Avtobiografik xarakterga EGA hujjatlar to‘plami, individual papka qanday nomlanadi?



Download 156,5 Kb.
Sana11.07.2022
Hajmi156,5 Kb.
#775723
Bog'liq
Test ped kompitent


. Avtobiografik xarakterga ega hujjatlar to‘plami, individual papka qanday nomlanadi?
b) portfolio;
2. Talabaning indiviudal ta’limiy muvaffaqiyatlari aks ettiruvchi diplom, faxriy yorliq, guvohnoma va boshqalar jamlanadigan portfolio qanday nomlanadi?
d) hujjatlar portfoliosi.
3. Talaba tomonidan bajarilgan ijodiy ishlar, loyihalar, tadqiqotlar, ularning natijalarini aks ettiruvchi reyting daftarchasi, ijodiy ish daftari, elektron hujjatlar, modellar, loyihalar, ijtimoiy, ishlab chiqarish, pedagogik amaliyotga doir hisobotlar, talaba tomonidan mustaqil yoki guruhdoshlar bilan hamkorlikda to‘plagan adabiyotlar, davriy nashrlarning kseronusxalari, illustrasiyalar joy oladigan portfolio – bu ...
c) ishlar portfoliosi;
4. Talabaning o‘zi yoki pedagoglar tomonidan jamlangan talabalarning eng yaxshi ishlari o‘rin oladigan portfolio qanday nomlanadi?
a) baholovchi portfolio;
b) taqrizlar portfoliosi;
5. Talabaning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish maqsadida shakllantirilib, nazorat ishlari, testlar, chizmalar, krossvordlar va boshqalardan tarkib topadigan portfolio – bu ..
a) baholovchi portfolio;
6. Talaba tomonidan erishgan yutuqlarni baholashga doir xulosa, taqriz, rezyume, esse, tavsiyanoma va tavsifnomalar jamlanadigan portfolio qanday nomlanadi?
b) natijalar portfoliosi;
7. 1) talabalar tomonidan oliy ta’lim muassasasi yoki fakultet saytiga materiallarni qo‘shish; 2) shaxsiy veb-saytlarni yaratish; 3) semestr yakunlari bo‘yicha hisobot tayyorlash kabi shakllarda namoyon bo‘ladigan portfolio – bu ...
d) On-line portfolio.
8. Istiqbolli ish o‘rniga ega bo‘lish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, fan olipiadalarda ishtirok etish, nomdor hamda Prezident stipendiyasiga talabgor bo‘lish hamda shaxsiy maqsadlarni amalga oshirishda amaliy ahamiyat kasb etuvchi hujjatlar to‘plami qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
b) talabalar portfoliosi;
9. Talabalar portfoliosining yaratilishi necha bosqichda amalga oshadi
b) 3 bosqichda
10. Lug‘aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi qanday ma’noni ifodalaydi? c) yangilik kiritish;
11. Muayyan tizimning ichki tuzilishini o‘zgartirishga qaratilgan
faoliyat qanday nomlanadi? a) innovatsiya;
12. Yangi g‘oyalar, tizim yoki faoliyat yo‘nalishini o‘zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar, noan’anaviy yondashuvlar, odatiy bo‘lmagan tashabbuslar, ilg‘or ish uslublari. Ular nimaning ko‘rinishlari sanaladi?
c) innovatsiyaning;
13. Ta’lim sohasi yoki o‘quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo‘llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar qanday nomlanadi?
d) ta’lim innovatsiyalari.
14. “Innovatsion ta’lim” tushunchasi dastlab qaerda asoslangan?
b) 1979 yilda Rimda;
15. Ta’lim innovatsiyalari necha turga bo‘linadi?
b) 4 turga;
16. Kiritilgan o‘zgarishlarning tavsifiga ko‘ra ta’lim innovatsiyalari qanday turlarga bo‘linadi?
b) radikal, modifikatsiyalangan va kombinatsiyalangan innovatsiyalar;
17. Faoliyat yo‘nalishiga ko‘ra ta’lim innovatsiyalari qanday turlarga bo‘linadi?
d) pedagogik jarayonda yoki ta’lim tizimini boshqarishda qo‘llaniladigan innovatsiyalar.
18. O‘zgarishlarning ko‘lamiga ko‘ra ta’lim innovatsiyalari qanday turlarga bo‘linadi?
a) tarmoq (lokal), modul va tizim innovatsiyalari;
19. Kelib chiqish manbaiga ko‘ra ta’lim innovatsiyalari qanday turlarga bo‘linadi?
c) jamoa tomonidan bevosita yaratilgan yoki o‘zlashtirilgan innovatsiyalar;
20. Faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo‘lmay, faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni o‘zgartirishga xizmat qilsa u nima deb yuritiladi?
a) novatsiya;
21. Muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o‘zgartirishga xizmat qiladigan faoliyat natijasi qanday nomlanadi? c) innovatsiya;
22. Yangi ijtimoiy talablarning an’anaviy me’yorlarga mos kelmasligi yoki yangi g‘oyalarning eski g‘oyalarni inkor etishi natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyat qanday nomlanadi?

c) innovatsion faoliyat;


23. Ijodiy faollik, yangilikni kiritishga texnologik va metodologik tayyorgarlik, yangicha fikrlash, yuksak muomala madaniyati. Innovatsion faoliyatning ushbu tarkibiy elementlari kim tomonidan ko‘rsatilgan?
a) V.Slastenin;
24. Ta’lim innovatsiyalarini pedagogik jarayonga tatbiq etish necha bosqichda kechadi?
b) 4 bosqichda;
25. Pedagogda ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvni qaror toptirish necha bosqichda kechadi?
b) 4 bosqichda;
26. Talabaning fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi, o‘ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim qanday nomlanadi?
c) shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim;
27. O‘quv jarayonida talabalarning jamoada, kichik guruh va juftlikda bilimlarni birgalikda o‘zlashtirishlari, o‘zaro rivojlanishlari, “pedagog-talaba(lar)” munosabatining hamkorlikda tashkil etilishini ifodalovchi ta’lim qanday nomlanadi?
c) hamkorlik ta’limi;
28. O‘quv jarayonida talabalarning jamoada, kichik guruh va juftlikda bilimlarni birgalikda o‘zlashtirishlari, o‘zaro rivojlanishlari, shuningdek, “pedagog-talaba(lar)” munosabatining hamkorlikda tashkil etilishini ta’minlovchi ta’limiy xarakterdagi texnologiyalar qanday nomlanadi?
d) hamkorlik ta’limi texnologiyalari.
29. Juftlik va kichik guruh a’zolarining o‘zaro birligi; juftlik va kichik guruhda har bir a’zoning shaxsiy va guruh muvaffaqiyati uchun javobgarligi; kichik guruhda hamkorlikka asoslangan o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish; guruh va jamoa ishining umumiy baholanishi. Ushbu tamoyillar qanday ta’lim texnologiyalarining mohiyatini ifodalaydi?
c) hamkorlik ta’limi texnologiyalarining;
30. Yaxlit mavzuni bir nechta qismlarga ajratgan holda mazmunini yoritish asosida talabalarning uni puxta o‘zlashtirishi, o‘z bilimlarini boshqalarga yetkazib berish layoqatiga ega bo‘lishi ta’minlovchi strategiya qanday nomlanadi?
a) “Ajurli arra”;
31. Rag‘batlantiruvchi asos, monokonstruksiya, sotsiokonstruksiya, ijtimoiylashuv, ma’lumotlarni bilishga intilish, refleksiya. Ular innovatsion ta’limning ... sanaladi?

c) algoritmi;


32. Aniq reja, maqsad asosida uning natijalanishini kafolatlagan holda pedagogik faoliyat mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan harakat mahsuli nima?
c) loyiha;
33. Boshlang‘ich ma’lumotlarga asoslanib, kutiladigan natijani taxmin qilish, bashoratlash, rejalashtirish orqali faoliyat yoki jarayon mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan amaliy harakat qanday nomlanadi?
c) loyihalash;
34. Alohida olingan ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun barcha omillarni inobatga olgan holda uning loyihasi (sxemasi)ni ishlab chiqish nima deb yuritiladi?
d) ta’lim jarayonini loyihalash.
35. Pedagogik jarayonni loyihalash qanday uchlikka asoslanadi?
b) loyiha – mazmun – faoliyat;
36. Ta’lim jarayonini loyihalash necha bosqichda kechadi?
c) 5 bosqichda;
37. Ta’lim yoki ma’naviy-ma’rifiy tadbirning asosiy ko‘rsatkichlari
va ularning texnologik tavsifini yorituvchi hujjat qanday nomlanadi?
b) texnologik pasport;
38. Pedagogik (ta’lim va tarbiya) jarayonni bajaruvchi yoki ma’lum ob’ektga texnik xizmat ko‘rsatuvchi pedagoglarga taqdim etiladigan barcha zarur ma’lumotlar, ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan hujjat qanday nomlandi?
c) texnologik xarita;
39. Real, haqiqatda mavjud bo‘lgan ob’ektning soddalashtirilgan, kichraytirilgan (kattalashtirilgan) yoki unga o‘xshagan nusxasi nima deb ataladi?
c) model;
40. Qanday holat hodisa, jarayon yoki tizimning umumiy mohiyatini to‘la yorituvchi modelni yaratishni ifodalaydi?
b) modellashtirish;
41. O‘quv jarayonida qo‘llaniladigan modellar necha turga bo‘linadi?
b) 5 turga;
42. Qurilma, moslama, asbob, jihoz va mexanizmlar o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan qanday modellar turiga kiradi?
b) ilmiy-texnik modellar turiga;
43. Ko‘rsatmali qurollar, ko‘rgazmali vositalar, trenajyorlar, ta’limiy dasturlar. Ular o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan qanday modellar turiga kiradi?
a) tajriba modellari turiga;
b) ilmiy-texnik modellar turiga;
d) o‘quv modellari turiga.
44. Amaliy harakatlarni bajarishga xizmat qiluvchi turli trenajyorlar, mexanizmlar o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan qanday modellar turiga kiradi?
b) imitatsion modellar turiga;
45. Loyihalashtirilayotgan ob’ektlarning kattalashtirilgan yoki kichiklashtirilgan nusxalari o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan qanday modellar turiga kiradi?
c) tajriba modellari turiga;
46. Kompyuter, sport, iqtisodiy, harbiy, ishchanlik o‘yinlari va boshqalar o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan qanday modellar turiga kiradi?
a) o‘yin modellari turiga;
47. Talabalarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, ma’lum xulosalarga kelish kabi ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladigan ta’lim qanday ta’lim sanaladi?
d) muammoli ta’lim.
48. Muammoli ta’limning ilk g‘oyalarini kim asoslagan?
a) L.Rubinshteyn;
b) I.Unt;
c) J.Dyui;
d) M.I.Maxmutov.
49. Bilimlarni muammoli bayon qilish, bilimlarni muammoli bayon
qilishning ma’lum bosqichlarida talabalarni izlanishga undash, kichik ilmiy tadqiqotlarni olib borish. Ular qanday ta’limning turlari sanaladi?
b) muammoli ta’limning;
50. O‘qituvchi tomonidan talabani muammoli vaziyat, muammoli masalani hal
etishga yo‘naltirish orqali unda bilish faolligini oshirishga yo‘naltirilgan ma’ruza qanday ma’ruza sanaladi
c) muammoli ma’ruza;
51. Talabalarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, ma’lum xulosalarga kelish kabi ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladigan ta’lim texnologiyalari qanday texnologiyalar sanaladi?
b) muammoli ta’lim texnologiyalari;
52. Muammoli bayon, evristik suhbat, muammoli namoyish, izlanishga
asoslangan amaliy mashg‘ulot, ijodiy topshiriq, xayoliy muammoli tajriba, muammo farazlarini shakllantirish, masalalarni muammoli yechish (optimal variantlarni tanlash), muammoli vazifa, muammoli o‘yin. Ular qanday ta’lim texnologiyalarining turlari hisoblanadi?
b) muammoli ta’lim texnologiyalarining;
53. Tadqiqot metodi, evristik metod, muammoli vaziyatlarni yaratish metodi, muammoli bayon qilish metodi, ijodiy metod, qisman ijodiy metod. Ular qanday ta’limning metodlari hisoblanadi?
b) muammoli ta’lim metodlari;
54. Hal qilinishi zarur, biroq, hali yechish usuli noma’lum bo‘lgan pedagogik xarakterdagi masala – bu ...
b) pedagogik muammo;
55. Talabaning ma’lum topshiriqlarni bajarish (masalani yechish, savolga javob topish) jarayonida yuzaga kelgan ziddiyatni anglashi bilan bog‘liq ruhiy holati ... hisoblanadi?
d) muammoli vaziyat.
56. Muammoli vaziyatni yaratish; vaziyatni tahlil qilish asosida muammoni qo‘yish; farazlarni ilgari surish; yechimni tekshirish. Ular muammoli vaziyatni hal qilish ... sanaladi?
d) bosqichlari.
57. Ular muammoni hal qilish bosqichlari – bu ...
c) isbotlash; tekshirish; asoslash;
58. Muammoni qo‘yish qaysi bosqichlarda amalga oshiriladi?
d) muammoni izlash; muammoni qo‘yish; muammoni hal qilish.
59. Muammoni qo‘yish necha sathda kechadi?
c) 3 sathda;
60. Lug‘aviy jihatdan “interfaol” tushunchasi qanday ma’nosini anglatadi?
a) “o‘zaro harakat qilmoq”;
61. Talabalarning bilim, ko‘nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lidagi o‘zaro harakatlarini tashkil etishga asoslanuvchi ta’lim qanday nomlanadi?
d) interfaol ta’lim.
62. Qanday holat talabalarning bilim, ko‘nikma, malaka va muayyan axloqiy
sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda, o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklarini ifodalaydi?
b) interfaollik;
63. Talabalarning portfoliolari qanday tuzilishga ega bo‘ladi?
c) titul; mundarija; portfolioning maqsadi; portfolioning bo‘limlari;
64. Talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini har tomonlama, xolis baholash imkoniyatini ta’minlovchi topshiriqlar to‘plami qanday nomlanadi?
d) assesment.
65. U biografik anketa, ta’lim sohasidagi yutuqlar bayoni, o‘quv individual topshiriq, bahs-munozara, intervyu, ijodiy ish, test, individul keys, taqdimot, ekspert kuzatish, rolli hamda ishbilarmonlik o‘yinlari kabilardan tashkil topadi. Gap nima haqida bormoqda?

b) assesment;


66. Dastlab mavjud harbiy vaziyatlarni to‘g‘ri baholay oladigan, harbiy harakatlar jarayonini samarali boshqaradigan, zarur o‘rinlarda oqilona harakatni tashkil eta oladigan ingliz hamda nemis harbiylari orasidan bilimdon, tadbirkor, mahoratli harbiylar, shuningdek, ofitserlarni tanlash maqsadida qo‘llanilgan texnologiya qanday nomlanadi?

a) assesment;


67. “Assesment” texnologiyasi “AT&T” kompaniyasi tomonidan birinchi marta necha yilda qo‘llanilgan?
c) 1954-yilda;
68. Ta’limiy mazmunga ega loyiha, shuningdek, o‘qituvchi tomonidan tuzilishi majburiy bo‘lgan hujjat qanday nomlanadi?
a) dars ishlanmasi;
69. Muammoga oid ma’lumotlarni to‘plash, ularni tahlil qilish, umumlashtirish, mohiyatini yoritish, muammoni hal etish usul va vositalarini tavsiflash, ularning ahamiyatini asoslashga xizmat qiluvchi loyihalar qanday loyihalar sanaladi?

a) axborotli loyihalar;


70. Tadqiqotni amalga oshirish, tadqiqot asosida muammo izohini asoslash, kelgusida rivojlanish uchun yangi muammolarni asoslovchi loyihalar – bu …

b) tadqiqot loyihalari;


71. Qanday loyihalar muammoni hal etish usul va vositalarini ishlab chiqishga xizmat qiladi?

c) amaliy loyihalar;


72. Maqola, referat, ma’ruza, keys va boshqalar qanday loyihalarning natijasi sanaladi?

a) axborotli loyihalarning;


73. Qanday loyihalarning natijasi hisobot, ma’ruza, keys va boshqalar o‘aklida namoyon bo‘ladi?

b) tadqiqot loyihalarining;


74. Harakatlar dasturi, biznes-reja, keys, strategiya, tavsiya, ma’lumotnoma to‘plami va boshqalar qanday loyihalarning natijasi sifatida taqdim etiladi?

c) amaliy loyihalarning;


75. O‘quv maqsadiga erishish yoki muammo, muammoli vaziyatni hal qilish yo‘lida talabalar tomonidan izchil amalga oshiriladigan harakatlari majmuasi – bu ...

b) o‘quv loyihaviy faoliyat;


76. Talabalarning o‘quv loyihaviy faoliyati necha bosqichda tashkil etiladi?

b) 3 bosqchida;


77. J.Dyui tomonidan ijtimoiy; konstruktiv; badiiy ifodaviy; ilmiy-tadqiqot kabi yo‘nalishlar qanday ta’lim uchun asos qilib belgilangan?

b) muammoli ta’lim uchun;


78. S.L.Rubinshteynning “Tafakkur muammoli vaziyatdan boshlanadi” degan g‘oyasi qanday ta’limning psixologik asosi sifatida qabul qilingan?

c) muammoli ta’limning;


79. Talabalarni muammoli vaziyatga to‘qnash kelishini ta’minlash asosida ularning bilish faoliyatini faollashtirishga asoslanadigan yo‘l qanay nomlanadi?

b) muammoli vaziyat metodi;


80. Modul, muammoli, interfaol, individual, masofaviy, kompyuter, hamkorlik, loyiha, dasturiy, tabaqalashtirilgan, rivojlantiruvchi, o‘yin, gender hamda quvvatni tejovchi ta’lim texnologiyalari qanay umumiy nom bilan ataladi?

a) shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari;


81. O‘quv topshiriqlarini jamoada, kichik guruhlarda yoki juftlikda birgalikda, o‘zaro hamkorlikda bajarish qanday ta’limning asosiy g‘oyasi sanaladi?

b) hamkorlik ta’limining;


82. Kichik tadqiqotlarni olib borish; fan bo‘yicha tashkil etiladigan musobaqada ishtirok etish; fan olimpiadalariga tayyorlanish; hamkorlikda loyihalar tayyorlash; ijodiy hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish; ijodiy hamkorlikda o‘quv manbalarini yaratish. Ular qanday hamkorlikni ifodalaydi?

b) pedagog-talaba hamkorligi;


83. 1986 yilda F.Slavin tomonidan ishlab chiqildi metod qanday nomlanadi?

c) “Ajurli arra-2”;


84. O‘quv portfoliosi va “Assesment” texnologiyasi – bu ...

b) innovatsion xarakterdagi nazorat vositalari;


85. Pedagog yoki talabaning shaxsi, faoliyatining turlari, erishilgan yutuqlari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni berishga xizmat qiladigan individual papka qanday nomlanadi?

b) portfolio;


86. Uncha katta bo‘lmagan o‘ziga xos arxiv qanday nomlanadi?

c) portfolio-kollektor;


87. Talabalarda mavzuga nisbatan tahliliy yondashuv, ayrim qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini o‘zlashtirish (sintez) ko‘nikmalarini hosil qilishga yordam beradigan grafik organayzer qanday nomlanadi?

a)”Venn diagrammasi;


88. Talabalarni mavzu xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, o‘z tasavvurlari, g‘oyalaridan ijobiy foydalanishga doir ko‘nikma, malakalarni hosil qilishga rag‘batlantirib, mavzu doirasida imkon qadar ko‘p muqobil g‘oyalarning yig‘ilishini ta’minlovchi strategiya qanday nomlanadi?

b) “Aqliy hujum”;


89. Talabalarda mavzu yuzasidan muayyan masala mohiyatini tasvirlash va yechish qobiliyatini, mantiqiy fikrlash, mavzu mohiyatini yorituvchi tayanch tushuncha, ma’lumotlarni muayyan tizimga keltirish, ularni tahlil qilish ko‘nikmalari rivojlantirishga xizmat qiladigan grafik organayzer qanday nomlanadi?

d) “Baliq skeleti”.


90. Asos, unga birikkan to‘qqizta “gulbarg” (kvadrat, to‘rtburchak yoki aylanalar)larni o‘z ichiga olib, asosiy muammo va uning mazmunini yoritishga imkon beradigan xususiy masalalarning hal etilishini ta’minlovchi texnologiya (interfaol metod) qanday nomlanadi?

c) “Nilufar guli”;


91. Talabalarga muayyan mavzular bo‘yicha o‘z bilimlari darajasini baholay olish imkonini beradigan grafik organayzer qanday nomlanadi?

a) “Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim” (BBB);


92. Inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, berilgan savollarga qisqa, aniq va lo‘nda javob qaytarilishini taqozo etadigan metod qanday nomlanadi?

b) “Blis-so‘rov”;


93. Fransuzcha so‘zidan olingan bo‘lib, mashg‘ulotlarda biror-bir mavzu yuzasidan talabalar o‘rtasida o‘zaro bahs uyushtirish, ularning o‘zaro fikr almashishlarini ta’minlashga xizmat qiladigan texnologiya (interfaol metod) qanday nomlanadi?

c) “Debat”;


94. G‘uncha, to‘plam, bog‘lam kabi ma’nolarni anglatib, ilgari surilgan g‘oyalarni umumlashtirish, ular o‘rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadigan grafik organayzer qanday nomlanadi?

d) “Klaster”.


95. Uni qo‘llashda talabalarning vazifasi mantiqiy jihatdan noto‘g‘ri ifodalangan ma’lumotlarni to‘g‘ri dalillarga aylantirish, yuzaga kelgan mantiqiy chalkashlikni tuzatish, fikrlarni muayyan ketma-ketlikda to‘g‘ri joylashtirgan holda uzilgan zanjirni “ulash”dan iborat bo‘ladigan strategiya qanday nomlanadi?

a) “Mantiqiy chalkash zanjir”;


96. Muammoning asosiy to‘rt jihatini yoritishga xizmat qilib, unga ko‘ra talabalar mavzuning mazmuniga mos muammolarni atroflicha o‘rganish orqali mohiyatini yoritish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni izlash, hal qilish imkoniyatlariga ega bo‘ladigan strategiya qanday nomlanadi?

b) “SWOT-tahlil”;


97. J.Still, K.Meredis, Ch.Temil tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, “O‘qish va yozish asosida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish dasturi”da har bir talaba hamda talabalar guruhlarining fikrlash faolligini oshirish, ularda tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan strategiya qanday nomlanadi?

c) “Sinkveyn” (“Besh qator”);


98. Talabalarda mantiqiy fikrlash qobiliyatini, xotirani, shuningdek, muayyan muammoni hal qilishda o‘z fikrini ochiq, erkin ifodalash malakasini rivojlanishiga xizmat qiladigan strategiya qanday nomlanadi?

d) “Skarabey” (“Qo‘ng‘iz”).


99. Ko‘p fikrlilik, suhbat (dialog), fikrlashga asoslangan faoliyat, g‘oyalarning yaratilishi (ilgari surilishi), tanlash imkoniyatining mavjudligi, muvaffaqiyatli vaziyatlarni hosil qilish, refleksiya. Ular qaysi ta’lim texnologiyalarining asosiy belgilari sanaladi?

b) interfaol ta’lim texnologiyalarining;


100. Ta’lim jarayoni “O‘quvchi – o‘quvchi (juftlikda ishlash)”, “O‘quvchi – o‘quvchilar guruhi (guruh yoki kichik guruhda ishlash)”, “O‘quvchi – o‘quvchilar jamoasi (guruh jamoasida ishlash)”, “O‘quvchi – axborot-kommunikatsion texnologiyalar” kabi tizimlarga muvofiq tashkil etiladigan ta’lim qanday nomlanadi?

b) interfaol ta’lim;


.
“PEDAGOGIK KOMPETENTLIK VA KREATIVLIK

ASOSLARI” MODULI BO‘YIChA TEST TOPShIRIQLARI


1. Lug‘aviy jihatdan “competence” tushunchasi qanday ma’noni ifodalaydi?

c) qobiliyat;


2. Kasbiy faoliyatni amalga oshirishda mutaxassis tomonidan o‘zi uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalarning egallanishi va ularni amalda

yuqori darajada qo‘llay olishi qanday sifatni ifodalaydi?

ab) kompetentlikni;
3. 1) murakkab jarayonlarda; 2) raqobatchilar bilan kurashishda; 3) noaniq vazifalarni bajarishda; 4) bir-biriga zid ma’lumotlardan foydalanishda; 5) har qanday vaziyatda ham yutuqqa erishishga intilishda; 6) kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo‘la olishda. Kompetentlik yaqqol namoyon bo‘ladigan holatlarni belgilang.

c) 1; 3; 4; 6;


4. A.K.Markovaning fikriga ko‘ra, pedagogda kasbiy kompetentlikning qaysi jihatlari namoyon bo‘ladi?
d) maxsus (kasbiy) kompetentlik; ijtimoiy kompetentlik; shaxsiy kompetentlik; individual kompetentlik.

5. B.Nazarova pedagogning kasbiy kompetentligida qaysi jihatlarni ustuvor deb belgilagan?


b) maxsus kompetentlik; ijtimoiy kompetentlik; autokompetentlik; ekstremal kasbiy kompetentlik;


6. Kasbiy kompetentlik sifatlarini belgilang.

c) ijtimoiy, maxsus, shaxsiy, texnologik va ektremal kompetentlik;


7. Ijtimoiy munosabatlarda faollik ko‘rsatish ko‘nikma, malakalariga
egalik, kasbiy faoliyatda sub’ektlar bilan muloqotga kirisha olish. Bu holatlar pedagogda qanday kompetentlik mavjudligini ifodalaydi?

c) ijtimoiy kompetentlik;


8. Psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik. Ushbu tarkibiy asoslar pedagogga xos qanday kompetentlikka xos?

b) maxsus kompetentlikka;


9. Izchil ravishda kasbiy o‘sishga erishish, malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish negizida pedagogga xos qanday kompetentlik aks etadi?

a) shaxsiy kompetentlik;


10. Kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish pedagogga xos kompetentlikning qaysi sifatini ifodalaydi?

a) texnologik kompetentlikni;


11. Favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to‘g‘ri harakatlanish malakasiga egalik. Ushbu malakalarga egalikni ifodalovchi kompetentlikka xos sifat – bu ...

d) texnologik kompetentlik.


12. Pedagogning o‘z ustida ishlashi necha bosqichda kechadi?

b) 5 bosqichda;


13. O‘z ustida ishlaganda pedagogning yutuqlarini boyitish va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq qarorga kelishi qaysi bosqichda ro‘y beradi?

b) 2 bosqichda;


14. O‘z ustida ishlashning 1-bosqichida pedagog tomonidan qanday harakatlar tashkil etiladi?

c) o‘z faoliyatini tahlil qilish asosida yutuq va kamchiliklarini aniqlash;


15. Pedagog tomonidan kasbiy faoliyatda tashkil etayotgan o‘z amaliy harakatlari mohiyatining o‘rganilishi – bu ...
) o‘zini o‘z tahlil qilish;
16. Shaxsning o‘z-o‘zini tahlil qilishi orqali o‘ziga baho berishi qanday nomlanadi?

b) o‘z-o‘zini baholash;


17. Shaxsning o‘zini o‘zi samarali baholashiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?

d) o‘zini tushunish; shaxs sifatida o‘z qadr-qimmatini anglash; o‘zini-o‘zi nazorat qilish.


18. Shaxsning o‘z-o‘zidan qoniqishi yoki qoniqmasligi nimani belgilaydi?

a) o‘z-o‘zini baholash darajasini;


19. O‘O‘B = yutuqlar/o‘zini yuqori baholashga intilish (yoki O‘O‘B = Yu / O‘YuBI). Ushbu formula yordamida qanday jarayon amalga oshiriladi?

b) o‘z-o‘zini baholash;
20. Shaxsning o‘zida kasbiy tajriba, malaka, mahoratni takomillashtirish yo‘lida aniq maqsad va puxta o‘ylangan vazifalar asosida mustaqil ravishda amaliy harakatlarni tashkil etishi qanday nomlanadi?

c) o‘zini o‘zi rivojlantirish;


21. Har bir shaxs yoki mutaxassisning o‘zida ma’lum sifat, BKM, kasbiy kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish ehtiyojlari asosida

ishlab chiqilgan shaxsiy xarakterdagi dastur qanday nomlanadi?

a) individual rivojlanish dasturi;
22. Biror bir ish yoki faoliyatni yuksak darajada, hech bir qiyinchiliksiz, o‘ta mohirlik bilan bajarish qanday nomlanadi?

b) mahorat;


23. Pedagogning pedagogik jarayonni tashkiliy, metodik, ruhiy va sub’ektiv jihatdan o‘ta mohirlik, ustalik bilan tashkil etish va boshqarish qobiliyati, ko‘nikma-malakasiga egaligi ... deb nomlanadi?

c) pedagogik mahorat;


24. Pedagogik odob; pedagogik bilimdonlik; pedagogik qobiliyat; pedagogik muloqot madaniyati; pedagogik relaksatsiya; kommunikativ ta’sir ko‘rsatish qobiliyati; pedagogik takt (nazokat); pedagogik texnika; nutq texnikasi; pedagogik ijodkorlik; pedagogik tajriba; pedagogik madaniyat. Ular nimaning tarkibiy qismlari?

c) pedagogik mahorat;


25. Pedagogning o‘z oldiga o‘ziga, kasbiga, jamiyatga, talabalarga va ta’lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan munosabatda bo‘lishiga qo‘yadigan axloqiy talablari tizimi qanday nomlanadi?

c) pedagogik odob;


26. Pedagogik odobning asosiy shakllarini ko‘rsating.

c) kasbiy-pedagogik burch; pedagogik adolat; pedagogik majburiyat (deontologiya); pedagogik obro‘;


27. Pedagogning o‘quvchilar, ularning ota-onalari, pedagogik jamoa, jamiyat tomonidan e’tirof etilgan axloqiy maqomi qanday nomlanadi?

c) pedagogik obro‘;


28. Pedagogga xos bo‘lib, pedagogik faoliyatni oqilona tashkillashtirish va olib borilishiga imkon beradigan, amaliy vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlashda ahamiyatli bo‘lgan xususiyatlar qanday nomlanadi?

d) pedagogik qobiliyat.
29. Didaktik qobiliyat; akademik qobiliyat; perseptiv-pedagogik qobiliyat; nutq qobiliyati; tashkilotchilik qobiliyati; avtoritar qobiliyat; kommunikativ qobiliyat; pedagogik xayolot; diqqatni taqsimlay olish qobiliyati. Pedagogik qobiliyatning ushbu turlari kim tomonidan guruhlangan?
a) V.A.Kruteskiy;

30. Pedagogik muloqot uslublarini ko‘rsating.

a) avtoritar, demokratik va liberal;
31. Talabalarning hissiy faoliyati, ruhiy-jismoniy quvvati va ishchanlik qobiliyatini qayta tiklash qanday nomlanadi?

b) pedagogik relaksatsiya;

32. Talabaga hurmat bilan munosabatda bo‘lish; talabchanlik; suhbatdoshni qiziqish (diqqat) bilan tinglay olish va qayg‘urish malakasi; ruhiy barqarorlik, dadillik, og‘ir vazminlik; munosabatlar jarayonida ishonch bilan so‘zlay olish; qat’iyatlilik (qaysarlik emas); talabalarga e’tiborli, hushyor bo‘lish. Ushbu asosiy ko‘rinishlar nimaga xos?

c) pedagogik nazokatga;


33. O‘zini o‘zi hissiy boshqarish; pantomimika; mimika; jest (qo‘l, oyoq harakat)dan o‘rinli foydalanish; nutq texnikasi; alohida so‘z yoki ifodalarni ifodalash sur’ati (ritmika). Ular nimaning asosiy turlari sanaladi?

a) pedagogik texnikaning;


34. V.A.Suxomlinskiyning fikriga ko‘ra, qosh-qovoqni uyub yurmaslik; boshqalarning kamchiliklari, nuqsonlarini oshirib ko‘rsatmaslik; hazil-mutoyibaga moyil bo‘lish; xushmuomala bo‘lish va kelajakka ishonch bilan qarash. Ular qanday holatning muhim shartlari sanaladi?

c) ruhiy barqarorlikka erishish;


35. Shaxs ichki kechinmalari, o‘y-fikrlari, xarakterining gavda harakati va
imo-ishoralar yordamidagi ifodasi qanday nomlanadi?

d) pantomimika.


36. Shaxsning yuz muskullari harakatlari orqali o‘z fikri, his-tuyg‘ulari, kayfiyati va mavjud voqelikka nisbatan munosabatini ifodalashi qanday nomlanadi?

c) mimika;


37. Nutqni tinglovchiga yetkazishda qo‘llaniladigan vositalar majmui qanday nomlanadi?

b) nutq texnikasi;
38. Kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida pedagog tomonidan orttirilgan bilim, ko‘nikma va malakalar majmui qanday nomlanadi?

b) pedagogik tajriba;


39. Pedagogning ma’naviy-axloqiy qiyofasi bilan tashqi ko‘rinishi o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlik, mutanosiblik nimani ifodalaydi?

d) pedagogning imidjini.


40. “Kreativlik” tushunchasining lug‘aviy ma’nosi – bu...

a) yaratish;


41. Individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorligini tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiradigan ijodiy qobiliyati qanday nomlanadi?

c) kreativlik;

42. Muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; farazni tekshirish va o‘zgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o‘zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlik. Kreativlikni ifodalovchi ushbu holatlar kim tomonidan asoslangan?

b) P.Torrens;


43. Ijodiy yo‘nalganlik, mantiqiy fikrlay olish, eruditsiya (bilag‘onlik), boy tasavvur, ijodiy ta’sirchanlik va tashabbuskorlik, o‘z ijodkorligini to‘la-to‘kis namoyish etish, refleksiya qobiliyati, hissiyotga boylik, mavjud tajriba va bilimlar asosida yangi qarorlarni qabul qilish malakasi. Ular nimaning negizida aks etuvchi sifatlar sanaladi?

a) kreativlikning;


44. O‘zini tavakkal qilishdan olib qochish; fikrlash va xatti-harakatlarda qo‘pollikka yo‘l qo‘yish; shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi; boshqalarga tobe bo‘lish; har qanday holatda ham faqat yutuqni o‘ylash. Ular qanday omillar sanaladi?

d) shaxs kreativligini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi.


45. Pedagog kreativ potensialining tarkibiy asoslarini ko‘rsating.
b) maqsadli-motivli yondashuv; mazmunli yondashuv; tezkor-faoliyatli yondashuv; refleksiv-baholash;

46. Muammoli xarakterga egalik; ijodiy yo‘naltirilganlik; imkoniyatlarni oshirib borish; individuallikka erishish; kreativlikning yorqin namoyon bo‘lishi; bir butunlik, izchillik va tizimlilik; shaxsning individual xususiyatlari va hayotiy faoliyatda orttirgan sifatlarining o‘zaro uyg‘unligi. Ushbu tamoyillar qanday sifatni belgilashga xizmat qiladi?

b) pedagogga xos kreativlik potensialini;

47. Pedagogning kreativ potensiali darajasini aniqlovchi mezonlarni ko‘rsating.

c) tashabbuskorlik, kreativ qobiliyatga egalik, kreativ faollik, izlanuvchanlik;

48. Pedagogning an’anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta’lim


va tarbiya jarayoni samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g‘oyalarni yaratishi, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo‘lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati qanday nomlanadi?

b) pedagogik kreativlik;

49. Shaxsning kreativ faoliyatini baholovchi testlar necha turga bo‘linadi?

a) 2 turga;


50. Pedagogning talabalar jamoasi, ota-onalar, hamkasblar, rahbariyat bilan pedagogik odob va muloqot talablariga muvofiq holda uyushtiradigan suhbati qanday nomlanadi?
c) pedagogik muloqot madaniyati;
Ob’ektning yangi talablar, me’yorlar, texnik ko‘rsatmalar, sifat ko‘rsatkichlariga mos ravishda yangilanishi

Modernizatsiya

2 Jamiyat ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy ehtiyojlarini, uning malakali kadrlarga, shaxsning esa sifatli ta’lim olish bo‘lgan talabini qondirish, ta’lim tizimini barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida mavjud mexanizmning qayta ishlab chiqilishi, takomillashtirilishi

Ta’lim tizimining modernizatsiyasi

3 Ta’lim texnologiyasi

Ta’lim (o‘qitish) jarayonining yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etilishi

4 Ta’lim shakllarini takomillashtirish vazifasini ko‘zlagan o‘qitish va boshqalarni o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va inson omillarida, ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tadbiq etish, aniqlashning izchil metodi

Pedagogik texnologiya

5 Aniq maqsad va ijtimoiy g‘oyaga asoslanib, talabalarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatning tashkiliy-texnik jihatdan uyushtirilishi

Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish

6 Muayyan amaliy harakatlarning tashkil etilishini imitatsiyalash imkoniyatini beradigan o‘yinlar

amaliy o‘yinlar

7 Bolonya jarayonning rasman boshlanish muddati

1999 yil 19 iyun

8 Modul tizimiga ko‘ra talabaning o‘quv yurtida ma’lum bir kurs (modul)ni muvaffaqiyatli yakunlaganligi to‘g‘risida ma’lumot beruvchi hujjat

Kredit


9 Modul-kredit tizimiga ko‘ra talaba mehnat sarfining yillik hajmi

750-800 soat

10 YeSTSda kreditlar yig‘indisi semestrda

30 ta


11 YeSTSda kreditlar yig‘indisi bir o‘quv yilida

60 ta


12 Onlayn o‘quv materiallari va o‘qituvchi rahbarligida guruhda ta’lim olishga asoslangan o‘qitish shakli

Aralash o‘qitish

13 Ochiq tashkil etilib, ilg‘or pedagogik tajribalarni targ‘ib etishga yo‘naltirilgan samarali o‘qitish shakli

Mahorat darslari

14 Web-texnologiyalari va an’anaviy ta’limning o‘zaro birligi asosida tashkil etiladigan seminar

Vebinar texnologiyalar

15 “Vebinar” tushunchasi ilk bor qo‘llanilgan yil

1998 yil

16 Avtobiografik xarakterga ega hujjatlar to‘plami, individual papka

Portfolio

17 Talabaning indiviudal ta’limiy muvaffaqiyatlari aks ettiruvchi diplom, faxriy yorliq, guvohnoma va b. jamlanadigan portfolio

Hujjatlar portfoliosi

18 Talaba tomonidan bajarilgan ijodiy ishlar, loyihalar, tadqiqotlar, ular natijalarini aks ettiruvchi portfolio

Ishlar portfoliosi

19 Talabaning o‘zi yoki pedagoglar tomonidan jamlangan talabalarning eng yaxshi ishlari o‘rin oladigan portfolio

Natijalar portfoliosi

20 Talabaning BKMni nazorat qilish uchun shakllantirilgan portfolio

Baholovchi portfolio

21 Talaba tomonidan erishgan yutuqlarni baholashga doir xulosa, taqriz, rezyume, esse, tavsiyanoma va tavsifnomalar jamlanadigan portfolio

Taqrizlar portfoliosi

22 1) OTM, fakultet saytiga material qo‘shish; 2) shaxsiy veb-saytlarni yaratish; 3) semestr yakunlari bo‘yicha hisobot tayyorlash kabi shakllarda namoyon bo‘ladigan portfolio – bu ...

On-line portfolio

23 Talabalar portfoliosini yaratish bosqichlari

3 ta


24Lug‘aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi

Yangilik kiritish

25 Muayyan tizimning ichki tuzilishini o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat

Innovatsiya

26 Yangi g‘oyalar, tizim, faoliyat yo‘nalishini o‘zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar, noan’anaviy yondashuvlar, odatiy bo‘lmagan tashabbuslar, ilg‘or ish uslublari. Ularning ko‘rinishlari

Innovatsiya

27 Ta’lim sohasi yoki o‘quv jarayonida muammoni yangicha yondashuv asosida yechish uchun qo‘llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oluvchi shakl, metod va texnologiyalar

Ta’lim innovatsiyalari

28 “Innovatsion ta’lim” tushunchasi asoslangan yil va joy

1919 yil, Berlin

29 Ta’lim innovatsiyalari turlari

4 ta


30 Kiritilgan o‘zgarishlarning tavsifiga ko‘ra ta’lim innovatsiyalarining turlari

Radikal, modifikatsiyalangan, kombinatsiyalangan innovatsiyalar

31 Faoliyat yo‘nalishiga ko‘ra ta’lim innovatsiyalarining turlari

Pedagogik jarayonda yoki ta’lim tizimini boshqarishda qo‘llaniladigan innovatsiyalar

32 O‘zgarishlar ko‘lamiga ko‘ra ta’lim innovatsiyalarining turlari

Tarmoq (lokal), modul va tizim innovatsiyalari

33 Kelib chiqish manbaiga ko‘ra ta’lim innovatsiyalarining turlari

Jamoa tomonidan bevosita yaratilgan yoki o‘zlashtirilgan innovatsiyalar

34 Faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo‘lmay, faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni o‘zgartirishga xizmat qiladi

Novatsiya

35 Muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o‘zgartirishga xizmat qiladigan faoliyat natijasi

Innovatsiya

36 Yangi ijtimoiy talablarning an’anaviy me’yorlarga mos kelmasligi yoki yangi g‘oyalarning eski g‘oyalarni inkor etishi natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyat

Innovatsion faoliyat

37 Innovatsion faoliyatning tarkibiy elementlarining muallifi

V.Slastenin

38 Ta’lim innovatsiyalarini pedagogik jarayonga tatbiq etish necha bosqichlari

4 ta


39 Pedagogda ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvni qaror toptirish bosqichlari

4 ta


40 Talabaning fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi, o‘ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim

Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim

41 Aniq reja, maqsad asosida uning natijalanishini kafolatlagan holda pedagogik faoliyat mazmunini ishlab chiqish mahsuli

Loyiha


42 Boshlang‘ich ma’lumotlarga asoslanib, kutiladigan natijani taxmin qilish, bashoratlash, rejalashtirish orqali faoliyat yoki jarayon mazmunini ishlab chiqish

Loyihalash

43 Ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun barcha omillarni inobatga olgan holda uning sxemasini ishlab chiqish

Ta’lim jarayonini loyihalash

44 Pedagogik jarayonni loyihalash asoslanadigan uchlik

Loyiha – mazmun – faoliyat

45 Ta’lim jarayonini loyihalash kechadigan bosqich soni

5 ta


46 Muammoli ta’limning ilk g‘oyalarini asoslagan muallif

J.Dyui


47 Bilimlarni muammoli bayon qilish, talabalarni izlanishga undash, kichik ilmiy tadqiqotlarni olib borish. Ular ...

Muammoli ta’lim turlari

48 O‘qituvchi tomonidan talabani muammoli vaziyat, muammoli masalani hal etishga yo‘naltirish orqali unda bilish faolligini oshiruvchi ma’ruza

Muammoli ma’ruza

49 Talabalarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, xulosaga kelish ko‘nikma va malakalarni shakllantiruvchi ta’lim texnologiyalari

Muammoli ta’lim texnologiyalari

50 Tadqiqot, evristik, muammoli vaziyatlarni yaratish, muammoli bayon qilish, ijodiy hamda qisman ijodiy metodlar ...

Muammoli ta’lim metodlari

51 Hal qilinishi zarur, biroq, hali yechish usuli noma’lum bo‘lgan pedagogik xarakterdagi masala

Pedagogik muammo

52 Talabaning ma’lum topshiriqlarni bajarishda yuzaga kelgan ziddiyatni anglashi bilan bog‘liq ruhiy holati

Muammoli vaziyat

53 Muammoli vaziyatni yaratish; vaziyatni tahlil asosida muammoni qo‘yish; farazlarni ilgari surish; yechimni tekshirish. Ular muammoli vaziyatni hal qilish

Bosqichlari

54 Muammoni hal qilish bosqichlari

Isbotlash; tekshirish; asoslash

55 Muammoni qo‘yish qaysi bosqichlarda amalga oshiriladi?

Muammoni izlash; muammoni qo‘yish; muammoni hal qilish

56 Muammoni qo‘yish sathlari

3 ta


57 Lug‘aviy jihatdan “interfaol” tushunchasining ma’nosi

“O‘zaro harakat qilmoq”

58 Talabalarning BKM va muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida o‘zaro harakatlarni tashkil etishga asoslanuvchi ta’lim

Interfaol ta’lim

59 Talabalarning BKM va muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda, o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklari

Interfaollik

60 Talabalar portfoliosining tuzilishi

Titul; mundarija; portfolio maqsadi; portfolio bo‘limlari

61 Talabalarning BKM darajasini har tomonlama, xolis baholovchi topshiriqlar to‘plami

Assesment

62 Biografik anketa, ta’lim sohasidagi yutuqlar bayoni, o‘quv ijodiy ish, test, keys, individual topshiriq, bahs-munozara, taqdimot, ekspert kuzatish, o‘yinlari va b.lardan tashkil topadigan nazorat turi

Assesment

63 “Assesment” texnologiyasi “AT&T” kompaniyasi tomonidan qo‘llanilgan yil

1954 yil

64 Ta’limiy mazmunga ega loyiha, o‘qituvchi tomonidan tuzilishi majburiy bo‘lgan hujjat

Dars ishlanmasi

65 Muammoga oid ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish, umumlashtirish, muammoni hal etish usul, vositalarini tavsiflovchi loyihalar

Axborotli loyihalar

66 Tadqiqotni amalga oshirish, tadqiqot asosida muammo izohini asoslash, yanada rivojlantirish uchun yangi muammolarni asoslovchi loyihalar

Tadqiqot loyihalari

67 Muammoni hal etish usul, vositalarini ishlab chiquvchi loyihalar

Amaliy loyihalar

68 Natijasi maqola, referat, ma’ruza, keys bo‘lgan loyihalar

Axborotli loyihalar

69 Natijasi hisobot, ma’ruza, keys bo‘lgan loyihalar

Tadqiqot loyihalari

70 Natijasi harakat dasturi, biznes-reja, keys, strategiya, ma’lumotnoma, tavsiya bo‘lgan loyihalar

Amaliy loyihalar

71 O‘quv maqsadiga erishish yoki muammo, muammoli vaziyatni hal qilish uchun talabalar tomonidan izchil amalga oshiriladigan harakatlar majmuasi

O‘quv loyihaviy faoliyat

72 Talabalarning o‘quv loyihaviy faoliyati bosqichlari

3 ta


73 J.Dyui g‘oyalari asos qilib belgilangan ta’lim turi

Muammoli ta’lim

74 S.L.Rubinshteynning “Tafakkur muammoli vaziyatdan boshlanadi” degan g‘oyasi asos bo‘lgan ta’lim turi

Muammoli ta’lim

75 Talabalarni muammoli vaziyatga to‘qnash kelishini ta’minlash asosida ularning bilish faoliyatini faollashtirishga asoslanuvchi metod

Muammoli vaziyat metodi

76 Dastlab harbiy sohada qo‘llanib, mahoratli ingliz va nemis askar va ofitserlarni tanlash maqsadida qo‘llanilgan texnologiya

Assesment

77 Pedagogik odob; pedagogik bilimdonlik; pedagogik qobiliyat; pedagogik muloqot madaniyati; kommunikativ ta’sir ko‘rsatish qobiliyati va b. nimaning tarkibiy qismlari

Pedagogik mahoratning

78 Pedagogik muloqot uslublari

Avtoritar, demokratik va liberal

79 Pedagogning ma’naviy-axloqiy qiyofasi bilan tashqi ko‘rinishi o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlik, mutanosiblik

Pedagogning imidjini

80 “Kreativlik” tushunchasining lug‘aviy ma’nosi

Yaratish

81 Ken Robinsonning fikriga ko‘ra, kreativlik ...

O‘z qiymatiga ega original g‘oyalar majmui

82 Emebaylning yonashuviga ko‘ra, kreativlik

Yuqori darajada noodatiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish

83 “Kreativlik” va “ijodkorlik” tushunchalari

Turli holatlarni ifodalaydi

84 Patti Drapeau nuqtai nazariga ko‘ra, kreativ fikrlash ...

Masala yuzasidan har tomonlama fikrlash

85 Shaxsning kreativligi ...da namoyon bo‘ladi

Uning tafakkuri, muloqoti, his-tuyg‘ulari va muayyan faoliyat turlarida

86 E.P.Torrens (1987) testi asoslanadigan mezonlar

Faollik, tezkor fikrlash, o‘ziga xoslik va takomillashganlik

87 Shaxsning kreativ tafakkurga egaligini aniqlovchi test (1987 yil) muallifi

E.P.Torrens

88 Shaxs kreativligini aniqlovchi testlar (E.P.Torrens) turlari

2 ta


89 Butunning turli bosqich yoki darajalarga *ajratilishi

Tabaqalashtirish

90 Muayyan hodisani o‘zida qandaydir yakunlangan jarayonni qamrab olgan ma’lum vaqt birliklariga ajratilishi

Davrlashtirish

91 Kreativ sifatlarni rivojlantirish yo‘llari

4 ta


92 Pedagog kreativ potensialining tarkibiy asoslari

Maqsadli-motivli, mazmunli, faoliyatli va refleksiv baholash

93 Kreativ shaxsning shakllanish bosqichlari

3 ta


94 Kreativ sifatlarni rivojlantirishning 1-yo‘li

Kreativ fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish

95 Kreativ sifatlarni rivojlantirishning 2-yo‘li

Amaliy kreativ harakat ko‘nikmalarini rivojlantirish

96 Kreativ sifatlarni rivojlantirishning 3-yo‘li

Kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish

97 Kreativ sifatlarni rivojlantirishning 4-yo‘li

Kreativ mahsulot (ishlanma)lardan foydalanish

98 Tashabbuskorlik, kreativ qobiliyatga egalik, kreativ faollik, izlanuvchanlik

Pedagogning kreativ potensiali darajasini aniqlovchi mezonlar

99 D.Tollingerova taksonomiyasiga ko‘ra o‘quv topshiriqning turlari
5 ta

100.Bolonya deklaratsiyasiga a’zo davlatlari ta’limi asoslanadigan tizimi



Modul-kredit tizimi
Download 156,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish