Audio studiya qurilmalari ovozni qabul qilib oluvchi qurilmalar



Download 13.76 Kb.
Sana15.05.2021
Hajmi13.76 Kb.

Audio studiya qurilmalari

- ovozni qabul qilib oluvchi qurilmalar - mikrofonlar, ovoz olib beruvchi (zvukosnimateli);

- ovozga ishlov beruvchi qurilmalar - dastlabki kuchaytirgich, dinamik va chastotaviy ishlov beruvchi uskunalar - miksherlar, signal va effekt-prosessolari prosessorlari, plaginlar…);

- ovozni yozuvchi qurilmalar - analogli yoki raqamli magnitofonlar, qattiq disklar, analogli ovoz yozuvchi qurilmalar;

- monitoring tizimi (signal marshrutizatori, ovoz kuchaytirgich, passiv yoki aktiv monitorlar, bosh telefonlar).

Studiyaning yuragi - ovoz yozuvchi tizimdir, uning vazifasini ovoz yozish tarixida va hozir ham ba’zi studiyalarda magnitofonlar bajarib kelgan, ularni hozirgi vaqtda raqamli ovoz yozish tizimlari siqib chiqarmoqda.

Yaxshi ovoz degani bu faqat sifatli ovoz kartasi bilan cheklanib qolmaydi. Sifatli ovozning chiqishi mikrofondan tortib, inson qulog‘iga yetib borishida ishtirok etuvchi barcha qurilmalar sifatli bo‘lishi kerak. Bunda naushniklar va monitorlar ham muhim rol o‘ynaydi. Monitorlar nafaqat ovozni chiqarib berish, balki musiqa sifatini monitoring qilishdan ham iboratdir. Barcha qurilmalarning sifatlisini tanlab, naushnik yoki monitorning sifatsizini xarid qilsak, kerakli sifatdagi ovozni eshita olmaymiz.

Mikrofonlar – akustik to‘lqinlarni yoki tebranishlarni elektr tebranishlar/signallarga aylantirib beradi. Mikrofonlarning ko‘pdan-ko‘p turlari mavjud bo‘lib, ular radioeshittirish va televideniye tizimlarida, telefoniyada, ovozlashtirish, tovush kuchaytirish, ovoz yozish va b.q. qo‘llaniladi. Mikrofon har qanday elektroakustik va radioeshittirish traktlarining birinchi va eng asosiy elementlaridan hisoblanib, u eshittirish kanalining sifat ko‘rsatkichini belgilaydi.

Studiya monitorlari – ovoz yozish studiyasining ajralmas qismi hisoblanadi. Studiya monitorlari bilan maishiy monitorlar orasida sifat jihatdan ham akustik jihatdan ham, narx jihatdan ham katta tafovut mavjud. Monitorlar har bir chastotani o‘z maromida o‘z o‘rnida yetkazib berishi zarur. Shundagina ovoz rejissyori ovozni aniq tahlil qila oladi. Monitor chiqishi tahlil qilinganda AChX (Amplitudno-chastotnaya xrakteristika) to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Bunda eshitish diapazonidagi barcha chastotalarda kuchaytirish koeffisiyenti bir xil bo‘lishi kerak. Bundan tashqari monitor yasalishida barcha detallarga alohida e’tibor qaratish lozim.

Bugungi kunda ovoz yozish studiyalarida asosan kandensatorli, lentali hamda dinamik mikrofonlardan foydalaniladi. Ular bir-biridan chastotasi va dinamik xarakteristikalari, sezgirligi va yo‘naltirilganlik diagrammalari bilan farq qiladi.

Vokal uchun kondennsatorli va lentali mikrofonlardan foydalaniladi. Ular katta membranada yasalgan bo‘lib, yuqori dinamik va chatota diapazoniga va yuqori sezgirlikka ega. Ular mikrofon korpusiga tashqi ta’sirlar vibrasiya berishini oldini olish maqsadida asosan maxsus rezinali tutqichlarda (aksariyat hollarda pauk deyiladi) o‘rnatiladi.

Turli musiqa asboblari uchun ijrochi tomonidan ixtiyoriy mikrofonlar tanlab olinadi. Simli-kamonchali asboblar uchun asosan yo‘nalganlik diagrammasi tor bo‘lgan (uzkonapravlennыy) ma’lum bir chatotaga nisbatan sezgirligi yuqori bo‘lgan kondensatorli mikrofonlardan foydalaniladi.

Miksher pultlari yoki miksherli konsol – ovoz yozuvchi studiyaning nerv markazi hisoblanadi. U bir nechta audio kirish, chiqish va kommutatorlardan iborat qurilma bo‘lib, barcha ovoz manbaalaridan kelgan signallarni kerakli garmonikada yig‘ilishini ta’minlab, ovozni tahrirlash imkonini beradi. Har bir manba dastlabki kuchaytirish, ekvalizasiya, panoramalashtirish, alternativ manba bilan qo‘shish kabi bir nechta ishlov beruvchi kaskadlardan o‘tadi. Bunda ishlov berilgan signal kommutasiya paneli yordamida miksher pultining boshqa chiqishiga yo‘naltirilishi mumkin.



Miksher pulti ovoz signallarini shakllantirish, tayyorlash, qayta ishlash va efirga uzatish uchun mo‘ljallangan. Zamonaviy pultlar dasturlarni shakllantirish traktiga kiradigan murakkab uskunalardan hisoblanadi. Ularning tarkibiga ko‘p sonli bloklar va boshqaruv uskunalari kiradi.
Download 13.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat