishi masalasi chuqur­o’rganilishi lozim bo’lgan muammo.Chunki muayyan nashr yoki eshittirish faoliyatini yo’lga qo’yishdan oldin u kimga qaratilgani, qanday qabul qilinishi, ta'sir doirasi, ko’lami xaqida aniq javoblar topilishi, bular taxririyatlarning biznes rejasiga kiritilishi kerak2.Bunday talab televizion yangiliklar dasturi uchun ham muximdir.Chunki odamlar bir-birlari bilan axborot almashishga odatlangan.Yangilikni taqdim etuvchi har qanday jurnalist milliy manfaatni yodidan chiqarmasligi zarur.

Bugun mamlakatimizda demokratik muxit shakllanib, insonning barcha huquqva erkinliklari ta'minlanmoqda, davlat va jamiyat o’r­tasidagi munosabatlar qo­nuniy asosda rivojlanib bormoqda. Ayni davrda tashabbus ko’rsatish, qiziqarli faktlar, vo­qealar vamuammolarni qi­dirib topish yangiliklar das­turlari ijodkorlarining asosiy vazifasidir. Zero, ja­miyatdagi axborot almashuv, fikrlar xilma-xilli­gi va takomillashib borishi­ mamlakat rivojiga, barqarorlikka xizmat qiladi.

Mustaqillik yillarida OAVning mazmun-mohiyati tubdan o’zgarib, milliy matbuotimiz shakllandi.Shuningdek, jurnalistlarning erkin faoliyat olib borishlari uchun yetarli darajada huquqiy asoslar yaratildi.1

Ommaviy axborot vositalari orasida internet eng yangisi hisoblanadi. Garchand uning paydo bo‘lganiga ancha yillar bo‘lganiga qaramay, an’anaviy matbuotdan o‘zining tezkorligi, xomashyo va joy masalasida cheklov nimaligini bilmasligi bilan ajralib turadi. Mamlakatimizda ushbu soha jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Shunga qaramay, “keyingi yillarda mamlakatimizda raqamli teleradioeshittirishlar infratuzilmasini shakllantirishga alohidae’tibor qaratilmoqda . Buning natijasida, avvalambor, fuqarolarning tezkor,sifatli, keng ko’lamli va samarali axborot olishlari uchun katta imkoniyatlar yaratildi. Ayniqsa, raqamli formatda tasvir va tovush sifati o’ta yuqoriligi television dasturlarni kompyuter, mobile telefon hamda boshqa telekommunikatsiyalar vositalar orqali xizmatlar ko’rsata olish imkoniyatlar borligi aholi uchun nihoyatda maqbul qulayliklarni yuzaga keltirish bilan ahamiyatladir. Shuningdek, demokratlashtirish jarayonlarida ahamiyati tobora ortib borayotgan axborot komunikatsiyalari sohasining eng muhim tarmoqlaridan biri bo’lgan teleradio tizimini rivojlantirishga qaratilgan, kontseptsiyada ko’zda tutilgan ,,teleradioeshittirishlar to’g’risida”gi qonunning qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega ekanini takidlaydi. Telekomunikatsiya sohasining jadal taraqqiy topayotgani, teleko’rsatuv va radio eshittirishlarni uzatish tizimiga zamonaviy texnalogiyalar joriy etilayotgani, raqamli mobil va internet televidenie kabi mutlaqo yangi mediatuzilmalarning hayotimizga shiddat bilan kirib kelishi mazkur tizimdagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik bazasining yanada izchil rivojlantirishni taqozo etmoqda.

Bu sohani rivojlantirish bo’yicha yurtimizda ko’pgina tadbirlar o’tkazildi. Tadbirlar davomida soha mutaxassislari tomonidan milliy internet-jurnalistikaning hozirgi holati va rivojlanish tendensiyalari, sohaning yetakchi va yosh mutaxassislari, blogerlar, ekspertlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, veb-nashrlarda maqolalar sifatini yaxshilash va xilma-xilligini kengaytirish, ommaviy axborot vositasi sifatida internetni rivojlantirishga doir qonunchilik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, onlayn jurnalistlarning bilim va mahoratini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.Seminarda axborot sohasini isloh qilish borasidagi ustuvor yo‘nalishlar, media sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bosqichlari, internet ommaviy axborot vositalari uchun kadrlar salohiyatini oshirishning dolzarb masalalari, shuningdek, O‘zbekistonda onlayn-jurnalistikani rivojlantirishning amaliy jihatlariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.1995-yilning 29-aprelida “.uz” domeni ro‘yxatga olinganidan buyon unda joylashtirilayotgan veb-saytlar soni yil sayin ko‘payib bormoqda. Masalan, 2010-yilning fevral oyida mamlakatimiz internet makonida 10 mingta veb-sayt ro‘yxatga olingan bo‘lsa, joriy yil sentabrida ularning soni 18,3 mingdan oshdi. Internet ommaviy axborot vositalari ham jadal rivojlanayapti. Ayni paytda ommaviy axborot vositalarining 270 dan ziyod tarmog‘i foydalanuvchilarga axborot-tahlil xizmatlari ko‘rsatmoqda.WWW.UZ milliy axborot-qidiruv tizimi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarining veb-saytlariga har oyda 820 mingdan ortiq foydalanuvchi kirmoqda, bir oyda veb-saytlar o‘rtacha 11 million marta ko‘zdan kechirilgani qayd etilgan.Internet ommaviy axborot vositalari rivojlangani sayin ulardan foydalanuvchilarning roli ham o‘zgarib borayotir.

Yuqoridagi fikrlarning davomi sifatida Prezident Islom Karimov ushbu institutlar tizimida OAVning o’rnini alohida ko’rsatob o’tadi, ya’ni, uning fikricha, erkin matbuot real vaziyat sharoitida faoliyat ko’rsatishi, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotning dolzarb muammolarini dadil ko’tarib chiqishi, odamlarni bezovta qilayotgan barcha masalalarni jamoatchilik muhokamasiga havola etishi, hokimiyat va boshqaruv tuzilmalarining qabul qilayotgan qarorlariva faoliyatiga tanqidiy, shu bilan birga, xolis baho berib borishi kerak1


Download 80,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish