«avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa» fakulteti



Download 252,65 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana15.01.2020
Hajmi252,65 Kb.
#34395
  1   2   3
Bog'liq
qorasu paxta tozalash korxonasi xususiy kapitali hisobi va tahlili.


1

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM

VAZIRLIGI

TOSHKENT TO‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI

«AVTOMATLASHTIRISH, BOSHQARUV VA MATBAA» FAKULTETI

«BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT» kafedrasi

«HIMOYAGA RUXSAT ETILDI»

Kafedra mudiri

dots.Pardayeva Z.A.

_________

«____» ___________2015y.

« “Qorasu” paxta tozalash korxonasi xususiy kapitali hisobi va tahlili»

mavzusi bo‘yicha yozilgan

BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Ilmiy rahbar:

dots. Pardayeva Z.A.

Maslahatchi:

ass. Normatova G.X.

«____» ___________2015y.

Bajardi:«Buxgalteriya hisobi va audit»

ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi

Muratbekov O.A.

Bitiruv malakaviy ishi kafedrada dastlabki himoyadan o‘tdi.  _____ sonli

bayonnomasi «____» _________ 2015 yil.


2

.........................................................................................'>....................................................................................................'>MUNDARIJA

KIRISH....................................................................................................

3

I-bob. Paxta tozalash korxonalarida xususiy kapitalni tashkil etishning



nazariy asoslari.......................................................................................

7

1.1. “Qorasu paxta tozalash zavodi” AJning iqtisodiy ko‘rsatkichlari....



7

1.2. Paxta tozalash korxonalarida xususiy kapitalni hisobga olishning

vazifalari va me’yoriy tartibga solinishi...........................................

13

1.3. Paxta tozalash korxonalarida kapitalning tarkibi va uni tashkil etish



manbalari.........................................................................................

16

II-bob.  “Qorasu paxta tozalash zavodi” AJda xususiy kapitalni



hisobini tashkil etish.................................................................................

27

2.1. “Qorasu paxta tozalash zavodi” AJda ustav kapitalini shakllantirish



va uning harakatini buxgalteriyada hisobga olish.............................

27

2.2. “Qorasu paxta tozalash zavodi” AJda rezerv kapitali va



taqsimlanmagan foydani hisobga olish tartibi..................................

34

III-bob. “Qorasu paxta tozalash zavodi” AJning xususiy kapitali



tahlilini takomillashtirish.........................................................................

42

3.1. Paxta tozalash korxonalarida xususiy kapitalni tahlil qilishning



ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari.............................

42

3.2. “Qorasu paxta tozalash zavodi” AJning xususiy kapitali tarkibi,



o‘zgarishi va dinamikasi tahlili........................................................

44

IV-bob. Ekologik qism.............................................................................

52

Ekologik monitoring va ekologik nazorat.......................................................



52

Xulosa va takliflar...................................................................................

56

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati........................................................

59

Ilovalar.....................................................................................................

63


3

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mavjud

moddiy, moliyaviy va boshqa resurslardan oqilona va samarali foydalanish lozim.

Raqobatga bardosh berish – bu rivojlanishning muhim omillaridan sanaladi.

Ayniqsa, mulkchilik shakli turlicha bo‘lgan korxonalarda xususiy kapital miqdorini

ko‘paytirish hamda undan samarali foydalanish muhim amaliy ahamiyat kasb

etadi.


O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy

dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar

Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlaganlaridek: “...Mamlakatimiz

yalpi ichki mahsuloti 8,1 foiz, sanoat ishlab chiqarish hajmi 8,3 foizga, qishloq

xo‘jaligi ishlab chiqarishi 6,9 foiz, kapital qurilish 10,9 foiz, chakana savdo

aylanmasi hajmi 14,3 foizga oshdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qariyb 70

foizini yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan tayyor tovarlar tashkil etdi.

   Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 2014 yilda 9,4 foiz, shu jumladan,

oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,7 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab

chiqarish 10 foizga o‘sdi. Inflyasiya darajasi yil yakunlari bo‘yicha 6,1 foizni

tashkil etdi. Bu prognoz ko‘rsatkichlariga nisbatan sezilarli darajada pastdir.

  

O‘tgan yili soliq yuki 20,5 foizdan 20 foizga, daromad solig‘i stavkasi esa 9



foizdan 8 foizga kamaytirilgan bo‘lsa-da, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga

nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan bajarildi.

   Kichik biznes sub’ektlari tomonidan statistik va soliq hisobotlarini taqdim

etish mexanizmlari sezilarli darajada soddalashtirildi. Bugungi kunda tadbirkorlik

sub’ektlarining 98 foizi soliq va statistika hisobotlari topshirishni, bojxona

deklaratsiyalarini rasmiylashtirishni eski usuldagi qog‘oz to‘ldirish yo‘li bilan

emas, balki bevosita – elektron shaklda amalga oshirmoqda.

 Sanoatning yengil, oziq-ovqat va qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi

ko‘p mehnat talab qiladigan tarmoqlarida ishchilarning eng ko‘p soni ilgarigi 100


4

kishidan 200 kishigacha oshirilgani kichik biznesni rag‘batlantirish borasidagi

chora-tadbirlar tizimidagi muhim qaror bo‘ldi”

1

.



Iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur’atlari:

- mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash bo‘yicha ishlab chiqilgan tadrijiy

taraqqiyot dasturi va ichki talabni rag‘batlantirishga doir chora - tadbirlarni izchil

amalga oshirayotganligi;

-iqtisodiyotda soliq yukini pasaytirishga qaratilgan siyosatni olib borilayotganligi;

-mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida kichik biznes va xususiy

tadbirkorlikning rolini sezilarli darajada oshayotganligi

- moliya-bank tizimining barqaror va samarali faoliyat ko‘rsatayotganligi evaziga

erishildi.

Bugungi kunda ayniqsa, bunday natijaga bevosita yurtboshimizning kichik

biznesni rivojlantirishga qaratilgan dastur va chora - tadbirlari bevosita bog‘liqdir.

Zero, xususiylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va aksiyadorlashtirish

jarayonlari bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga kelgan va turli mulkchilikka

asoslangan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning salohiyatini ularning xususiy kapitali

ko‘rsatkichi xarakterlaydi. Xususiy kapitalga yetarli darajada ega bo‘lmagan

xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini uzluksiz rivojlantira olmaydi va bozorda

vujudga keladigan raqobatga bardosh berish qobiliyati sust bo‘ladi. Shuning uchun

ham xususiy kapitalga ega bo‘lish, uni doimiy tarzda ko‘paytirib borish

iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida har qanday xo‘jalik yurituvchi

sub’ektning, shu jumladan paxta tozalash korxonalariining rivojlanishiga kafillik

beruvchi muhim element bo‘lib hisoblanadi.

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi.  Paxta tozalash korxonalarida xususiy

kapital hisobi va tahlilini takomillashtirishning  ayrim nazariy va uslubiy

masalalari xorijlik iqtisodchi olimlar M.A.Vaxrushina, N.D.Vrublevskiy,

N.P.Kondrakov, I.A.Lamikin, V.F.Paliy, shuningdek, Respublikamiz iqtisodchilari

1

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2014-yilning asosiy yakunlari va 2015 yilda



O'zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar

Mahkamasining ma’ruzasi. “Xalq so’zi” 2015 yil 18 yanvar.



5

A.A.Karimov, A.V.Vaxobov, M.Q.Pardaev, A.X.Pardaev, K.B.O‘razov,

B.A.Xasanov, R.O.Xolbekov, O.Bobojonov, A.Abdullaev, F.G‘.G‘ulomova  va

boshqalarning ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlarida keng yoritilgan.



Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy

ishining asosiy maqsadi  - xususiy kapital hisobini nazariy jihatdan keng yoritish,

amaliy jihatidan hozirgi holatini o‘rganish va ularni milliy va xalqaro buxgalteriya

hisobi andozalari asosida yaxshilashdan iboratdir.

Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda bitiruv malakaviy ishining quyidagi

vazifalar belgilandi:

- xususiy kapitalni hisobga olishning nazariy asoslarini o‘rganish;

- paxta tozalash korxonalarida  asosiy faoliyatini tahlili, uning texnik-iqtisodiy

ko‘rsatkichlarini o‘rganish;

- xususiy kapital  hisobini tashkil etishning me’yoriy-huquqiy asoslarini

o‘rganish;

- paxta tozalash korxonalarida xususiy kapitalni hisobga olinishini o‘rganish;

- korxonaning asosiy faoliyatini tahlili va uning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini

o‘rganish;

- xususiy kapitalni hisobga olishni yaxshilash yo‘llarini aniqlash;

- xususiy kapitalni ko‘paytirish va undan samarali foydalanish yo‘llarini

yoritishdan iborat.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xususiy kapital hisobi va tahlilini

takomillashtirish yo‘llarini o‘rganib chiqishdan iborat.

Bitiruv malakaviy ishining tadqiqot ob’ekti va predmeti. Tadqiqot ob’ekti

bo‘lib, “Qorasu paxta tozalash zavodi” AJning moliyaviy hisob va hisobot

ma’lumotlari hisoblanadi.

Tadqiqot predmeti bo‘lib, “Qorasu paxta tozalash zavodi” AJda xususiy

kapital hisobi va  tahlilini tashkil qilish tizimi faoliyati hisoblanadi.

Tadqiqotning nazariy va uslubiy asoslarini O‘zbekiston Respublikasining

xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunlari,



6

Prezidentimiz Islom Karimovning iqtisodiyotimizni rivojlantirish, isloh qilish va

erkinlashtirishga oid Farmonlari, Qarorlari, asarlari va ko‘rsatmalari, O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Moliya vazirligi va Davlat soliq

qo‘mitasining hisob tizimi uslubiyatiga doir me’yoriy hujjatlari va yo‘riqnomalari

tashkil etadi.

Ilmiy izlanish jarayonida mavzuga oid xorijiy, shuningdek mamlakatimiz

iqtisodchi olimlarining ilmiy ishlari, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot

vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlaridan va

Internet resurslari manbalaridan hamda “Qorasu paxta tozalash zavodi” AJ

faoliyatini aks ettiruvchi buxgalteriya hisobining xususiy kapitalini  hisobga olib

boruvchi schyot ma’lumotlari, statistik ma’lumotlari hamda boshqa turdagi

qo‘shimcha malumotlardan foydalanildi.

BMI tarkibiy tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, to‘rtta bob, 6-jadval,

xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan tashkil

topgan. Ishning tarkibi uning maqsadi va yo‘nalishlarini ifodalaydi.


7

I-bob. Paxta tozalash korxonalarida xususiy kapitalni tashkil etishning

nazariy asoslari

1.1.“Qorasu paxta tozalash zavodi” AJning iqtisodiy ko‘rsatkichlari.

“Qorasu paxta tozalash zavodi” AJ 1972 yili foydalanishga topshirilgan.

Korxona O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining 256 k-PO sonli

30.08.2001 yildagi buyrug‘iga asosan xususiylashtirilgan. Korxona Toshkent

viloyati O‘rtachirchiq tumani Hokimining 2001 yil 22 noyabrdagi 487- son  qarori

bilan ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan.

Korxonaning asosiy maqsadi:

- tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq paxta yetishtiruvchi qishloq

xo‘jaligi korxonalaridan paxta xom-ashyosini sotib olish;

- sotib olingan paxta xom-ashyosini o‘z tarkibidagi paxta qabul qilish

maskanlariga qabul qilish va ularni qayta ishlab paxta tolasi, momiq, chigit

va boshqa paxta mahsulotlarini ishlab chiqarish,

- tayyor mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda sotishni tashkil qilish.

Shuningdek jamiyat Ustavida ko‘rsatilgan boshqa faoliyat turlari bilan

shug‘ullanib, ishlab chiqarishda eng yangi va unumdor ishlab chiqarish

texnologiyalaridan foydalanish, jamiyat a’zolarining ijtimoiy barqarorligini

ta’minlab borish asnosida daromad olish.

“Qorasu paxta tozalash zavodi” AJning qimmatli qog‘ozlar emissiyasi

haqida ma’lumotlar:

Ustav fondi                                              163662 ming so‘m

Aksiyalar soni                                          163662 dona

Bir dona aksiyaning nominal qiymati   1000 so‘m

“Qorasu paxta tozalash zavodi” AJning aksiyalarining taqsimotini quyidagi

jadvalda ko‘rishimiz mumkin:



8

1-jadval


“Qorasu paxta tozalash zavodi” AJning aksiyalari taqsimoti

Ustav fondidagi ulushlar

Ustav fondidagi

ulush (%)

Aksiyalar

summasi


(ming so‘m)

Aksiyalar

soni (dona)

“Toshkentpaxtasanoat”

HAB ulushi

53.75


87976

87976


Boshka aksiyadorlar

ulushi


39,23

64230


64230

Erkin savdo va mexnat

jamoasi ulushi

7

11456



11456

Paxta tozalash zavodi bir necha marta kapital ta’mirlangan bo‘lib, har yili

mavsum oldidan joriy ta’mirdan chiqariladi. Korxona texnologik sikliga bog‘liq

ravishda korxona hududida paxta xom-ashyosini qabul qilish maskanlari, bunt

maydonchalari, quritish-tozalash sexi, jin-linter sexi, presslash sexi va tayyor

mahsulot ombori mavjud. Jamiyat joylashgan jami er hududi 36,5 ga tashkil qiladi.

Korxonaning 3 paxta qabul qilish maskani bor:

- zavod hududidagi maskan

- To’ytepa paxta xom-ashyosi qabul qilish maskani (zavoddan uzoqligi 11 km)

- O‘rtasaroy paxta qabul qilish maskani (zavoddan uzoqligi 15 km)

Respublika hukumati va “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan tozalash

korxonalarini navbatma-navbat (bosqichma-bosqich) modernizatsiyalash, texnik va

texnologik jihozlash bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib, yaqin kelajakda

ushbu loyihalar “Qorasu paxta tozalash zavodi” AJda ham amalga oshirilishi

kutilmoqda.

“Qorasu paxta tozalash zavodi” AJda 408  kishi ishlaydi. Bundan tashqari

paxta tayyorlov mavsumida  vaqtinchalik shartnoma bo‘yicha paxta tayyorlov

maskanlariga bunt bosuvchilar (2013 yil paxta tayyorlov mavsumida har 250 tonna

paxta uchun 1 nafar ishchi qabul qilinib, bir kunga 25000- 30000 so‘mdan ish haqi


9

belgilangan) ishga qabul qilinib, tayyorlov mavsumi tugashi bilan mehnat

shartnomasi bekor qilinadi.

“Qorasu” paxta tozalash korxonasining biznes rejasida 2014-yilning1-

yarmida 2013-yil paxta hosilidan qoladigan 17302 tonna paxta xom ashyosihamda

2014-yilning sentyabr-dekabr oylarida 2014-yil hosilidan qabulqilinadigan paxta

xom ashyosining 8169 tonnasi, jami bo‘lib, 2014-yil davomida 25471 tonna paxta

xomashyosi qayta ishlanishi va 8398 tonna paxta tolasi olinishi rejalashtirilgan.

SHuningdek qayta ishlanadigan 25471 tonna paxta xom ashyosini qayta ishlashdan

13753 tonna chigit, 595 tonna momiq,  255 tonna o‘lik tolali chiqindi va 1172

tonna momiqli chiqindi olinadi va sotiladi. SHu jumladan paxta tolasidan 29686,9

mln. so‘m, chigitdan  1911,5 mln. so‘m, momiqdan  236,4 mln so‘m,  o‘lik tolali

chiqindidan 46,5 mln. so‘m, momiqli chiqindidan 161,2 mln. so‘m tushum olinishi

hamda asosiy faoliyatdan 2014-yil davomida jami 32042,5 mln. so‘m tushum

olinishi rejalashtirilgan.

“Qorasu” paxta tozalash korxonasida 2014-yilda   25157 tonna paxta xom

ashyosi qayta  ishlangan. 2014-yilda ishlab chiqarishdan 8501 tonna paxta tolasi

olingan. Shuningdek  25157 tonna paxta xom ashyosini qayta ishlashdan 12894

tonna chigit, 249 tonna momiq, 232 tonna o‘lik tolali chiqindi va 1538 tonna

momiqli chiqindi olingan va sotilgan. Paxta xom ashyosini qayta ishlash

jarayoniga 25047429,0 ming so‘mlik ishlab chiqarish xarajatlari bo‘lgan.

Jamiyatda mahsulot sotishdan tushum 39531236 ming so‘m bo‘lib, sotilgan

mahsulotlar ishlab chiqarish tannarxi 34291902 ming so‘mni,  sotish xarajatlari

210071 ming so‘mni, ma’muriy xarajatlar 599657 ming so‘mni, asosiy

faoliyatidan xarajatlar 1343179 ming so‘mni, boshqa to‘langan foizlar 1188593

ming so‘mni tashkil etgan. Quyidagi 2-jadvalda “Qorasu paxta tozalash zavodi”

AJning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlili keltirilgan.


10

2-jadval


“Qorasu paxta tozalash zavodi” AJning texnik-iqtisodiy

ko‘rsatkichlari tahlili

Yuqoridagi jadval ma’lumotlariga ko‘ra, 2014- yilda qayta ishlangan paxta

xom ashyosi 25157 tonnani tashkil etib, bu 2013-yilga nisbatan 5813 tonnaga

ko‘proqdir. Tola chiqishi 32,9%  dan  33,8% ga o‘zgarib, natijada 2014-yilda

8501 tonna paxta tolasi ishlab chiqilgan. 2014-yilda 1 so‘mlik tovar mahsulotiga

jami xarajatlar 99,7 tiyinni tashkil etgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 0,1 tiyinga

№ Ko‘rsatkichlar nomi

O‘lchov


birligi

2013 yil  2014 y

Farqi (+,-)

1  Qayta ishlangan paxta xom-

ashyosi

tonna


19344

25157


+5813

2  Ishlab chiqarilgan paxta

tolasi

tonna


6372

8501


+2129

3  Tola chiqishi

%

32,9


33,8

+0,9


4  Tovar mahsuloti bahosi

ming


so‘m

21418747 33205999 +11787252

5  Tovar mahsulotining ishlab

chiqarish tannarxi

ming

so‘m


17753005 27921396 +10168391

6  1 so‘mlik tovar mahsuloti

ishlab chiqarishga ketgan

xarajatlari

tiyin

82,9


84,1

+1,2


7  Ishlab chiqarish rentabelligi  %

17,1


15,9

-1,2


8  Davr xarajatlari

ming


so‘m

2688753 3993661  +1304908

9  Moliyaviy faoliyat

xarajatlari

ming

so‘m


938996 1188593

+249597


10 Tovar mahsulotining to‘liq

tannarxi


ming

so‘m


21380754 33103650 +11722896

11 1 so‘mlik tovar mahsulotiga

ketgan jami xarajatlar

tiyin


99,8

99,7


-0,1

12 Mahsulot sotishdan sof

tushum

ming


so‘m

25697587 39531236 +13833649

13 Balans foydasi

ming


so‘m

230520 270120

+1912570

14 Sof foyda

ming

so‘m


124105 167386

+43281


11

kamdir. Korxonaning sof foydasi 2014 yilda 2013 yilga nisbatan 43281 ming

so‘mga ko‘payib, 167386 ming so‘mni tashkil etgan.

Umuman olganda, korxonaning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan shuni

ko‘rishimiz mumkinki, o‘tgan yilga nisbatan joriy yilda korxonaning moliyaviy

ahvoli ancha yaxshilangan.

“Qorasu” paxta tozalash korxonasining moliyaviy hisobotlardagi

ko‘rsatkichlaridan  foydalanib, korxonaning 2012-2014-yillarning oxiridagi

moliyaviy holatini belgilovchi koeffitsientlar hisoblab chiqildi.

Ushbu koeffitsientlar tahlili quyidagi 3-jadvalda keltirilgan.

3-jadval

“Qorasu” paxta tozalash korxonasining moliyaviy holati ko‘rsatkichlari

tahlili

Farqi (+,-)

№ Ko‘rsatkichning nomi

O‘lchov


birligi

2012


yil

2013


yil

2014


yil

2012


yilga

nisbatan


(+,-)

2013


yilga

nisbatan


(+,-)

1.  Sotish rentabelligi

%

0,32 0,48 0,42 +0,1



-0,06

2.  Aktivlar rentabelligi

%

0,26 0,25 0,31 +0,05



+0,06

3. Aktivlarning

aylanuvchanligi

%

82



52,7 73,4 -8,6

+20,7


4.  Asosiy vositalarning

aylanuvchanligi

marta 7,6 5,1 9,3 +1,7

+4,2


5. Debitor qarzlarning

aylanuvchanligi

hafta  0,01 0,06 0,04 +0,03

-0,02


6. Qoplash 

koeffitsienti  marta  1,4  1,2  1,19 -0,21

-0,01

Yuqoridagi jadval ma’lumotlarida ko‘rinib turibdiki, “Qorasu” paxta



tozalash korxonasining sotish rentabelligi 2013-yilga nisbatan    0,06 % kamaygan.

Aktivlarning aylanuvchanligi 20,7 % ga ko‘paygan. Demak, aktivlarning

aylanuvchanligi tezlashgan. Lekin 2012-yilga nisbatan 8,6 % ga pasaygan. Asosiy

vositalarning aylanuvchanligi 4,2 martaga ko‘paygan. Debitor qarzlarning

aylanuvchanligi 0,02 ga sekinlashgan. Qoplash koeffitsienti 0,01 ga kamaygan.

Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, “Qorasu” paxta tozalash korxonasining to‘lov



12

qobiliyatini nisbatan qoniqarli deb hisoblash mumkin. Asosiy muammo jami

aktivlarning umumiy rentabellik darajasi past bo‘lganidadir. Katta miqdordagi

debitorlik qarzdorlikning korxona moliyaviy barqarorligiga ta’sirini kamaytirish

rejalashtirilayotgan davrda ham moliyaviy menejment uchun asosiy masala bo‘lib

qoladi.


13

1.2. Paxta tozalash korxonalarida xususiy kapitalni hisobga olishning

vazifalari va me’yoriy tartibga solinishi.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida turli mulkchilikka asoslangan

xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning salohiyatini ularning xususiy kapitali

ko‘rsatkichi xarakterlaydi. Xususiy kapitalga yetarli darajada ega bo‘lmagan

xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini uzluksiz rivojlantira olmaydi va bozorda

vujudga keladigan raqobatga bardosh berish qobiliyati sust bo‘ladi. Shuning uchun

ham xususiy kapitalga ega bo‘lish, uni doimiy tarzda ko‘paytirib borish bozor

iqtisodiyoti sharoitida har qanday xo‘jalik yurituvchi sub’ektning, shu jumladan

paxta tozalash korxonalarning ham rivojlanishiga kafillik beruvchi muhim element

bo‘lib hisoblanadi.

Paxta tozalash korxonalarida ham boshqa mulk shaklidagi korxonalar singari

buxgalteriya hisobining ob’ekti bo‘lib, moliyaviy xo‘jalik faoliyatini

shakllantiruvchi aktivlar va majburiyatlar hisoblanadi. Lekin shu bilan birgalikda

paxta tozalash korxonalarida shu mulk shaklining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib

chiqadigan va buxgalteriya hisobida inobatga olish shart bo‘lgan ob’ektlar ham

mavjud. Buxgalteriya hisobining shunday ob’ektlaridan biri aksiyadorlik

jamiyatlarida mulkni tasarruf etish, boshqarish va unga egalik qilish usuli

yordamida liberal iqtisodiy-ijtimoiy faoliyat ko‘rsatishdir. Buxgalteriya hisobida

bu jarayon o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bularga aksiya chiqarish va uning

muomalasi bilan bog‘liq operatsiyalar, xususiy (ustav) kapitali, qimmatli

qog‘ozlar, daromad (foyda), dividend to‘lovlari, maxsus shakllanadigan fondlar va

foydaning taqsimoti kabi jarayonlar kiradi. Bu jarayonlarning barchasi aksiyadorlik

jamiyatlarida buxgalteriya hisobining o‘ziga xos bo‘lgan hisob ob’ektlardir.

Xususiy kapital hisobi hozirgi erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim

ahamiyatga ega bo‘lib, u korxonaning o‘z qudrat darajasi qay darajada ekanligini

bildiradi. Shu taraflarni e’tiborga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy

Majlisining birinchi chaqiriq 6 – sessiyasida qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi

to‘g‘risida”gi Qonunda ham xususiy kapital hisobiga katta e’tibor berilgan. Uning



14

16 – moddasiga ko‘ra moliyaviy hisobotlar tarkibida 5 – shakl “Xususiy kapital

to‘g‘risidagi hisobot” deb nomlanib, bu shakl har yili boshqa hisobotlarga

qo‘shilgan holda yuqori organlarga topshirilishi lozim. Paxta tozalash

korxonalarida buxgalteriya hisobining ob’ekti bo‘lib, moliyaviy xo‘jalik faoliyatini

shakllantiruvchi aktivlar va majburiyatlar hisoblanadi.

Ushbu ob’ektlarni tadqiq qilishda buxgalteriya hisobining muhim

fundamental tamoyillaridan biri bo‘lgan ikki yoqlama yozuv tamoyiliga

asoslaniladi. Buning zamirida quyidagi tenglik yotadi:


Download 252,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish