Atrof-muhit muhofazasi


Qashqadaryo havzasida suv resurslarining foydalanilishi



Download 280.09 Kb.
bet2/5
Sana22.01.2017
Hajmi280.09 Kb.
1   2   3   4   5

Qashqadaryo havzasida suv resurslarining foydalanilishi.


Qashqadaryo viloyatining maydoni, ming kv.km

28.4

Viloyatning aholisi, ming kishi

2128

Mahalliy suv resurslari




Km3/yil

1.28

1000 m3/yil 1km kv. Ga

45.1

Qo’shni haxzalardan olinadigan suv resurslari, km3/yil

4.7

Jami suv resurslari km2/ yil

6.1

Aholi jon boshiga, ming m3/ yil

3.60

Mahalliy suv resurslari

0.60

Tashqaridan olinadigan suv resurslari

2.25

Shunday qilib Qashqadaryo havzasida suv resurslarining shakllanishi tog’li hududlari bilan bog’liq. Havzaning tog’li hududida oqim har1 kv km maydondan 6.2 l/sek ni tashkil etadi. ( Babushkin va b. 1985 y). Havza doirasida shakllanadigan suvlarning miqdori yillar mobaynida 0.7 kub km dan 1.2 kub km gacha o’zgarib turadi. Muvaqqat suv oqimlari hisobiga olinganda bu ko’rsatgich 1.3 kub km ni tashkil etadi yoki har kv km maydondan har yili 45.1 ming kub m suv to’planadi. Mahalliy suv resurslari viloyat aholisining jon boshiga o’rtacha 0.60 ming kub m ni tashkil etadi. Hozirgi sharoitlarda bevosita Qashqadaryo havzasi doirasida shakllanadigan suv resurslari faqat sug’orish uchun suvga bo’lgan ehtiyojning atigi 21% inigina qondira olishi mumkin. Shu sababli suvga bo’lgan ehtiyojni qondirish maqsadlarida qo’shni Zarafshon va Amudaryo havzalarining suv resurslaridan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan.



Qashqadaryo viloyatida qishloq xo’jalik ekinlarining o’suv (vegetatsiya) davrida turli manmalardan olinadigan suv miqdori (mln. m3)

Amudaryo + Talimarjon suv ombori

3028.8

Zarafshon

372.3

Qashqadaryo

1261.0

Yer osti suvlari

45.1

Viloyat bo’yicha

4707.0



1.3 Yer osti suvlaridan tashqari viloyatda hududiy taqsimlanishi, suvli qatlamlarining chuqurligi va minerallashuvi darajasiga ko’ra turli xil bo’lgan yer osti suvlarining ham ancha katta zaxiralari aniqlangan. Hozirgi paytda yer osti suvlaridan sug’orish, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, sanoat korxonalarini, maishiy kommunal xo’jaliklarni suv bilan ta’minlash uchun ancha katta miqdorda foydalanilmoqda.

1998-yilda viloyatda barcha manbalardan 604.9 mln. kub m miqdorida suv olingan bo’lib, shundan 5820.8 kub m ( foydalanilgan suvning qariyb 83% i) suv sug’orishga, qolganqismi esa sanoat, communal xo’jalik maqsadlari uchun foydalanilgan.

Viloyat hududida 1998-yilda 503.6 ming gektar maydoni sug’orish uchun 5832.0 mln kub m olingan bo’lib, har 1 gektar maydonga 11.5 ming kub m to’g’ri keladi. 1999-tilda esa 499.4 ming gektar maydonni sug’orish uchun 6091.1 mln kub m suv sarflangan bo’lib, har 1 ga maydonga o’rtacha 12.6 ming kub suvni tashkil rtadi.

1.5-jadval.



Qashqadaryo viloyatida turli manbalardan olingan suv miqdor. mln kub m.



Amudaryo +Talimarjon suv ombiri

3862.2

Zarafshon

447.6

Qashqadaryo

1461.2

Yer osti suvlari

49.6

Viloyat bo’yicha

5820.0

Qashqadaryo viloyatida iqtisodiyotining qishloq xo’jaligidan boshqa tarmoqlarida suv resurslaridan foydalanish jadvalda keltirilgan.

1.6 – jadval.



Iqtisodiyot tarmoqlari

1998-yil

1999-yil

Sanoat

36.4

41.1

Kammunal xo’jalik

185.9

182.2

Energetika

6.6

6.6

Baliqchilik

0.7

1.4

Qishloq xo’jalik aholisi ichimlik suvi iste’moli uchun ( yer osti suvi)







Qashqadaryo viloyati xo’jalik tarmoqlari, ayniqsa ichimlik suvi uchun iste’mol qilishda yer osti suvlarining ahamiyati juda katta. 1999-yil ma’lumotlariga ko’ra, viloyatda jami 5552 ta quduq burmalangan bo’lib, shundan 2853 tasi suv beradi, 2699 tasi esa yaroqsizdir ( 1076 tasi vaqtincha to’xtatilgan, konservatsiya qilingan, 1155 tasi ta’mir talab, 468 tasining ishiga barham berilgan).

Ishlatilayotgan 2853 ta burg’ulangan quduq va 3ta buloqdan 1999-yil davomida qo’shimcha 913.69 ming kub miqdorda yer osti suvlari tortib chiqarilgan. 790 ta quduq va 1 ta buloqdan kuniga olinadigan 307.64 ming kub m yer osti suvi sug’orish uchun, 1236 ta quduq va 2 ta buloqdan kuniga olinadigan 365.76 ming kub m suv ichimlik suvi sifatida iste’mol qilinadi. 195 ta quduq kuniga 222.11 ming kub m , chorva mollarini sug’orish uchun 346 ta quduq kuniga 10.99 ming kub m suv tortib chaqargan.

Qashqadaryo viloyatida o’zi bosim bilan chiqadigan artesian quduqlari bo’lib, shundan 3 tasi tugatilgan, 28 tasi esa foydalanilmoqda. 1999-yilda kuniga 10.55 mimg kub m yer osti suvlari olingan.

Qashqadaryo viloyatida mavjud chuqurlar orqali 1999-yil davomida 247.7 ming kub m miqdorida yer osti suvlari olingan. Yer ostidan olingan suvlarning 78.8 mln kub m sug’orishda, 96.34 mln kub m ichi,lik suvi, 5.96 mln kub m ishlab chiqarishda foydalanilgan. 66.57 mln kub m yer osti suvi sizot suvlari sathini pasaytirish maqsadida chiqarib yuborilgan.

Ma’lumki, suv tabiatda tugamaydigan va tiklanadigan resurslar jumlasiga mansub. Amma suv resurslarining makoida va zanoida miqdori o’zgarib turadi. Yog’ingarchilik kam bo’ladigan qurg’oqchilik yillarida suv resurslarining miqdori umumiy jihatdan keskin kamayadi. Buning natijasida suv taqchilligi namoyon bo’ladi. Bundan tashqari, yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, suv resurslari ishlab chiqarishning muayyan tarmoqlarda foydalanish uchun sifat jihatdan yaroqsiz holga kelib qolishi mumkin. Daryolarga sanoat, chorvachilik va boshqa ishlab chiqarish obyektlaridan oqova suvlarining tashlanishi hamda sug’oriladigan dalalardan minerallashuv darajasi yuqori bo’lgan qaytarma suvlarning tashlanishi natijasida suvlar kimyoviy, fizikaviy va biologic jihatdan ifloslanadi. Bunday suvlar sug’orish uchun kam yaroqli holga keladi.


Yer resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish.
Yuzaning murakkab geomorfolik tuzilishi tog’ jinslari va iqlim sharoitlarining xilma- xilligi hamda inson xo’jalik faoliyatining tarixiy va hududiy xususiyatlari tufayli Qashqadaryo viloyatida O’zbekiston hududi uchun xos bo’lgan deyarli barcha tuproq turlari tarqalgan.

Tuproq qatlami makrostrukturasining xususiyatlariga ko’ra Qashqadaryo viloyatining hududi O’rta Osiyo tekislik va tog’li tuproq oblastlarining tarkibiga kiritiladi.

Tuproqlarning hududiy taqsimlanishi va joylashuviga relief, tog’ jinslarining tarkibi va iqlim muhim omillardir. Tektonik botiqlarda daryo vodiylarida, adirlarda, tog’larning qiya tekisliklarida, platolarda asosiy tuproq hosil qiluvchi mineral to’rtlamchi davr yotqiziqlaridan, o’rtacha balandlikdagi va baland tog’larning yonbag’rlarida esa koleozoy va mezazoy eralarining g’ovak yotqiziqlarida va ularning nurlash maxsulotlaridan iborat.

Qashqadaryo viloyati hududida tuproq tiplari relyefi va gidrotermik ( issiqlik va atmosfera yog’inlarining taqsimlanishi ) sharoitlarga bog’liq holda g’arbdan sharqqa tomon o’zgaradi. G’arbda tekislik relyefiga ega bo’lgan Qarshi cho’li doirasida kenglik bo’yicha zonal tarqalgan cho’l tuproqlari, biroz sharqroqda tog’ oldi chala cho’l zonasining bo’z tuproqlariga o’tadi.

Qashqadaryo havzasining sharqiy va shimoli-sharqiy chekkasidagi o’rtacha balandlikdagi va baland tog;lardagi mintaqalari yaqqol namoyon bo’ladi va tuproq quyidan yuqoriga tomon o’zgaradi.

Cho’l zonasining tuproqlari xilma-xil bo’lib, ular dengiz sathidan balandligi 250-300 m gacha bo’lgan tekislik, qadimiy delta va platolarda nihoyatda issiq va qurg’oqchil sharoitlarda vujudga kelgan.

Qarshi cho’lida yoz issiq ( iyulning o’rtacha harorati 27-300), qish ancha iliq, yillik yog’inlarning miqdori 145-230 mm. vegetatsiya davri 290-300 kunga yetadi. Tuproq hosil bo’lish jarayonida yozgi kuzgi issiq ( quruq kirotermik) va qishgi bahorgi iliq ( namli mizotermik) davrlar katta rol o’ynaydi. Bunday iqlim sharoitlarida ofiliya ( bargsizlik) kirofitlar ( simrofillik) va sukkulontlik kabi xususiyatlarga ega bo’lgan butalar va o’tlardan iborat o’simlik formatsislari tarqalgan.

Qashqadaryo viloyatining cho’l zonasida tarqalgan taqirli, cho’l qumli va sur-qo’ng’ir tuproqlar avtomorf tuproqlar qatoriga mansub bo’lgan zonal tuproq tiplarini,o’tloq va botqoq tuproqlar bo’lga sho’rxok, taqirlar esa gidromorf tuproqlar qatoriga mansub bo’lgan introzonal tuproq tiplarini hosil qiladi. Cho’l zonasining tuproqlari 800 ming gektardan ortiqroq maydonda tarqalgan.

Qashqadaryo viloyatining cho’l zonasida eng katta maydon ( 350 ming ga) taqirli tuproqlar bilan tarqalgan. Taqirli tuproqlar Koson, Mirishkor, Boxoriston,Kasbi, U.Yusupov tumanlarida Qashqadaryoning qadimiy deltalarida va propeovial hamda demovial yotqiziqlaridan iborat va tog’oldi tekisliklarida tarqalgan. Taqirli tuproqlar ba’zan taqirlar, cho’l-qumli tuproqlar va qumloqlar bilan aralash holda uchraydi.

Taqirli tuproqlar asosan olliyuvial qumoq –gilli va qumoq yotqiziqlarda, ayrim joylarda esa taqirli-qumoq yotqiziqlarda vujudga kelgan.

Qarshi cho’li sharoitida tarqalgan taqirli tuproqlar chuchuk yoki kam minerallashgan sizot suvlari sathining ancha past joylashganligi sababli nisbatan kam sho’rlangan. Bu tuproqlarda chirindiningmiqdori kam. Yuza qatlamda chirindining miqdori 0.65-0.8% ni ba’zi hollardagina 1% ni, azotning miqdori 0.05 va foforning miqdori 0.17-0.18% ni tashkil etadi va quyi qatlamlarga tomon ularning miqdori kamaya boradi.

Umuman taqirli tuproqlar Qarshi cho’lining eng yaxshi yer fondini hosil qiladi. Shu boisdan ular birinchi navbatda o’zlashtirila boshlandi.

Qashqadaryo viloyatining g’arbiy qismida cho’l-qumli tuproqlari keng tarqalgan. Bu tuproqlarni vujudga eol, olliyuvial, promovial yotqiziqlar ona jins bo’lgan. Cho’l qumli tuproqlar tarqalgan yerlarda sizot suvlarichuqur joylashganligi bilan ta’riflanadi.

Cho’l tuproqlar to’g oldi qiya tekisliklarda, qadimiy olliyuvial yotqiziqli deltada, Devxona platosida va boshqa joylarda qariyb 150 ming ga maydonni egallaydi.

Cho’l qumli tuproqlar sur-qo’ng’irva taqirli tuproqlarga o’xshab ketadi. Bu tuproqlarda o’simliklar ayniqsa ko’plab o’sadi. Lekin bu tuproqlarda chirindining miqdori juda kam ( 0.3-0.5%) ozuqa beruvchi kimyoviy unsurlarga kambag’al. cho’l qumli tuproqlar deyarli hamma joyda sho’rlanganligi tufayli ularni o’zlashtirish uchun sho’rlashiga, shamol eroziyasiga qarshi bir qancha tadbirlar o’tkazish lozim. Shu sababli cho’l qumlituproqlar tarqalgan yerlardan yaylovlar sifatid afoydalanish ma’qulroq.

Qashqadaryo viloyatining cho’l zonasida eng ko’p tarqalgan (175 ming) ga tuproq tiplaridan yana biri sur-qo’ng’ir tuproqdir. Bu tuproqlar Nishon, Boxoriston, U.Yusupov, Mirishkor tumanlari hududida, yuzasi tekislashgan Devxona, Setalontepa, To’ng’izsirt kabi qoldiq tog’larda platolarda shakllangan. Sur qo’ng’ir tuproqlar bo’r va paleogen davrlarning qumtosh, giltosh va shuningdek, qadimiy allyuvial va promovial yotqiziqlarda vujudga kelgan.


1.4 O’simlik va hayvonot dunyosi haqida ma’lumot.

Chiroqchi tumanining qoplamining shakllanishi sharoitida hududning geologik taraqqiyoti, geografik o’rni va hozirgi tabiiy sharoitlari asosini ahamiyat kasb etadi.o’simlik turlarinintarqalishidsa esa relief, tuproq va iqlim sharoitlari muhimomillar hisoblanadi. Tuman florasi tarkibida mahalliy o’simlik turlaridan tashqari Eron, Afg’oniston va O’rta dengizbo’yi o’lkalari uchun xos bo’lgan o’simlik turlari ham mavjud.

Qashqadaryo viloyatiningtabiiy florasi 1200 ga yaqin yuksakturlardan tashkil topgan bo’lib, ularning 106 turi oziq-ovqat va chorvachilikda yem hashak sifatida ishlatiladi, 138 turli qimmatbaho dorivor, 26 turli efir moyi, 61 turli asal beruvchi, 62 turli oshlovchi, 53 turli bo’yoq beruvchi, 19 turli qimmatbaho bixli o’simliklardir. Bu turlardan tashqari tuman florasi tarkibida manzarali, vitaminli va tolali o’simliklar ham uchraydi.

Geobotanik jihatidan rayonlashtirishning yangi sistemasida Chiroqchi tumani ana shu rayonlashtirishda asosiy asoslanib cho’l mintaqasida yillik o’rtacha harorat 16-180 C, yanvarning o’rtacha harorati 3.30C bo’lib 270-320 kun davomida harorat 5.0-0 dan yuqori bo’ladi.

Cho’l mintaqasining o’simlik qop’lamida qondim ( juzgun), shuvoq, efemerli chirmovuqlarning asosida osora ossountsiyalari ustunlik qiladi. Relyefning pastqam joylarda shuvoqlar va sho’ralar o’sadi.

Bu mintaqaning qumli cho’llarida ko’chma qumlarga moslashgan tomiofit o’simliklar qondim ( juzgun), quyonsuyak, qizilqondim, mustahkamlangan qumlarda esa shuvoq, iloq, qora saksovul,efemerlardan qizqiriq, kumaroq efemerlardan chayir urg’ochiselen, tuyapaymoq o’sadi. Hududning ichki efemer va ofeseroid o’simliklardan cherkas, shigren, isiriq, oqchigit, butalardan yulg’un, qorasaksovul va boshqa o’simliklar xosdir.

Bundan tasgqari kam sho’rlangan joylarda poshmoq, sho’ra, teresken, dastorbosh, kuchli sho’rlangan yerlarda esa qora shora, qizilmiya va oqbosh uchraydi.

Mintaqaning daryo trassalarida, vodiylarda va botiqlarda ajriq, yantoq, qizilmiya kabi o’simliklar tarqalgan.

O’simliklar kislorodni yetqazib yer usti ba yer osti suvlari rejimiga ijobiy ta’sir ko’rsatib, tuproqni va suv erroziyasidan saqlaydi. Bu joy tabiati uchun bu muhim hisoblanadi.

Tumanning geografik o’rni va landshaftlarining xilma-xilligi hayvonot olamining shakllanishi va va tarqalishiga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Suvsiz qumli cho’llar , tog’ o’rmonlari va daryo vodiylarining ekologik sharoitlari hayvonlarning hayot kechirishi uchun bir xil emas. Shunga ko’ra har qaysi landshaft uchun u yoki bu sharoitga moslashgan hayvonlarning ma’lum turlari hosdir.

O’zbekiston hududida, xususan Chiroqchi tumanida cho’l mintaqasi turli o’lkalarning hayvonlari aralashib ketgan zoogeografik tumanga mansubdir.

Cho’l hayvonlari yozda tuproq haroratining yuqori bo’lishiga (30-60) va uzoq suvsizlikka moslashgan. Bu yerdagi fauna vakillarining muhitga moslashishining yana bir belgisi ularning yer rangida ya’ni qum, chang ustida bo’lishidir. Hududdagi ayrim hayvonlar ( yumronqoziq, qumoyoq va boshqalar) iste’mol qiladigan ozuqasi tarkibidagi ozgina namliik bilan kifoyalanadi va suvsiz hayot kechira oladi.o’simliklarning siyrakligi, ovqat va suvning taqchilligi tufayli hayvonlar tez harakatlanish qobilyatiga ega bo’lsada, yozda tuproq kunduzi 60-700C ga qiziganda ularni faoliyati keskin susayadi. Bu hol ko’pchilik ilonlarga, chayonlarga, kaltakesaklarga, hasharoylarga, sitemizuvchi ayrim hayvonlarga va ba’zi bir qushlarga xosdir.hayvonlarning hayot sharoiti qumli, sho’rxok toshloq cho’llarning hayvinlaridan farqlanadi. Bu yerlarda yog’in –sochin bo’lishi faqat qish va bahor oylariga to’g’ri keladi. Asosan efemer o’simliklar o’sadi va may oyining oxirida bu o’simliklar ham qovjirab qoladi. Hayvonlar ham o’simliklar kabiquyosh isitishi bilan uyqudan uyg’onadi. Zo’r berib ozuqa bilan oziqlanadillar va ko’p o’tmay urchiy boshladi. Mintaqadosh umurtqadosh sut emizuvchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar hamquruqlikda xam yashovchi hasharotlar, qisqichbaqalar, molyuskalar, chuvalchanglarva boshqa soda hayvonlar uchraydi. Bu hududga mansub bo’lgan sutemizuvchilar va sut emizuvchilardan shalpangquloq, tipratikan, qum quyoni, yumronqoziq, sevetsev qushoyog’I, baroq barmoqli qushoyoq, katta qumsichqon, bo;ri, tulki va boshqalar yashaydi.

Jazirama issiq kunlarida darasxtlarning uchlarida dasht agomasi deb ataluvchi kaltakesak ko’p bo’ladi. Umuman cho’l hududida ko’pgina hayvonlar endem ( ma’lum bir grafik viloyatida yashaydigan va boshqa joylarda uchramaydigan hayvonlar). Tumanda ham bu tularni bir necha tipini uchratish mumkin. Shuningdek cho’l toshbaqasi, echkiemar, qum efasi, supto’rg’ay va boshqa hayvonlar ham endemalardir.

Cho’llarda kon ishlari davomida hududni florasi nobud bo’lishiga sabab bo’lmoqda; bu esa ba’zi tur hayvonlarni buzilishiga olib keladi.




1.5 Atmosfera havosi to’grisida ma’lumot.

Hozirgi paytda iqlim resurslaridan samarali foydalanish blin bir qatorda atmosfera havosini muhofaza qilish muammolari ham vujudga kelmoqda.

1992-yilda viloyatda 456.4 ming tonnage yaqin har xil zararli moddalar havaga chiqarib tashlangan. 100 dan ortiqroq katta –kichik korxonalardan tashkil topgan viloyat sanoati atmosfera havosini har xil zaharli moddalar bilan ifloslanishiga asosiy manbaalardan biridir. Ayniqsa gaz qazib oluvchi va gazni qayta ishlash sanoatining korxonalari atmosferani oltingugurt, uglerod oksidi, va boshqa gazlar bilan ifloslanishida eng katta unumga ega. Hisoblarga ko’ra viloyatdagi gaz sanoatining korxonalari atmosferaga har yili 240-250 ming tonna miqdorida zaharli moddalarni chiqarmoqda. Atmosfera havosini shuningdek qurilish materiallari sanoatning korxonalari katta tozalash zavodlari, maishiy xizmat va boshqa korxonalar atmosferaga har yili kamida 19-20 ming tonna miqdoridagi qattiq zarralarni, uglerod va azot oksidi kabi zararli gazlarni chiqaradi.

Atmosfera havosini ifloslovchi manbaalardan yana biri transportdir. Transportning rivojlanishi, ayniqsa avtomobillar sonining ko’payishi atmosfra havosining ifloslanish darajasini oshirmoqda. 2012-yilda viloyatdagi barcha transport vositalari 212.9 ming tonna zaharli moddalarni havoga chiqargan. Qarshi materologik byurosining ma’lumotlariga ko’ra viloyatda atmosferaga chiqarib tashlanayotgan zararli chiqindilarning 42-44% i avtomobil transportiga to’g’ri keladi.

Atmosfera havosini muhofaza qilishga doir viloyatda qilinayotgan ishlar hozirgi zamon talablari darajasidan juda past, ishlab chiqarish rivojlanganligi sari atmosfera havosini gazlar, chang, qurm va boshqa zararli moddalar bilan ifloslanish darajasi ham yildan –yilga ortib bormoqda. Sanoat, transport, qurilish, maishiy xizmat va xo’jalikni boshqa korxonalarida har yili 330-350 ming tonna miqdorida zaharli qattiq va gazsimon moddalar hosil bo’lsada, shundan atigi 20%ga yaqini maxsus chang yutgich asboblar orqali tutiladi, qolgan qismi esa atmosferaga tashlanadi.

Atmosfera havosining ifloslanishi ishlab chiqarishga juda katta iqtisodiy zarar yetkazishi bilan bir qatorda kishilar salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shu bois atmosfera havosini ifloslantiruvchi barcha korxonalar kamchiqindili texnologiyalarga o’tishi lozim. Bu iqtisodiy jihatdan qiyin vazifa, lekin har bir mamlakatda fuqarolarning salomatligi ravonlikning va iqtisodiy taraqqiyotning asosiy manbai ekanligi nazarda tutilsa bajarilishi lozim bo’lgan vazifadir.



2. Maxsus qism

2.1 Korxonani atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbaa sifatida tavsifi.
Korxonaning asosiy ish jarayoni turli markali benzin, dizel yoqilg’isi moylarini yig’ish, saqlash va tarqatishdan iborat.

Ishlab chiqarish faoliyati bo’yicha neft baza tarqatuvchi, transport aloqalari bo’yicha temiryo’l va avtotransportga ega barcha tashkilotlardan ishlatilgan yog’lar cheklovlarsiz qabul qilinadi. Qabul qilinayotgan har xil turdagi neft maxsulotlari rezervuar parkida gorizontal va vertical o’rnatilgan hajmi 50 m3, 100 m3, 700 m3 bo’lgan rezervuarlarda saqlanadi.

Neft bazasi rezervuarlari umumiy hajmi 3300 m3, yillik maxsulot aylanishi tonna

Neft maxsulotlarini to’kish va tarqatish har xil turdagi markazdan qochma nasoslar orqali amalga oshiriladi. Asosiy nasos qurilmalar joylashgan.

Neft baza hududidagi korxona ishlab chiqarish xonalarini isitish uchun foydalaniladi.

Qabul qilinayotgan neft maxsulotlarini sifatini tekshirish uchun maxsus laboratiriya mavjud. Bir yilda 256 ko’p kuniga 8 soat ishlaydi.

Asosiy ishlab shiqarish quyidagi bo’limlardan iborat:

Temiryo’l estakadasi.

Estakadada Farg’ona va Buxoro neftni qayta ishlash zavodlaridan vagonlarda kelgan neft maxsulotlari tekshirib olinadi. Bunga texnologik quvrlar va nasoslardan foydalaniladi.
Rezervuar parki.

Park gorizontal va vertical rezervuarlar,texnologik quvurlar va nasoslar bilan jihozlangan. Parkda neft maxsulotlari saqlanadi. Parkning umumiy hajmi 3300 m3, 11 ta rezervuar bor. Shundan



  • Benzin uchun 700 m3 – 2 dona

100 m3 – 3 dona

  • Dizel yoqilg’isi uchun 700 m3 – 2 dona

  • Moy uchun 50 m3 – 2 dona

  • Pechka yoqilg’isi uchun 50 m3 – 2 dona

Avtomobil estokadasi.

Estokada iste’molchilarga neft maxsulotlarini tarqatish uchun mo’ljallangan. Estokada transport tutuni, texnologik quvurlar, neft maxsulotlarini qulovchi nasoslar bilan jihozlangan.

Nasos stansiyasi.

Mazkur nasos stansiyalari temiryo’l tarmog’idan neft maxsulotlarini bezag rezervuarlariga tushirib olish va ichki texnologik quvurlar orqali tiniq va qora neft maxsulotlarini tarqatish uchun mo’ljallangan.

Maydonda har xil markali 13 ta АСВН-80, СВН-80, 3К-9, Ш-2Т, Ш-40, Ш-100, 5НК markali nasoslar o’rnatilgan. Nasos stansiyasi quvurlar, kuldonlar teskari klapanlar bilan ham ichki, ham tashqi estokadaga ulangan.

Yordamchi ishlab chiqarish.

Kimyoviy laboratoriya.

Laboratoriya yordamchi ishlab chiqarishda yetakchi o’rinda turadi. Neft maxsulotlarini sifatliligini aniqlash asosiy ish jarayonni bajarilishning asosiy shartidir.unda neft maxsulotlarini davlat standarti tralablariga javob berishi aniqlanadi. Laboratoriya tomonidan rezervuarlarda saqlanayotgan neft maxsulotlarini sifatini ham tekshirib beriladi. Alohida hollarda maxsulotni zavodga qayta ishlashga jo’natishga ham tavsiya etiladi.

Garaj.

Neftbaza ixtiyorida 8 ta avtotransport va mexanizmlar bor. Jumladan maxsus, o’t o’chiruvchi, mikroavtobus va boshqalar.



Qozonxona.

“Universal” markali 2 ta qozon o’rnatilgan. Suv isitish uchun pechka yoqilg’isi, gaz ishlatilganda atrof muhitga qurm, oltingugurt angidridi, uglerod va azot oksidlari, balandligi 18 m, diametric 0.5 m bo’lgan quvr orqali chiqadi.

Chiqindilarni tozalash qurilmalari tavsifi.

Neftbazada birorta ham gaz, chang tozalovchi, zararsizlantiruvchi qurilma o’rnatilmagan.

Barcha manbalardan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar tozalanmasdan, zararsizlantirmasdan chiqariladi.



Download 280.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik