Bajardi: bi-11-16 guruh o`quvchisi Sayfullayeva. Sh Tekshirdi



Download 0.71 Mb.
bet1/7
Sana13.09.2019
Hajmi0.71 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7
Toshkent iqtisodiyot va biznes kolleji




Mavzu: Qishloq xojalik mahsulot turlari bo`yicha sotish rejasining bajarilishi va uning natijalariga ta`sirining tahlili

Bajardi:_BI-11-16 guruh o`quvchisi Sayfullayeva.Sh

Tekshirdi: Shadmanxo`jayeva.D

Savdo korxonalarida tovar aylanishining

Iqtisodiy asoslari.
Reja:
1.Savdo korxonalarida tovar aylanishining mazmuni.

2.Iste’mol bozori konyunkturasini baholash va prognozlash.

3.Tovarlarni sotishda ularning tuzilishi va hajmini rejalashtirish.

4.Tovar aylanishini tahlili.
1.Savdo korxonalarida tovar aylanishining mazmuni.
«Bozor munosabatlariga o‘tishning amalga oshirib borish demokratik o‘zgarishlar uchun mustahkam iqtisodiy zamin hozirlaydi, respublikani taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga olib chiqadi, uning halqaro miqyosdagi obro‘sini mustahkamlayd”1.

Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishni hisobga olgan holda, savdo korxonalari faoliyatining kelgusi davrlardagi vazifalari, ilmiy nazariyalardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Erkin iqtisodiyot tizimida savdoni boshqarish, savdo korxonalarini iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, ya’ni tovar aylanishini rejalashtirishga ta’sir etuvchi ijobiy va salbiy omillarni aniqlash talab etiladi.

Iste’mol bozorida savdo tashkilotlarining tijorat faoliyati savdo-sotiq jarayoniga asoslanadi. Tovar va xizmatlar savdosi iqtisodiy iuqtai nazardan tashkilotning, tovar aylanmasini ifodalaydi.

Savdo faoliyatida, xususan chakana savdoda tashkilot va muassasalarning tovar aylanmasi deganda iste’molchilarga yetkazib bergan, ya’ni sotilgan iste’mol tovarlarining pul shaklida ifodalangan hajmi tushuniladi. Savdo faoliyatida tovar aylanishining mohiyati aholi daromadlarini ists’mol tovarlariga ayirboshlashga asoslangan iqtisodiy munosobatlarda namoyon bo‘ladi.

Mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy siyosatida mulkchilikning barcha turdagi savdo tashkilotlari va faoliyatning barcha tashkiliy-huquqiy shakllarining tovar aylanmasi muhim ahamiyatga ega. Boshqacha qilib aytganda, tovar aylanmasi aholining iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabi darajasi va ko‘lamini harakterlaydi, shuningdek u ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi va ishlab chiqarish tashkilotlarida kapital aylanishini jadallashishiga ko‘mak beradi. Bundan tashqari ushbu jarayon ma’lum bir ma’noda tashqi iqtisodiy faoliyat ko‘lami, pul mablag‘lari aylanishi, budjet tushumlari va shu kabi boshqa bir qator maqroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni aniqlashda ham ishlatiladi. Aniq biror bir savdo tashkiloti faoliyatida ham tovar aylanmasi muhim iqtisodiy omil va ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib hisoblanib, uning hajm yoki miqdoriy o‘sishi tashkilotning iste’mol bozoriga kirib borishining qo‘lami, bozordagi raqobatbardoshliligini strategik istiqboldagi umumiy imkoniyatlari va tashkilotning iqtisodiy rivojlanish sur’atlarini aniqlab beradi.

Savdo faoliyati tovar aylanmasining o‘sishi ishlab chiqarishning to‘xtovsiz va tez sur’atlarda amalga oshishiga, aholining pul daromadlarining ko‘payishiga ko‘p jihatdan bog‘likdir. Aholi daromadlariiipg o‘sishi iste’mol fondlari hissasiga to‘g‘ri keladigan imtiyoz va to‘lovlar oshishiga, tovar aylanishining yanada yuksalishiga mustahkam asos bo‘ladi.

Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari sanoat va qishloq xo‘jaligining mahsulot ishlab chiqarib, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni qondirish darajasining yuksalib borishi, ya’ni tovar aylanishining rivojlantirilib borilishi shahar va qishloq, sanoat korxonalari va qishloq xo‘jaligi korxonalari orasidagi iqtisodiy munosabatlarni o‘rnatish va aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida savdo tashkilotlarida tovar aylanishining ahamiyati shundan iboratki, chakana savdo bosqichida tovarlar muomalasi tugallanib, ulardagi shaxsiy-insoniy va moddiy-ashyoviy mehnat sarflari, harajatlar va iste’mol qiymati realizatsiya qilinadi. Buning natijasi o‘laroq jamiyatning pul ko‘rinishidagi ishlab chiqarish va ayirboshlash harajatlari qoplanib, ishlab chiqarish korxonalarida o‘z faoliyatini yangilash imkoni tug‘iladi va takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlashga qulay sharoit yaratiladi. Bundan tashqari bozor iqtisodiyoti tovar aylanishi iste’mol buyumlariga bo‘lgan ehtiyojlarning qondirilishi, uning o‘sishi esa shaxsiy iste’mol uchun kelib tushadigan tovarlar massasining ko‘payishidan dalolat beradi. YA’ni tovar aylanishi ishlab chiqarilishi ko‘payib borayotgan barcha tovarlar massasining realizatsiyasi orqali aholi iste’moliga ta’sir ko‘rsatadi.

Yuqoridagi mulohazalardan ko‘rinib turibdi-ki, tovar aylanmasi hajmi halq iste’moli darajasiiing ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, ishlab chiqarish bilan har tomonlama uzviy bog‘liklik va mustahkam mutanosib aloqadorlikda bo‘ladi. Uni o‘stirish esa halq turmush darajasi, moddiy va madaniy farovonligining yuksalishini tavsiflaydi.

Tovar aylanishi savdo tashkilotlari rivojini ifodalovchi belgilar tizimida faqatgina bir yoklama rol o‘ynamaydi, aksincha u savdo tashkilotlari faoliyat hajmi va darajasini belgilab beruvchi asosiy ko‘rsatkich bo‘lish bilan birga resurslar potensiali, ya’ni mehnat, xom-ashyo va moliyaviy zahiralar sarfi, tarkibi, shuningdek muomala harajatlari yig‘indisi va tarkibini aniqlovchi ko‘rsatkich sifatida ham e’tiborga molikdir. Ayni vaqtda tovar aylanmalari uchun, bozor iqtisodiyoti sharoitida savdo tashkilotlarining tovar aylanmasi, ushbu savdo faoliyatidan keluvchi foydaga nisbatan elastik, ya’ni egiluvchan munosabatda bo‘ladi.

Savdo tashkilotlarida tovar aylanishi bir nechta ko‘rinish va shakllarda amalga oshishi mumkin. Shu o‘rinda, savdo tashkiloti tovar aylanmalarining umumiy tarkibida, ularning birnecha turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.

2.Iste’mol bozor konyunkturasini baholash va prognozlash.


Istalgan barcha savdo korxonalarining tijorat faoliyati iste’mol bozorlarida amalga oshiriladi. Iste’mol bozori deganda aholi talabini qondirishga mo‘ljallangan tovar va xizmatlar sotish yoki sotib olish predmeti bo‘lib hisoblanadigan bozor tushuniladi. Aholiga turli hil tovarlar guruhini sotish va boshqa turdagi savdo xizmatlarini ko‘rsatish orqali savdo korxonalari yoki tashkilotlari iste’mol bozorining faol ishtirokchilariga aylanishadi.

Iste’mol bozorini bir qancha alohida tovar bozorlariga ajratish mumkin. Biriichi navbatda umumiy iste’mol bozori oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bozorlariga ajratiladi. O‘z iavbatida bu bozorlarning har biri alohida tovarlar guruhlari bo‘yicha ham ma’lum tovarlar bozorlariga ajratiladi.

Iste’mol bozorini tovarlar maxsuslashuvidan tashkari, regional hususiyatlari bo‘yicha ham hududiy, hududlararo, umumdavlat yoki milliy, mamlakatlararo yoki jaxon bozorlari kabi turlarini farqlash mumkin.

Bozorning monopollashganlilik darajasi uning muhim belgalaridan biri hisoblanadi va ushbu belgidan kelib chiqib iste’mol bozori quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin:

1. Monopol - bunda bozorda tovar savdosini 100% ni nazorat qilishda sotuvchi (yoki ishlab chiqaruvchi) faoliyat yurgizadi.

2. Oligopol - bunda 5 tadan ortiq bo‘lmagan ishtirokchilar jami bozordagi tovar aylanishining 70-80% ni nazorat qiladi va boshqaradi.

3. Raqobatli (yoki polipol) bozor - bu bozorda ishtirokchilar soni yetarlicha ko‘p bo‘ladi va har bir qatnashchining jami tovar aylanishidagi savdo ulushi katta bo‘lmaydi.

Tovarga to‘yinganlik darajasi bo‘yicha iste’mol bozorlari talab hajmi taklifnikidan ancha ko‘proq bo‘lgan (ya’ni sotuvchi narxlar oshishiga ta’sir ko‘rsata oladigan) sotuvchi bozori va taklif hajmi talabnikidan ancha katta bo‘lgan (natijada narxlar tushishiga xaridorlar ta’sir ko‘rsata oladigan) xaridor bozoriga bo‘linadi.

Oldi-sotdi jarayonining faollik pozitsiyasi bo‘yicha iste’mol bozori uning istiqbolini baholanishiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:

• natijasiz, ya’ni alohida tovarlar turlarini sotishda istiqbolga ega bo‘lmagan (masalan: suv havzalari bo‘lmagan joylarda motorli qayiklar, yaxtalarning sotilishi) bozor;

• rivojlanayotgan, ya’ni potensial imkoniyatlaridan hali to‘liq foydalanilmagan, lekin qisman egallanib bo‘lingan bozor;

barqaror, ya’ni talab va taklif hajmlari uncha katta farq qilmaydigan bozor;

• faol, ya’ni hajmi ancha katta bo‘lgan talabning qondirilmay qolishidek bir sharoitda kechadigan bozor;

• potensial, ya’ni berilgan biror tovar yuzasidan oldi-sotdi jarayonlari amalga oshirilmay turgan, ammo bunga yetarli shart-sharoit va imkoniyatga ega bo‘lgan bozor.

Shunday qilib, iste’mol bozori ko‘p sonli turlarda namoyon bo‘ladi va bu bilan o‘zida yetarli darajada tarmoqlanib ketgan tizimni gavdalantiradi. Bozorning bu turlari va parametrlarining turli tumanligi savdo korxonasiga aniq biror-bir segmentni (vujudga kelgan talabning aniq ko‘rsatkichlari, parametrlari bilan ajralib turadigan iste’mol bozorining bir bo‘lakchasi) tanlash va o‘zi uchun mos bozorda o‘z o‘rnini (iste’mol bozorining, ko‘p hollarda, vujudga kelgan xaridorlar talabi qondirilmayotgan yoki endigina shakllanayotgan segmenti), topgandan keyingina tovar aylanishini, ya’ni savdo-sotiq jarayonini amalga oshirish imkonini beradi.

Iste’mol bozorining umumiy holatini, uning alohida turlari va segmentlarining holatini talab, taklif, baho va raqobat kabi unsurlar tavsiflaydi.

Talab bu o‘rinda xaridorlarning tovar yoki savdo xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojining pul bilan ta’minlangan qismini ifodalaydi. Talab hajmi esa narxlarning ma’lum bir darajasida xaridorlar sotib olmoqchi bo‘lgan tovarlar miqdorini ko‘rsatadi. Ma’lumki, narxlarning past darajasida tovar haridi hajmi katta va yuqori darajasida mos ravishda kichik hajmda (yoki hariddan butunlay voz kechilishi ham mumkin) bo‘ladi. Narx omilidan tashqari alhida tovarlarga aholi daromadlari darajasi ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan bir qatorda o‘rinbosar, bir-birini almashtiruvchi yoki to‘ldiruvchi tovarlarda bo‘lgai narx darajalari; xayotiy siklning holati (ayniqsa texnik jihatdan murakkab yoki modadagi tovarlarga) va boshqa shu kabi omillar ham ta’sir ko‘rsatadi.

Taklif o‘zida sotishga mo‘ljallangan, iste’mol bozoriga yetkazib berilgan yoki berilishi mumkin bo‘lgan tovarlar massasini ifodalaydi. Taklif hajmi tushunchasi baholarning ma’lum darajasida sotilishi mumkin bo‘lgan tovarlar hajmini ifodalaydi. Baholarning yuqori darajasida sotuvchilar taklif hajmini oshirishga harakat qiladi va aksincha - baholar darajasi qancha past bo‘lsa sotuvchilar uchun taklif hajmini oshirishga rag‘bat ham shuncha kam bo‘ladi. (me’yoridan ancha past narxlarda ba’zi sotuvchilar bozorni umuman tark etishi mumkin). Ayrim alohida tovarlarning taklifi hajmiga baholar darajasidan tashqari tovarlarni ishlab chiqarish va bozorga yetkazish harajatlari; tovarlarning fizik-kimyoviy xususiyatlari, bozordagi sotuvchilarning raqobatlashuvi darajasi va boshqa bir qancha omillar ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Baho asosan, iste’mol tovarlarini oldi-sotdisi amalga oshiriladigan pul ekvivalentini, ya’ni tovarning puldagi qiymatini ifodalaydi. Alohida tovarlar narxlari iste’mol bozorlaridagi talab va taklif baholari chegaralari orasida shakllanada. Bunday bahoning xaridor va sotuvchini qondiruvchi optimal varianti bozorda talab va taklif hajmini muvozanatlaydigan, ya’ni ularning butunlay moslashgan sharoitida shakllanadigan bozor muvozanati narxini yuzaga keltiradi.

Raqobat iste’mol bozorlarida tovarlarni sotish sharoitlarini yaxshilash va qulaylashtirish, o‘z imkoniyatlarini boshqalarnikiga qaraganda oshirish uchun xo‘jalik subyektlarining turli-tuman raqibchilik musobaqalarini anglatadi. Iste’mol bozorining u yoki bu turi, yohud biror segmentidagi raqobat darajasi sotuvchilar soni, ularning bozordagi oldi-sotdi operatsiyalarining nisbiy kattalik darajalari, shuningdek qo‘llaniladigan raqobat turi bilan aniqlanadi.

Ists’mol bozorining yuqorida ko‘rib o‘tilgan elementlari (talab va taklif hajmi, baholar va raqobat darajasi) o‘rtasidagi nisbat doim o‘zgarib turadi. Iste’mol bozorining bu dinamikasi, o‘zgarishining umumiy darajasi o‘zida juda murakkab iqtisodiy hodisani mujassam etadi. Chunki u ko‘plab turlicha yo‘nalgan ichki bozor va umumiqtisodiy omillar ta’sirida shakllanadi. Lekin shu bilan birga har bir savdo korxonasi tovar aylanishini rivojlanishining boshqa aspektlari, qirralarini boshqarish jarayonida tovarlarning sotilish hajmi va strukturasini rejalashtira turib, iste’mol bozorlarining qanday darajasiga, uning qaysi turlari va segmentlariga moslashish lozimligini aniqlash muhim ahamiyatga ega.

Iste’mol bozorining faollik darajasi, bu o‘rinda anchayin muhim omilga aylanadi. Bozorning faollik darajasi esa bozor konyunkturasini o‘rganish yo‘li bilan aniqlanadi.

Bozor konyunkturasi ma’lum davrda tovarlar va xizmatlar sotilishidagi imkoniyatlarni ifodalovchi iqtisodiy shart-sharoitlar majmui bo‘lib, iste’mol bozorida (uning alohida turlari va segmentlarida) talab va taklif hajmi muvozanati yoki nisbatini, narxlar va raqobat darajasini aniqlaydigan omillar va sharoitlar tizimining namoyon bo‘lish shaklini ifodalaydi.

Bozor konyunkturasi mamlakat iqtisodiy holatiga to‘g‘ridai to‘g‘ri, bevosita bog‘likdir. Shu tufayli tovar bozorining tahlili quyidagi ikki yo‘l bilan olib borilishi mumkin.

1) Agar konyunkturaning o‘zgarish darajasi va tendensiyalarini bilish ko‘zlanayotgan bo‘lsa, u holda uning belgilangan davrdagi dinamikasi o‘rganiladi.

2) Agar konyunkturaning ma’lum muddatdagi ahvolini bilishga zaruriyat tug‘ilsa, uida tovarning iste’mol bozoridagi harakati-trayektoriyasi, ya’ni xayotiy yo‘li o‘rganiladi, aniq bosqichi belgilanadi va tahlil qilinadi.

Butun yig‘ilgan axborotlar esa konyunkturaning oldingi, hozirgi va kslajakdagi o‘zgarishlari va holatini tasvirlovchi uch qismga ajratiladi.

Kopyunktura tahlili bozorning kompleks holatini barcha yig‘ilgan va statistika ma’lumotlariga, ularning umumiy qarama-qarshi tomonlariga asoslanishi kerak. Konyunktura axborotnomasi-konyunktura tahlilining bir shakli bo‘lib, bozor holatiga ta’sir etuvchi barcha omillar to‘g‘risida, ularning o‘zaro aloqalari hamda konyunkturaning umumiy o‘zgarishini ifodalovchi qonuniyatlarini o‘zida mujassamlashtiradigan hujjatdir.

Mamlakat iqtisodiyoti doirasida kopyunkturani tahlil qilish, yalpi milliy daromad, sanoat, qishloq xo‘jaligi, investitsiya, transport, tovar muomalasi (ichki va tashqi bozorlardagi savdo-sotiq hajmi), pul muomalalari, kapital aylanishi, baholar dinamikasi, ishsizlik, inflyatsiya darajalari, iste’mol bozorlari holati, talab va taklif, baho, talabning qondirilish darajasi, tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, ularning sotilishi, yangi korxonalar qurilishi kabi ko‘rsatkichlarga asoslanadi.

Ichki chakana tovar aylanishi ko‘rsatkichlari mamlakat iqtisodiyotining, aholi turmush darajasining eig asosiy belgilaridan biri va bozor konyunkturasining mag‘zidir.

Chakana tovar aylanishi va xizmatlarning umumiy hajmi, tarkibi (tovar guruhlari) aholi jon boshiga to‘g‘ri kelishi, regionlar bo‘yicha tahlili, turli shaxobchalar va muassasa, tashkilotlar turlari, joylashishi, savdo maydonlarining hajmi kabilar muhim ko‘rsatkichlardir. Chakana savdo tahlili, uning uchun katta omil bo‘lgan, uning tovarlar bilan ta’minoti manbalari - ulgurji savdo subyektlari bilan birga olib boriladi. Va yana shuni ham aytib o‘tish joizki, savdo aylanmasi diiamikasini tahlilida oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari, uzoq muddatli uy-ro‘zg‘or mollari, sport, sayohat va boshqa zamonaviy talablarni qondirishga mo‘ljallangan tovarlar alohida ko‘rib chiqiladi.

Bozor konyunkturasi istiqbolini aniqlash, umuman, istiqbolni aniqlash (prognoz) ma’lum obyektning (jarayonning) bo‘lajak holatini, ilmiy asoslangan obrazini yaratish bo‘lib, iste’mol bozori istiqbolini aiiklashda quyidagi talablar e’tiborga olinishi shart:

1) Kelajakda bozor konyunkturasiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda ilmiy asoslangan, ishonchli va tizimli yondashuv.

2) Istiqbolni aniqlashda bir necha variantlardan foydalanish, ularning natijalari bir xil yoki yaqin bo‘lishi.

3) Ishlatilgan uslublarning ilmiy asosi yetarli bo‘lishi.

4) Xulosalarning aniq va ravon tilda, ayniqsa qaror qabul qiluvchilarga tushunarli ishlanganligi.

5) Bozor konyunkturasi istiqboli o‘z vaqtida aniqlanishi va korxona, assotsiatsiya, kompaniya va vazirliklar ishini boshqarishda qo‘llanilishi.
3.Tovarlarni sotishda ularning tuzilishi va hajmini rejalashtirish.
Tovarlarni sotilish hajmi va strukturasini rejalashtirish tovar aylanishini iqtisodiy boshqarish tizimidagi eng muhim bosqich bo‘lib hisoblanadi. Bu hol ushbu ko‘rsatkichlarning korxonani iqtisodiy va moliyaviy rivojlantirish tizimidagi yuqori ahamiyati bilan izohlanadi. Savdo korxonalarida tovarlarni sotish hajmi va strukturasini rejalashtirish jarayoni alohida bosqichlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu bosqichlarning eng asosiylari quyidagilar (12-chizma).

1. Korxonada tovar aylanishini rivojlantirilishining ustuvor maqsadlarini belgilab olish. Tovar aylanish hajmi va tarkibiy tuzilishini rejalashtirishda berilgan savdo korxonasida aylanishini rivojlanishi usul belgalanadigan maqsadlardan kelib chiqish mumkin. Bunday maqsadlar ichida quyidagi kabilari asosiy hisoblaiadi.





Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat