O‛ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‛RTA
MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI
“ATROF MUHIT HIMOYASI VA EKOLOGIYA” KAFEDRASI
“SUV KIMYOSI VA MIKROBIOLOGIYA
ASOSLARI‟‟
FANIDAN
MA'RUZA MATNLARI
Qarshi – 2013
Tuzuvchi: dots. Muradov Sh.O., kat. o'qit. Eshonqulov R.A.
Taqrizchilar: QMII, ―AMH va E‖ kafedrasi katta o‗qituvchisi U. Panjiev
Qashqadaryo viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasi raisi:
M.X. Mamanazarov
Ushbu ma'ruza matnlari to‛plami QMII ―AMH va E‖ kafedrasi yig‗ilishida
(Bayonnoma № 1 ―21‖ 08. 2013 y.), Sanoat texnologiyasi fakulteti uslubiy
komissiyasida (Bayonnoma № ___ ―____‖_______2013 y.), institut uslubiy
Kengashida (Bayonnoma № ___ ―____‖________2013 y.) muhokama etilgan va
o‗quv jarayonida foydalanishga tavsiya etilgan.
MUNDARIJA
Suv kimyosi va mikrobiologiya asoslari faniga kirish……………………………………..
Suv kimyosi va mikrobiologiya asoslari fanining mohiyati......................................................
Suv kimyosi va mikrobiologiya asoslari fanining vazifalari.....................................................
Suv kimyosi va mikrobiologiya asoslari fanining qisqacha tarixi.............................................
Suv va suvli eritmalarning fizik-kimyoviy xossalari………………………………………
Suvning tarkibi. Suv molekulalarining tuzilishi………………………………………………
Eritmalar va ularning ahamiyati……………………………………………………………….
Suvning elektrolitik dissosialanishi…………………………………………………………...
Tuzlarning gidrolizi……………………………………………………………………………
Gazlarning eruvchanligi……………………………………………………………………….
Tabiiy suvlarning umumiy kimyoviy tarkibi……………………………………………….
Tabiiy suv turlari……………………………………………………………………………..
Tabiiy suvlar tarkibidagi asosiy komponentlar…………………………………………….
Suvda erigan gazlar…………………………………………………
Suvdagi organik moddalar……………………………………………………….....................
Suvlarning klassifikatsiyasi………………………………………………………………….
Suvlarning turli klassifikatsiyalari…………………………………………………………….
Suvlarning kimyoviy tarkibi bo‗yicha klassikatsiyalanishi…………………………………..
Suvlarning mineralizatsiyasi bo‗yicha klassikatsiyalanishi…………………………………...
Tabiiy suv havzalaridagi kimyoviy jarayonlar……………………………………………
Tabiiy suv havzalaridagi jarayonlar haqida umumiy ma‘lumot………………………………
Tabiiy suv havzalarining oksidlanish-qaytarilish jarayonlari…………………………………
Suvdagi biogen elementlar…………………………………………………………………….
Kimyoviy jarayonlarda suv o‗tlari va bakteriyalarning ishtiroki……………………………..
Suv mikrobiologiyasi…………………………………………………………………………
Mikrobiologiyaning rivojlanish tarixi…………………………………………………………
Turli guruh mikroorganizmlarining umumiy tavsifi…………………………………………..
Bakteriyalar. Ularning morfologik turlari……………………………………………………..
Bakteriyalarni ko'payishi………………………………………………………………………
Mikroorganizmlar fiziologiyasi……………………………………………………………..
Mikroorganizmlarning kimyoviy tarkibi. …………………………………………………….
Fermentlarning tasnifi. ……………………………………………………………………….
Mikroorganizmlarning o'sish fiziologiyasi. …………………………………………………..
Mikroorganizmlarga tashqi muhit ta'siri………………………………………………………
Suvga ishlov berish va sifatini nazorat qilish………………………………………………
Ichimlik suvi tayyorlash. ……………………………………………………………………..
Suvni tindirish. Suvni ohaklash. ……………………………………………………………..
Ichimlik suvini sifatini normallashtirish. …………………………………………………….
Tozalash usullari klassifikasiyasi…………………………………………………………….
3-MAVZU: TABIIY SUVLARNING UMUMIY KIMYOVIY TARKIBI
Reja:
1. Tabiiy siv turlari.
2. Tabiiy suvlar tarkibidagi asosiy komponentlari.
3. Suvda erigan gazlar.
1. Tabiiy suv turlari. Suv - buyuk tabiat inomi ekanligini hamma ham chuqur anglab
etganmi? Barcha kishilar uchun mazkur savolga ijobiy javob olish, afsuslar bo'lsinkim, mumkin
emas, aks holda, hozirgi kunda suvga bo'lgan munosabatimiz daxshatli sur'atda yomon bo'lmas
edi. Har qanday inson suv to'g'risida to'liq bilim egasi bo'lganda, hayotimizning ekologik
ko'rsatkichlari shunchalik buzilib ketmas edi, ehtimol. Har bir bo'lg'usi texnolog uchun quyidagi,
suv to'g'risidagi, ilmiy ma'lumotlarni bilishi shart.
Tabiiy suvlar o'z tarkibiy, sifat-miqdoriy ko'rsatkichlariga ko'ra turli-tumandir: sho'r
ta'mli dengiz-okean suvi, chuchuk (ichimlik) soy va buloq (daryo, yer osti quduq va hakozo)
suvlari, qor-yomg'ir suvi, minerallangan, ayrim hollarda xatto issiq, yer osti suvlarini misol qilib
ko'rsatish mumkin. Lekin, shu bilan bir qatorda, hatto, bir soy yoki daryo suvi turli joyida (o'zani
bo'ylab, albatta) bir xil tarkib va xususiyatga ega bo'lmasligini ham bilish zarur. Shuning uchun
ham, qadimgi Yunonistonlik olim va faylasuf Geraklit (eramizdan oldingi V asrda) daryoning
muayyan bir xil tarkibdagi suviga 2 marta tushib bo'lmasligini ta'kidlagan, ya'ni cho'milayotgan
kishi har gal yangi tarkibda va sifatda bo'lgan suvga tushadi(cho'milayotgan joyi o'zgarmagan
holda).
Tabiatga antropogen omil kuchayganligi, ya'ni ko'plab sanoat korxonalari, qishloq
xo'jaligi ekinzorlari, kommunal xo'jaliklari faoliyati natijasida har xil chiqitlar bilan atrof-
muhitlar bulg'anadi, shu jumladan, iflos oqavalar bilan suv havzalarining ifloslanishi sabab toza
suv muammosi hozirga paytda eng dolzarb masala hisoblanadi.
2. Tabiiy suvlar tarkibidagi asosiy komponentlari. Hech qachon tabiiy suv - Н
2
О,
ya'ni toza - suv holida uchramaydi. Tabiiy suv tarkibi xususida gap borar ekan, albatta, unda gaz,
suyuq va qattiq moddalar erigan bo'lishi, turgan gap. Shu paytgacha, tabiiy suvlarda
D.I.Mendeleev davriy sistemasi jadvalining qariyib yarmini tashkil qiluvchi element birikmalari
uchrashligi aniqlangan. Tabiiy tarkib usullaridan tashqari, xozir suv havzalariga turli chiqit-
oqavalar tushishi sabab, murakkab (kompleks) o'ta zarur moddalar bo'lishi kerak.
Iste'mol uchun odatda ―Toza‖ hisoblanadigan tabiiy suvlar ham ma'lum, tayyorlash-qayta
ishlash jarayonlaridan so'nggina yarashi mumkin. Oqava iflos chiqitlar aralashganidan keyin esa,
so'zsiz yarim tozalash jarayonlari bajarilgach, foydalanishi mumkin. Demak, amalda suvdan
foydalanish uchun, albatta, uning tarkibini aniq bilish kerak.
Suvga aralashgan barcha tur komponentlar ikki xil: erimagan va erigan holda bo'ladi.
Suvdagi erigan aralashmalarni mavjud ilmiy ma'lumotlar (Alyokin, 1970 y)ga ko'ra,
asosan, turli ionlar, mineral tuz, organik va biogen moddalar qoldiqlari hamda gazlar bo'ladi, deb
qarash mumkin. Erimagan birikmalar ham juda ko'p bo'ladi.
Erimagan moddalar xususida qisqa ma'lumot beramiz. Faqat birligida soy va daryolardagi
suvlar olib o'tadigan erimagan moddalar miqdori - Rm, odatda rus tilida yuritilib, kg/sek deb
balgilanadi. Suvdagi ularni konsentrasiyasi Cm (g/m
3
yoki mg/l) bilan belgilanib, suvning
aralashmali ko'rsatkichini ko'rsatadi. Agar suvni umumiy sarf hajmi Q bilan ifodalansa
,
*
1000
Q
R
С
м
м
tenglamani yozish mumkin.
Bundan tashqari suv oqava bilan oqib o'tadigan modda zarrachalari massasi (m)ning
oqish tezligi (U) ga bog'liqligi, Eri qonuniga binoan
6
*U
A
m
ifodasi bilan xarakterlanadi. Bunda, A - proporsionallik koeffisenti. Ko'rinib turibdiki, daryo
suvida jami erimagan modda suvining oqish tezligi va suv sarfi miqdoriga bevosita bog'liq ekan.
Erimagan moddalar asosan daryo (soy) va unga qo'yiladigan katta-kichik irmoqlar suvi turli
huddi yer yuzi qatlamlarini yuvishi oqibatidir. Tuproq (yer yuza) qatlamlari qancha ko'p nuragan
(erroziyaga uchragan) bo'lsa, shuncha ko'p erimagan komponentlar bo'lishi aniqlangan.
Yer erroziyasi o'z navbatida yer yuzasining yuvilishiga nisbatan barqarorligi va to'g'ri
burchakda tushayotgan suv okimi energiyasi Yo bilan bog'langandir.
H
Q
Yo
*
*
1000
vositasida Yo qiymati topiladi. Bunda Q - suv miqdori (m
3
/sek yoki t/sek); Н – oqayotgan suv
manbai o'zanining baland past ko'rsatkichidir. Hulosa qilib aytish mumkinki, tog' yoki qir-adirli
xududlarda yer yuzi qatlamlari erroziyasi kuchli, tekislikda esa past darajada bo'ladi. Shu narsa
ham ma'lumki, tog'li joylarda suv oqimi tosh-shag'al, shuningdek, yer qatlamlarini yemirib
(yuvib) o'zi bilan oqizib ketadi. Suv tarkibida erimagan holdagi moddalar miqdori yil fasllari,
iqlim, sharoit va boshqa omillarga bog'liq, ya'ni doim o'zgarib turadi.
Ayrim tabiiy suvlarda turli xil mikroorganizm va suv o'tlari, planitonlar erimaydigan
organik birikmalar manbai hisoblanadilar. Yoz oylarida planktonlarning rivoj topishi uchun
qulay sharoitlarida suvlar tarkibida erimagan organik birikmalar ham ko'p bo'lishligi aniqlangan.
Erimagan, ya'ni ―osilgan holda‖gi organik moddalarning suv tarkibida paydo bo'lishi ikki
xil yo'l bilan amalga oshadi:
1. Kuchli yomg'ir (sel) yog'ilishi yoki harorat ko'tarilib muz qorlar ko'p erib, katta miqdorda suv
oqimlari natijasida er yuzasidagi jonzodlar, har xil biosenozlar yuvishi bilan;
2. Suvning o'zida ma'lum qulay sharoit vujudga kelib planktonlar rivojlanishi bilandir.
Suv muhitidagi organik birikmalarning parchalanishi natijasida, xuddi tuproq
qatlamlarida ko'payadigan gumusdek, ancha barqaror moddalar hosil bo'ladi. Ular rangli va
rangsiz, xidli va xidsiz bo'lishi mumkin. Suvdagi barcha tur moddalarning sifat miqdoriy
ko'satkichlariga qarab, tabiiy suvlar ham har xil rangga bo'yalishi turgan gap, albatta.
Gumus tipidagi organik moddalarga xos bo'lgan va suv sifatini belgilaydigan ko'rsatkich
ham ma'lum bo'lib, u shundan iboratki, ulardan Н
2
ga nisbatan С miqdori ancha kam, ya'ni
C:Н
1:10 ko'rinishdadir. Bunday moddalar permanganat, bixromat. aktiv xlor kabilar vositasida
tez oksidlanishi mumkin. Tabiiy sharoitda, biologik omillar ta'sirida, ularning oksidlanishi ancha
qiyin hisoblanadi.
Tabiiy suv - tarkibidagi erigan tuzlarga bog'liqdir. Har xil tuzlarni o'zida tutishi
(minerallanganlik darajasi)ga qarab, suvlar quyidagicha klassifikasiyalanadi, ya'ni turlarga
bo'linadi:
— chuchuk suv, ularda tuzlar miqdori 1 g(l gacha bo'ladi;
— sho'rroq suv, ularda tuzlar miqdori 1 -25 g(l gacha bo'ladi;
— sho'r suv, ularda tuzlar miqdori 25 g(l dan ancha ortiq.
Shu narsa ham aniqlanganki, YEr satxidagi chuchuk suvlarda erigan tuzlar miqdori 200
mg(g, ―O'rtacha suv‖ 200-500 mg(l va yuqori darajada minerallangan chuchuk suvda (lekin
ichimlik hisoblanadigan suvda) 500 - 1000 mg(l, ya'ni 1 kg(l ligi ma'lum.
Suvda uchraydigan kationlarga
H
, Nа
, К
, NH
4
, Cа
2
, Мg
2
, Fе
2
, Мn
2
, Аl
3
va ionlarga
ОH
-
, HCО
3
-
, CО
3
-2
, Cl
-
, SО
4
2-
, HS
-
, NО
3
-
, NО
2
-
, F-, PО
3-
4
, Br
-
J
-
, HSiО
3
-
larni ko'rsatish mumkin. Eng ko'p miqdorda esa 7 xil ion: Nа
, К
, Cа
2
, Мg
2
, HCО
3
-
, SО
4
2-
, Cl
-
mavjuddir.
Yuqorida ko'rasitilgan ionlarning ayrimlarining ko'p-kamligi (miqdorlari) ga qarab, tabiiy
suvlar yana 3 turga: gidrokarbonatli (karbonatli), sulfatli va xloridli (Alekin, 1970 y)ga bo'linadi.
Ularning har biri, o'z navbatida, tag'in 3 xilga ajratiladi, masalan, gidrokarbonatli (karbonatli)
suv - tarkibida kalsiy tutgan, magniy va natriyli suvlarga bo'linadilar.
U yoki bu turdagi suv o'z tarkibidagi mavjud ionlarning o'zaro bir-biriga nisbatan kam-
ko'pligi bilan (mg-ekv/l) yana 3 qismga bo'linadi:
1. HCО
3
-
> Cа
2
Мg
2
2. HCО
3
-
< Cа
2
Мg
2
< HCО
3
-
SО
4
2-
3. HCО
3
-
SО
4
2-
< Cа
2
Мg
2
Yuqorida ko'p marta ta'kidlanganidek, yer osti suvlari odatda ko'proq minerallangan
bo'lib, ular tarkibida natriy, sulfat va xlor ionlari nisbatan ko'p uchraydi. Bunday ionlar oson
eruvchi tegishli tuzlarning tabiiy suvda eriganligi natijasidir. Ayniqsa issiq va quruq iqlimli
Markaziy Osiyo mintaqasi uchun bunday tabiiy suvlar ko'proq xarakterli hisoblanadi.
Tabiiy suvlarda, yuqoridagilardan tashqari, biogen moddalar va turli mikroelementlar
ham uchraydi. O'simlik va jonzodlar olami, ayniqsa, suv o'tlari uchun o'ta zarur bo'lgan (oz
miqdorda bo'lsa ham) mikroelementlar katta ahamiyatga ega. Ular jumlasiга Cu, Zn, Мn, B
elementlarini kiritish mumkin.
Odamlar sog'ligi uchun suv tarkibida ftor va yod elementlarining bo'lishligi katta
ahamiyatga ega. Agar ftor miqdori suvda kamayib ketsa, tish emirilishi(tish kariesi), ko'payib
ketganda esa flyuorozom (tishni o'tkir bo'lakchalarga ajrashi) kasalliklarini keltirib chiqaradi.
Ftorning suvdagi me'yoriy (chegaralangan) darajasi 1 mg(l bo'lishini mutaxassislar tomonidan
qayd qilingan.
Ichimlik chuchuk suv tarkibida yod miqdori 0.001 mg(l dan kamayib ketgani xollarida
epidemiologik buqoq kasalligi zo'rayadi. Agar suvda ammoniy va nitrit ionlari bo'lsa,
shuningdek, yuqori darajada oksidlanish jarayoni sodir etilganda ham, tabiiy suv havzasi yaqin
vaqt oralig'i(unchalik uzoq bo'lmagan joyda) iflos chiqitlar bilan bulg'anishidan darak beradi;
nitrat ionining borligi - suvning ancha uzoq vaqtdan boshlab ifloslanishidan dalolat beradi. Suv
tarkibida azot, fosfor va oltingugurtlarni tutgan organik birikmalar bo'lgan taqdirda
mikroorganizm (jonzod)lar rivoji uchun, shu jumladan turli kasalliklarni keltirib chiqaradigan
bakteriyalar uchun ham qulay sharoit paydo bo'ladi va hakozo.
3. Suvda erigan gazlar. Umuman olganda ko'p fizik-kimyoviy omillarga bog'liq.
Avvalambor, gaz moddasining tabiati, parsial bug' bosimi, harorati va boshqa omillarga juda
bog'liqdir. Muayyan bir haroratda gazning suvda eruvchanligini fanda keng ma'lum bo'lgan
Genri qonunini ifodalaydigan quyidagi tenglama: S ( K*R orqali baholash mumkin. Bunda S -
gazning suvda eruvchanligi (ml(l); R - gazning parsial bosimi (atm); K - proporsionallik
doimiyligi (xar bir gaz uchun ma'lum qiymatda bo'ladi). Mazkur tenglama vositasida muayyan
haroratda 1 atm bosimda biror gaz (kislorod, azot va boshqa) ning eruvchanligini aniqlash
mumkin.
Bir qator gazlarning suvda, haroratga bog'liq holda, eruvchanligini xarakterlaydigan
(tajribada aniqlangan) ma'lumot quyidagi jadvalda keltirilgan.
5-jadval
Suv harorati
Eruvchanlik, mg(l
0
С
СО
2
О
2
Н
2
0
10
25
50
100
3350
2310
1450
700
0
69.5
53.7
39.3
26.6
0
7070
5110
3380
1680
0
Suvda erigan gaz konsentrasiyasi, ya'ni erigan miqdori, shu gazning suv ustidagi gaz
potensial bosimi bilan o'zaro bog'liqlikda (muvozanatda bo'lishlikka intilishi sabab) gaz - suv
sistemasida uzluksiz sorbsiya-desorbsiya jarayonlari amalga oshadi. Ular asosan suvning yuza
qismida bo'lib, so'ngra diffuziya jarayoni natijasida pastki qatlamlarda erigan gaz molekulasini
uchratish mumkin. Albatta, havza chuqur tubida gaz miqdori nisbatan kam (Р,Т faktorlari
sabab). Hayot uchun kislorod va karbonat angidridining suvda erishi muhim ahamiyatga ega.
Bunda suv muhitida mavjud o'simlik va jonzodlar rivoji masalalari nazarda tutilgan, albatta.
Kislorod gazining suvda erishidan, jonzodlar manfaatdor bo'lishidan tashqari muhitda
oksidlanish jarayonlarining amalga oshishi va undagi har xil organik moddalarning oksidlanib,
parchalanashi uchun jarayonlar ham ketishi uchun zarur.
Gazlar eruvchanligi harorat, bosim va boshqa fizik-kimyoviy ko'rsatkichlarga bog'liqligi
uchun ham yilning turli fasllari, sutkaning turli vaqtlarida ularning suvdagi miqdori o'zgarib
turadi. Shu bilan birga, gaz eruvchanligiga suvning toza va toza emas (ifloslangan)ligi ham ta'sir
ko'rsatadi.
Suvning ishqoriyligi. Suv tarkibidagi anionlar ОH
-
, HCО
3
-
, CО
3
2-
, PО
4
3-
, SiО
3
2-
ва
kuchsiz organik kislotalarning ayrim tuzlarining umumiy konsentrasiyasi suvning umumiy
ishqoriyligi (I
u
) deyiladi va bir litrdagi millimol (mmol(l) larda ifodalanadi.
Chunki barcha ko'rsatilgan moddalar kislotalar bilan ta'sirlashadi, demak, suvning
umumiy ishqoriyligi metil sarig'i indikatori bilan titrlashga sarflanadigan kislota miqdori bilan
aniqlanadi. Ishqoriylikni ifodalaydigan anionlar turiga bog'liq holda gidrokarbonatli I
gk
(HCО
3
-
),
karbonatli I
k
(CО
3
2-
), silikatli I
s
(SiО
3
2-
), gidratli I
g
(ОH
-
), fosfatli I
f
(Н
2
РО
4
-
, НРО
4
2-
, РО
4
3-
)
ишқорийликка бўлинади. Умумий ишқорийлик I
u
I
gk
I
k
I
s
I
g
I
f
bo'ladi.
Tabiiy suvlarda, odatda, gidrokarbonat ionlari nisbatan ko'p miqdorda bo'ladi, shuning
uchun bunday suvlar uchun I
u
= I
gk
ifoda xarakterlidir.
Suvning qattiqligi. Suvning qattiqligi – uning sifatini belgilaydigan ko'rsatkichlardan
biri hisoblanadi. Tabiiy suvlarning qattiqligi ulardagi kalsiy va magniy tuzlarining bo'lishi bilan
bog'liqdir. U Са
2Q
va Mg
2Q
ionlarining bir litr suvdagi umumiy millimol miqdori bilan
ifodalanadi. Qattiqlik uch turga bo'linadi: muvaqqat, doimiy va umumiy.
Muvaqqat (karbonatli) qattiqlik Q
м
, asosan, suvda kalsiy va magniy gidrokarbonatlari
Са(НСО
3
)
2
va Mg(HCО
3
)
2
larning bo'lishligi bilan ifodalanadi, ular suv qaynatilganda
erimaydigan tuzlarga aylanadi va qattiq cho'kma (quyqum) tarzida cho'kadi:
Са(НСО
3
)
2
СаСО
3
СО
2
Н
2
О
Мg(НСО
3
)
2
МgСО
3
СО
2
Н
2
О
Doimiy (karbonatsiz) qattiqlik Q
d
suvdagi kalsiy va magniy xloridlari, sulfatlari, nitratlari
miqdori bilan aniqlanadi, ular suv qaynatilganda ham eritmada erigan holatda qoladi.
Suvning muvaqqat va doimiy qattiqliklarining yig'indisi umumiy qattiqlik deyiladi.
Tabiiy suvlar umumiy qattiqligi bo'yicha: yumshoq (Q
u
2); o'rtacha qattiq (Q
u
2
10)
va qattiq (Q
u
10) suvlarga bo'linadi.
Suvning oksidlanuvchanligi. Suvning oksidlanuvchanligi – suvdagi moddalar, asosan,
organik maddalar va oz miqdordagi temir birikmalari, vodorod sulfid, nitritlarni oksidlash uchun
talab etiladigan kislorod massasi (mg(l hisobida) bilan aniqlanadi. Uning kattaligi suvdagi
organik qo'shimchalar konsentrasiyasini qiyosiy tavsiflash uchun ishlatiladi. Artezan suvlarining
oksidlanuvchanligi odatda 1-3 mg(l O
2
ni, toza ko'l suvlariniki – 5-8, botqoqlik suvlariniki esa –
400 mg(l O
2
ni tashkil etadi. Daryo suvlarining oksidlanuvchanligi katta chegarada o'zgaradi, 60
mg(l va undan katta miqdorni tashkil qiladi.
4-MAVZU: SUVLARNING KLASSIFIKATSIYASI
Reja:
1. Suvlarning turli klassifikatsiyalari.
2. Suvlarning kimyoviy tarkibi bo‗yicha klassikatsiyalanishi.
3. Suvlarning mineralizatsiyasi bo‗yicha klassikatsiyalanishi.
1. Suvlarning turli klassifikatsiyalari. Hozirgi vaqtda bir necha o'nlab klassifikasiyalar
ishlab chiqilgan, ular turli prinsiplarga asoslangan va turli amaliy qo'llashlarga ega. Bularning
barchasini qamrab oladigan universal klassifikasiya hozircha yo'q. Eng ko'p ishlatiladigan
ommabop va tez-tez qo'llaniladigan klassifikasiyalarga I.Palmer, S.A.Shukarev, N.I.Tolstixina,
V.A.Sulina, O.A.Alekinlarning klaasifikasiyalari kiradi. Mineral suvlar uchun avvallari
V.A.Aleksandrovning
klassifikasiyasi
qo'llanilgan
bo'lsa,
endilikda
V.V.Ivanov
va
G.A.Nevraevning klassifikasiyalari qo'llanilmoqda. Yuza suvlar uchun esa O.A.Alyokinning
klassifikasiyasini ko'rib chiqamiz.
Alyokinning klassifikasiyasi 1946 yil chop etilgan (1-rasm). Uning asosida ikkita prinsip
turadi: ustun ionlar va ionlar orasidagi o'zaro munosabat. O.A.Alyokin ustun ionlar deb
moddaning ekvivalent miqdorida foizlarda hisoblaganda eng katta nisbiy tarkibli ionlarni
hisoblaydi.
Ustun anionlar bo'yicha barcha tabiiy suvlar uch sinfga bo'linadi:
1) gidrokarbonatli suvlar sinfi;
2) sulfatli suvlar sinfi;
3) xloridli suvlar sinfi.
O.A.Alyokinning ko'rsatishi bo'yicha, belgilangan uchta sinf birdaniga suvning
gidrokimyoviy xarakterlarini beradi. Gidrokarbonatli sinfga kam mineralli suvlari va ba'zi yer
osti suvlari kiradi. Xloridli suvlar sinfiga okean, dengiz, sho'r qum, yopiq strukturadagi yer osti
suvlarining yuqori minerallarni suvlar va b.q.lar kiradi. Tarqalishi va mineralizasiyasi bo'yicha
sulfatli sinfidagi suvlar bo'lib gidrokarbonatli va xloridli suvlar o'rtasidagi suvlar kiradi. Genetik
jihatdan ular turli chukma jinslar bilan bog'liq.
2. Suvlarning kimyoviy tarkibi bo„yicha klassikatsiyalanishi. O.A.Alyokin bo'yicha
har bir sinf ustun kation bo'yicha uch guruhga bo'linadi: kalsiyli, magniyli va natriyli har bir sinf
o'z navbatida to'rtta tip suvga bo'linadi, ekvivalentlarda ionlar orasidagi munosabat bo'yicha
aniqlanadigan.
Birinchi tip HCO
-
3
>Ca
2+
+Mg
2+
munosabati bo'yicha xarakterlanadi. Bu tipdagi suvlar
ishqorli, yumshoq hisoblanadi, tarkibida ma'lum miqdorda natriy va kaliy bilan emirilgan tog'
jinslarining mahsulotlarining aralashishidan hosil bo'ladi. Birinchi tipdagi kiruvchi suvlar
umuman olganda kam mineralli, biroq oqmaydigan ko'llarda juda yuqori mineralizasiyaga ega
bo'lishi mumkin. Birinchi tipga shuningdek ba'zi neft konlarining suvlari ham kiradi.
Ikkinchi tip HCO
-
3
2+
+Mg
2+
Do'stlaringiz bilan baham: |