Axborot xati



Download 49.5 Kb.
Sana22.10.2019
Hajmi49.5 Kb.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT

O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
AXBOROT XATI

Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2019-yil 28-fevraldagi “Vazirlik tizimidagi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2019-yilda o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy texnik anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 205-sonli buyrug‘ida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlar bo‘limi, Yosh olimlar kengashi tomonidan 2019-yil 14-noyabrda Filologiya masalalari – yosh tadqiqotchilar nigohida mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumanini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Konferensiya quyidagi sho‘balar bo‘yicha ish olib boradi.


I sho‘ba. Tilshunoslik:

  1. Til tarixi va nazariyasi;

  2. Hozirgi o‘zbek adabiy tili;

  3. Kompyuter lingvistikasi.

  4. Turkiy tillar

II sho‘ba. Adabiyotshunoslik.

  1. O‘zbek adabiyoti tarixi;

  2. Zamanovaviy adabiy jarayon;

  3. Folklorshunoslik.

  4. Turkiy xalqlar adabiyoti

III sho‘ba. Tarjimashunoslik.

  1. Tarjima nazariyasi;

  2. Tarjima amaliyoti.

IV sho‘ba. O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi.

  1. O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi;

  2. O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi.

Konferensiya materiallarini nashr ettirish ko‘zda tutilmoqda. O‘zbek tilshunosligi, adabiyitshunosligi, tarjimashunoslik, dialektologiyasi va folklorining hamda turkologiyaning dolzarb muammolari masalalariga bag‘ishlangan maqolalar konferensiya sho‘balari mavzusi bo‘yicha joylashtiriladi.

Maqolalar 4-5 sahifadan kam bo‘lmagan hajmda, 1,5 intervalda, o‘ng tomondan 3 sm, chap tomondan 1 sm, yuqori va pastdan 2 sm hoshiya qoldirib, Times New Roman 14 kegl shriftda qog‘ozga tushirilgan ko‘rinishda va elektron variantda topshiriladi. Maqola annotatsiyasi ingliz, rus, o‘zbek tillarida 50-70 ta so‘z, kalit so‘zlar 5-7 tagacha bo‘lishi kerak (namuna ilova qilinadi). Muallif familiyasi, ismi, sharifi, fakulteti, kursi, elektron pochtasi, telefon raqami, maqola mavzusi, matn so‘ngida foydalanilgan adabiyotlar keltiriladi. Havolalar matn ichida to‘rt burchak qavsda beriladi. Maqolalar o‘zbek, rus, ingliz tillarida, soha mutahassisi tavsiya xati bilan qabul qilinadi.

Konferensiya sho‘balari hayʼati qarorlariga ko‘ra “Eng dolzarb mavzudagi maqola”, “Eng yaxshi ilmiy asoslangan maqola”, “Eng tirishqoq yosh mutaxassis” yo‘nalishlarida e‘tirof etilgan talabalar alohida sertifikat bilan taqdirlanadi.

Maqolalar o‘zbek, rus, ingliz tillarida qabul qilinadi. Anjumanga sirtdan qatnashish mumkin.

To‘plam mualliflar mablag‘i hisobidan chop etiladi. Badal puli ToshDO‘TAU talabalari uchun 50 ming, boshqalar uchun 100 ming so‘m. Mualliflarning barchasiga maqolasi chop etilganligi haqida sertifikat beriladi. Konferensiya tashkiliy qo‘mitasi eng dolzarb mavzudagi maqolalar mualliflarini turar-joy bilan taʼminlashi mumkin.

Tashkiliy qo‘mita kelgan materiallarni saralash va tanlash huquqiga ega. Maqolalar 2019-yilning 15-oktyabrigacha filconfuz@gmail.com elektron pochtasi orqali qabul qilinadi. Tashkiliy qo‘mita kelgan materiallarni saralash va tanlash huquqiga ega. Talab boʻyicha yuborilmagan materiallar qabul qilinmaydi.

Tashkiliy qo‘mita manzili: ToshTO‘DAU, Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi, 423-xona.
NAMUNA
Abdullayev Javohir Usmon o‘g‘li

O‘zbek filologiyasi fakulteti, 3-kurs



javohirusmon@mail.ru, +998976331921
Irq bitig”da kosmogonik mif izlari
Annotation. (50-70 ta soʻz). Annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation.

Keywords: (5-7 ta soʻz). keywords, keywords, keywords, keywords, keywords, keywords, keywords.

Asosiy matn. (4-5 bet) Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Havolalar matn ichida to‘rt burchak qavsda beriladi. Asosiy matn [1. 3-bet]. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn [2. 89-bet]. Asosiy matn [4. 19-bet]. Asosiy matn [3. 81-bet]. Asosiy matn [5. 141-bet].



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Akramov Gʻ. “Xamsa”da mifologik zamon va makon talqini // Oʻzbek tili va adabiyoti. 1997 №2. – B. 78-81.

  2. Joʻrayev M., Narziqulova M. Mif, folklor, adabiyot. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi. – T.: 2006. – B. 183.

  3. Radloff W. Die alttürkischen Inschriften der Mongolei. Neue Folge. St.-Pbg.:1894. – P. 460.

  4. Turdimov Sh. “Goʻroʻgʻli” dostonlarining genezisi va tadrijiy bosqichlari. Filol. fan. dok. diss. – Т.: 2011. – B. 308.

  5. Кормушин И.В. Тюркские и енисейские эпитафии. Тексты и исследование. Наука. – М.: 1997. – С. 303.


To‘lov quyidagi hisob raqami orqali qabul qilinadi:
O‘zbekiston Respublikasi.

Xususiy aksiyadorlik tijorat banki “Davr-Bank”.

Mirzo Ulug‘bek filiali.

20203000600863553001

MFO: 01072

INN: 207094902



OKONX: 96120

OKPO: 23393157
Download 49.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat