Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to'G'risida



Download 24,5 Kb.
Sana26.06.2017
Hajmi24,5 Kb.
#16053
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI SOHASIDA KADRLAR TAYYORLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH TO'G'RISIDA

Axborot va kompyuter texnologiyalar bo'yicha mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish, axborot-kommunikasiya hamda innovasiya texnologiyalarini ta'lim jarayoniga tadbiq etishni yanada kengaytirish maqsadida:

1. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlash bo'yicha bosh oliy o'quv muassasasi etib belgilansin.

2. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo, Samarqand, Farg'ona va Xorazm viloyatlari hokimliklarining 2005-2006 o'quv yilidan boshlab Nukus, Qarshi, Samarqand, Farg'ona va Urganch shaharlarida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining mintaqaviy filiallarini tashkil etish to'g'risidagi taklifi qabul qilinsin.

3. O'zbekiston Milliy universitetida, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida, Toshkent islom universitetida ta'limning "informatika va axborot texnologiyalari" yo'nalishi bo'yicha mutaxassislar tayyorlash saqlab qolinsin.

2005/2006 o'quv yilidan boshlab boshqa barcha oliy ta'lim muassasalarida ta'limning "informatika va axborot texnologiyalari" yo'nalishi bo'yicha talabalar qabul qilish to'xtatilsin va ushbu yo'nalish bo'yicha ta'lim olayotgan 2-4 kurslarning talabalari ta'limni davom ettirish uchun 1-ilovaga muvofiq Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga va uning mintaqaviy filiallariga belgilangan tartibda o'tkazilsin.

4. O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarida ta'limning "informatika va axborot texnologiyalari (sohalar bo'yicha)" yo'nalishida bakalavrlar tayyorlash bo'yicha 2005/2006 o'quv yiliga qabul kvotalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Quyidagilar:

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining xodimlarning cheklangan soni 390 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 72 nafar bo'lgan tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mintaqaviy filiallarining namunaviy tuzilmalari 4 va 5-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

6. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiallarini ochish, ularni joylashtirish va moddiy-texnik jihozlash bilan bog'liq tashkiliy masalalarni hal etish uchun 6-ilovaga* muvofiq tarkibda maxsus hukumat komissiyasi tuzilsin.

7. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi:

ikki hafta muddatda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mintaqaviy filiallari to'g'risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining amaldagi Ustaviga tegishli o'zgartirishlar kiritsin;

Davlat test markazi bilan birgalikda 2005/2006 o'quv yilida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining mintaqaviy filiallariga talabalar qabul qilish bo'yicha test sinovlari o'tkazish borasida zarur chora-tadbirlar ko'rsin.

8. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bir oy muddatda ta'limning "informatika va axborot texnologiyalari (sohalar bo'yicha)" yo'nalishida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga bo'lgan ehtiyojni hisobga olgan holda filiallarni rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin.

9. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti uchun 2005 yilga tasdiqlangan byudjet mablag'lari miqdoriga tegishli o'zgartirishlar kiritsin hamda Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida va yangi tashkil etiladigan mintaqaviy filiallarda ta'limni tashkil etish uchun

zarur byudjet mablag'lari ajratilishini ta'minlasin;

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda beriladigan bino va inshootlarni 2005/2006 o'quv yili boshlanishiga qadar kapital ta'mirlash, shuningdek zarur o'quv laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va kutubxona fondi bilan jihozlash amalga oshirilishini nazarda tutgan holda mablag'lar ajratishni ko'zda tutsin.

10. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari R.S. Azimov va O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh., 2005 yil 2 iyun, PQ-91-son

Download 24,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
davlat pedagogika
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
vazirligi muhammad
таълим вазирлиги
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
respublikasi axborot
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
covid vaccination
sertifikat ministry
vaccination certificate
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti